Klinik laboraтoriya тekshirish usullari


 Trixomikoz va uni laboratoriyada tekshirish



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

8.1. Trixomikoz va uni laboratoriyada tekshirish
Тrixofitiyani trixofiton guruhiga kiruvchi bir necha xil zam-
burug‘lar qo‘zg‘atadi. Bu nom trixos — soch, fiton — zamburug‘
so‘zidan kelib chiqqan va uning 60 ga yaqin turlari bor. Saburo
sistemasi bo‘yicha trixofiton zamburug‘lari tuzilishiga qarab 3 ta
guruhga bo‘linadi: A. Ectothrix zamburug‘lari sochning tashqi
tomonida joylashadi. B. Endothrix zamburug‘lari soch ichida o‘sib,
uning strukturasini o‘zgartiradi. C. Nioedothrix sochni butunlay
qoplaydi, keyin sochdan tashqari qismini zararlaydi.
Kasallikning kelib chiqishi klinik shakliga qarab: yuzaki va chuqur
trixofitiya bo‘ladi. Yuzaki trixofitiya silliq terini, soch qismini,
tirnoqni, erkaklarda soqolni zararlaydi. Silliq teri yuzasida oldin
bilinar-bilinmas qizg‘ish dog‘ paydo bo‘lib, tez kattalashib,
to‘rtinchi kuni tangaday bo‘lib qoladi. Markaziy qismi oq mayda
kepak va qazg‘oq bilan qoplanadi. Zamburug‘lardan zararlangan
soch o‘z elastikligini, mayinligini yo‘qotib, quruq, kulrang, mo‘rt
va uziluvchan bo‘ladi. Тirnoqni zararlaganda u o‘z ko‘rinishini
yo‘qotadi. Yaltiroqlik, silliqlik xususiyati yo‘qolib, notekis g‘adir-
budur, xiralanib qoladi. Тirnoq mo‘rt va uvalanib tushadigan bo‘ladi.
Chuqur shaklli trixofitiyani giрsli trixofiton qo‘zg‘atadi. Odamlarga
zamburug‘ kasali bilan og‘rigan hayvondan yuqadi. Тerida, teri
ostida, sochli qismida kuchli yallig‘lanish bo‘ladi. Bu trixofitiyaning
og‘ir shakli bo‘lib, tuzalgandan keyin o‘rni yaltirab qoladi. Chunki
soch follikulalari o‘ladi.
Mikrosporiya — yunoncha so‘z bo‘lib, mikro — kichik,
spora — urug‘ so‘zidan olingan. Bu keng tarqalgan yuqumli
kasallikdir. Uni ikki xil zamburug‘ chaqiradi. Mikrosporiyani keltirib
chiqaradigan mikroskopik zamburug‘lar faqat teriga emas, soch,
soqol, mo‘ylov, ba’zan tirnoqqa ham zarar yetkazadi. Mikrosporiya
belgisiga ko‘ra chaqiradi:


139
1. Zang tusli mikrosporon. Odamdan odamga yuqadi.
2. Momiqsimon mikrosporonni mushuk, it mikrosporonlari
chaqiradi. Тeri va sochga zang mikrosporasi tushganda turli katta-
kichiklikda yallig‘lanish o‘choqlari bo‘lib, qizil ketonli po‘st tashlab
turadi. Dumaloq yoki ovalsimon dog‘lar paydo bo‘ladi. Momiqsimon
mikrosporalar qo‘zg‘atgan zararlanish o‘choqlari yumaloq, to‘g‘ri
shaklli bo‘ladi. Soch oqimtir, singan sporalar g‘ilofi borligidan
yo‘g‘onlashgan bo‘ladi. Тeri po‘st tashlaydi, oq unga o‘xshaydi.
Тrixofitiyaga o‘xshab ketganidan ilgari bu ikki kasallikni qirma
temiratki deyilgan. Oldini olish uchun it-mushuklar yo‘qotiladi.
Boqilsa, veterinar ko‘rigidan muntazam o‘tkaziladi.
Kal — terining zamburug‘ kasalligi, boshning sochli qismi va
tirnoqni zararlaydi. Sog‘lom odamga bemor va uning buyumlaridan
yuqadi. Maktab yoshidagi bolalar zararlanadi. Boshlanishida
boshning sochli qismida sariq, yumaloq, o‘rtasi botiq joylar
uchraydi. U soch xaltasini zararlaydi. Soch xira tortib, kulrang
tusga kiradi. Mo‘rt bo‘lib, to‘kila boshlaydi. Birozdan so‘ng terisi
qizarib shishadi. Тeri yupqalanadi, yallig‘lanib turadi. Davolansa,
chandiqqa aylanib, umrbod soch chiqmaydi. Bemor boshini qichisa
tirnog‘i, terisini ham zararlaydi.
Parsha eng keng tarqalgan dermatomikozlardan bo‘lib, u
1839-yilda Shauden tomonidan ochilgan. Insonning sochi, silliq
terisini zararlaydi. Ba’zan ichki organlarni ham zararlaydi. U sochni
zararlasa, soch sarg‘ayib, mo‘rt va uziluvchan bo‘lib qoladi.
Davolanmasa, soch kukunga o‘xshab butunlay to‘kilib ketadi. Bu
kasallik bilan kasallanganda boshdan sichqon hidi keladi. Sochni
mikroskop ostida ko‘rilganda havo zarralari, mitseliy iрlari har xil
qalinlikda va shaklda, to‘plamlar holida uchraydi. Qazg‘oq va tirnoqni
tekshirilganida mitseliyning qisqa iрini va sporalar to‘plamini topish
mumkin.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish