7.3. So‘zakda ajratmalarni tekshirish
Gonokokklar, asosan, silindrsimon epiteliy bilan qoplangan.
Shilliq pardalarda parazitlik qiladi. Gonokokk kofe donasiga o‘xshash
juft kokkdir va leykotsitlarning sitoplazmasida joylashadi.Ularning
miqdori bitta leykotsitning ichida 20 – 30 va undan ko‘p bo‘lishi
mumkin. Gonokokklar gr (-) kokklardir (rangli rasmga qarang).
Bu kasallik jinsiy yo‘l bilan yuqib, erkaklarda uretrani, prostata
bezi va urug‘ pufakchasini zararlaydi. Ayollarda esa yashirin o‘tadi,
so‘ngra bartolin bezini, qinni, uretrani, bachadon bo‘yni, shilliq
qavatlarni, fallopiy naylarini zararlaydi. Ba’zan to‘g‘ri ichakni va
bolalarda ko‘z konyuktivasini zararlaydi. Erkaklarda so‘zakni
tekshirish uchun ertalab, barvaqt, siyishdan oldin uretra siydigi
olinadi. Agar siydik kam ajralgan bo‘lsa, uretraning orqa devorini
bosish kerak yoki prostata bezi uqalanib, ajralgan siydikdan surtma
tayyorlanadi. Ayollarda tekshirish uchun bachadondan, to‘g‘ri
ichakdan, bartolin bezidan suyuqlik olib, surtma tayyorlanadi.
Тayyorlangan surtmalarni Gram usulida yoki 1% suvli metil sinkada
bo‘yab, immersion sistemada mikroskopda tekshiriladi. Preparatni
ko‘rish maydonidagi elementlari ko‘k rangda, gonokokklar to‘q
ko‘k rangda ko‘rinadi. So‘zak kasalligida siydik yo‘lida kuchli achishish,
qichishish paydo bo‘ladi. Buni aniqlash uchun bir vaqtda 2 ta
stakanga siydik ajratiladi. Birinchi stakandagi siydik loyqa bo‘lib,
yiring ajraladi. 1-stakandagi siydikni sentrifugalab, cho‘kmasi
tekshiriladi. 2-stakandagi siydik tiniq bo‘ladi.
7.3.1. So‘zakni laboratoriyada tekshirish
So‘zak kasalligini chaqiruvchi mikroorganizmni 1879-yilda nemis
olimi Albert Lyudvig Neysser topgan. Gonokokklar, asosan,
silindrsimon epiteliy bilan qoplangan shilliq pardalarda parazitlik
qiladi. Ular kofe donasiga o‘xshash bo‘lib, juft kokkdir. Go-
nokokklar leykotsitlarning protoplazmasiga joylashadi. Ularning
miqdori bitta leykotsit ichida 20 – 30 va undan ortiq bo‘lishi mumkin.
Gonokokklar gr (-) kokkdir. Bu kasallik jinsiy aloqa yo‘li bilan
yuqib, erkaklarda uretrani, prostata bezi va urug‘ pufakchasini
zararlaydi. Ayollarda esa kasallik oldin yashirin o‘tadi, so‘ngra bartolin
bezini, qinni, uretrani, bachadon bo‘yni, shilliq qavatlarni
zararlaydi. Ba’zan to‘g‘ri ichak, bolalarning esa ko‘z konyuktivasini
zararlaydi. Erkaklarda so‘zakni tekshirish uchun ertalab, barvaqt
131
siydik ajratishdan oldin uretra suyuqligidan olinadi. Agar siydik
kam ajralgan bo‘lsa, uretraning orqa devorini bosish kerak yoki
prostata bezi uqalanib, ajralgan siydikdan surtma tayyorlanadi. Har
doim 2 ta surtma tayyorlanadi va 2 ta usulda bo‘yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |