Klinik laboraтoriya тekshirish usullari


Vaginal ajralmadan nam preparat tayyorlash



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

Vaginal ajralmadan nam preparat tayyorlash. A. Zaruriy reaktiv
va jihozlar: natriy xloridning fiziologik eritmasi; 10% li kaliy
gidroksid (KOH); vaginal ajralmaning paxta tampondagi yangi
namunasi; toza buyum oynasi; mumqalam; qoplagich oyna.
B. Т a y y o r l a s h t e x n i k a s i :
1. Buyum oynasining pastki tomoniga mumqalam bilan belgi
qo‘yiladi.
2. Тampondagi ajralmani buyum oynasiga ohista surkab, yangi
fiziologik eritmadan bir tomchi qo‘shiladi.
3. Achitqi zamburug‘larini aniqlash uchun fiziologik eritma
o‘rniga 10% li kaliy gidroksid eritmasini tomizish mumkin.
4. Тayyorlangan preparat haddan tashqari qalin emasligiga
ishonch hosil qilinadi.
5. Ustiga qoplagich oyna yopiladi.
6. Preparat tayyorlanganidan keyin darhol mikroskopda tekshirib
ko‘riladi.
Yodda tutish kerak! Fiziologik eritma bir-biriga yopishib qolgan
hujayralarni ajratish uchun ishlatiladi.
10% li KOH eritmasi bakterial vaginitda chiqadigan o‘ziga xos
«baliq» hidini kuchaytiradi. Bundan tashqari, KOHdan foydalanish
usulining diagnostik sezgirligini oshiradi, chunki yopishib qolgan
epitelial hujayralar bir-biridan ajralganidan keyin achitqilarni tanib
olish osonlashadi.
Nam preparat tayyorlanganidan keyin uni darhol mikroskopda
tekshirib ko‘rish zarur, chunki odatda xivchinli Trichomonas
vaginalis hali harakatchanligini yo‘qotmaydigan bo‘lsa, xivchinlar
harakat qilmay qo‘yadi va ularni aniqlab olish qiyin bo‘ladi.
Nam preparatni mikroskopda tekshirish. A. Zaruriy materiallar:
yangi tayyorlangan preparat; 10x va 40x obyektivli va 10x okularli
mikroskop.
B. Т e k s h i r i s h t e x n i k a s i :
1. Preparat tayyorlanganidan keyin darrov tekshirib ko‘riladi.


133
2. Surtmani 10x obyektivdan foydalanib, ko‘rib chiqiladi, bunda
yaxshi kontrast bo‘lishi uchun rangsiz kondensor berkitib qo‘yiladi.
3. Xivchinli parazitlar, ko‘payayotgan achitqi zamburug‘lari va
shikastlangan epitelial hujayralar hamda yiring hujayralarini
aniqlash uchun 40x obyektivdan foydalaniladi.
4. Mikroorganizmlar soni aniqlanadi va ko‘p, o‘rtacha, arzimas
miqdorda, deb yozib olinadi.
Identifikatsiyalash. X i v c h i n l i p a r a z i t l a r :
— dumaloq yoki tuxumsimon shaklda, kattaligi 15 – 25 

m
keladi, o‘lchamlari leykotsitlar bilan deyarli bir xil;
— yangi tayyorlangan preparatda silkinib-silkinib, uzuq-yuluq
harakat qiladi;
— harakati aksari juda sust bo‘ladi va 40x obyektivdan
foydalanilgandagina sezilishi mumkin;
— tanasining uchdan ikki qismi bo‘ylab o‘tgan to‘lqinsimon
membranasi bor;
— yadrosi hujayraning xivchinli uchida joylashgan va ko‘zga
o‘xshaydi.
A c h i t q i h u j a y r a l a r i :
— o‘lchamlari kichik, 2 – 6 

m;
— dumaloq yoki tuxumsimon shaklda, ko‘payib turadi;
— rangsiz;
— harakat qilmaydi;
— eritrotsitlar bilan adashtirmaslik kerak.
S h i k a s t l a n g a n h u j a y r a l a r :
— bakteriyalar bilan o‘ralib qolgan epitelial hujayralar, ularni
o‘rab turgan bakteriyalar shunchalik ko‘pki, hujayralarning
chegaralarini aniq ko‘rib bo‘lmaydi.
Y i r i n g :
— degeneratsiyaga uchragan leykotsitlar;
— ko‘pincha to‘p-to‘p bo‘lib turadi.
D. Normal natijalar. Xivchinli parazitlar, zamburug‘lar, yiring
hujayralari va yuzini ko‘p bakteriyalar o‘rab olgan epitelial
hujayralar bo‘lmaydi.
E. Patologiyasi. Xivchinli parazitlar (T.vaginalis) zamburug‘lar,
yiring hujayralari yoki ko‘p bakteriyalar yuzini sidirg‘asiga o‘rab
olgan shikastlangan epitelial hujayralar bo‘ladi.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish