Klinik dietologiya va nutrisiologiya


-BOB. NAFAS OLISH TIZIMI KASALLIKLARIDA PARHEZ



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

9-BOB. NAFAS OLISH TIZIMI KASALLIKLARIDA PARHEZ 
OVQATLANISH 
 
Nafas a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari va dietoterapiya 
 
 
Pnevmoniya  –  o‘pka  to‘qimasining  yallig‘lanishi  va  o‘pka  alveolalarida 
yallig‘lanish ekssudatini paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladigan kasallikdir. 
Kasallikning  bevosita  qo‘zg‘atuvchilari  deb  ba’zi  bakterial  va  infektsion 
agentlar hisoblanadi. Bakteriyalar orasida pnevmoniyani eng ko‘p pnevmo-, sterpto- 
va  stafilokokklar,  xlamidiyalar  chaqiradi;  virusli  pnevmoniyani  gripp,  adenovirus, 
respirator  infektsiya  virusi,  koronavirus,  paragripp  viruslari  chaqiradi.  Og‘ir 
kasallikni  boshdan  kechirgan  nimjon  bemorlarda,  qandli  diabeti  bo‘lganlarda  va 
organizmning  himoya  tizimi  faoliyati  susayganda  pnevmoniya  yuzaga  kelishida 
ayrim zamburug‘lar ham sabab bo‘lishi mumkin. 
O‘pka  to‘qimasining  zararlanish  darajasiga  ko‘ra,  pnevmoniyaning  quyidagi 
turlari  farqlanadi:  krupoz  pnevmoniya  –  bunda  yallig‘lanish  zonasi  bir  yoki  bir 
nechta o‘pka bo‘laklarini egallaydi, segmentar pnevmoniya – bunda o‘pkaning bitta 
yoki  bir  nechta  segmentiga  zarar  etadi,  o‘choqli  pnevmoniyada  yallig‘lanish 
cheklangan  maydonlarni  egallaydi  va  bu  maydonlar  bir  yoki  bir  nechta  o‘pka 
bo‘lakchalarini egallagan bo‘lishi mumkin. 
O‘pka  yallig‘lanishi  rivojlanishiga  moyillik  omillari  sovuq  harorat,  kichik 
yosh, keksalik, nafas olish tizimi a’zolari surunkali kasalliklarining bo‘lishi, chekish, 
infektsion  omillar,  tug‘ma  nuqsonlar,  stresslar  va  organizmning  immunobiologik 
xususiyatini susaytiruvchi boshqa omillar bo‘lishi mumkin. 
Kasallik  qo‘zg‘atuvchilar  asosan  o‘pka  to‘qimasiga  bronxlar  orqali  nafas 
havosi bilan birga kiradi, lekin ba’zan pnevmoniya o‘pkaga yot jismlarning tushishi, 
odam  hushsiz  bo‘lgan  holda  qusuq  massalarining  o‘pkaga  ketishi  natijasida 
rivojlanishi  mumkin.  Bunday  turdagi  pnevmoniyalar  aspiratsion  pnevmoniyalar 
deyiladi. Doimiy ravishda  yotgan  holatda bo‘lishi kerak bo‘lgan og‘ir bemorlarda 
pnevmoniya qonning kichik qon aylanish doirasi, ya’ni o‘pka qon aylanish doirasida 
dimlanib qolishi natijasida rivojlanadi, bunday pnevmoniya gipostatik pnevmoniya 
deyiladi. 
Odatda,  ayniqsa  yoshlarda  kasallik o‘tkir  boshlanadi,  tana  harorati  39-40  0C 
ko‘tariladi,  yo‘tal  paydo  bo‘lib,  dastlab  quruq,  bir  necha  kundan  so‘ng  shilliq 


163 
 
harakterdagi balg‘am ajrala boshlaydi, ba’zida qonli bo‘ladi. Ko‘krak yoki biqinda 
sanchuvchi og‘riq paydo bo‘lib, u nafas olganda kuchliroq namoyon bo‘ladi. O‘pka 
to‘qimasi bir qismining  nafas olish jarayonida  qatnashmasligi  natijasida  hansirash 
paydo  bo‘lib,  nafas  olish  tezlashadi  va  yuzaki  bo‘ladi.  Organizm  intoksikatsiyasi 
belgilari  paydo  bo‘ladi  va  kuchayib  boradi  –  bosh  og‘rig‘i,  kuchli  holsizlik, 
ishtahaning  yomonlashuvi;  umumiy  ahvoli  og‘irlashuvi,  holsizlik  va  boshqalar. 
O‘choqli pnevmoniyada shikoyatlar kuchsizroq bo‘lib, umumiy ahvol ham engilroq 
bo‘ladi,  asosiy  simptom  ko‘p  miqdorda  shilliq-yiringli  xarakterdagi  balg‘am 
ajralishi bilan kechadigan yo‘tal hisoblanadi, tana harorati ko‘tarilib, 2-3 sutkagacha 
ushlanib turadi.  
O‘pka  to‘qimasida  yallig‘lanish  jarayoni  amalga  oshganda,  organizmda  turli 
o‘zgarishlarning  kechishi  maxsus  dietani  qo‘llashga  ehtiyoj  tug‘diradi. 
Pnevmoniyada  o‘zgarishlar  ma’lum  bir  mahsulotlarni  qo‘llash  yo‘li  bilan 
korrektsiyalash  mumkin.  O‘tkir  pnevmoniyada,  ayniqsa  krupoz  pnevmoniyada, 
patologik jarayon o‘pkaning butun bir bo‘lagini qamrab olganligi uchun, qonga ko‘p 
miqdorda  toksik  moddalar  ajraladi.  Bu  holat  mikroorganizmlarning o‘lishi,  o‘pka 
to‘qimasining  shikastlanishi  natijasida  hosil  bo‘luvchi  zaharli  moddalar  ta’sirida 
sodir  bo‘ladi.  Bundan  tashqari,  intoksikatsiya  isitmaga  ham  sabab  bo‘ladi. 
Yallig‘lanish  jarayoni  imkon  darajasida,  tezda  kasallik  qo‘zg‘atuvchisiga  dori 
vositalari  yordamida  ta’sir  qilish  va  organizmning  himoyaviy  xususiyatlarini 
kuchaytirish yo‘li bilan to‘xtatilishi kerak. Pnevmoniyada qo‘llaniladigan ko‘pgina 
zamonaviy  dori  preparatlarini  qo‘llash  davomida,  dieta  yordamida  bemor 
organizmini  shu  dori  preparatlarining  zararli  ta’siridan  himoya  qilish  zaruriyati 
paydo  bo‘ladi.  O‘tkir  yallig‘lanish  jarayoni  ovqat  ratsionning  quvvatini  oshirish 
ehtiyojini  tug‘diradi.  Dietaga  ma’lum  mahsulotlarni  kiritish  yo‘li  bilan 
organizmning  immun  imkoniyatlarini  faollashtirish,  uning  infektsiyaga  qarshi 
kurashuvchanligini  oshirish  mumkin.  Yallig‘lanish  jarayoni  to‘xtatilgandan  so‘ng, 
ovqat  mahsulotlarining  tarkibi  va  xarakteri  o‘pka  to‘qimasining  tiklanish 
jarayonlarini  qo‘llab-quvvatlashga  yo‘naltirilishi  lozim.  O‘pka  yallig‘lanishida 
ovqatlanish  to‘yimli,  yuqori  quvvatli,  lekin  tez-tez,  kichik  miqdorda  qabul  qilish 
maqsadga muvofiq. Etarli darajada termik va mexanik ishlov berilgan suyuq taomlar 
(sho‘rva,  pyure)  berilishi  lozim.  Bu  me’da-ichak  traktining  mexanik  va  kimyoviy 
himoya  qilinishini  ta’minlaydi.  Sutkasiga  olti  mahallik  ovqatlanish  optimal 
hisoblanadi  va  sovuq  taomlarni  cheklash  lozim.  Ovqat  ratsioni  quvvatini 
hisoblaganda, jins va yoshga mos ravishda bemorning fiziologik ehtiyojini hisobga 
olish  kerak.  Quvvatlar  miqdorini  oshirish  sutkalik  ratsiondagi  oqsillar  miqdorini 
oshirish  hisobiga  amalga  oshiriladi.  Ko‘plab  sut-qatiq  mahsulotlari  oqsil  va 
kaltsiyga  boy  bo‘lib,  ular  pnevmoniya  bilan  og‘rigan  bemorlar  uchun  ayniqsa 
foydalidir.  Me’da-ichak  trakti  a’zolariga  kuchli  ta’sir  etmaslik  maqsadida 
ratsiondagi  yog‘lar  miqdori  cheklanadi.  Qovurilgan  taomlarni  ovqat  ratsionida 
cheklanib,  bug‘da  tayyorlangan  taomlarni  iste’mol  qilish  tavsiya  etiladi. 
Uglevodlarning  ham  miqdorini  cheklash  tavsiya  qilinadi,  chunki  ular 
kontsentratsiyasining  ortishi  yallig‘lanish  jarayoni  rivojlanishini  kuchaytiradi. 
Vitaminlar miqdori, ayniqsa A, S va V guruh vitaminlar miqdori albatta oshiriladi. 


164 
 
Meva sharbatlari, kompotlar, mors, kisellar ko‘rinishidagi suyuqlikni ko‘p miqdorda 
2-2,5 l va undan ko‘proq ichishi kerak. Achchiq kofe, choy iste’mol qilish tavsiya 
etilmaydi,  alkogolli  ichimliklar  to‘liq  ta’qiqlanadi.  Achchiq  bo‘lmagan  choyni 
limon,  murabbo  qo‘shgan  holda  ichish  mumkin,  chanqoqni  yaxshi  bosadi  va 
organizm  degidratatsiyasini  kamaytiradi.  Na’matak  mevasidan  tayyorlangan 
damlamani  ham  ichish  juda  foydali  bo‘ladi,  chunki  u  faqatgina  organizmdagi  suv 
tanqisligini  to‘ldirib  qolmay,  ko‘p  miqdorda  S,  K  va  RR  vitaminlarini  tutadi. 
Kasallikning boshlanishi va eng avjida iste’mol qilinadigan taomlar kaloriyasi biroz 
pasaytirilishi lozim, lekin bunda ratsiondagi oqsil miqdori shu bemorning yoshi va 
jinsidagi fiziologik me’yorga mos kelishi shart.  
Parhez ovqatlanishda umumiy quvvat 2000-3000 kkal ni tashkil qilishi lozim 
va  bu  miqdordagi  kaloriyalar  80-85  gr  gacha  miqdordagi  oqsillar,  300  gr  gacha 
miqdordagi  uglevodlar,  70  gr  gacha  bo‘lgan  yog‘lar  hisobiga  taqdim  etiladi. 
Yog‘larning  yarimidan  ortig‘ini  hayvon  yog‘lari  tashkil  qilishi  kerak  va  imkon 
darajasida  taomlar  o‘simlik  yog‘ini  qo‘shmasdan  tayyorlanadi,  uning  o‘rniga 
sariyog‘  ishlatish  maqsadga  muvofiqdir.  Iste’mol  qilish  tavsiya  qilinadigan 
mahsulotlar orasida yana yangi, qattiq bo‘lmagan mevalardan tayyorlangan pyure, 
muss va sharbatlar, kompotlar, morslar, kisellar, murabbo, konfityur va marmeladlar 
ham  bor.  Taomlar  tayyorlash  uchun  go‘shtning  yog‘siz,  oqsilga  boy  turlari 
ishlatiladi ayniqsa mol go‘shti, buzoq go‘shti, yog‘siz baliq go‘shti mumkin. O‘pka 
to‘qimasi  yallig‘lanishida qushlar tuxumini  iste’mol qilishga ruxsat beriladi,  lekin 
tayyorlanish  usuli  bo‘yicha  qaynatilgan  va  bug‘da  pishirilganlarini  tanlash  lozim. 
Birinchi  ovqatlarni  doimo  issiq  holda,  lekin  kichik  miqdorda  iste’mol  qilish 
maslahat beriladi. Yog‘siz tovuqli yoki go‘shtli bulonlar, dukkaklilar qo‘shilmagan 
sho‘rva-pyurelar  ruxsat  etiladi.  Sho‘rvalarga  vermishel  qo‘shib  tayyorlash,  yoki 
sabzavot  va  turli  yormalar  masalan,  guruch  qo‘shish  mumkin.  Sut  mahsulotlari 
kaltsiy  va  fosforga  juda  boy  bo‘lib,  ular  o‘tkir  o‘pka  yallig‘lanishi  bilan  og‘rigan 
bemor  ratsionida  albatta  bo‘lishi  kerak.  Bunday  bemorlarga  qatiq  mahsulotlari, 
masalan, kefir, prostokvasha, ryajenka, mevali yogurtlar va boshqalar juda foydali. 
Istisno shundan iboratki, pishloqning yog‘li navlari, yog‘li sut va smetana mumkin 
emas. Turli taomlar tayyorlashda ularga sariyog‘, sut qo‘shish mumkin. Sut va sut 
mahsulotlaridan  tayyorlangan  turli  taomlar  –  bo‘tqa,  pudinglar  ham  keng 
qo‘llaniladi.  Garnir  ko‘rinishida  sabzavotlardan  ragu,  ikra,  pyurelar  tayyorlash 
mumkin,  lekin  bu  mahsulotlarda  gaz  ajralishini  kuchaytiradigan  mahsulotlar  – 
gulkaram, karam, rediska, dukkaklilar cheklanadi. Mazkur parhez Pevzner bo‘yicha 
dieta №13 ga mos keladi. 
Yallig‘lanish  jarayoni  to‘xtagach,  organizmning  immun  imkoniyatlarini 
oshirish va o‘pka to‘qimasining tiklanishini kuchaytirish maqsadida bemor dietasiga 
ba’zi  o‘zgartirishlar  kiritiladi.  Mazkur  dieta  Pevzner  bo‘yicha  dieta  №11  ga  mos 
keladi.  Iste’mol  qilinayotgan  ozuqalar  kaloriyasi  bosqichma-bosqich  oshib  borib, 
3200  kkal  ga  etkaziladi  va  u  oqsillar  hisobiga  oshiriladi,  dietaga  ko‘p  miqdorda 
vitaminlar va  mineral  moddalar kiritiladi. Yog‘lar  va uglevodlarning  miqdori  ham 
fiziologik  me’yorga  nisbatan  biroz  ortadi,  lekin,  dietada  oqsillar  ustun  turadi. 
Dietadagi oqsillarning miqdori 120 gr, yog‘lar – 110 gr, uglevodlar esa – 350–400 


165 
 
gr  ni  tashkil  qilishi  lozim.  Mazkur  dietada  deyarli  barcha  turdagi  go‘sht,  baliq, 
qushlar  ruxsat etiladi,  faqatgina  eng  yog‘li  go‘sht  navlari  –  qo‘y,  cho‘chqa,  g‘oz, 
o‘rdak  go‘shtlari  cheklanadi.  Mahsulotlarning  kulinar  ishlovi  qovurish  va 
dudlashdan  boshqa  istalgan  usulda  bo‘lishi  mumkin.  Dietada  baliq  va  dengiz 
mahsulotlaridan  foydalanish  mumkin.  Ko‘p  hollarda  kasallikning  o‘tkir  davrida 
isitma,  og‘ir  yallig‘lanish  jarayoni,  ishtahaning  yomonlashishi  hisobiga  yuzaga 
kelgan  quvvat sarflarning o‘rnini  qoplashga  ehtiyoj  paydo  bo‘ladi.  Buning  uchun 
dietaga ishtahani kuchaytiruvchi mahsulot va taomlar – ekstraktiv moddalar tutuvchi 
turli bulonlar kiritiladi. Asosiy ovqatdan oldin sabzavotli salat bo‘lishi lozim, yangi 
ko‘katlarni  qo‘shish  va  sifatli  sabzavot  va  mevalarning  ishlatilishiga  ham  katta 
ahamiyat berish lozim.  
O‘tkir  bronxit  –  ma’lum  bir  sabablar  natijasida  bronx  daraxtining  shilliq 
qavatida yallig‘lanish jarayoni yuzaga keladigan kasallik. 
Kasallikning  rivojlanishiga  sabab  bo‘lib  bakteriya  va  viruslar,  shuningdek 
bronxlar  shilliq  qavatiga  qo‘zg‘atuvchi  moddalar,  masalan,  chang,  tamaki  tutuni, 
kimyoviy moddalar, zaharli gaz va bug‘larining ta’sir qilishi xizmat qiladi. Bundan 
tashqari,  sovuq  qotish,  organizm  immun  imkoniyatlarining  pasayib  ketishi, 
infektsiya  manbai  sifatida  og‘iz-halqumning  surunkali  kasalliklari  bo‘lishi  ham 
bronxitga sabab bo‘ladi. Ko‘p hollarda bronxit rivojlanishiga nafas olish tizimining 
bronxlardan  yuqorida  turgan  bo‘limlaridagi  yallig‘lanish  kasalliklari  –  o‘tkir 
faringit, laringit va traxeitlar sabab bo‘ladi. Viruslar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, 
ulardan ko‘pchiligi bronxlar shilliq qavatiga kirish va ko‘payish xususiyatiga ega, 
bunday  viruslarga  rinoviruslar,  respirator  va  adenoviruslar  kiradi.  O‘tkir  bronxit 
qizamiq,  ko‘kyo‘tal,  qizilcha  kabi  virusli  infektsiyalarning  asorati  bo‘lishi  ham 
mumkin. Yuqorida keltirilgan omillar ta’sirida bronxlar shilliq qavati epiteliysining 
funktsiyasi  buzilib,  broxlar  devorini  qoplab  turuvchi  shilliq  moddaning  ajralishi 
qiyinlashadi, bronxlar devori hujayralariga o‘tib, yallig‘lanish jarayoni boshlanadi. 
Har qanday boshqa yallig‘lanish jarayonida bo‘lgani kabi, o‘tkir bronxitda ham tana 
harorati, odatda 37,7-38 0S gacha ko‘tariladi, holsizlik, ish qobiliyatining pasayishi 
kuzatiladi.  
Boshqa  ko‘plab  infektsion  kasalliklarda  bo‘lgani  kabi,  o‘tkir  bronxitda  ham 
bemor  organizmida  dieta  yordamida  korrektsiya  qilish  lozim  bo‘lgan  ba’zi  bir 
o‘zgarishlar bo‘ladi. Birinchi navbatda – isitma, u bemorni holdan toydirib, quvvat 
sarfini  oshiradi.  Shundan  kelib  chiqib,  ratsionning  quvvat  qiymatini  fiziologik 
me’yorga  nisbatan  ko‘tarish  kerak  bo‘ladi.  Bundan  tashqari,  bronxitda  o‘pkaning 
yiringli-yallig‘lanish  kasalliklaridagiga  nisbatan  kamroq  bo‘lsada,  baribir  balg‘am 
bilan oqsil yo‘qotiladi. Organizm immun imkoniyatlarining pasayishi dietada ko‘p 
miqdordagi  vitaminlarni  ishlatish  zaruriyatini  keltirib  chiqaradi.  Qirg‘ichlangan 
sabzi,  yangi  bodring,  pomidor  va  boshqa  sabzavotlardan  (karam,  rediska) 
tayyorlangan  salat  faqat  o‘tkir  pnevmoniya  yoki  bronxitdan  tuzalish  bosqichiga 
ruxsat  etiladi.  Iste’mol  qilish  mumkin  bo‘lgan  ikkinchi  taomlar  –  sous  ostidagi 
qaynatilgan  baliq  marinad  bilan,  dengiz  mahsulotlari,  go‘sht  va  jigardan 
tayyorlangan  pashtet,  qaynatilgan  til.  Tvorogni  yog‘li  bo‘lmagan  sut  qo‘shib 
iste’mol qilish mumkin, tvorogli zapekanka, tvorogdan bug‘da tayyorlangan sufle, 


166 
 
tvorogli  vareniki  ruxsat  etiladi;  yaxshi  pishgan  tuxum  yoki  quymoq  –  bug‘da 
tayyorlangan, yoki  qaynatilgan go‘sht bilan farshlash mumkin. Birinchi taomlar – 
vegeteriancha  sho‘rva-pyure,  baliqli  va  go‘shtli  bulyondagi  kartoshkali  sho‘rva, 
guruchli,  go‘shtli  bulyondagi  frikadelki,  lapsha,  go‘shtli  bulyondagi  sabzavotli 
sho‘rva,  mannka  yormasi  qo‘shilgan  go‘shtli  bulyon,  go‘shtli  bulyondagi  guruch 
sho‘rva,  go‘shtli  bulyondagi  qirg‘ichlangan  go‘sht  qo‘shilgan  sho‘rva-pyure. 
Ikkinchi taomlar – qaynatilgan  yoki bug‘da tayyorlangan  go‘shtdan go‘shtli pyure 
va  sufle,  yog‘siz  souslar  qo‘shilgan  bug‘da  pishirilgan  kotletlar,  quymoq  bilan 
farshlangan go‘shtli rulet, qaynatilgan go‘shtdan tayyorlangan bifstrogan, gulyash, 
qaynatilgan  va  bug‘da  tayyorlangan  tovuq,  jigardan  tayyorlangan  sabzili  puding, 
sabzavotlar bilan farshlangan baliq, baliqli puding, baliqli sufle va kneli, qaynatilgan 
baliq, bug‘da pishirilgan baliqli kotletlar. Souslardan yog‘sizlari, masalan, sutli sous, 
sabzi  qo‘shilgan  sutli  sous,  sabzavotlardan  tayyorlangan  oq  sous,  dimlangan 
olmalardan  tayyorlangan  sous  ruxsat  etiladi.  Garnirlardan  –  mannka,  guruch,  suli 
bo‘tqalari, bug‘da pishirilgan guruchli kotletlar, bug‘da pishirilgan olma qo‘shilgan 
guruchli  puding,  tvorog  qo‘shilgan  grechkali  puding,  saryog‘li  vermishel,  sutli 
vermishel.  Sabzavotlardan  –  kartofel  pyuresi,  sabzili  kartofel  pyuresi,  qaynatilgan 
sabzidan tayyorlangan sufle va pyure, bug‘da tayyorlangan olma qo‘shilgan sabzili 
puding,  lavlagili  pyure,  bug‘da  tayyorlangan  tvorog  qo‘shilgan  lavlagili  sufle, 
qovoqli pyure  yoki shirqovoq pyure  yoki  puding, turli qaynatilgan sabzavotlardan 
pyure. Mevalardan – tarvuz, apelsin, klyukvadan kisel, sutli kisel, olma pyuresidan, 
quruq  mevalardan  kisel,  olmali,  quruq  mevali  kompot,  mevali  jele,  limonli  choy, 
mevali choy, xom olmalardan muss, meva sharbatlaridan, djem, pishirilgan olma va 
behi.  Ichimliklardan  –  achchiq  bo‘lmagan  limonli  choy,  sutli  choy,  mevali  choy, 
achchiq  bo‘lmagan  sutli  kofe,  meva  sharbatlari,  na’matak  damlamasi  ratsionga 
kiritiladi. 
Surunkali bronxit – bronxlar shilliq qavatini zararlovchi yallig‘lanish kasalligi 
bo‘lib, tez-tez kuzatilish bilan namoyon bo‘ladi. 
Kasallik  doimiy  ravishda  ko‘p  miqdorda  shilliq  ajralishi  va  bronx  daraxti 
strukturasining o‘zgarishi bilan  namoyon  bo‘ladi. Ma’lum  vaqtdan so‘ng balg‘am 
ajralishining buzilishi  va  yo‘tal qo‘shiladi. Ba’zi hollarda, agar  nasliy  moyillik va 
tashqi  muhitning  ma’lum  omillari  bo‘lsa,  surunkali  bronxitning  asorati  sifatida 
bronxial  astma  rivojlanishi  mumkin.  Eng  ko‘p  hollarda  surunkali  bronxit  o‘rta 
yoshdagi,  uzoq  muddatdan  beri  va  ko‘p  tamaki  chekuvchi  erkaklarda  uchraydi. 
Chekish  o‘tkir  bronxitning  surunkaliga  o‘tishiga  sabab  bo‘luvchi  asosiy  omil 
hisoblanadi.  Surunkali  bronxitning  rivojlanishi  ko‘p  hollarda  ishlab  chiqarishdagi 
zararli ta’sirlar, masalan ko‘mir, un, tsement changlari, issiq tsexlarda ish jarayonida 
haroratning  keskin  o‘zgarib  turishi,  turli  kimyoviy  moddalarning  (kislota,  ishqor, 
ammiak) bug‘lari bilan bog‘liq bo‘ladi. Surunkali bronxitning rivojlanishiga tez-tez 
bo‘ladigan  o‘tkir  bronxitlar,  laringitlar,  traxeitlar,  o‘tkir  respirator  virusli 
infektsiyalar turtki bo‘ladi.  
Kasallikning asosiy simptomi  yo‘tal  hisoblanadi,  u ertalablari kuzatilib,  uzoq 
vaqt  cho‘ziladi,  xurujsimon  xarakterga  ega  bo‘ladi,  bronxlarning  kuchli  torayishi 
natijasida deyarli balg‘am ajralmaydi. Kasallik qo‘zg‘alish vaqtida balg‘am ajralishi 


167 
 
kuchayib,  u  asosan  yiringli  xarakterga  ega  bo‘ladi.  Odatda  tana  harorati 
ko‘tarilmaydi,  lekin  doimiy  yallig‘lanish  jarayonining  boshqa  simptomlari  paydo 
bo‘ladi  –  holsizlik,  uyquchanlik,  ish  qobiliyati  pasayadi  va  ish  samaradorligi  past 
bo‘ladi, shuningdek ishdan so‘ng kuchli toliqish kuzatiladi va ter ajralishi kuzatilishi 
mumkin.  
Agar  bronxlar  torayishda  davom  etsa,  hansirash,  ya’ni  nafas  chiqarishga 
qiynalish  simptomlari  bilan  namoyon  bo‘ladi.  Avval  hansirash  og‘ir  jismoniy 
mehnat bajarganda kuzatilsa, keyinroq tinch holatda  ham kuzatiladi. Ko‘p hollarda 
surunkali bronxitning asorati sifatida bronxial astma va yurak-qon tomir tizimidagi 
o‘zgarishlar rivojlanadi.  
Surunkali  bronxitdagi  parhez  ovqatlanish  o‘pka  to‘qimasining  surunkali 
yiringli kasalliklarida davolash dietasi asosida tuziladi. 
 
O‘pka yiringli kasalliklarida dietoterapiya 
 
O‘pka  abstsessi  –  o‘pka  to‘qimasida  yiringli  yallig‘lanishning  cheklangan 
o‘chog‘i bo‘lishidir.  
Abstsesslar asosan o‘rta yoshdagi, spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan erkaklarda 
paydo bo‘ladi. Ba’zan abstsess o‘pkaga qon oqimi bilan infektsiya tushishi natijasida 
paydo bo‘ladi, lekin ko‘proq hollarda abstsessga odam behush bo‘lganda yot jismlar 
yoki  qusuq  massalarining  bronxlar  orqali  o‘pkaga  tushishi  sabab  bo‘ladi.  O‘pka 
abstsessi  stafilokokklar  tomonidan  chaqirilgan  o‘tkir  pnevmoniyadan  keyin  ham 
rivojlanishi  mumkin,  eng  ko‘p  uchrovchi  qo‘zg‘atuvchilari  oltinrangsimon 
stafilokokk va ko‘k yiring tayoqchasidir.  
Kasallik simptomlari yallig‘lanish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy (tana 
haroratining  38-39  0S  gacha  ko‘tarilishi,  qaltirash,  ish  qobiliyatining  pasayishi, 
holsizlik,  toliqish,  ishtahaning  pasayishi)  va  mahalliy  simptomlarga  bo‘linadi, 
masalan, ko‘krak qafasidagi og‘riq, ayniqsa, agar abstsess o‘pkaning biriktiruvchi 
to‘qimali  qobig‘iga  yaqin  joylashgan  bo‘lib,  uning  ta’sirlanishiga  olib  kelsa. 
Abstsessning  mavjudligi  kislorod  etishmovchiligiga  sabab  bo‘ladi  va  natijada 
hansirash  paydo  bo‘lib,  nafas  tezlashadi.  Abstsess  bronx  bo‘shlig‘iga  ochilgach, 
yo‘talganda  ajraladigan  balg‘am  miqdori  keskin  ortadi,  shundan  so‘ng  asta-sekin 
kasallikning  barcha  simptomlari  kamayib  boradi,  bemorning  ahvoli  yaxshilanadi. 
Bronx  tabiiy  drenaj  vazifasini  bajarib,  u  orqali  abstsess  yiringli  balg‘amdan  holi 
bo‘ladi.  Agar  abstsess  seroz  bo‘shliqqa  ochilsa,  yiringli plevrit  va  empyema  yoki 
o‘pkadan  qon  ketishi  rivojlanadi.  Ijobiy  holatlarda  abstsess  so‘rilib  ketadi,  to‘liq 
sog‘ayish uchun 2 oy vaqt ketadi.  

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish