Klinik dietologiya va nutrisiologiya


Plevra kasalliklarida dietoterapiya



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

Plevra kasalliklarida dietoterapiya 
 
Plevrit  o‘pkalar  ikki  qavatli  seroz  qobiq  bilan  o‘ralgan  bo‘lib,  uning 
bo‘shlig‘ida yallig‘lanish suyuqligi to‘planishi yoki, devorida fibrinning to‘planishi 
bilan namoyon bo‘ladi va plevrit deyiladi.  
Plevrit  ko‘pincha  o‘pka  kasalliklari  yoki  o‘pkaga  bog‘liq  bo‘lmagan  boshqa 
kasalliklarning asorati bo‘lib keladi.  Eng ko‘p hollarda o‘pkaning  yallig‘lanishida 
o‘choq plevraga yaqin joylashsa, shuningdek o‘pka abstsessida asorat sifatida plevrit 
rivojlanadi. Ko‘pincha plevritga biriktiruvchi to‘qimaning yallig‘lanish kasalliklari, 
masalan,  revmatizm,  me’daosti  bezining  yallig‘lanishi,  ko‘krak  qafasi  jarohatlari, 
diafragma  osti  abstsesslari,  parazitar  kasalliklar,  masalan  exinokikkoz  va  albatta 
o‘pka sili sabab bo‘ladi.  
Plevritlar  klnik  shakliga  ko‘ra  quruq  yoki  ekssudativ  bo‘ladi.  Kasallik 
simptomlariga  ko‘krak  qafasidagi,  biqindagi,  ba’zan  qorindagi  og‘riqlar  kiradi. 
Ularning  xarakteri  turlicha  bo‘lishi  mumkin.  Quruq  plevritda  (plevra  bo‘shlig‘i 
devorlarida  fibrin  to‘planib,  biriktiruvchi  to‘qimali  qobiqning  varoqlari  bir-biriga 
ishqalanadi)  og‘riqlar  asosan  sanchuvchi  xarakterda,  nafas  olayotganda  paydo 
bo‘ladi. Ekssudatli plevritda esa, plevra bo‘shlig‘ida yallig‘lanish suyuqligi, ba’zan 
yiring  to‘planadi  (bunda  jarayon  plevra  empiemasi  deb  ataladi),  og‘riqlar  o‘tkir 
bo‘lmagan,  doimiy  xarakter  oladi,  yiringli  intoksikatsiya  simptomlari  kuchli 
namoyon  bo‘ladi.  Plevritda  yo‘tal  ham  bo‘ladi,  lekin,  odatda  o‘pkadagi  birlamchi 
kasallik  hisoblanadi.  Yallig‘lanish  suyuqligi  to‘planishi  natijasida  o‘pkalar  siqilib 
qoladi,  buning  natijasida  qonda  kislorod  miqdori  kamayganiga  kompensator 
ravishda  kuchli  hansirash  paydo  bo‘ladi.  Intoksikatsiya  kuchli  namoyon  bo‘ladi, 
tana harorati ko‘tariladi (40 С gacha), bemorlar o‘zlari uchun odatiy bo‘lgan ishlarni 
bajara  olmaydilar,  uyquchanlik,  qaltirash  kuzatiladi.  Ishtaha  yo‘qligi  boisdan 
bemorlar  butunlay  ovqatdan  bosh  tortadilar  va  ozib  ketadilar,  natijada  organizm 
kurashuvchanligini oshiruvchi oziq moddalar ovqat bilan tanaga kirmay qoladi.  
Dietadavo  plevritni  davolashning  asosiy  usuli  bo‘lmasada,  bemorning 
sog‘ayishini  sezilarli  darajada  tezlashtirishi,  dori  vositalarining  samaradorligini 
oshirishi mumkin.  
Suyuqlik  ajralishining  sababi  qanday  bo‘lishidan  qat’iy  nazar,  parhez 
ovqatlanish  shu  suyuqlikning  ajralishini  kamaytirish,  yo‘qotilayotgan  oqsilning 
o‘rnini to‘ldirish, og‘ir intoksikatsiyani bartaraf etishga qaratilgan bo‘ladi.  


170 
 
Bemor  ratsionining  quvvat  qiymati  2600  –  2700  kkal  ni  tashkil  etishi  kerak. 
Suyuqlik  miqdori  700  ml  dan  oshmasligi,  shuningdek  osh  tuzi  miqdori 
chegaralanishi  shart.  Yallig‘lanish  jarayonini  so‘ndirishga  ovqat  tarkibidagi 
uglevodlar miqdorini kamaytirish ham yordam beradi, chunki ular bakteriyalarning 
ko‘payishi uchun qulay muhit hosil qiladi va sutkalik miqdori 240-260 g ni tashkil 
qiladi.  
 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish