Klinik dietologiya va nutrisiologiya


O‘pkaning yiringli kasalliklarida parhez ovqatlanish



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

O‘pkaning yiringli kasalliklarida parhez ovqatlanish 
O‘tkir va surunkali yiringli jarayonlarning xususiyatlari o‘tkazilayotgan davo 
samarasini  oshirish  va  ijobiy  effektga  tezroq  erishish  maqsadida  ushbu 
kasalliklarning  kompleksi  davosi  tarkibida  maxsus  parhez  ovqatlanishni  belgilash 
zaruriyatini keltirib chiqaradi.  
Surunkali yiringli yallig‘lanishning asosiy spetsifik belgilari organizm himoya 
imkoniyatlarining  zaiflashuvi,  organizmning  spetsifik  va  nospetsifik  rezistentligi 


168 
 
sistemalarida  himoya  imkoniyatlarining  pasayishi  hisoblanadi.  Surunkali 
yallig‘lanish jarayonida doimiy, bemorni holdan toydiruvchi isitma bo‘ladi, demak 
quvvat  sarfi  kuchli  bo‘ladi.  Organizmda  uzoq  vaqt  yiringli  yallig‘lanish  jarayoni 
kechganda,  u  bilan  kurashish  natijasida  yuzaga  keladigan  katta  quvvat  sarfini 
qoplash  uchun,  bemor  ratsioni  quvvati  uning  fiziologik  normasiga  nisbatan 
birmuncha ko‘tarish lozim. Odatda yiringli jarayon yallig‘lanish joyida ekssudatsiya 
bilan  kechadi.  Ma’lumki  ekssudat  ko‘p  miqdorda  oqsil  tutadi.  Bu  holat  bemorda 
qondagi o‘rtacha oqsil miqdori kamayadi va bu xolatni iloji boricha tezroq bartaraf 
qilinishi  lozim.  Albatta,  dietaga  ko‘p  miqdorda  vitaminlar  kiritiladi,  mazkur 
vaziyatda  ayniqsa  A,  S,  D  va  V  guruh  vitaminlari  zarur.  Bundan  tashqari, 
kasallikning  yorqin  klinik  belgilari  bartaraf  etilgan,  davolash  dietasi  yallig‘lanish 
jarayonida  zararlangan  to‘qimalarning  xususiy  tiklanish  xususiyatlarini  qo‘llab-
quvvatlashga yo‘naltirilmog‘i lozim. To‘qimalar regeneratsiyasi ovqat bilan ma’lum 
ozuqa  moddalarining  kiritilishi  bilan  kuchaytirilishi  kerak.  Har  qanday  yiringli 
yallig‘lanish  jarayoni  turli  a’zo  va  to‘qimalar  tomonidan  qaytarib  bo‘lmas 
o‘zgarishlarga  olib  keladi,  bunga  misol  qilib  amiloidoz  kabi  tizimli  kasalligini 
keltirishimiz  mumkin.  Shuning  uchun  ham  bunday  kasalliklarni  kompleks  va 
adekvat  davolash  juda  muhimdir,  ayniqsa  davolash  dietasi  ham  muhim  o‘rin 
egallaydi.  
Bemor  tomonidan  iste’mol  qilinayotgan  taomlar  quvvati  2900-3000  kkal  ni 
tashkil  qilishi  lozim.  Kaloriyaning  oshirilishi  asosan  sutkalik  oqsil  iste’molining 
ko‘payishi  hisobiga  amalga  oshadi,  yog‘larning  miqdorini  esa,  aksincha, 
chegaralagan  ma’qul.  Chunki  ular  me’da-ichak  trakti  a’zolariga  qo‘shimcha 
yuklama beradi, bu esa surunkali jarayondan toliqqan organizm uchun ortiqchadir. 
Oqsillar miqdori o‘rtacha 120 – 150 g, yog‘lar 70 g gacha kamaytiriladi, iste’mol 
qilinadigan uglevodlar miqdori 350 – 400 g atrofida qoladi va bu o‘rtacha fiziologik 
meyorga mos keladi. Kuchli yallig‘lanish jarayoni ovqatdagi uglevodlar miqdorini 
cheklashga  majbur  qiladi,  chunki  qondagi  qand  miqdorining  ortishi  bakteriyalar 
ko‘payishini  kuchaytirib,  yallig‘lanish  jarayoni  bilan  kurashishni  qiyinlashtiradi. 
Iste’mol qilinadigan suyuqlikning sutkalik miqdori o‘rtacha 1,2 – 1,4 litrni tashkil 
qiladi. Erkin suyuqlik iste’molining cheklanishidan maqsad ekssudatsiya jarayonini 
kamaytirishdir. Iste’mol qilinishini cheklash  lozim bo‘lgan  moddalar qatoriga osh 
tuzi ham kiradi, chunki u organizmda suvni ushlab qolib, yurak-qon tomir tizimiga 
yuklamani oshiradi. Agar alkogol iste’mol qilinsa, kasallik salbiy tomonga keshish 
ehtimoli  borligi  haqida  bemorni  albatta  ogohlantirish  lozim.  Bu  alkogolning 
organizm  to‘qimalariga,  ayniqsa  yiringli  yallig‘lanishga  uchragan  to‘qimalarga 
proteolitik effekt ko‘rsatishi bilan bog‘liq.  
Iste’mol qilinadigan oqsillar to‘laqonli bo‘lib, ulardan hayvon oqsillari etakchi 
ahamiyatga  ega,  dietaga  albatta  kaltsiyga  boy  mahsulotlar,  masalan  sut  va  sut 
mahsulotlari  kiritiladi.  Kaltsiy  yallig‘lanishga  qarshi  va  desensibilizatsiyalovchi 
xususiyatlarga ega bo‘lib, dori vositalari bilan davolashning effektini kuchaytirish 
uchun  zarur.  Kaltsiyning  sutkalik  miqdori  1,5  g  va  undan  yuqori  bo‘lishi  lozim. 
Boshqa mineral moddalarning ham miqdorini nazorat qilish lozim, masalan, magniy 


169 
 
– 0,6 g gacha, fosfor – 1 g gacha va vitaminlar: A (3-4 mg gacha), S (270-310 mg 
gacha), V guruh (20-30 mg gacha) va h.k. 
O‘pkaning  yiringli  kasalliklari  bilan  og‘rigan  bemorlar  uchun  juda  foydali 
mahsulot  achitqi  hisoblanadi.  Uning  tarkibida  ushbu  bemorlar  uchun  juda  zarur 
bo‘lgan  V  guruh  vitaminlari  va  oqsillar  ko‘p  miqdorda  mavjud.  Bundan  tashqari 
achitqilar tarkibida uglevodlar, ozroq miqdorda yog‘lar, pantoten, paraaminobenzoy 
va  folat  kislotalari,  biotin  va  mineral  moddalardan  kaltsiy,  magniy,  kaliy,  temir, 
natriy, fosfor, oltingugurt mavjud.  
 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish