Keksa yoshda sog‘lom ovqatlanish va kasalliklarda parhez tavsiyalar
Qarish – umumbiologik qonuniyat bo‘lib, keksalik davrini sog‘lom va jismoniy
faol kechirish, shuningdek uzoq umr ko‘rish uchun sog‘lom turmush tarziga, ayniqsa
sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish lozim, shundagina qarilik jarayonini
pasaytirib, hamda keksalar uzoq umr ko‘rishi, faol hayot va sihat-salomatlikka
erishishini ta’minlash mumkin.
Keksalar sog‘lom ovqatlanishi tamoyillari.
- Kun davomida ovqatlanish keksalarda 4-5 marotaba oz miqdorda bo‘lishi
- Ovqatlanish tartibiga rioya etish, ya’ni, birinchi nonushta 25%, ikkinchi
nonushta 15-20%, tushlik 30-35% va kechki ovqat 25% quvvatini tashkil etishi.
- Antisklerotik mahsulotlarni – dukkaklilar, yormalar, dengiz va sut
mahsulotlari, sabzavot va mevalarni ko‘proq iste’mol qilish.
35
- Hayvon yog‘larini (qo‘y, mol yog‘i, qaymoq, ikra, yog‘li go‘shtlar) cheklash.
- Qand va tuz miqdorini cheklash.
- Sutli mahsulotlar va probiotiklarga boyitilgan sut mahsulotlarini iste’molda
ko‘paytirish.
- Ovqat ratsionida to‘yinmagan yog‘ kistolotalari tutgan o‘simlik yog‘ini keng
qo‘llash.
- Ovqat ratsionini S va V guruhidagi vitaminlari, ovqat tolalari, kaliy, magniy,
ruh kabi mikroelementlar bilan boyitish.
- Tabiiy ichimliklar, sutli choy, meva va sabzavot sharbatlari hamda suv
iste’mol qilish maqsadga muvofiq.
- Ovqat ratsionini xilma-xil mahsulotlar bilan boyitish.
- Ovqat tayyorlash texnologiyasida suvda, bug‘da va dimlangan holdagi
taomlarni iste’mol qilish maqsadga muvofiq.
- Tuzli, dudlangan, achchiq taomlar, spirtli ichimliklar, qahva kabilar ta’qiqlash
va tarkibida xolesterin va tez singuvchi uglevodlar hamda osh tuzini saqlovchi
mahsulotlar iste’molini kamaytirish.
- Sabzavot va dukkaklilardan, shuningdek baliq, parranda go‘shtlaridan
tayyorlangan taom va salatlarni keng iste’mol qilish.
- Jismoniy harakatni faollashtirish va uni ovqatlanish quvvat qiymatiga
moslashtirish.
Keksalikda oqsil almashinuvi va me’yor darajasi.
- Keksa yoshda hujayralar regeneratsiya tezligi susayadi va shunga mos holda
oqsilga zaruriyat kamayadi
- Oqsilga boy mahsulotlarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish qariyotgan
organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi
- O‘rtacha kunlik oqsil me’yori 60 yoshdan yuqori erkak va ayollarga 70-60 gr;
75 yoshdan yuqorilarda erkak va ayollarga 60-57 gr.
- Oqsillarni 50% hayvon mahsulotlari, qolgan qismi o‘simlik oqsillari bo‘lishi
va ular yog‘i kam sutlar, dengiz mahsulotlari, non va dukkaklilar bo‘lishi maqsadga
muvofiq
- Keksalar ovqat ratsionida oqsilning 30% sut mahsulotlari hisobiga bo‘lishi
kerak, avvalo yog‘sizlantirilgan tvorog (100 gr), sut (300 ml), qaysiki ular
organizmga zarur darajada kaltsiy va lipotrop moddalar bilan ta’minlab, osteoporoz,
ateroskleroz, yurak ishemik kasalligi va ortiqcha vaznni oldini oladi.
Keksalikda yog‘ almashinuvi va me’yor darajasi.
36
- Yog‘lar energiya manbai bo‘lib, ular iste’molida hayvon yog‘ini cheklab
o‘simlik yog‘ini ko‘paytirish maqsadga muvofiq.
- Kundalik o‘rtacha me’yori erkak va ayollarda 75-70 gr, 75 yoshdan yuqori
erkak va ayollarda 70-65 gr.
- Keksalikda o‘simlik yog‘lari tavsiya etiladi, ular to‘yinmagan yog‘ kislotalari
(linol, linolen va arxidon) bo‘lib ular qon tomirlar elastikligini oshiradi,
o‘tkazuvchanligini kamaytiradi.
Keksalikda uglevod almashinuvi va me’yor darajasi.
- Uglevodlar 60 yoshdan keyin erkak va ayollarda mos ravishda 340-310 gr ni
tashkil qilishi.
- Uglevodlarni iste’moli ko‘proq sabzavot va mevalardan bo‘lishi modda
almashinuvini me’yorlashtirishda katta ahamiyatga ega.
- Uglevod manbalari, shuningdek, kraxmal, ovqat tolalari, kepakli unlardan
tayyorlangan nonlar va yormalari ham hisoblanadi.
- Ovqat tolalari hazm va o‘t ishlab chiqish faoliyatini kuchaytiradi, va
qabziyatni oldini oladi, hamda tanadan xolestirinni chiqarib yuborishga yordam
beradi.
- Ovqat ratsionida engil o‘zlashtiriladigan uglevodlar, ya’ni shakar,
qandolatchilik mahsulotlari va shirin ichimliklar cheklanadi.
Keksalikda makro-mikroelementlar almashinuvi va me’yor darajasi.
- Kaltsiyning kundalik miqdori 800 mg, kaliy miqdori 3000-4000 mg, magniy
miqdori 500-600 mg, fosfor 1500 mg, temir moddasi 10-15 mg ni tashkil etadi.
- Qariyalarda temir tanqisligi – kamqonligi ko‘p uchraydi, chunki ulardagi
hazm a’zolari tizimining funktsiyasi susayadi.
- Keksalarda kaltsiy tuzlari osteoporoz holatini oldini olish, magniy esa ichaklar
va mushaklarda spazmni olish hamda o‘t chiqarish va xolestirin almashinuvini
stimullovchi xususiyatga ega.
- Kaliy yurak mushaklari metabolizmini, fosfor esa miya hujaylari funktsiyasini
faollashtirishda katta rol o‘ynaydi.
Keksalikda uchraydigan kasalliklar.
- Yurak-qon tomir kasalliklari va arterial gipertoniya bilan er sharining 25%
aholisi kasallangan va ulardan 50%ini 65 yoshdan yuqori bo‘lgan aholi guruhi
tashkil qiladi.
37
- AQShda XX-XXI asrlarda arterial gipertoniya kasalligi bilan 60 mln aholi
xastalangan va yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim holati 600 ming, insultdan esa
170 ming kishini tashkil etadi.
- Qandli diabetni 2 shakli bo‘lib, u dunyoda hozirgi vaqtda 100 mln aholini
tashkil etadi.
Qandli diabetning 2 shakli, ya’ni insulinga bog‘liq bo‘lmagan turi aholi
guruhining yoshiga bog‘liq holda quyidagicha uchraydi: ya’ni, 50-59 yosh – 8%, 60-
69 yosh – 8-12%, 70-79 yosh – 14-20%, 80 yosh va undan yuqori - 25%, bularni
75%ni keksa yoshdagi odamlar tashkil qiladi.
Keksalikda yurak-qon tomir kasalliklar parhez davo tavsiyasi.
- Yog‘sizlantirilgan sut mahsulotlaridan foydalanish.
- Sabzavot va mevalarni keng miqdorda tanovvul qilish.
- Baliq va dengiz mahsulotlaridan tayyorlangan mahsulotlarni keng iste’mol
qilish.
- Taom tayyorlashda dimlash, qaynatish va duxovkada tayyorlash
texnologiyalarini qo‘llash.
- Yog‘li go‘shtlar, sariyog‘, ikra, eritilgan yog‘larni imte’mol qilmaslik.
- Tarkibida xolestirin kam bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish.
- Taomni oz-ozdan, kun davomida 5-6 marotaba iste’mol qilish.
- Taomda osh tuzini cheklash.
- Yurak-qon tomiri uchun foydali makro-mikroelementlar tutgan (K, Ca, Mg,
Fe, Zn va vitamin V, S, A guruhlari) sabzavot va ko‘katlar (qovoq, kartoshka, karam,
ko‘katlar)ni keng iste’mol qilish.
Keksalikda qandli diabet kasalliklar parhez davo tavsiyasi.
Iste’mol qilish lozim: maxsus qora non, yog‘siz mol go‘shti yoki baliqli
sho‘rvalar, yog‘siz terisidan ajratilgan tovuq yoki baliq mahsulotlari qaynatilgan
yoki dimlangan holda, boshoqli, dukkakli taomlar iste’molini chegaralash, sabzavot
va ko‘katlar, nordon mevalar, sut va sut mahsulotlari, qand o‘rnini bosuvchilar
moddarlar (fruktoza, sarbit, ksilit).
Man etiladi: yog‘li sho‘rvalar, yog‘li go‘sht, kolbasalar, tuzlangan mahsulotlar,
ikra, qaymoq, shakar tutgan mahsulotlari, glyukoza tutgan mevalar, muzqaymoq,
gazlangan va spirtli ichimliklar.
Keksalikda insult kasalligida parhez davo tavsiyasi.
Iste’mol qilish lozim: keksalarda asab kasalliklari, ayniqsa insultda ijobiy ta’sir
ko‘rsatuvchi fosforga boy mahsulotlar, sut va undan tayyorlangan oziq-ovqatlar,
38
dukkakliklar bilan, shuningdek, yog‘siz go‘sht va baliq, yormalar, sabzavot va
mevalar, o‘simlik yog‘i va vitamin B va S guruhiga boy bo‘lgan mahsulotlar (dengiz
mahsulotlari, no‘xot, karam, anjir, baqlajon, behi, tarvuz, va o‘simlik yog‘lari) bilan
ovqat ratsionini boyitish tavsiya etiladi.
Taomlar suv va bug‘da pishirilgan yoki dimlangan holatda iste’mol qilish
tavsiya etiladi.
Man etiladi: achchiq-sho‘r mahsulotlar, qovurilgan taomlar, yog‘li go‘shtlar,
dudlangan mahsulotlar, kolbasalar, ikra, qaymoq, gazlangan va spirtli ichimliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |