Альгинатн хом ашёлар. ижобий ва салбий жихатлари.
Alginat materiallar. Barcha alginat qoliр olish materiallarining
asosini algin kislotaning natriy tuzi tashkil etadi. U kukundan iborat
bo‘lib, suvda bo‘kib, kolloid sistema — gel hosil qilish xususiyatiga
ega. Gelga undan qoliр olish materiali sifatida foydalanishga imkon
beradigan fizik xususiyat berish uchun uning qattiqligi va
elastikligini oshirish, yopishqoqligini kamaytirish zarur. Bunga
erishish uchun unga giрs, shuningdek, har xil to‘ldiruvchilar (oq
qurum SiO2, bariy sulfat BaSO4, natriy karbonat Na2CO3 va
boshq.) qo‘shish kerak bo‘ladi. Ayniqsa, giрs qo‘shish katta
ahamiyatga ega. Undan eruvchan natriy alginat gelini erimaydigan
kalsiy alginat geliga o‘tkazish maqsadida foydalaniladi
Alginat qoliр olish materiallari asosiy xossalarining xarakte-
ristikasi. Massani tayyorlash va uni og‘izga kiritishning osonligi,
protez o‘rni to‘qimalarining aniq aksini olish, og‘iz bo‘shlig‘idan
butunicha chiqarib olish mumkinligi alginat qoliр olish mate-
riallarining eng afzal tomonlari hisoblanadi. Qoliр og‘izdan chiqarib
olingandan keyin giрs bilan qoliр olishdagi kabi yuz iflos bo‘lib
qolmaydi. Qotgan qoliр olish massasi yaxshi qayishqoq xossalariga,
yetarli darajada qattiqlikka va mahkamlikka ega. Alginat qoliрlar
bo‘yicha model quyish ham oson.
Alginat qoliр olish materiallarini qo‘llanish giрs bilan qoliр
olishga nisbatan qoliр olish usulini sezilarli darajada soddalashtiradi
va unga sarflanadigan vaqtni tejaydi. Biroq qoliр olish materiallari
bu guruhining qator kamchiliklari bor.
Barcha alginat materiallar plastik holatdan elastik holatga o‘tish
davrida hajmi sezilarli darajada qisqaradi. Bunda gel hosil qilishdan
keyin sodir bo‘ladigan strukturaviy o‘zgarishdan makromole-
kulalar zichlashadi, buni esa, sinerezis — ozod suyuq faza ajralishi
bilan birgalikda boradi, deb tushuntirish mumkin.
Suyuq faza giрsning qotishini sekinlashtirish qobiliyati bo‘lgan
va olingan model yuzasining tozaligini buzadigan moddalar (suv,
kislota, kolloid zarrachalar)dan iborat. Ajralib chiqqan suyuqlikni
ketkazish uchun og‘izdan chiqarib olingan qoliрni oqib turgan
suvda chayib olish tavsiya etiladi, model quyishdan oldin esa, uni
3—5 minutga 2 % alumokaliy achchiqtosh eritmasiga yoki natriy
sulfatga solib qo‘yiladi. Qoliр ochiq holda saqlanganda massa qurib
qoladi . 15—20 minutdan keyin esa, qoliр yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydigan darajada kirishadi. Qoliрni to‘yingan suv bug‘lari
solingan idishda saqlansa, uning kirishishini ancha kamaytirish
mumkin. Qoliрni suvda ham saqlasa bo‘ladi, biroq bunda uning
hajmi kengayadi . Bunday qoliрlardan model
kechiktirilmasdan quyilishi kerak. Alginat massalar mexanik mustahkamligining yuqori emasligi
alginat massalar kamchiligiga kiradi. Qoliрni faqat oquvchanlikka ega bo‘lgan va o‘z og‘irligi
bilan qoliр chuqurchalariga
oqib tushadigan massa bi-
lan to‘ldirish mumkin. Qo-
liрga ortiqcha bosim ta’sir
ettirish mutlaqo mumkin
emas, chunki bu holda qo-
liрning yupqa joylari defor-
matsiyaga uchrashi mum-
kin. Alginat massalar is-
siqqa chidamlilik qobiliya-
tiga ega emas, shuning
uchun yengil eruvchan qo-
tishmalardan model olishda
foydalanish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |