Kirish
Bugungi kunga kelib maktabgacha ta’lim tashkilotlariga e’tibor yanada ortib
bormoqda va bunda tarbiyachilarga bo’lgan masuliyat hissi yanada ortadi.
Tarbiyachilar bugungi kun qahramonlari desak hech mubolg’a bo’lmaydi. Chunki
ular kelajagimiz poydevorini mustahkan qilib qo’yishdek sharafli vazifani
bajarmoqdalar. Maktabgacha ta’lim tashkilotini
tarbiyachilarning jonkuyarligi,
samarali mehnat faoliyatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Yosh avlodni komil inson qilib
tarbiyalashda ularning zahmatli mehnati yotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi PQ-3305-
son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-
dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi Maktabgacha Ta’lim vazirining buyrug‘iga binoan 2018-yil 18-iyul 1-
MX-sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasining “Ilk va Maktabgacha
Yoshdagi Bolalar Rivojlanishiga Qo‘yiladigan Davlat Talablari” tasdiqlandi.
Ma'lumki, maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga ta'lim-tarbiya
berish
"Ilk qadam'' dasturi asosida olib boriladi.
Bolalarga huquqiy tarbiya berish jarayoni asosan katta guruhdan (3-4 yosh)
boshlanib, unda bolalarga Konstitutsiya saboqlari asosida ilk huquqiy tushuncha
berish, bolalarda ularning umumiy Vatani - O'zbekiston haqida tasavvur uyg'otish,
o'zi tug'ilib o'sgan joyiga muhabbat tuyg'usini uyg'otish, o'z shahar, qishloq, mahalla
va ko'chasi haqidagi
bilimlarini kengaytirish, o'zi yashash joyidagi me'morchilik
yodgorliklari, chiroyli qurilishlarga qiziqish uyg'otish, ularning nomlarini to'liq
aytishga o'rgatish vazifalari qo'yiladi.
Katta guruhda (4-5 yosh) - bolalarda mustaqil O'zbekiston davlati haqidagi
tushunchalarini
kengaytirish, Samarqand, Buxoro,
Xiva va Toshkent shaharlari,
"Buyuk Ipak yo'li" haqida qisqacha ma'lumot berish, O'zbekistonning mustaqilligi,
gerbi, bayrog'i, madhiyasi haqidagi bilimlari shakllantiriladi. O'zbekiston
madhiyasini ijro eta olishga o'rgatiladi. O'zbe- kiston Respublikasi Prezident
tomonidan boshqarilishi, O'zbekistonning poytaxti Toshkent shahri ekanligi haqida
tushuncha beriladi. Bolalarning o'z tug'ilgan yurtiga
mehr- muhabbat hissini
shakllantirish, milliy g'ururni tarbiyalash, "Konstitutsiya saboqlari”
asosida ilk
tushunchalar beriladi.
Maktabgatayyorlovguruhi (6-7 yosh) - Bolalarningmustaqil O'zbekiston
haqidagi tasavvurlarini boyitish, O'zbekistonning qadimiy shaharlari va Buyuk Ipak
yo'li haqida "Konstitutsiya saboqlari” asosida tushunchalar beriladi. O'zbekiston
Respublikasini himoya qilish har bir fuqaroning burchi ekanligi, tabiatga va atrof-
muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majbur ekanliklari, o'z sha'ni, qadr-
qimmati va erkinliklari to'g'risidagi huquqiy bilimlarga ega bo'ladilar. Maktabgacha
ta'lim muassasalarida bolalarni Konstitutsiya bilan tanishtirishda eng asosiy g'oya -
Mustaqillik g'oyalarini aks ettirilishi muhim hisoblanadi. Bunda "O'zbekiston -
mening Vatanim”, "Konstitutsiya asosiy qomusimiz", "Qonun muqaddas”,
"Mustaqillik bayrami" mavzularida suhbatlar o'tkazib, bolalarda dastlabki tasavvur
va tushunchalar hosil qilinadi.