Maktabgacha ta'lim
Klasterlarida Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida
pedagog kadrlarining
2022- yil iyun oyida malaka oshirish kursi tinglovchisi
Xaydarova Sanobar Akmalovnaning
“Katta yoshdagi bolalar uchun Stol-bosma o’yinlari”
mavzusidagi mashg'ulotni tashkil etish va o'tkazish metodikasi yuzasidan
BITIRUV LOYIHAVIY ISHI
Ilmiy rahbar: Karimova Shoira Baxtiyorovna
Qo’qon-2022
Katta yoshdagi bolalar uchun Stol-bosma o’yinlari
Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism.
1. Bolalar bog'chasida bosma stol o'yinlarining kartochkasi.
2. Doska va bosma o'yinlarning maqsad va vazifalari.
3. Stol-bosma o’yinlari tashkil etish.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Bugungi kunga kelib maktabgacha ta’lim tashkilotlariga e’tibor yanada ortib bormoqda va bunda tarbiyachilarga bo’lgan masuliyat hissi yanada ortadi. Tarbiyachilar bugungi kun qahramonlari desak hech mubolg’a bo’lmaydi. Chunki ular kelajagimiz poydevorini mustahkan qilib qo’yishdek sharafli vazifani bajarmoqdalar. Maktabgacha ta’lim tashkilotini tarbiyachilarning jonkuyarligi, samarali mehnat faoliyatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda ularning zahmatli mehnati yotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha Ta’lim vazirining buyrug‘iga binoan 2018-yil 18-iyul 1-MX-sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasining “Ilk va Maktabgacha Yoshdagi Bolalar Rivojlanishiga Qo‘yiladigan Davlat Talablari” tasdiqlandi.
Ma'lumki, maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga ta'lim-tarbiya berish "Ilk qadam'' dasturi asosida olib boriladi.
Bolalarga huquqiy tarbiya berish jarayoni asosan katta guruhdan (3-4 yosh) boshlanib, unda bolalarga Konstitutsiya saboqlari asosida ilk huquqiy tushuncha berish, bolalarda ularning umumiy Vatani - O'zbekiston haqida tasavvur uyg'otish, o'zi tug'ilib o'sgan joyiga muhabbat tuyg'usini uyg'otish, o'z shahar, qishloq, mahalla va ko'chasi haqidagi bilimlarini kengaytirish, o'zi yashash joyidagi me'morchilik yodgorliklari, chiroyli qurilishlarga qiziqish uyg'otish, ularning nomlarini to'liq aytishga o'rgatish vazifalari qo'yiladi.
Katta guruhda (4-5 yosh) - bolalarda mustaqil O'zbekiston davlati haqidagi tushunchalarini kengaytirish, Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlari, "Buyuk Ipak yo'li" haqida qisqacha ma'lumot berish, O'zbekistonning mustaqilligi, gerbi, bayrog'i, madhiyasi haqidagi bilimlari shakllantiriladi. O'zbekiston madhiyasini ijro eta olishga o'rgatiladi. O'zbe- kiston Respublikasi Prezident tomonidan boshqarilishi, O'zbekistonning poytaxti Toshkent shahri ekanligi haqida tushuncha beriladi. Bolalarning o'z tug'ilgan yurtiga mehr- muhabbat hissini shakllantirish, milliy g'ururni tarbiyalash, "Konstitutsiya saboqlari” asosida ilk tushunchalar beriladi.
Maktabgatayyorlovguruhi (6-7 yosh) - Bolalarningmustaqil O'zbekiston haqidagi tasavvurlarini boyitish, O'zbekistonning qadimiy shaharlari va Buyuk Ipak yo'li haqida "Konstitutsiya saboqlari” asosida tushunchalar beriladi. O'zbekiston Respublikasini himoya qilish har bir fuqaroning burchi ekanligi, tabiatga va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majbur ekanliklari, o'z sha'ni, qadr-qimmati va erkinliklari to'g'risidagi huquqiy bilimlarga ega bo'ladilar. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni Konstitutsiya bilan tanishtirishda eng asosiy g'oya - Mustaqillik g'oyalarini aks ettirilishi muhim hisoblanadi. Bunda "O'zbekiston - mening Vatanim”, "Konstitutsiya asosiy qomusimiz", "Qonun muqaddas”, "Mustaqillik bayrami" mavzularida suhbatlar o'tkazib, bolalarda dastlabki tasavvur va tushunchalar hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |