Kirish. Mavzuning dolzarbligi


Iqtisodiyoti rivojlangan, rivojlanayotgan va o’tish davridagi mamlakatlarning ochiq iqtisodiyot modellari va ularning o’ziga xos xususiyatlari



Download 0,72 Mb.
bet7/18
Sana01.06.2022
Hajmi0,72 Mb.
#629395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
asosiy qism

1.3 Iqtisodiyoti rivojlangan, rivojlanayotgan va o’tish davridagi mamlakatlarning ochiq iqtisodiyot modellari va ularning o’ziga xos xususiyatlari.

Jahon xo’jaligida iqtisodiyoti rivojlangan, rivojlanayotgan va o’tish davridagi mamlakatlarning ochiq iqtisodiyot modellari turlicha va ularning iqtisodiyotlarining ham ochiqlik darajasi turlichadir. Bunga sabab ularning geografik joylashuvi, aholi demografiyasi va iqlimi ham turlicha bo’lganligidir.


Ochiq iqtisodiyotiga o’tish yo’llari (modellari) xilma xil bo’lib, ularning umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi.
Jahon tajribasida ochiq iqtisodiyotga o’tishning ya’ni eksport va import ulushining oshishi, chet el kapitalining va ishchi kuchining kirib kelishi, o’z navbatida chetga kapital va ishchi kuchuning chiqishi, xalqoro mehnat taqsimotida faol qatnashishi, xalqoro savdoda qatnashishi, chet el investitsiyalariga mamlakatdagi barcha sohalarga kirib borishi uchun shart-sharoitlar yaratishiga qarab farqlanadi.
Rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy siyosatning ustivor yo’nalishlarini hisobga olgan holda ochiq iqtisodiyot modelining samaradorligi quyidagi modellar asosida yoritib berish mumkin:

  1. Liberal model, anglosanks mamlakatlarining neoliberal modeli, xususiy -korporativ model. Bu modellar iqtisodiyotning o’zini – o’zi boshqarishning bozor mexanizmi asosida qurilgan, davlat mulkchiligining oz ulushi, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida davlatning sezilarsiz to’g’ridan – to’g’ri aralashuvi bilan tavsiflanadi. AQSH, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda amal qiladi.

  2. Ijtimoiy bozor xo’jaligi modeli. Ikkinchi jahon urushidan so’ng Germaniya, Shvedsiya va Fransiyada tuzilgan, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti nomini oldi. Ushbu model milliy bozor xo’jaligining ishlashiga davlatning faol tasiri: iqtisodiyotda davlat rolining yuqoriligi, davlat mulkining katta ulushga ega ekanligi, kuchli ijtimoiy taminot tizimi, davlat xarajatlarining yuqori darajasi, aholining keng miqyosda ijtimoiy kafolatlar bilan taminlanganligi, bandlikni tartibga solinishi kabi xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy bozor xo’jaligi modeli Germaniya , Kanada va Isroil kabi davlatlarda mavjud.

Rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyoti mamlakatlari uchun xos bo’lgan xususiyatlarni hisobga olgan holda rivojlanayotgan mamlakatlarning Lotin Amerika, Afrika, Xitoy va o’tish iqtisodiyoti mamlakatlari modellarini ajratish mumkin.

  • Lotin Amerika modeliga xos bo’lgan xususiyatlar: davlatning iqtisodiyotga kuchli va har doim ham samarali bo’lmagan aralashuvi, koprrupsiya, yetakchi kapitalistik mamlakatlarning talabini qondirish, tabiiy resurslar va arzon ishchi kuchi uchun yo’nalishi va boshqalar.

  • Afrika modeli – ushbu model mulkchilikning xar xil shakllariga va bozor munosabatlariga asoslanadi. Bu modeldan foydalanuvchi Afrika mamlakatlarida avvalambor, aholi o’rtasida savodxonlik darajasining pastligi, davlatni boshqarish, xatto xo’jalik jarayonlarini korxonalar va firmalar darajasida tartibga solish hamda boshqarishda ojizlik kuzatiladi. Umuman, rivojlangan mamlakatlarning yordamisiz afrikaliklar zamonaviy ochiq bozor tizimini tashkil etish qiyindir.

  • O’tish iqtisodiyoti mamlakatlari modeli – bu ochiq bozor va mamuriy buyruqbozlik modellari o’rtasida oraliq modeldir. Ushbu modelga Markaziy va Sharqiy Yevropaning sobiq sotsialistik mamlakatlari, MDH mamlakatlari va qator Osiyo mamlakatlarni kiritish mumkin. Ushbu mamlakatlarda olib borilayotgan qayta o’zgarishlardan asosiy maqsad bozor tamoyillariga asoslangan demokratik jamiyat qurishdir

Bu yo’llarning umumiyligi shundaki, ular hammasi ochiq bozor iqtisodiyotiga o’tishni maqsad qilib qo’yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko’p jixatdan umumiy bo’ladi. Shu bilan birga har bir yo’lning o’ziga xos xususiyatlari ham bor, bu bozor munosabatlarini shakilantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo’lishidan kelib chiqadi.
Keyingi 30 yilda qator Janubi-Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlarida iqtisodiy rivojlanish keskin o‘sdi. 1965 yildan 2013 yilgacha bu mamlakatlarning daromad darajasida o‘sish qariyib 100 baravarni tashkil etdi. O‘rtacha yillik iqtisodiy koeffitsiyent darajasi 5-7 % ga teng bo‘ldi.
So‘nggi yillarda Afrika iqtisodiyotida biroz ijobiy siljishga erishildi. 1990 yilning 2-yarmida Afirika mamlakatlarining YAIM dagi o‘sish sur’ati 2-3 %ni tashkil etdi. Ayniqsa iqtisodiy o‘zgarishlar Mozambik (8,2%), Ruanda (7,2%), Gana (7,6%) Mavrikiya (6,4%), Botsvana (6,2%), Lesoto(5,8%) va boshqa shular kabi kichik mamlakatlarda ancha sezildi. Afrikaning 27 ta mamlakatida iqtisodiy sur’at aholining o‘sish sur’atiga solishtirganda yaxshilandi. Jahon banki ekspertlari ta’kidlashicha, 2013 yilda Afrika davlatlarining YAIM o‘sishidagi sur’at o‘rtacha 3,8 % ga yetgan.
Masalan, ochiq bozor munosabatlariga o’tishning g’arbcha modeli (rivojlangan mamlakatlar yo’li)da oddiy tovar xo’jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki ochiq bozor iqtisodiyotiga va undan madaniylashgan va xalqaro koopiratsiyalashgan ochiq bozor iqtisodiyotiga o’tiladi.
Mustamlakachilikdan ozod bo’lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning ochiq bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lining xususiyati bu qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan ochiq bozor iqtisodiyotiga o’tishdir. Nihoyat, iqtisodiyoti o’tish davrida bo’lgan mamlakatlar yo’lining muhim belgisi markazlashtirilgan, ma’muriy-buyruq bozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan ochiq bozor tizimiga o’tishdan iboratdir. Bu yo’lning boshqa yo’llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning ochiq iqtisodiyot bilan umumiyligi yo’q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo’lda ochiq bozor munosabatlariga o’tayotgan mamlakatlarning o’zi o’tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi. Bularning hammasi ochiq iqtisodiyotga o’tishning mazkur yo’lining o’ziga xos xususiyatlaridir.
Jahon tajribasi guvohlik bеrmoqdaki, xalqaro iqtisodiy hamkorlikka faol kirishayotganda, u yoki bu mamlakatlar asosiy ishni xorijiy invеstitsiyalarni jalb etish hamda tashqi savdoning o`sishiga zaruriy hisoblanadigan sharoitlarni yaratishdan boshlaydi. Shunday ekan, bu mamlakatlar o`z iqtisodiyotlari doirasida tеxnologik halqalarning barcha bo`g`inlaridan foydalangan holda tarkibiy qayta qurishlarga xomashyolardan esa tеxnologik sig`imi yuqori bo`lgan tayyor mahsulotlarga o`ta boshlaydi. Tarmoqlarni rivojlantirish va qayta ta'mirlash uchun eksportdan tushgan daromadlardan kеng foydalanish, xalqaro mеhnat taqsimoti ko`lamida ancha istiqbolli va “foydali” usul hisoblanadi.
AQSH, Gеrmaniya, Yaponiya kabi bir qator mamlakatlar xuddi mana shu yo`llar orqali taraqqiy etgan. Shuningdеk, AQSH asosan xomashyo, mеvalar, paxta, asal, ko`mir va shunga o`xshash bir qancha mahsulotlarni eksport qilishdan boshlagan. GFR esa, 50-yillarda ko`mir, qora mеtallar, ximiyaviy mahsulotlar singari bir qancha mahsulotlarni eksport qilgan. Yaponiya to`qimachilik, mеtalurgiya, ximiya mahsulotlarini eksport qilishdan boshlagan.
60-yillarda Sharkiy Osiyo va Lotin Amеrikasidagi bir qator mamlakatlar –“YaIM” xuddi shu yo`l orqali xarakat qildi. Ularning barchasi iqtisodiy o`sishning tashqi omillaridan samarali foydalandi. Shu o`rinda, sanoati rivojlangan mamlakatlardan xorijiy sarmoyalar, tеxnika va tеxnologiyalarni kеng miqyosda jalb qilinganligini ta'kidlab o`tish lozim bo`ladi.
Quyida Lotin Amеrikasi va Osiyoning “YaIM” bozoridagi qo`yilmalarining daromadlilik darajasi ko`rsatilgan (%): Argеntina – 57,96, Braziliya – 83,5, Mеksika – 39,87, Chili – 38,92, Indonеziya – 78,67, Janubiy Korеya – 26,03, Tayvan – 103,98, Tailand – 121,27, Fillipin – 165,18
Ko`rinib turibdiki, Osiyoning “YaIM”dagi invеstitsiyalarining daromadlilik darajasi Lotin Amеrikasi mamlakatlarinikidan sеzilarli darajada yuqoridir.
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining taraqqiyoti tashqi iqtisodiy aloqalar rivoji bilan bеvosita bog’liq. Ular mavjud fond (mulk)larni zamonaviylashtirish va kеngaytirishda, shuningdеk, ijtimoiy va iqtisodiy nomutanosiblikni yеngillatishda muqim aqamiyat kasb etadi. Dunyo eksportida rivojlanayotgan mamlakatlarning ulushi salkam 30 % ni tashkil etadi. Jumladan sanoat mollari - 21 % dan, mashinasozlik maqsulotlari 20 %dan iborat. So’nggi yillarda rivojlanayotgan mamlakatlardan tayyor maqsulotlar eksport qilinishi ancha mustaqkamlandi. Ammo shuni aloqida ta'kidlash kеrakki, rivojlanish bosqichidagi mamlakatlarga yangi tеxnologiyalarni to’liq joriy etish oson kеchmaydi. Buning uchun ular avvalo muqim vazifa-sanoat taraqqiyotiga har tomonlama erishmoqlari lozim. Bunda ixtisoslashgan kadrlar, kommunikatsiya masalalari, zarur shart-sharoitlar yaratilishi ma'lum vaqt o’tishini talab etadi. Xalqaro mеhnat taqsimoti (XMT) da barcha rеal import ehtiyojlari va eksport imkoniyatlar majmuida aks etadi. Bu mamlakatlar uchun xalqaro tashqi daromad olishdagi mustaqkam, ishonarli manba bo’lib qoladi.
Hozirgi zamon jahon bozorining, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning o’ziga xos tomonlaridan biri turli - tuman davlatlarning, iqtisodiy taraqqiyotining turli bosqichida turgan, turli iqtisodiy rivojlanish yo’nalishiga ega bo’lgan davlatlarning bab-baravar iqtisodiy munosabatlarga qatnashishi jahon bozorining baynalminal xususiyatlarini tobora orttirmoqda.


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish