Kirish. Mavzuning dolzarbligi


Iqtisodiyotning eksport salohiyati



Download 0,72 Mb.
bet4/18
Sana01.06.2022
Hajmi0,72 Mb.
#629395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
asosiy qism

1. Iqtisodiyotning eksport salohiyati. Agar eksport YAIMga nisbatan qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik mamlakat iqtisodiyotining ochiqlik darajasi yuqori bo‘ladi. Masalan, Gollandiyada eksport YAIMning ¾ qismiga teng bo‘lganidan, bu yerda ochiqlik darajasi yuqori deb aytish mumkin. O‘zbekiston iqtisodiyotining ham ochiqlik darajasi yuqori, chunki eksportning YAIMdagi hissasi deyarli 40 foizga yetadi.
2. Iste’molda importning hissasi. Agar bu hissa qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik iqtisodiyot ochiq hisoblanadi. Ammo buning uchun import kafolatlanishi kerak. Masalan, Yaponiya va Italiyada oziq-ovqat iste’molining 2/3 qismini import tashkil etadi. Importga qarab ochiqlik darajasiga baho berilganda aytilgan kafolatning bo‘lishi nazarda tutiladi, chunki shunda iqtisodiy xavf-xatar yuzaga kelmaydi, aholi ta’minotida uzilishlar bo‘lmaydi.
3. Xorijiy investisiyalar. Iqtisodiyotga yuboriladigan investitsiyalarda xorij investisiyalarining hissasi va chetga chiqarilgan kapitalning jami kapitaldagi hissasiga qarab mamlakat ochiqlik darajasi belgilanadi. Agar ichki investitsiyalarda xorijdan kelgan mablag‘lar ulushi qanchalik katta bo‘lsa, kapital tashqariga qanchalik ko‘p chiqsa, shunchalik iqtisodiyot ochiq hisoblanadi.
4. Mehnat resurslari tarkibida xorijdan kirib kelgan va xorijga chiqib ketgan ish kuchi hissasi. Bu ko‘rsatkich qanchalik katta bo‘lsa, ya’ni mehnat resurslari tarkibida xorijdan kirib kelgan ishchilar soni qanchalik katta bo’lsa va xorijga chiqib ketgan ishchi kuchi qancha ko’p bo’lsa, shunchalik mamlakat iqtisodiyoti ochiq hisoblanadi.
5. To’lov balansi. Agar to’lov balansi qanchalik kata bo’lsa mamlakat shunchalik ochiqdir. To’lov balansida mamlakatlar o’rtasida tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi harakati, diplomatik va boshqa vakolatxonalarni ushlab tirish, turizm, xalqaro forumlar, madaniy aloqalar, sport musobaqalari bilan bog’liq to’lovlar aks ettitiladi.
Ochiq iqtisodiyotlarning rivojlanishi jahon xo‘jaligini yuzaga keltirgan XIX–XX asrlar bo‘sag‘asiga borib taqaladi. Hozirgi zamon jahon xo‘jaligiga ochiq iqtisodiyot xosdir. Shu bois dunyoda ijobiy yoki salbiy tashqi ta’sirlarga uchramagan mamlakatlarning o’zi yo‘q.
Jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvning eng istiqbolli va maqbul bo‘lgan yo‘nalishini belgilash zarurati ham mavjud. Hozir ochiq milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligi bilan bog‘lanishi tovarlar, ish kuchi va kapitalning erkin harakati orqali amalga oshiriladi. Bozor tizimiga o‘tishda iqtisodiy o‘sishning tashqi manbalari ichki manbalari bilan bir qatorda turgani uchun, yosh mamlakatlar muqarrar ravishda baynalminallashuv jarayoniga kirib borishlari kerak bo‘ladi.
Jahon tarixida shunday voqealar ham o’rin olganki, biror bir mamlakat u yoki bu sabablar bilan o’z xududlari chegarasida o’ralib qolgan bo’ladilar va xorij bilan ayirboshlashni kam olib boradilar. Masalan, sobiq SSSR - urushgacha bo’lgan davrda shunday yo’l tutgan. Xalqaro savdoda ishtirok etmaydigan iqtisodiyot yopiq iqtisodiyot deb ataladi. Ta’kidlash lozimki, xozirgi kunda mutloq yopiq iqtisodiyot mavjud emas. Yopik iqtisodiyot modelida tovarlar, xizmat va kapital oqimlari milliy chegaralar tashqarisiga chiqmaydi va unda asosiy makroiqtisodiy ayniyat quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
U= S+ I + G bunda
U - milliy mahsulot, daromad
S - uy xo’jaligining o’z mamlakatida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni harid qilishga sarflangan iste’mol harajatlari;
I - shu mamlakat ishlab chiqaruvchilarining o’z mamlakati investistiya tovarlariga harajatlari;
G - davlat tomonidan o’z mamlakati tovar va xizmatlarini harid qilinishi.
Ochiq iqtisodiyotda mamlakatlar o’rtasida o’zaro aloqalar mavjud va u milliy iqtisodiyotda tovarlar va daromad harakatida namoyon bo’ladi.
Asosiy iqtisodiy tenglikka qo’shimcha ko’rsatkich kiritilsa, u quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
U= S+I+G+NX, bunda
NX - xorijliklarning shu mamlakat ichkarisida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga qilgan harajatlari bilan xorijda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga ichki harajatlar o’rtasidagi farq, qisqacha aytganda eksport va import o’rtasidagi farq.
Xullas, milliy iqtisodiyotning ochiqligi tovarlar, kapital va ish kuchining naqadar mamlakatga kirib va undan chiqib turishiga qarab belgilanadi. Biroq bular ochiqlikni ta’minlashda har xil o‘rin tutadi. Iqtisodiyoti kuchli mamlakatlarda ular iqtisodiyotining ochiqligini ko‘p hollarda kapitalning chetga chiqishi, texnologiyalar eksporti ko‘p bo‘lgani holda iste’mol tovarlari importining kattaligi belgilaydi. Aksincha, iqtisodiyoti rivojlanib ulgurmagan mamlakatlarda uning ochiqligini belgilashda xomashyo va energiya resursi hamda iste’mol tovarlari eksporti, kapital va texnologiya importining ustuvorligi asosiy hisoblanadi. Iqtisodiyotning ochiqligi ichki ziddiyatlarga ega. Agar ochiqlik iqtisodi baquvvat mamlakatlarga ustuvorlik bersa, iqtisodi zaif
mamlakatlarda chet elga qaramlik hosil etadi.

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish