Kirish. Mavzuning dolzarbligi



Download 0,72 Mb.
bet3/18
Sana01.06.2022
Hajmi0,72 Mb.
#629395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
asosiy qism

Ikkinchi modelda bojxona to‘lovlari baland va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlar ustunlik qiladigan xo‘jaliklarni afzal ko‘radi.
“O‘zbekistonda xavfsizlik choralari ko‘rilgan holda, vujudga keladigan ochiq iqtisodiyot modeli asos qilib olingan”1.
Umuman olganda, iqtisodiyot ikki xil bo‘ladi. Bular yopiq va ochiq iqtisodiyot. Yopiq iqtisodiyot tabiatan an’anaviy iqtisodiyot, bu bozor tizimining o‘tmishdoshidir. Yopiq iqtisodiyot shunday iqtisodiyotki, u o‘z qobig‘iga o‘ralgan bo‘lib, tashqi dunyo bilan aloqaga kirishmaydi, o‘zini o‘zi ta’minlash qoidasiga asoslanadi. Bunday iqtisodiyot konservativ, eskilikni uzoq saqlab qoladi, modernizatsiya (yangilanish)ga moyil bo‘lmaydi. Shu sababli u istiqbolsiz hisoblanadi. Yopiq iqtisodiyot tarixiy o‘tmish, lekin hozirgi sivilizatsiyadan ajralib, o‘rmon, chakalakzorlarda yashab qolib ketgan qabilalarda uchraydi. Yopiq iqtisodiyotning aksi ochiq iqtisodiyotdir.
Ochiq iqtisodiyot – bu tashqi iqtisodiy aloqalarga kirishgan, ularning afzalligiga tayanib, rivojlanib boruvchi iqtisodiyotdir. Ochiq iqtisodiyot shunday iqtisodki, unda mamlakatning barcha fuqarolari xalqaro tovar va kapital bozorida oldi berdilarni cheklanmagan xolda amalga oshirishlari mumkin. Ochiq iqtisodiyot jahon miqyosida tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi harakatida, milliy iqtisodiyotlar oʻrtasida oʻzaro toʻsqinliklar boʻlmaydigan iqtisodiyot. Ochiq iqtisodiyot unga teskari boʻlgan yopiq iqtisodiyotdan ayrim belgilariga koʻra farqlanadi. Ochiq iqtisodiyotda jami taklifning qoʻshimcha elementi — eksport bilan import oʻrtasidagi farqni belgilaydigan sof eksport mavjud boʻladi, ochiq sharoitlarida tovarlar, xizmatlar, pullar va moliyaviy aktivlar mehnat resurslari bilan birgalikda valyuta bozorini yuzaga keltiradi, bu bozordagi pul qiymati — valyuta kursi asosiy makroiqtisodiy parametrga aylanadi. Ochiq iqtisodiyotda fiskal va pulkredit siyosati yopiq xoʻjalikka nisbatan boshqa natijalarni yuzaga keltiradi. Ochiq iqtisodiyotda monetar siyosat jami talabga taʼsir koʻrsatish nuqtai nazaridan mutlaq samarasiz boʻlib qoladi. Shuning uchun pul taklifini koʻpaytirish orqali barcha takliflarni ragʻbatlantirishga urinish "ortiqcha" pullarning Markaziy bankda valyutaga almashtirish uchun sotilishiga olib kelishi mumkin. Bu esa davlat valyuta zaxiralarini kamayishiga olib keladi, lekin umumiy talabga taʼsir koʻrsatmaydi. Hozirgi sharoitda turli bozorlarning ochiqlik darajasi ham bir xil emas. Ayrim holatlarda yuqori darajada tovarlar, xizmat bozorlari, kam miqdorda kapitallar bozori, undan ham kam miqdorda esa mehnat bozorlari erkinlashtiriladi.
«Ochiq iqtisodiyot» tushunchasi milliy iqtisodiyotga nisbatan qo‘llaniladi. Uning ochiqlik darajasi turli mamlakatlarda har xil, albatta. Bu turli mezonlarga qarab aniqlanadi. Hozirgi zamon jahon xo‘jaligiga ochiq iqtisodiyot xosdir. Shu bois dunyoda ekstranaliyalar, ya’ni ijobiy yoki salbiy tashqi ta’sirlarga uchramagan mamlakatlar yo‘q. O‘zbekiston suveren davlat sifatida ochiq iqtisodiyotni shakllantirish yo‘lida faol ish boshlagan. Bunda ochiq turdagi iqtisodiyotni shakllantirishning asosini mamlakatning dunyo xo‘jalik aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etishi tashkil etadi. O‘zbekiston ochiq iqtisodiyot sharoitida jahon xo‘jaligi sikllarining bevosita ta’siriga duch keladi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov ta’kidlaganidek, “O‘zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi”2 hisoblanadi. Buning tasdig‘ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko‘magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha dasturlarning amalga oshirilayotganida. Ochiq iqtisodiyotni xalqaro savdo tizimiga integrasiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi hamda eksportining o‘sib borishida va boshqa misollarda yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Har bir zamonaviy mamlakat xorij bilan ko’plab turli tuman aloqaga egalar. Bular qatoriga tovarlar, xizmatlar va axborotlar, kapital va ishchi kuchlari bilan ayirboshlashni kiritish mumkin. Bunday aloqalarning rivojlanish darajasiga qarab iqtisodiyotning qay darajada ochiqliligi aniqlanadi.
Jahon xo’jaligida mamlakat iqtisodiyotining ochiqlik darajasini ko’rsatib beruvchi asosiy omillar quyidagilardir.

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish