II BOB. ZAMONAVIY JAHON XO’JALIGI TIZIMIDA OCHIQ IQTISODIYOT MODELINING SAMARADORLIGI TAHLILI. XITOY XALQ RESPUBLIKASI MISOLIDA.
2.1 Xitoy Xalq Respublikasining ochiq iqtisodiyot modeliga o’tishining tarixiy shart-sharoitlari.
Xitoy Xalq Respublikasining ochiq iqtisodiyot modeliga o’tishining tarixi 1980-yillarga borib taqaladi. Iqtisodiy islohotlargacha bo‘lgan davrda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy strategiyasiga xos narsalar bu – ichki ekstensiv iqtisodiy o‘sish omillariga va xalqaro mehnat taqsimotidan chegaralangan miqdorda foydalanishga tayanishdir. «O‘z kuchiga tayanish» shiori mamlakatni avtarkizm yo‘liga, xorijiy quyilmalardan foydalanmaslikka va tashqi bozorga kamdan-kam chiqishga yo‘naltirdi. Industriallashtirish jarayoni – importni o‘rnini qoplash yo‘nalishi bo‘yicha olib borildi.
1949-yilda, ya’ni, XXR tashkil qilingan davrda, xitoy sanoatining rivojlanganlik darajasi juda past edi. Asosiy fondlar 12,4 mlrd. yuanni tashkil etib, sanoatning tovarlarni ishlab chiqarishdagi ulushi ham juda past bo‘lgan. Masalan, tekstil sanoatida ishlab chiqarilgan ip-tolasi yiliga 3327 ming tonnani, ko‘mir kazib chiqarish esa - 32 mln. tonnani tashkil etib, asosiy sanoat uchun xom ashyo va tayyor mahsulotlar xorijdan keltirilar edi.
Xitoyda 1949-1977 yillar mobaynida sanoatning o‘sish sur’ati 11 marotaba - 20% dan yuqori darajada ko‘tarildi, jumladan:
8 marotaba 30% dan yuqori ko‘tarildi;
ishlab chiqarish - 4 marotaba - 40% gacha pasaydi;
sanoat ko‘rsatkichi amalda 2 yil o‘zining oxirgi nuqtasidan o‘zg‘armay turib qoldi va shu davr mobaynida faqatgina 13 yil o‘zining normal 5-15% o‘sish sur’ati bilan farqlandi.
Iqtisodiy o‘sishdagi notekislik o‘tgan yillar mobaynida 3 marotaba 40% ni, va 15 marotaba 10% ni tashkil etdi. Hozirgi bozor sharoitida bunday industrial rivojlanish aritmiyasi juda ham kam uchraydigan holdir. Xitoy o‘zining 5 yillik rejalaridagi o‘rtacha ko‘rsatkichlarni olsak, bunda uning iqtisodiy o‘sishdagi eng yuqori darajalarini yo‘qqa chiqarib hamda sanoatdagi o‘sish sur’atlari umumiy tendensiyasini sekinlashtiradi: ya’ni 1953-57 yy. – 18%; 1958-1962 yy. – 3,8%; 1963-1965 yy. – 17,9%; 1966-1970 yy. – 11,7%; 1971-1975 yy – 9,1% larni tashkil etgandir.
1979-yildan boshlab, Xitoy iqtisodiy islohotlar tizimiga qadam qo‘ydi va faqat 1992-yildagina ochiq bozor iqtisodiyoti modeli rasmiy tarzda tasdiqlandi. O‘tgan 10 yilliklarda Xitoy iqtisodiyotidagi bozorning roli va uning tashqi dunyo uchun ochiqlik darajasi bir muncha oshdi. Uning iqtisodiy rivojlanish sur’atlari sezilarli ravishda tezlashdi. 1979-2012 yillarda YaMM ning o‘rtacha yillik o‘sishi 9,9%ni tashkil etdi. Natijada, aholining yashash darajasi o‘sib bordi.
1978 yil dekabr oyida XKP MK ning 11 chaqiriq3- plenumi bo‘lib o‘tib, unda mamlakatda olib boriladigan iqtisodiy qurilishlarning bosh liniyasi tasdiqlandi, hamda siyosiy ochiqlik va islohotlarga yo‘l ochib berildi. Iqtisodiy islohotlar maqsadi qadam-baqadam rejali iqtisodiyotdan, ochiq iqtisodiyotga o‘tish bo‘lib, unda quyidagi tamoyillarga tayanildi.
Islohotlarning boshida quyidagi vazifalarni hal etish belgilab olindi:
1. Oziq - ovqat muammosini hal etish;
2. Aholini ish bilan to‘liq ta’minlash;
3. Barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish vazifalari bo’ldi.
Bu vazifalarni echish uchun «To‘rtlik modernizatsiyasi» dasturi qabul qilindi. Ushbu dasturga binoan, quyidagi sohalarni modernizatsiyalash (yangilash) zarurligi belgilab olindi:
1.Sanoatni rivojlantirish;
2.Harbiy kuchlarni mustahkamlash;
3.Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish;
4.Fan va texnika yutuqlarini yangilash;
1979-yilda Xitoyning tashqi savdo aylanmasi $27.7 milliard dollarni tashkil etdi, bu degani butun dunyoning atigi 0.7%ini tashkil qilar edi. 1985-yilga kelib $70.8 milliard dollarga yetdi va bu butun dunyoning 2%ini tashkil etdi.
1980 yilda XXR Hukumat kengashi “Xo`jalik birlashmalarini qo`llab-quvvatlashning chora va tadbirlari haqidagi” maxsus qarorini chiqaradi.
Xitoy Xalq Respublikasi ochiq iqtisodiyot tamoyillariga asoslangan ochiq iqtisodiy siyosat yuritishni 1978 yildan boshladi va uning samarasini uzoq kutib o’tirmadi. 1980 yildan boshlab Xitoyda chet el investitsiyasini jalb qilish, ilg’or texnologiyalardan foydalanish, boshqaruv tajribasini oshirish maqsadida maxsus iqtisodiy hududlar tashkil qilindi.
Birinchi maxsus iqtisodiy hudud 1979 yili tashkil topgan bo`lib, bu Shenchjen hisoblanadi. Shenchjen o`n yildan kam muddat ichida aholisi 2 mln kishini tashkil etgan zamonaviy shaharga aylandi. 1990 yili chet el kapitali ishtirokidagi 3000 dan ortiq korxona faoliyat ko`rsatgan bo`lib, ular dan 2000 ga yaqin qo`shma kapitalli korxonalar, 354 tasi esa chet el kapitalli korxonani tashkil etdi.
1980 yili dastlab to`rtta “Shenchjen”, “Chjuxay” va “Shanjou” bular Guandun provintsiyasida, Funzun provintsiyasida “Syamen” maxsus iqtisodiy hududlari tashkil qilinib, Xitoyning janubi-sharqiy dengiz sohillari bo`yida joylashgan edi4.
Xitoyning maxsus iqtisodiy hududlarini tashkil etishning asosiy hususiyatlari quyidagilar:
1.Bozor boshqaruvi tamoillari asosida mustaqil iqtisodiy rivojlanish;
2. Chet el kapital quyilmalariga tayanganlik;
3. Asosiy zamonaviy soha – sanoat:
4. Ishlab chiqarishni eksportga qaratilganlik, xom ashyo importi;
5.Keng milliy regionlarini qo`shilishi;
6.MIH ni mamlakatning qolgan territoriyasiga faol ta`sir ko`rsatishi;
7.MIH ni regional hususiyatlariga ko`ra soliq tizimini differentsatsiyalanganligi.
Xitoyda iqtisodiy islohotlar olib borilgan keyingi 25-yil davomida olamshumul muvaffaqiyatlar qo'lga kiritildi. 1998-yilda ichki ishlab chiqarishning umumiy qiymati 1978-yildagidan 5,4 hissa ortiq bo'ldi. Xitoyda ishlab chiqarish qoldiqlarini qayta ishlash keng yo'lga qo'yildi. Xitoy har yili rivojlangan davlatlardan ishlab chiqarish qoldiqlarini sotib olib, qayta ishlaydi va milliardlab foyda oladi.
Hatto 1998-yilda Osiyoda pul masalasi inqirozi hamda tarixda kam uchraydigan kuchli suv toshqiniga duch kelinganda ham Xitoyda ishlab chiqarishning umumiy qiymati 1997-yildagidan 7,8 foizga oshdi. Bu davrda qator sanoat va qishloq xo'jaiik mahsulotlari ishlab chiqarish miqdori, masalan, guruch, paxta, go'sht, yog'-moy, ko'mir, po'lat, sement, gazlama, televizor ishlab chiqarish bo'yicha Xitoy dunyoda birinchi o'ringa chiqdi.
Qisqa qilib aytganda, Xitoy o’zining rivojlanish tarixi davomida turli xil siyosatlarni olib bordi. Ularning ichida eng yaxshisi albatta ochiq iqtisodiyot modelini ko’rsatishimiz mumkin. Chunki, 1919 yilgacha Xitoyda imperatorlik tuzumi hukm surgan va iqtisodiyot harbiylashgan sanoat bilan band bo’lgan. Xitoy Xalq Respublikasi tuzilgan (1949 yilda) paytda Xitoy sanoatining rivojlanganlik darajasi, infrastrukturasi, eksport va import salohiyati deyarli yo’q edi. Xitoy 5 yillik dasturlarni ishlab chiqdi va ularni tadbiq etib kelmoqda. 1980 yillardan boshlab mamlakat ochiq iqtisodiy siyosat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda Xitoyda chet el korxonalari soni bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallaydi. Dunyodagi eng yirik 500ta kompaniyalarning 480 tasi Xitoyda o’z filiallariga egadir. Xitoyda iqtisodiyot shu qadar ochiqki, hozirgi kunda Xitoy barcha sohalarda chet el investitsiyalarini qabul qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |