Kirish. Mavzuning dolzarbligi


Xitoy Xalq Respublikasining YaIM o’sish suratlari mlrd $ da (1952-2005yy)



Download 0,72 Mb.
bet10/18
Sana01.06.2022
Hajmi0,72 Mb.
#629395
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
asosiy qism

Xitoy Xalq Respublikasining YaIM o’sish suratlari mlrd $ da (1952-2005yy)
1-grafik5

Manba: National Bureau of Statistics of China
Yuqoridagi grafikda Xitoy YaIMning 1952 yildan 2005 yilgacha bo’lgan davr oralig’ida o’sishi ko’rsatilgan. Unda dastlab, 1952 yil Xitoy YaIMisi 67,9 mlrd $ ni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1978 yilgacha ya’ni iqtiodiy islohotlar boshlanmaguncha, mamlakat ochiq iqtisodiyot modeliga o’tmaguncha deyarli o’zgarmadi. 1980 yildan boshlab Xitoy iqtisodiyoti rivojlana boshladi. 2005 yilga kelib Xitoy YaIMisi 1,823 trln $ ni tashkil etdi. Bunga asosiy sabab, 1978 yil hokimiyat tepasiga «pragmatiklar» deb atalgan guruh keldi. Bu guruhga «madaniy inqilob» yillarida qatag'on qilingan Den Syaopin rahbarlik qilar edi (Den Syaopin 1997-yilda 92 yoshida vafot etdi). U iqtisodiyotni rivojlantirish bor etiborini qaratdi va chet el kapitallarini jalb etdi, maxsus iqtisodiy hududlar tashkil etdi.
Sanoatda ham chuqur islohotlar o'tkazildi. Chunonchi, davlat korxonalari xo'jalik hisobi asosida ishlaydigan bo'ldi. Kichik va o'rta tadbirkorlikka keng yo'l ochildi. Ayni paytda sanoatning maishiy tovarlar ishlab chiqaruvchi sohalarini rivojlantirishga katta e'tibor berildi. Yangi siyosat o'z samarasini bermay qolmadi. 80-yillar oxiriga kelib Xitoy ko'mir, televizor, shoyi-gazlama, sement ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda birinchi o'ringa chiqdi. Mamlakat oziq-ovqat mahsulotlari bilan o’zini o'zi ta'minlaydigan bo'ldi. Bular, o'z navbatida, aholi turmush darajasining o'sishiga olib keldi.
90-yillarda mamlakatda po'lat, rangli metallar eritish, sement, mineral o'g'it ishlab chiqarish, ko'p tarmoqli mashinasozlik rivojlandi. To'qimachilik sanoati mahsulotlari jahon bozorini egalladi. An'anaviy hunarmandchilik, ipakdan, suyakdan badiiy buyumlar yasash, chinni mahsulotlar mashhur bo'ldi. Dengiz mahsulotlari, dorivor o'simliklar, yog'och mahsulotlarni ishlab chiqarish ko'paydi. Ishlab chiqarishda samaradorlik oshdi. 1992-yildan boshlab Xitoyda iqtisodiy islohotning yangi bosqichi boshlandi. Bu bosqich — islohotni jadallashtirish va chuqurlashtirish, iqtisodiy siyosatni mafkuradan xoli qilish va rejali boshqaruvdan bozor iqtisodiyotiga izchillik bilan o'tish bosqichi, deb nom oldi. Bu bosqich ayni paytda iqtisodiyotda davlat mulki hissasining kamayib borishini ham o'z ichiga oladi. Amalda shunday bo'lmoqda ham.
1994 yilda sanoat korxonalarida amalga oshirilgan islohotlarda «chuqurlashuv» fazasi boshlandi. U ilgari qabul qilingan bir qator qarorlardan kelib chiqib amalga oshiriljdi. 1992 yildagi «Umumxalq mulki bo‘lgan sanoat korxonalarida xo‘jalik mexanizmini almashtirish holati» ularning keng masalalar doirasidagi avtonomiyasini mustahkamladi, jumladan: investisiyalash, narx-navo, ishchi kuchini yollash, eksport-import operatsiyalari kabilardir.
1993 yildagi hukumatning «Sotsialistik bozor iqtisodiyoti tizimi ba’zi masalalarini tashkil etish» qarori zamonaviy korxonalar tizimini tashkil etishga qaratilgan bo‘lib, 1994 yil 1 yanvaridan boshlab, uning soliqqa tortishning yangi tizimi rasmiy ravishda ishga tushirildi. Unda daromad solig‘i stavkasi pasaytirilib, qo‘shimcha qiymat solig‘i unifikatsiyalandi.
Umuman, sanoatni o‘sish sur’atlari sezilarli tezlashdi. Agar, 1953-1978 yillarda sanoat yalpi mahsulotini o‘rtacha yillik o‘sishi 6,1% ni tashkil etgan bo‘lsa, 1979-1998 yillarda u- 9,7% ga yetdi. Ushbu 20 yil ichidagi o‘sish sur’atlari yiliga 6 marotaba - 20% dan ortiq bo‘ldi, 9 marotaba esa, – 10-15% lar atrofida bo‘ldi.
Garchi, o‘sish sur’atlari bir maromda bo‘lmasada, (ya’ni, 1993 yilda eng baland o‘sish sur’ati – 27,3% ni tashkil etgan bo‘lsa, 1981 yilda esa, eng past o‘sish sur’ati – 4,3% ni tashkil etdi), amalda esa, biron bir marotaba ham ishlab chiqarish pastga tushmadi, ya’ni to‘lqinsimonlik amplitudasi 10% dan oshgan emas edi.
Hozirgi kunda sanoat ishlab chiqarilishidagi ustuvorlik texnika sig‘imi katta bo‘lgan ishlab chiqarilishga berilmoqda. An’anaviy tarmoqlar, ya’ni, ko‘mir qazib olish, tekstil, yog‘ochni qayta ishlash, oziq-ovqat, oddiy mashinasozlik tarmoqlarini ulushi esa, aksincha, kamaymoqda. Ulardan farqli o‘laroq, neftni qayta ishlash, elektronika, kimyo, metallurgiya, transport va elektroenergetik uskunalarini ishlab chiqarish sezilarli tarzda ortib bordi. Ba’zi bir mashinasozlik tarmoqlari kundan kunga o‘z salohiyatlarini oshirib borishmoqda.

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish