1.2 Ochiq iqtisodiyotni shakllantirishda davlatning roli.
Ochiq iqtisodiyotni shakllantirishda davlatning roli nihoyatda kattadir. Chunki davlat barcha sohalarni rivojlantirish uchun kerakli ishlarni amalga oshiradi. Ochiq iqtisodiyotni shakllantirishda davlatning qanchalik roli borligini bilishimiz uchun, avvalo, davlatning iqtisodiyotga qay darajada aralashuvini va umuman iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning rolini ko’rib chiqishimiz kerak bo’ladi.
Barcha iqtisodiy tizimlarda davlat va bozor tizimi o’ziga xos ahamiyat kasb etib, har biri mustaqil amal qiladi. Shu bilan birga turli iqtisodiy tizimlar bir – biridan iqtisodiyotni boshqarish va iqtisodiyotni tartibga solishda davlar va bozor rolining nisbati bo’yicha keskin farqlanadi. Masalan, bir iqtisodiy tizim ko’proq davlat tomonidan boshqarishga tayansa, boshqasi bozor mexanizmi orqali tartiblashga ustunlik beradi. Mustaqil taraqqiyot davrida Prezidentimiz takidlaganlaridek “mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqqozo etgan hollarda va keskin vaziyatlardan chiqish, ular tug’diradigan muammolarni hal etish zarur bo’lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqariluv usullari qo’llandi va bunday yondashuv oxir – oqibatda o’zini to’la oqladi”3 .
Iqtisodiyot nazariyasi tarixida davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi ilmiy asosda dastlab A. Smit tomonidan ko’rib chiqilgan. Uning “Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida” (1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o’zini o’zi taribga solishining zarurligi alohida takidlab o’tilgan. A.Smitning fikricha, xususiy tovar ishlab chiqaruchilar bozori davlat nazoratidan to’liq ozod bo’lishi nazarda tutilgan. Ana shundagina iste’molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyati mavjud bo’ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashuvlarsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi. A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Biroq uning mazkur nazariyasi 1923-1933 yillarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchraydi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqqozo etdi.
Ochiq iqtisodiyotni shakllantirishda davlat quyidagi vazifalarni o’z zimmasiga olishga majburdir.
Birinchidan, davlat o’ziga milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o’zini - o’zi tartibga solish orqali bajarish mumkin bo’lmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo’lmayigan vazifani oladi.
Ikkinchidan, ochiq iqtisodiyot sharoitida ishlab chiqarish va iste’molning xususiy tavsifi bir qator ijobiy va salbiy oqibatlarni tug’diradi. Davlat yakka tadbirkor yoki iste’molchidan farqli ravishda, jamiyat mafaatlarini ifodalab, qo’shimcha ijobiy samarani rag’batlantirishga va aksincha salbiy samara bilan bog’liq faoliyatni tartibga solishi va cheklashga harakat qilishi zarur.
Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlariga aralashuvi shu sababli ro’y beradiki, individual istemolchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni istemol qilishning oqibatlarini obyektiv baholay olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali iste’molni kengaytirish va aksincha soliqqa salbiy ta’sir ko’rsatuvchi tovarlar iste’molini cheklash vazifasini o’z zimmasiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |