Kirish. Mavzuning dolzarbligi


Xitoy Xalq Respublikasining dunyo YaIMdagi ulushi



Download 0,72 Mb.
bet14/18
Sana01.06.2022
Hajmi0,72 Mb.
#629395
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
asosiy qism

Xitoy Xalq Respublikasining dunyo YaIMdagi ulushi. 11-grafik15

Manba: Xalqaro Valyuta Jamg’armasi
Yuqorida Xitoy Xalq Respublikasining dunyo YaIMdagi ulushi ko’rasilgan. Unga ko’ra 1995 yilda 2% ni ko’rasatgan va 2013 yilda 12% ga yetgan. Xarid qobiliyati (PPP) bo’yicha 1995 yil 6% ga teng bo’lsa, 2013 yil 15%ga teng.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Xitoy iqtisodiyoti 1978 yildan ochiq iqtisodiyot modelini yurg’azib kelmoqda va juda yuqori samaradorlikka erishmoqda. 1978 yildan hukumat almashadi va yangi hukumat «iqtisodiy va siyosiy hayotni modernizatsiya qilish» siyosatini olib bordi. Shu vaqtgacha yopiq bo’lgan iqtisodiyot eshiklari endi ochila boshladi. Chet el kapitallari va investitsiyalar oqimi ko’payib, mamlakatda korxonalar soni tobora orta boshladi. Maxsus iqtisodiy hududlar tashkil etildi va investorlarga barcha sharoitlar yaratildi. Natijada Xitoy iqtisodiyoti shu vaqtgacha o’rtacha 1,9% bilan o’sayotgan bo’lsa, endilikda bu ko’rsatkich 5-6% ni tashkil etdi. 1990 yildan boshlab 2011 yilgacha o’rtacha yillik o’sish sur’ati 10,4% ni tashkil etdi . 2012 va 2013 yillar mos ravishda 7,7% va 7,6% li o’sishga erishdi. Bugungi kunda Xitoy iqtisodiyotning barcha sohalariga investitsiyalar jalb qiladi va o’zi ham investitsiya chiqaradi.
2.3 O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati prinsiplari. Ochiq iqtisodiyot modeli.

O’zbekiston mutaqillikka erishgandan so’ng xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosi bo’ldi. O’zbekiston xalqaro munosabatlarda mustaqil suveren davlat sifatida faoliyat olib boradi. Mustaqillik tufayli ko’pchilik xorijiy davlatlari bilan mustaqil iqtisodiy hamkorlik aloqalarni o’rnatdi. Bu hamkorlik davlat siyosatining muhim qismi bo’lib, respublika iqtisodiy rivojlanishining ustivor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilab qo’yilgan. O’zbekiston davlat siyosatining maqsadi respublika iqtisodiyotini jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvini taminlash va haqiqatda ochiq iqtisodiyotga erishishdir.


Endi mustaqillikka erishgan yillarda Prezidentimiz o’z nutqlarining birida shunday deydi “Shunday bir g’ayritabiiy vaziyat vujudga kelib qolgan ediki, respublika umuman ochiq iqtisodiyotga ega bo’la turib, yetishtirilgan mahsulotning 30%ga yaqini tashqariga olib chiqib ketilishiga qaramay amalda yopiq nmamlakat bo’lib qolaverdi. U jahon bozoriga to’g’ridan-to’g’ri chiqa olmas edi va uning barcha tashqi aloqalari sobiq Ittifoq va O’zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi chegaralaridan nariga o’tmasdi. Masalan, O’zbekiston tashqi savdo munosabatlarining 83%idan ziyodrog’i Ittifoq respblikalari bilan savdo-sotiq hissasiga to’g’ri kelar edi”16.
Prezidentimiz I. Karimov o’zining asarlari, ma’ruza va nutqlarida tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy tamoillarini nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berdi. Respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi xalqaro mehnat taqsimotida, boshqa davlatlar bilan teng huquqli aloqalarni o’rnatishning nafaqat imkoniyatini balki uning zaruratini ham ochib berdi.

  • O’zbekiston 30 ta nufuzli xalqaro iqtisodiy va moliya tashkilotlariga teng huquqli a’zosidir.

  • Jahonning 140 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo – iqtisodiy aloqalari o’rnatilgan.

  • Xorijiy sarmoyalar ishtirokida 3000 ga yaqin korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda

  • Jahonning 80 dan ortiq mamlakatiga O’zbekiston mahsulotlari eksport qilinadi va turli xizmatlar ko’rsatiladi.

  • Sobiq ittifoqdosh respublikalar orasida faqat O‘zbekistonimizda 1996-yildan boshlab izchil iqtisodiy o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda. Agar 1996-2003-yillarda o‘rtacha o‘sish sur’ati 4,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2004-yildan bu jarayon yangi bosqichga ko‘tarildi – 7,5-9 foiz o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda. 2008-2012-yillarda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati yiliga o‘rtacha 8,2 foizni tashkil qildi.

  • Yalpi ichki mahsulot hajmi 2012-yilda 1990-yilga nisbatan 4,1 barobar oshdi, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,8 barobar ko‘paydi.

O’zbekiston Respublikasining “Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy prinsiplari to’g’risida”, “Chet el investorlari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”gi Qonunlari uning xalqaro maydonda faol va keng ko’lamli hamkorlik qilishi uchun huquqiy kafolat bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng o’zining mustaqil tashqi iqtisodiy siyosatini o’tkazmoqda. Butun tashqi iqtisodiy siyosat respublikaning jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlashga, uning to’lov balansini kuchaytirishga, qulay investitsiya muhitini vujudga keltirishga qaratilgandir.
O’zbekistonning ochiq iqtisodiyot modeli shakllanishida tashqi savdo, iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalarda quyidagilar ustuvor yo’nalish deb belgilanadi:

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish