O’ZGARISHLAR TUMANLIGI
Ko‘zlari yumuq holda yotgan bizni Leytenant Miller daslab hech narsani
his qilmadi. Ko‘zini ochishga urinishlari befoyida kechdi. Miyasini bir narsa
parmalayotgandek qaydandir og‘riq paydo bo‘ldi. Goyo og‘riq atrofidagi
narsalarni xis qilishga yordam berdi va u yumshoq o‘rinda yotganini idrok
qildi, yonidagi g‘ong‘irlagan ovozlar asta sekin shivirlash, so‘ng esa aniq
ovozlarga aylandi. Ko‘zini ochishga harakat qildi va ochdi. U o‘z uyida
xonasida yotganini idrok qilish uchun bir qancha vaqt kerak bo‘ldi. Atrofga
nazar soldi, yonida suhbatlashyotganlar onasi va opasi ekanini angladi.
Qo‘llarini harakatga keltirdi buni sezgan onasi darrov uni boshiga egildi. Og‘zi
qurib qolganidan gapirishga holi yo‘q, qo‘llari bilan imo qilishga harakat qildi
onasi esa buni tushinib o‘g‘liga suv tutdi. Suvni ichib lablari harakatga kelgan
Robertning birinchi so‘zilari zo’rg’a ingrab chiqdi:
- Men nega bu yerdaman, bo‘ldi?
- O‘g‘lim, azizam o‘zimni! Sen o‘z uyingdasan, oilang davrasidasan, -
tushuntirdi unga onasi.
- Buni angladim, ona. Lekin, men.... men janga edim-ku, adashmasam,
chekinyotgandik va.... va nima bo‘ldi o‘zi..? – xotirasi alg‘ov-dalg‘ov bo‘lgan
Robert xayolini bir joyga yig‘ishi oson kechmayapgandi.
- O‘g‘lim, to‘g‘ri, sen jangda eding. Lekin sen yaralanding, o‘g‘lim! Seni uyga
safdoshlaring olib kelishdi. Ularning aytishicha, o‘qotar quroldan
yaralanibsan, seni alaqanday telbaroq shifokor davolabdi.... Va birqancha
narsalarni qilibdi.... Bilasanmi o‘g‘lim, men sendan juda-juda xavotir oldim,
aytgandim-a senga bormagin o‘sha harbiyga den. Sen esa..... Sen esa...
Bo‘ldi, onaning ovozi bo‘g‘ilib gapira olmay ho‘ngrashga tushdi. Uning
yig‘i ovozidan otasi, akalari kirib kelishdi va Robertning ochiq holdagi
ko‘zlarini ko‘rib sevinchdan yashnab ketdi opasi Lora onasini suyab xonadan
olib chiqib ketdi.
- Otajon, akalarim. Balki sizlar aytarsizlar nega... qanday qilib men uyga kelib
qoldim?
- O‘g‘lim, avvalo, butun oilamiz ko‘zingni ochganingdan juda hursandmiz.
Deyarli uch haftadan buyin hushsiz yotganding. Biz....
- To‘xtang, ota, uch hafta nima bo‘ldi o‘zi”, - haliyam taajjubdagi Robert
so‘radi hech narsani anglamay.
- O‘g‘lim, biroz tinchlan. Ha sen uch haftadan buyin uydasan. Uyog‘da qancha
bo‘lganingni aniq bilayman, balki, jangda yaralanganingdan bir oy o‘tgandir.
Sen havotir olma Norberg haliyam bizni qo‘limizda, - darrov qo‘shib qo‘ydi,
o‘g‘lini taka-puka bo‘lgan ko‘zlaridagi vahimani ko‘rib. – Sen jangda
yaralangansan, keyin seni qal'a tomon olib ketishgan. Allaqanday telbaroq
tabib seni davolabdi va "umid qilamanki tez orada oyoqqa turadi" deb aytibdi.
Yana uni aytusha seni o‘zi o‘ylab tipgan yangi yo‘llar bilan davolabdi. O‘qni
qanday olganini safdoshlaring ko‘rmagan-u lekin seni tirik qolmasa kerak deb
o‘ylagan – bu so‘zi talafuz qilgan Tomasnngi o‘zi ham qo‘rqib ketdi, chuqur
xo‘rsindida gapini davom etdi. – Biz ham seni ko‘zingni ochishingni qancha
kutdik onang bechora ham ado-yu tamom bo‘ldi, - shu zohoti uni yuzida
quvonch barx urdi.
– Sen ko‘zingni ochding tiriksan endi hammasi yaxshi bo‘ladi. Yuzingni Rem
tomonga burib bobongga ham habar jo‘nat, tezroq, Tom opangga ayt yegulik
keltirsin. Sen esa biroz dam ol Robert opang ovqat keltiradi, - deb asta ortiga
qarab yuzidagi yoshni ko‘rsatmaslik uchun chiqib ketdi.
Akalari esa aytilgan ish bilan ketdi. Robert xonada yolg‘iz qoldi, uoyoq
qo‘llarini qimirlatishga harakat qilib ko‘rdi. Qo‘llari yaxshi qimirlayapdi,
lekin... lekin oyoqlari nega unga bo‘lsunmayabdi. Robertni esxonasi chiqib
keydi. To‘g‘ri, u oyoqlarini sezyapdi lekin ularni qimirlata olmayapdi,
aniqrog‘i qimirlatishga urunsa juda og‘riq beryapdi. Qanday daxshatli o‘g‘riq,
belidan boshlab og‘riq turadi agar qimirlatishga urunsa. Oxiri u dodlab
yubordi. Uni ovoziga oilasi yugurib keldi
- Men.... Men ularini ishlata olmayapman. Qimirlamayapdi… Oyoqlarim....
Oyoqlarim…. – Ovozi hirillab juda yomin eshitildi.
Yonidagi oilasini yuzi juda tund ahvolga keldi. Onasi esa yana ho‘ng
ho‘ng yig‘lashni boshladi. Hamma jim Robert esa haliyam talvasadan har narsa
deyapdi. Oyoqlariga nima bo‘lganini hammadan so‘rayapdi. Oradan bir
haftacha vaqt o‘tdi. Bu orada Robert oyog‘ini qimirlatmasdan yotishga to‘g‘ri
keldi. Oilasi unga batafsil tushuntirib berishdi. Haligi telbaroq tabib aytishicha
oyoqni harakatga keltirib turilsa, mashq qilinsa tezroq oyoqqa turish imkoni
bor ekan. Lekin otasi uni so‘zlariga ishonmadi. Robert ham oyog‘ini
qimirlatganda og‘riqqa duch kelishi sabab oyog‘ini qimirlatishni hohlamadi.
SHu zaylda kunlar bir birini quvub o‘tdi. Tabyatan mehribon oqko‘ngil
bo‘lgan Robert qo‘rslashib hafa holda o‘tiradigan, salga jahli chiwig‘ yonidagi
narsalarni sindiradigsn bo‘lib qoldi. Uni mutloq umidsizlik chulg‘ob oldi.
Onasi har kuni nimadir qilishga urinardi, lekin foidasiz.
- O‘g‘lim, bas qilsangchi endi biz seni foidangni o‘ylayabmiz axir, - oxiri
yorildi onasi o‘g‘lini holiga chiday olmay.
- O‘g‘lim, jon o‘g‘lim! Unday qilma, iltimos harakat qil haligi tabib ham
to‘g‘ri aytgandir axir seni o‘lado deyishganda faqat ugina davo chorasini
topganku. Bizni qiynama otang ikkimiz ado bo‘ldik, - o‘g‘lini hech qanday
javob bildirmasdan yotganiga ona yanada qattiqriq baqirishga tushdi
- Tur, qani harakat qil. Bo‘l deyapman senga, axir biz ayibdormizmi seni bu
holga tushishingga. Tur o‘rningdan yaramas bola. Onani nafasi qaytib ketdi,
havo yetishmay tashqariga chiqdi. Onasimi gaplarini mulohaza qilgan Robert
harakat qilishga kirishdi og‘riq hamon bor lekin nisbatan kamroq u harakat
qilishga zo‘r berdi. Shunda barmoqlarini uchi qimirlashni boshladi. Va
nihoyat.
- Ona! – yotgan joyida baqirdi Robert. – Ona! Keling! Qarang, qarang,
qimirlayapdi!!! Qimirlatyapman, barmoqlarim.... Barmoqlarim qimirlayapdi.
– Sevinchdan onasi yig‘lab yubordi.
Unga qo‘shilib o‘g‘li ham yig‘ladi. Ertasiga yana harakat qilishni
boshladi. Kunlar o‘tib onasi akalari ko‘magida harakat qilishi ancha
yaxshilandi deyarli ikki oyda oyoqqa turdi. To‘g‘ri, bu orada og‘riqlar bo‘ldi,
lekin ularga iloji boricha chidashga harakat qildi. Uch oylarda to‘liq yurushni
boshladi huddi olam quvonchlari u bilan edi goyo.
Xullas, jiddiy qadam qo‘yish vaqti yetdi. Onasini oh vohlariga etibor
bermay. Unga o‘zicha tushintirgan bo‘ldi. U ishga chiqishga qaror qildi. Hech
qanday etrozlarni qabul qilmay ertaga ertalab Londondagi Vazirlik
Mahkamasiga yo‘l oldi. Aytgancha, bu yil kuzda Robert 21 yoshni to‘ldiradi.
Hozir esa yozning ilk kunlari.
Vazirlik idorasiga borgan Leytenant Miller qo‘mondon bilan
uchrashishga muvaffaq bo‘la olmadi so‘ng ketishga chog‘langan payt shaxsan
vazirning o‘zi bilan uchrashib qoldi. Vazir Artur Adams Robertni choyga taklif
qildi. Vazir avvak unga nima bo‘lganini hizmat faoliyatida qay joylarda
bo‘lganini, qanday unvon olganini, qachon olganini so‘rab bildi dafatan Vazir
savol berdi
- Azizim Miller sen vataning uchun nimalarga tayyorsan?
- Ser! Men vatanim uchun jon berishga ham tayyorman. – Hech ikkilanmay
javob berdi Leytenant, garchi savoldan taajjublangan bo‘lsa ham.
- Xo‘sh unday bo‘lsa, jon olishga-chi?
- Ser! Siz nimani nazarda tutyotganizni tushinmadim-u, lekin har qanday ishga
tayyorman. Vatan uchun!
- Tushinasiz, albatta, tushinasiz. Siz bilan jiddiy gaplashib olsak, Leytenant.
- Albatta, Ser! Eshitaman.
- Bilasizmi, bizni davlatimizga jiddiy xavf ostida turibdi. Bir qancha shaxslar
davlatimizga bostirib kelishlari mumkin. Albatta ular shaxs emas, qo‘shin
bilan kelishadi. Tushunyapsizmi meni? Ularni bitta rahnamosi bor o‘sha o‘zini
taxt vorisi deb e'lon qilmoqchi. Menga shaxsan qirolning o‘zi tayinlagan
yaxshi, sadoqatli va sir saqlay oluvchi jangchilargan kichik guruh tuz va ularga
bir qancha sifatli qurol-yarog‘, otlar va yegulik bilan taminla! Albatta, ularga
yaxshigina mehnat haqqi to‘la ularga esa men uchun, mamlakati uchun bir
ishni qilishi kerak ekanligini uqtir deb tayinlagan. Tushinyapsizmi, Leytenant?
- Ha, albatta, ser! Men nima qilishim kerak?
- Siz, Leytenant, bir qancha jangchilar bilan yo‘lga chiqib bittasini yo‘q
qilishingiz kerak. Faqat buni hech kim. Eshityapsizmi? Hech kim bilmasligi
shart. Hatto oila a'zolaringiz, yaqinlaringiz, sobiq safdoshlaringiz hamma
uchun siz endi. Bizni savdo bo‘limlarimizni qo‘riqlab yuradigan bo‘limma
boshlig‘i bo‘lasiz. Tushundingizmi, leytenant?
- Ha, ser, hammasiga tushindim! Aytganingizni qilaman menga qachon va
qayerga yo‘lga tushish kerak ekanini. Kimni yo‘q qilish kerak bo‘lishini
aytsangiz bo‘ldi.
- Bu boshqa gap ertaga senga yana beshta azamat yigitlarni qo‘shaman ularga
o‘zing boshchilik qilasan. Qayerga borishing va kimni yo‘q qilishingni ertaga
aytaman.
- Xo‘p ser!
Robert nima qilayotganini, Vazir undan nima so‘raganini asta mulohaza
qila boshladi. To‘g‘ri u janglarda qatnashgan, vatani uchun jon ham fidi qilgan
edi. Endi esa undan vatani jon olishni so‘rayapdi. Umuman nega o‘ylanishi
kerak axir uni oldiga vataniga bo‘lgan sadoqat boshlaydiku. Tamom kerak
bo‘lsa jon ham oladi.
Uyiga borgan Robert oilasiga savdogarlarni qo‘riqlash postiga rahbar
etib saylanganinu ertaga ishga chiqishini va uyga aniq qancha muddatda
qaytishini bilmasligini aytdi.
Ertasi kuni vazirlik tamon yo‘l oldi.
Kechagi vazir xonasidan yon tomondagi nisbatan kichik xonaga keldi. U
yerda Vazirni shaxsan o‘zi va yana harbiy kiyimdagi (menimcha qo‘mondon)
odam bor edi. Xonaga kirdi va o‘tirishini taklif qildi taxminan besh daqiqa
o‘tar o‘tmas xonaga beshta yigit kirib keldi. Ko‘rnishidan hammasi 25-30
yoshlardagi yigitlar edi.Vazir yonidagi harbiy gap boshladi.
- Ismim Dominik Jonatin, Mayorman. Sizlarni Leytenant Robert Miller bilan
tanishtiraman. Leytenant bular, Saymon Albus, Taylor Stiven, Jekson Metyu,
Lyuk va Jeysn Patriklar. Ular sizga xizmatingizda yordam beradi, leytenant
Miller.
Xonadagi stol ustida xarita o‘rnatilgan bo‘lib u yerda qandaydir qasrning
pastidagi yo‘laklar ko‘rsatilgan. Vazir va mayor askarlarini yoniga topladi va
vaziyatni tushintirdi.
- Bu sizlar boradigan joyni xaritasi, - gap boshladi mayor. – Bu qayer ekanini
bilgandirsiz, bu - Norberg grafligi qal'asi osti yo‘li xaritasi graflik bizni
qo‘limizdan chiqqan uni Fransuzlar egallab olgan siz esa o‘sha qal'ani
egallagan odamni yo‘q qilishlaring kerak.
Hamma ortiqcha savol bermasdan yo‘lga chiqdi qurollarini yashirib
sayyoh sifatida ko‘rinish berishdi. Manzilga yetib kelishdi.
Qal'a tagidagi yashirin yo‘l o‘rgimchaklar ini bilan to‘lgan, qorong‘u,
zax joylarna birin ketin mashala yoqib tushishdi oldinda xarita ushlagan
Leytenant Miller yurdi. Yo‘l anchagina uzoq ekan taxminan yarim soat
yurgandan keyin shovqin eshtila boshladi, demak manzilga oz qolgan. Albatta,
bunday xarakatlar tundaamalga oshiriladi. Ular qal'a ichidagi omborxonaga
o‘xshash joydan chiqishdi. Keyin asta shovqinsiz yuqoriga ko‘tarilishdi.
Albatta, qal'a ichini Miller yaxshi bilardi. Ular og‘ishmay qal'a boshlig‘i uchun
xonaga yetib borishdi. Eshik oldida soqchilarni bir yoqli qilishdi asta xona
ichiga kitishdi. Ayoli bilan uxlab yotgan bir erkakni ko‘rishdi, ularga mayor,
ayol haqida hech narsa demagandi, ular bir daqiqa o‘ylanib qilishdi Robert va
Saymon kravatni ikki tamoniga borib turib olishdi. Bit biriga qarab imo
qilishdi va qilichlarini chiqarib bir vaqtni o‘zida erkak va ayolga suqishdi.
Chiqishda ular yana soqchilarga duch kelishdi 4-5 soqchilarni tinchitib, kirib
kelishgan omboriga qarata yo‘l olishdi. Ular Londonga hech qanday to‘siqsiz
ikki kunda yetib borishdi. Vazirlik binosiga yana isha kichik xanaga kelishdi
va hammasi silliq ketganini bayon bilishdi.
Shunday qilib Leytenant Robert Miller, Seymon, Albus, Taylor Stiven,
Jekson Metyu hamda aka-uka Luyk va Jeysn Patriklar ana shunday
topshiriqlarni son-sonoqsiz amalga oshirishdi. Hozir ular qorli o‘rmonda
otlarda hazil-xuzil qilib ketishyapdi. Robert shu yil kuzda 26 yoshni to‘ldirdi.
Dekabr oyi havo anchagina sovuq. Atrif esa tinch kech ham tushyapdi, ular
biror joyda qo‘nimtopish uchun tezlashishga qaror qilishdi. Xarita bo‘yicha
yana ikki soat yurishsa bir qishloqqa yetib borishadi. Sal orqada chekkaroqqa
"muhim ish" uchun to‘xtagan Jekson orqada qoldi.
- Ey, Jek bo‘lsangchi endi, seni deb yaxshu joylardan quriq qolishimiz mumkin
axir - baqirdi xazil aralash tana ohangida Lyuk.
- Shunchalik ham bo‘ladimi odam! Axir biroz chidasang yetardik manzilga, -
gap qistirdi akasiga hamohang Jeysn.
- Bo‘ldi, bo‘ldi axir kelyapdi-ku, shundaymi Jek?! Jekson. Jeeek, - baqirdi
javob kelmagach Robert.
Orqa tarafdan esa sadi chiqmadi. Bunday bo‘lishi mumkin emasdi
chunki u yarim gapga ham anchagina xazil bilan javob berardi. Hamma otini
orqaga burdi. Hech kim ko‘rinmaydi. Ular otlarini niqtab tezroq yurishdi. Ko‘p
yurmasdan jonsiz yotgan ot va Jeksonning tanalariga duch kelishdi to‘rttovlon
otlaridan sakrab tushib, atrofga alangladi. Jasadlar ko‘zdan kechirildi faqat
bo‘yin sohasida qontomiri yonida izlar ko‘rindi halos.
- Yo, Xudoyim! Jin ursin, bu nimasi, - o‘shqirdi Saymon.
- Bu.... bu, - tili aylanmay qoldi Jeysnning.
Hamma hanggu mang ahvolda. Birdan katta tezlikda yaqinlashib
kelayotgan sharpani payqab qolishdi hali o‘rinlaridan qimirlamasdan, haligi
sharpa chekkaroqda turgan Lyukni daraxtlar ortiga tortib ketti shunchalik tez
harakatlanishidan uni odam yo biror bir mahluq ekanligini bilib bo‘lmadi.
Hammadi birdaniga qurollarini chiqarishga harakat qilishdi.
Nima qilishini bilmay qolgan Jeysn. Aka deb baqirganicha qoldi.
Qurollar jangga tayorlandi hamma bir biriga jips holda turib olishdi.
- Balki, ortidan borarmiz, - taklif qildi Taylor titragan ovozda.
- Yaxshi manavi daraxtlarni ortiga ketdi shekilli, o‘sha yoqqa jo‘naymiz. Qaror
qildi Robert.
- Jeksonni yonida kim qoladi, - so‘radi Seymon.
- U o‘lgan Sey. Jasadni yonida qolmoqchimisan, - po‘ng‘illadi Jeysn.
- Jeysn! Biz kelamiz Seymon. Kelamiz, - darg‘azab gapirdi Robert.
- Balki tezlasharmiz - shoshiltirdi Taylor.
Hammasi sharpa Lyukni sudarb ketgan tomonga qarab yo‘l olishdi.
Daraxtlar orasiga kirishdi quyosh ham botib bordi. Atrofni qorong‘ulik
chulg‘ab O‘n qadamcha yurgach Seymon baqirib yubordi hamma u tomonga
qaradi. U esa yo‘q tamom uch kishi qolyapdi. SHarpa kim bo‘lsa ham nima
bo‘lsa ham ularni yo‘q qilmay qo‘ymaydi shekilli.
- Bu nima o‘zi Rob?! – baqirdi Taylor.
- Bilmayman. Bilmayman, - o‘shqirdi javoban Rob.
- Nima qilamiz? Qayoqqa yuramiz? – savol berdi Jeysn.
- BILMAYMAN!!!
Hamma qurol yalong‘ochlab doira bo‘lib jipslashdi.
- Saymonni u tarafga sudrab ketdi o‘sha yoqqa boramiz. Ketdik, - buyruq berdi
Robert.
Hamma jipslashgan holda chap tarafdagi daraxtlar orqasiga o‘tib
ketishdi. Va... Va bu gal Toylorni sudrab ketti sharpa. Robert uni odam
ekanligini. Har holda odamga o‘xshab kiyinib olganini ko‘rdi.
- ODAM?!
- Nima odammi? Taka-puka nigohlari bilan taajjublanib so‘radi Jeysn. – Yo‘q!
Odam emas u... odam bunday tez harakatlana olmaydi, Rob?!
- Odam edi Jeksn!!! G‘ayrioddiy tarzda gapirdi Robert.
Kelasi hamla ko‘p cho‘zilmadi. Uch daqiqa o‘tmay "odam" Jeksnni ham
tortib ketdi. Yolg‘iz qolgan Robert atrofga qarata toppinchasini chiqarib o‘q
uzishni boshladi. Aylanasiga o‘q uzib chiqqan Robert tezda qurolini o‘qlardan
bo‘shatdi. O‘q tugagan Robert to‘g‘riga qarab hansirab turganda bo‘yin
sohasida kuchli og‘riqni sezdi. Mislsiz og‘ir. O‘g‘riq va yana o‘g‘riq....
IBTIDO
O‘g‘riq... O‘g‘riq... O‘g‘riq...
Hozirda o‘rmonda yotgan bizning qahramonimiz Robert Miller
o‘g‘riqdan boshqa narsa his qilmayapdi. U o‘lgan, olovda yontapdi. Jahannam
olovida kuyib ado bo‘lyapdi. U o‘lgan bo‘lsa nega haliyam og‘riq sezyapdi.
O‘g‘riq. Baqiryapdi hali o‘lmagan shekilli. O‘g‘riqdan to‘lg‘onib yer
timdalayapdi. Baqirib, baqirib holi qolmadi. Olov hamma joyini egallab
kuydirib kul qilyapdi. O‘g‘riqdan, holdan toydi hech narsani o‘ylamaslikka
harakat qildi. Umuman olganda bir narsani o‘ylashga ahamyat yo‘q axir u
jahannam olovida qovrulyapdi. Asta -asta hamma narsa barham topa boshladi.
O‘g‘riq barmoq uchlaridan orqaga qaytyapdi, sekin sekin o‘rmalab kelayotgan
ilonga o‘xshaydi.
Sekin hammasi barham topdi. Ko‘zlarini ochmasdan avval hamma
narsani eshitdi. Qandaydir bir maromda urayotgan yurak, xonada yotganini
ko‘zlari yumuq holda ham aniq angladi. Har xil hidlar qorishib ketgan olisdan
qandaydir yoqimli hid, yonginasidan esa o‘ta badbo‘y ko‘ngilni ozdiradigan
hid kelmoqda. Bu hiddan uni burni burushdi. Hidga ahamyat bermaslikka
uringan Robert yana quloqlariga zo‘r berdi. Qiziq u nega shuncha narsani
eshitib, hidlarni sezyapdi? Axir, u o‘lib jahannam olovida yongan edi-ku. U
asta ko‘zini ochdi hamma narsa hamma narsani aniq tiniq ko‘rmoqda hatto eng
mayda narsalargacha ko‘zi o‘ta yaxshi ko‘rmoqda. U atrifni ko‘zdan kechirdi
sal naryog‘da bitta erkak o‘tiribdi. Yurak urishi unga tegishli ekanda. Qiziq
nega uni tomiridagi qonlarning aytalnishlarini his qilib eshitib o‘tiribdi, juda
qiziq. Robert o‘zining chanqaganini his qildi to‘mog‘i kuydiryapdi. Haligi
odamdan suv so‘rashi kerak, ammo, buni qanday so‘rashni unitgandek
chamasi, tili aylanmayapdi.
- Chanqadim, - bazo‘r gapirdi Robert.
Haligi odam ham darrov borib suv keltirdi va Robertni og‘ziga tutdi. Uni
ichgan Robert umuman chanqog‘i bosmadi. U battar chanqoqni his qildi.
Atrofdagi hidlar uni o‘ziga tortti tashqaidan yoqimli ifor kelyapdi. Robert shu
zohoti aqldan ozgan kabi haligi hid tomon harakat qildi. Xonadan katta
tezlikda uchib chiqdi. O‘sha hidni izidan ketdi. Hid manbasini topdi. Katta
qo‘ng‘ir ayiq ekan. Ayiqdan kelayotgan hid Robertni aqildan ozdirar darajada
o‘ziga tortdi. Hech narsa o‘ylamasdan to‘g‘ri ayiqqa tashlandi Robert, bechora
ayiq qarshilik ko‘rsatishga ham ulgurmay qoldi. G‘ayrioddiy kuch bilan
ayiqning, aynan, qon tomirlarini topip borgan Robert xanjar kabi tishlarini
chuqur sanchdi va tomog‘iga issiq qonning yugurayotganini his qildi. Ayiq
qonini oxirigacha ichgan Robert anchagina yengil tortti. Birdan miyasiga
o‘ylash qobilyati qaytgan Robert nima qilganini aniq anglay olmadi uni yana
o‘sha chanqoq hissi qiynaydi. Nima bo‘lganda ham, u qimir etmasdan ancha
vaqtgacha tik turgan holda qoldi. Birpasdan keyin (balki birpas emasdir)
kimdir uzoqdan yugurib kelayotgani bilindi. Robert uni yetib kelishini kutib
turdi. U boya uyida ko‘zini ochgan va Robertga suv bergan kishi edi. Uni ham
ko‘zlarida vahima tajub bor edi.
- Demak, rost ekanda? Sen shunday ekansan-da?! – Gap qotdi haligi erkak.
- Nima, kim ekanman? Siz meni.... Meni nimaga o‘xshab qolganimni
bilasizmi?
- Ha biroz xabarim bor. Kel, yaxshisi uyda gaplashamiz. Faqat boyagidek tez
emas sekin boramiz odamga o‘xshab.
Robert uni nima deyotganini chala tushindi. Asta uy taraf yurib ketdi.
Ancha uzoqqa ketib qolishibdi o‘ziyam. Menimcha uygacha sabri chidamagan
kishi gap boshladi.
- Ismim Alfons Braun. Hali sen ko‘rgan kulbada yashayman. Kecha seni
xushsiz holda topdim. Senga o‘xshaganlar haqida bir ikkita gaplarni
eshitganman:
Do'stlaringiz bilan baham: |