“ORKESTR” USULI O‘quvchilarga uy vazifasi sifatida berilgan she‘r, g‘azal, biror badiiy asardan parchani qanday yod olganini aniqlashda ushbu usuldan foydalanish mumkin. Qo‘llanilish tartibi: - Bu usulda o‘qituvchi dirijor vazifasini bajaradi. Dirijor qo‘l uchi imosi bilan ko‘rsatgan o‘quvchi yod olganini ifodali ayta boshlaydi. Keyingi baytni orqa o‘rindiqda o‘tirgan o‘quvchidan va boshqa bandni o‘rtadagi o‘quvchidan imo va qo‘l harakati orqali so‘raladi. Jarangdor va go‘zal misralarni esa birgalikda aytish uchun drijorning ko‘pchilik ma’nosidagi qo‘l imosi ko‘rsatiladi.She’rni yod olmagan o‘quvchi yoki xato aytgan o‘quvchi o‘rindig‘ini chetga suradi va o‘yindan chiqadi. Shu tariqa 2-, 3-qatordagi guruhlardan ham so’ralib, eng yaxshi orkestr guruhi aniqlanadi.
Afzalligi: - -she’rni yod olgan o‘quvchilardan to‘liq so‘raladi va baholanadi;
- -qisqa vaqt ichida butun bir sinf o‘quvchilarining she’rni yod olgan yoki yod olmaganligi, ifodali o‘qishi, ijro mahorati aniqlanadi;
- -uy ishini bajarmay kelgan o‘quvchilar darsning boshlanish qismidan tanbeh eshitmaydi, balki nozik ogohli o‘yindan o‘zlariga xulosa chiqaradilar.
“Bu kim ekan?” usuli Bu usulda o‘quvchilar biror qoida yoki timsolni topishmoq sifatida tasvirlashadi. Qo‘llanilish tartibi: - Masalan: “Men doimo harakatdaman, uch zamonda yashayman”.( FE‘L)
- “… Umrimda bir marta senga muzqaymoq olib bermoqchi bo‘lgandim, bu ham nasib qilmadi-yov, bolam!...”(O.Yoqubovning “Muzqaymoq” asari. Egamberdi Yoqubov timsoli)
Afzalligi: - Bu usulning afzalligi shundaki, o‘quvchi darsda o‘tilgan mavzu bo‘yicha olgan bilimini ongli ravishda namoyish etib, mustahkamlab boradi.
“LIFT” usuli - Darsda o‘quvchilarning fanga yanada qiziqishlarini oshirish maqsadida besh daqiqali o‘yin tashkil etish mumkin. Ushbu usul orqali o‘quvchilarning qobilyati aniqlab boriladi va ular bilan alohida ishlashga zamin yaratiladi.
Qo‘llanilish tartibi: - O‘quvchi o‘z qiziqishiga qarab, xohlagan lift tugmachasini bosadi. (Plakatga 9 qavatli bino rasmi chizilgan bo‘lib, quyidagi jadval aks ettiriladi.)
Afzalligi: - -iqtidorli va iste’dodli o‘quvchilar aniqlanadi;
- -o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, turli vaziyatlardan chiqib keta olish, o‘z g‘oya va yo‘nalishiga ega bo‘lish, fikrini erkin va ijodiy bayon etishga e’tibor qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |