Qullar va gladiatorlar 6-sinf Tarix fani darsligi asosida 49 - mavzu
Zafarli yurishlar natijasida Rimda qullar soni nihoyatda ko‘payib ketdi. Misrda ham, Yunonistonda ham qullarning soni Rimdagichalik ko‘p emasdi.
Erkin rimliklar tasavvuricha, qul butunlay quldorning ixtiyorida bo‘lgan bir buyumdek edi. Qullarning qadri bo‘lmagan, negaki ular judayam arzon turardi.
Urushlar, bosib olingan mamlakatlardagi qullar hisobiga Rimda qullar shu qadar ko‘p bo‘lganki, rimliklarda har doim ham ulardan xo‘jalik ishlarida foydalanish imkoniyati bo‘lmagan.
Rim davlatidagi qullarda mehnatdan manfaatdorlik hissi mutlaqo bo‘lmagan.
Ularga haq to‘lanmas edi. Shuning uchun qullar mumkin qadar kamroq va yomonroq ishlardilar.
Milodiy I–II asrlarda qullar mehnati quldorlar uchun foydali emasligi ma’lum bo‘ldi.
Ko‘plab quldorlar qullarni yer ijarachilariga aylantira boshlashadi.
Rimliklarning sevimli tomoshalaridan biri gladiatorlar jangi bo‘lgan. Aksariyat gladiatorlar qullar yoki jinoyatchilar bo‘lishgan.
Har bir gladiatorning hayot-mamoti tomoshabinlar xohish-istagiga bog‘liq edi. Jang so‘ngida tomoshabinlar yengilgan gladiatorning tirik qolish-qolmasligini hal qilishardi.
Janglar ulkan tosh stadionlar, amfiteatrlarda bo‘lib o‘tardi. 50 ming tomoshabin sig‘adigan Kolizey eng kata amfiteatr bo’lgan.
Kolizey
Spartak qo‘zg‘oloni
Miloddan avvalgi 74-yilda boshlangan Spartak boshchiligidagi qullar qo’zg’oloni qadimgi dunyoda eng ommaviy va uyushgan qo’zg’olonlardan biri bo‘lgan.
Rim armiyasida xizmat qilishdan bosh tortganligi uchun Kapuya shahridagi gladiatorlik maktabiga sotib yuborilgan frakiyalik qul Spartak qullarni qo’zg’olon ko‘tarishga undadi.
Spartak qo‘zg‘oloni
Rimliklar guruhining orqasidan Spartak ularni tor-mor etdi. Ammo ko‘p o‘tmay qo’zg’olon ko’targanlar orasida ixtilof paydo bo‘ldi.
Miloddan avvalgi 71-yilning bahorida ro‘y bergan hal qiluvchi jangda Spartak lashkari tor-mor etildi va uning o’zi esa ana shu jangda halok bo‘ldi.
Spartakning halok bo‘lishi
6 mingdan ziyod asirlar Rim-Kapuya oralig‘idagi yo‘l bo‘ylaridagi xochlarga mixlab tashlandi.
Qo’zg’olon ko’targanlarning alohida to‘dalari esa, kurashni yana 10 yil davom ettirdilar.