Kirish kirish



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana19.03.2022
Hajmi0,6 Mb.
#500709
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5300828699485017589

O’LIM VA HAYOT 
Emma jilg‘a yonida turib orqasidan kimdir kuzatib turganini sezdi va 
oqrasiga o‘girildi. Unga tabassumda qondek qizil ko‘zalari bilan qarab turgan 
qizni ko‘rdi. U Mariya edi. Mayiya Robertni oldiga kelgan uyiga borib uni 
yo‘qligini ko‘rib atrofni kuzatgan va yaqin orada Robert isi ko‘p keladigan 
joyda borgam u esa albatta Emmani uyi edi. Emmani uyidan esa juda yoqimli 
hid jilg‘a tomon ketganini sezadi va o‘sha yoqqa yo‘l oladi. Jilg‘ani yonida esa 
ishtaxani ochadigan hid manbayi turibdi, negadir yonida Robertni ham hidi bor 
demak ular bu yerga avval ham kelgan yoki Robertni yolg‘oz o‘zi kelgan. 
Shular haqida o‘ylab turganda qiz o‘ridan turib unga qaradi Mariya esa uni 
turishidan tayyor o‘ljaligidan quvonib tabassum qildi. Mariya har doim o‘ljasi 
bipan vaqtichog‘lik qilishni hush ko‘rardi.
O‘ljalari esa ko‘pincha erkak kishilar bo‘lardi. Bu safar esa yoqimli 
qizaloq. Naqadar ajoyib! Hayolidan o‘tkazdi Mariya. Emma esa tutgan joyida 
bu qizil ko‘zlarga vahima bilan qarab qoldi. Kim bu o‘zi, nega bunday 
qarayapdi. Har hil savollar g‘ujg‘on o‘ynadi Emmani miyasida. Mariya qizga 
diqqat bilan razm solib, qo‘lida mahkam ushlab olgan narsasiga qaradi.
- Kimsiz siz? Savol berdi Emma.
- Ouu. Menmi? Men Mariyaman. Javob berdi Mariya haliyam tabassum 
qilishni qo‘ymay.
- Bu artofda sizni ko‘rmagan ekanman. Yaqinda keldingizmi? Boz savol berdi 
Emma. U Mariyani shunaqa qizio linza taqadigan eskicha kiyinadigan bir 
guruhlardan birining a'zosi deb o‘yladi, chunki avval ham sal g‘alati 
kiyinadigan hususan boqdan oyoq qora libos kiyim ko‘zlarini ham haddan 
ortiq qora qilib yuradigan bir guruh telba qizlarni ko‘rgandi. 
- Yo‘q. Rostini aytsam... Mayli senga aytaqolay. Men sevgilimni oldiga 
keldim. Gapirdi Mariya huddi Emmani kalaka qilgandek kulib.


- Ha yaxshi. Men birovni kutayotgandim. Menimcha bugun kelmasa kerak. 
Men boraqolay. – Negadir, Emmani miyasiga tezroq juftakni rostlash fikri 
keldi.
- Ketish?! Go‘zalim. Ketish yo‘q endi senga. Men bilan qolasan endi. Men 
bilan. Vahshiyona tishlarini ko‘rsatib gapirdi Mariya.- Mendan kim ekanimni 
so‘ragandinga? Men Vampirman. Ha-ha-ha! Ha to‘g‘ri eshitding, vampir 
odamlarni qonini ichadigan, vampir.
Nima qilarini bilmay qolgan Emma joyida tek qotdi. Vampir dedimi 
bunima bemanigarchilik.
- Asalim, sendan shunday hid kelyapdikiii, men o‘zimni bazo‘r tutib turibman. 
Sen kechir meni ho‘pmi. Og‘rimaydi vada beraman. Hammasi tez tugaydi. 
Bitta tishlash va tugadi. Ha-ha-ha! 
Mariya mazza qilib kular hozir mazali "yeguvlik" tanavul qilishidan 
lazzatlanar edi.
U huddi ovga chiqqan yovvoyi mushukdek qaddini egdi, qo‘llarini 
oldiga jo‘zib sakirishga shaylandi. Emma hozir tamom bo‘ladi. Bir... Ikki... 
Uch va.... va . Nimadir yerga gumburlab quladi. Emma haliyam tirik ba joni 
og‘rimaganidan hayron bo‘ldi zero u qo‘rqinchli filmlarda vampirlar haqida 
ham ko‘rgan edi, umuman olganda bularni film bilan taqqoslash ahmoqona 
lekin sal bo‘lsa ham o‘hshashlik bor edida. U asta ko‘zini ochdi va bir birgg 
qarab egilib turgan Mariya va va bo‘lishi mumkin emas Robert?!
Robert bu yerda nima qilyapdi. U Mariyaga tashlandi uni qo‘llari bilan ushlab 
daraxtga otib yubordi. Bechora daraxt bo‘laklarga bo‘lindi. Mariya o‘rnidan 
turib to‘g‘ri Emma tamon tashlandi. Robert esa oldiga chiqib yana uni 
uloqtirdi. Menimcha Robert Emmani qutqarish uchungina Mariya bioan 
olishyapdi. Mariyani jaxli chiqdi.
- Robert bas qil u meni o‘ljam. – Vishshilladi Mariya. 
- Bas qil. Bas qil deyapman Mariya. – Haliyam tinmayotgan Mariyani nari 
itarib gapirdi Robert. – Uni o‘ldirishingga yo‘l qo‘ymayman, Mariya. 
Eshityapsanmmi , yo‘l qo‘ymayman! 
- Shundaymi? Unaqada meni o‘ldirishingga to‘g‘ri keladi. Gapdan qolmay 
yana tashlanishga urindi Mariya.
Yana yugurib Emma tamon tashlangan Mariyani Robert ushlab oldi va 
avval qo‘llarini uzib tashladi keyin boshini ham tichini ishga solib yulib oldi. 
Boshsiz yotgan Mariya hamon qimirlayotgandi, Robert esa borib shox-shabba 
olib kelib o‘t yoqdi va Mariyani bo‘laklarini olovga tashladi. Atrofni yoqimsiz 
hid qamrab oldi. 


Bularning barini Emma kuzatib turganini eslagan Robert ortiga o‘girildi, 
daxshatdan qotib qolgan Emmani ahvoli ancha chatoq, qo‘liga haliyam 
rasmlarni ushlab olgan sho‘k holatda nima yuz berganini haliyam idrok 
etmayapdi Robertni chamasida. Robert Emma tamon qadam tashladi qo‘llarini 
yuqoriga qaratib gapirdi.
- Emma kechir meni bunday bo‘lishini istamagandim, iltimos, kechir. – Emma 
gapirmoqchi bo‘lgandek og‘iz qimirlatdi keyin o‘zini sovuq qor ustiga 
tashladi. Emma hushidan ketdi. Bularga asabi bardosh bera olmadi. Ko‘zini 
qandaydir uyda ochdi umuman buni uy deyishga hamyil bormaydi - kulba. 
Emmaning hushdan ketganini ko‘rgan Robert esankirab qoldi. Uni dast 
ko‘tarib o‘z kulbasiga olib bordi. Kulbadagu ob havo tashqaridan deyarli faqt 
qilmaydi. Sovuq. Robert Emma sovuq qotayotganini sezdi va kaminni 
yoqishga kirishdi qancha yillardan buyon yoqilmay yotgan kamin tutab-tutab 
yondi. Uy biroz isiganday bo‘ldi. Kechqurun Emma alahsiray boshladi qo‘rqib 
tipirchilab ko‘zini ochib, atrifga alangladi.
Emma tushida o‘sha hodisani yana ko‘rdi, shafqatsizlarcha olishayotgan 
Robert va alaqanday qiz. CHo‘chib uyg‘onib qandaydir kulbada ekanini bazo‘r 
angladi. Hushiga kelgan Emmani yoniga Robert kelib egildi.
- Emma. Tuzikmisan? O‘zingga keldingmi?
Emma unga nohush qaradi, haliyam yonidaligidan qo‘rqib orqaga tisarildi.
- Meni o‘ldirmoqchimisan? Nima hushinga kelishimni, dod voy solishimni 
kutib turdingmi?
- Emma.... nima deyapsan. Seni o‘ldirmoqchi emasdim. – Emma o‘rnidan turib 
eshik tamon yugurdi. Ancha hushsiz yotganidan oyoqlari tantiraklab ketdi. Uni 
Robert tutib qoldi.
- Qo‘yvor meni. Uyimga ketaman. Baqirdi Emma. U hadeb tipirchilab 
qochishga urundi.
- Emma o‘zingni qo‘lga ol nima qilyapsan?
Jaxli chiqishni boshladi Robertni.
- O‘zing nima qilyapsan? Qo‘yvor meni.
- O‘zingga kel Emma. Men seni hech qachon, HECH QACHON o‘ldirmoqchi 
bo‘lmaganman. Bu yerga kelganingdan buyon, seni kuzatgandim, sen bilan 
suhbatlashgim kelgandi lekin senga ziyon yetgazishni hayolimga ham 
keltirmaganman. Eshtyapsanmi? Senga ziyon yetgazmayman Emma.
Emma yelkalaridan ushlab o‘ziga qaratib gapirgan vampirga bir soniya qarab 
qoldi, uning tillarang ko‘zlarida nimadir Emmani o‘ziga tortayotgandek bo‘ldi, 


faqat bir sonya, so‘ng esa ertalabki voqealar yodiga tushib es hushini yig‘ib 
oldi. Ancha tinchlangan ohangda.
- Men uyimga ketaman, - dedi.
- Mayli Emma, uyingga ketasan, o‘zim olib boraman. Menga ishon! 
Emma sukut saqladi. Uni tinchlanganida ishongach Robert Emmani yelkasiga 
oldida Emmani uyiga qarab yo‘l oldi.
Robert shunchalik tez harakat qildiki daraxtlar huddi sharpaga o‘xshab 
lippillab o‘tdi yonidan. Agar boshqa vazyat bo‘lganda Emma bu holatdan zavq 
olardi, amma vazyat boshqa hozir. Uyga yaqinlashganda tashqarida kimdir 
yuganini payqagan Robert darrov to‘xtadi. Keskin to‘xtashdan Emma Robert 
orqasiga yopishib qolgandek bo‘ldi. Emmani sekin yerga tushirib atrofga qarab 
sekin yurishni boshladi. Tashqarida yurgan bu Emmaning otasi Sem edi. U 
uxoqdan qizi bilan kelayotgan yigitni ko‘rib hayron qoldi.
- Qayerda eding quyoshim, axir havotir oldim-ku sendan.
Do‘rillab ularga peshvoz chiqdi Sem.
- Uzr janob biz sal uzoqriqqa ketib qolibmiz aylanib yurgandik. Ha o‘zimni 
tanishtirsam Robert Miller. Shu yaqin atrofda yashayman. – Emmadan avval 
boddilladi Robert. Emma ham ortiqcha gapirib o‘tirmadi.
- Yaxshiman dada, - deb qo‘ydi xolos. Va indamay ichkariga kirishga otlandi.
- Ha yaxshi. Tanishganimdan hursandman Sem Meysonman. G‘uldirab qo‘ydi 
Sem, va u ham ichkariga kirib ketdi.
- Emma, Emmaaaa xonangdamisan?
Ichkariga kirishi bilan qizi bilan gaplashishga ahd qildi Sem.
- Ha xonamdaman. Ovoz berdi Emma.
- Ho‘sh kim u? Kun bo‘yi yo‘q eding havotir oldim axir. Nima qildinglar?
Savollar yog‘dirdi Sem.
- Dada hozir aytdiku axir, shunchaki aylanib o‘rmon ichiga kirib ketibmiz yo‘l 
topip chiqqinimizcha kech bo‘libdi. Robert menga yo‘l ko‘rsatdi. U bilan bir 
haftacha avval tanishdim shu atrofda yashaydi. Bo‘ldi men endi 
uxlamiqchiman.
Dadasini yana gap boshlashidan avval darrov qochib qutildi. Tashqarida 
esa bularni Robert eshtib turardi. U Emmani nega haqiqatni aytmaganini 
tushinmadi.
Keyingi ikki kun Emmadan darak bo‘lmadi u faqat uyida o‘tirib hayol 
surardi. Kampyuterdan malimotlar qidirdi. Bir ikki kitob topip varaqlagan 
bo‘ldi. Bu paytda esa Robert Emmani uyi atrofida ovga ham bormay izg‘ib 
yurdi. Uchunchi kuni kechasi ohiri toqat qilaolmay derazadan kirib 


gaplachishga ahd qildi. To‘g‘ri, bu keti o‘ylanmagan bemani reja edi lekin 
Robert negadir unga haqiyqatni aymoqchi bo‘ldi. Semni uxlaganiga ishonch 
hosil qilgach deraza yoniga kelib bitta sakrab deraza romiga osilib ichkariga 
qaradi. 
Xonada Emma haliyam uxlamasdan kampyuter titkilab o‘tir u to‘g‘risi 
quloqchin yordamida vampirlarga aloqador malymotlar videosini ko‘rib 
o‘tiribdi Robertni derazani ochganini ham payqagani yo‘q. Robert xonaga 
kirganida Emma shunaqa cho‘chib ketdiki baqirio‘ yubordi lekin Robert uni 
og‘zini kafti bilag‘ bekitib ulgirdi va ko‘rsatkich barmog‘ini labiga bosib "jim" 
deb buyurdi.
- Tiss! Sen bilan gaplashib olmoqchiman. Qichqirmayman deb vada ber. 
Baqirmaysanmi?
Emma og‘zi berkitilfani sabab boshini qimirlatdi. Keyin Robert qo‘lini 
olishi bilan o‘rnidan sapchib turib 
- Nima esingdi yedingmi axir nima qilyapsan bu yerda? 
- Sekin sekin. Meni eshit. Senga hammasini aytib berishga kelganman.
- Yana nima aytmoqchisan menga a?
- Tinchlanib gapimni eshitsang aytaman. Hotirjam javob berdi Robert. 
Emma ham biriz tinchlanib uni eshtishga ahd qildi.
Robert esa hamma gapni birma bir aytib berishdan avval Emmadan vada 
oldi gaplarini ohirigacha eshtishga.
- Men 1822- yilda London yaqinidagi qishloqda tug‘ilganman. Asta hikoyasini 
boshladi Robert, shundan keyin hamma hayotini insonlik va vampirga 
aylanishini birin ketin aytib berishni davom etdi endi bu yerga yani Kanadaga 
kelib qolgani haqidagi gaplarga kelganda Emmaga qarasa u uxlab qolibdi. 
Avval Robert unga tikilib qaradi, uxlayapdi keyin soatga qaradi ertalabgi 5 : 
39 haa anchagacha aljirab o‘tirgan va Emmani uxlagani bermagan, o‘zini 
koyib qo‘ydi Robert. Karavat yonidagi stoldan qog‘oz ruchka olib xat qoldirdi 
va Emmaga kulib qarab yana derazadan chiqib ketdi. 
Ertasi ertalab aniqrog‘i ertalab emas tushlikka uyg‘ondi Emma. Hullas 
uyg‘ongach xatni ko‘rdi va o‘ylanib qoldi kecha Robertni o‘tmishini 
qayergacha eshitganini o‘yladi adashmasaa bitta bo‘ri odam bilan o‘tkazgan 
vaqtlarini aytayotgan edi. Davomi nima bo‘ldi ekan. To‘g‘risi Emma uni 
gaplariga qiziqib qoldi, internetdan topgan malimotlari bilan solishtirib 
tinglagan edi hikoyani. Soatiga qarab 12 dan oshganini ko‘rdi, shoshilish 
kerak. Oshxonaga tushib shoshib ovqatlandi. So‘roqqa tutmoqchi bo‘lgan 
dadasiga u bu bahona topip tashqarida sayir qilmoqchiligini aytdi. SHoshib 


Jilg‘a bo‘yiga ketayotgan Emma yuragu sal notinchroq edi chunki kechagi 
voqealar hayolida tinmay aylanardida. Jilg‘aga ham yetib keldi, qiziq kecha 
gulxan yongan joy tekis hech nina yo‘q hammasini tozalab chiqqanmi? So‘rab 
ko‘rish kerak.
Jilg‘a yonida qulagan daraxt ustida Robert o‘tirardi albatta u Emmaning 
kelayotganini bilgan qadamlarini hatto yurak urishini ham eshitgan. Emma 
yoniga yetib kelgan o‘rnidan turib o‘gilrilib so‘rashdi.
- Salom, Emma. Yaxshi dam oldingmi?
- Salom ha rahmat. Qisqa qildi Emma. 
- Kelganingdan juda xursandman. Rostan ham Robertning yashnab turganini 
payqash ason edi.- Sen bularni esdan chiqarganding. Daraxtga suyab qo‘yilgan 
rasmlarni chiqardi Robert.
Ha, rostan ham bular Emnaning esidan chiqqandi.
- Rahmat, olib kelganing uchun.
Rasmlarni olish uchun qo‘lini cho‘zdi Emma.
- Ha mana, olaqol. Biroz taajjubda ularni qaytardi Robert. Robert aslida ularni 
o‘zi uchun olib kelgan deb o‘ylagandi. Lekin unday emasga o‘xshaydu Emma 
faqat ko‘rsatish uchun olib kelgan rasmlarni. 
- Ho‘sh, sen nima qilding bu joylarni?
- Nima qilibman?
- Kechagi narsalar qani, kecha..... kullar, qani?
- Ha umi. Tozaladim bu meni eng sevimli joyim uni bulg‘anishini 
hohlamayman. Ho‘sh endi kechagi suhbatni davom etirramizmi? Qayerda 
uxlab qolganding.
- Ha mayli davom etiraqol. Sen anavi Bo‘ri odam bilan hayoting edi 
aytayotganding.
Robert hayrin qoldi shuncha narsani uhlayotgan odamga gapiribdida.
Ho‘o‘o‘sh u yana hikoyasini davom etdi.
- Men seni ko‘rganimda menda nimadir o‘zgargandek edi. Seni Mariya 
o‘ldirmoqchi bo‘lganda men juda qo‘rqib ketdim, nimaga ekanligini o‘zim 
hambilmayman. Senga esabitta taklifim bor kel Do‘st bo‘lamiz. Nima deysan... 
FAZA 
Emma taklifga rozi bo‘lish haqida o‘yladi. Uni do‘stlari kam edi, 
aniqrog‘i umuman yo‘q. Lekin Vampir bilan do‘st bo‘laman deb hech hayolida 
keltirmagandi, bir tarafdan qo‘rquv ham bor, yana qiziqish. Sekin Emma birin 


ketin savol berishni boshladi. Sen yana nima yeysan? Uxlaysanmi? kuningni 
qaday o‘tkazasan? Odamlarga o‘xshab his tuyg‘ular bormi? Yana yana 
savollar yog‘dirardi.
- Hoy bir pas to‘xta. Sekin sekin savol ber.
Deb uni Robert biroz sekinlatgan bo‘ldi hamma savoliga birin ketin javob oldi.
Emma Robertni uxlamasligini, qondan boshqa hech narsa yemasligini, juda tez 
va kuchli ekanini bilib oldi. Qizig‘i Vampirlar ham odamlarga o‘xshab his 
tuyg‘uga ega ekan. Umuman Emma o‘zi bilan Robert o‘rtasidagi farq faqat 
qon, uxlamaslik, tezlik va kuchlilik deb bildi halos u ham huddi odamga 
o‘xshaydi faqat fantastik filmlardagi Robit dek gap degam g‘alati fikr keldi 
Emmaga. 
Har hil savollar bilan kech kirganiyam bilmay qolishdi.
- Kech tushyapdi, yo‘lga chiqaylik. Dedi Emma savollari biroz tugagach.
- Istaysanmi ikki daqiqaga qolmay uyingga yetishni. Dedi yo‘lga chiqishga 
shaylanib o‘tiraverib oyoqlari uvushib qolgan Emmaga.
- Qanday qilib. Hayron bo‘ldi, Emma.
- Oddiy yelkamga min. O‘girilib yelkasini tutdi Robert. 
Emma hayron qoldi, uni esidan o‘tgan kuni Robertni uyidan qanday qaytgani 
esidan chiqmagan.
- Ee nima o‘tgan kungidek yugirasanmi?
Qo‘rqa pisa so‘radi Emma.
-Ha. Qisqa qildi Robert. Va o‘zi Emmani yelkasiga chiqarib yugurib ketdi. 
Shamol sochlarini o‘ynar shunchalik tez yugurardilarki daraxtkar lippillab 
ketdi. Emma entikib qoldi. Bu unga zavq baxshlayapdimi qo‘rqyapdimi 
bilmasdi. Yugurush Robert aytganidek qisqa vaqtda tugadi. Uyi yoniga 
kelganda keskin to‘xtagan Robertdan Emma sirg‘alib tushib biroz boshi 
aylandi. Aslida, ajoyib. 
Ha bunday qilib o‘rmon sayr qilish daxshat ekan.
- Qandaysan? So‘radi qo‘rqa pisa Robert, chunki Emmaning rangi oqarib 
ketgandi.
- Yaxshi shekilli. Ha yaxshi. Biroz boshim aylandi halos. Robertni tashvishli 
yuzini ko‘rib ochiq gapirdi.
- Kechirasan. Men juda tezlashob ketdim, bu meni aybim.
- Yo‘g‘a. Ajoyib edi bu shunchaki bunaqa tezlikka ko‘nikmaganman.
- Albatta o‘rganib ketasan.
Robertni bu so‘zi juda o‘zgacha eshtildi. Emma esa yana bunday 
uchishdan biroz havotir oldi, albatta.


Shunday qilib ular har kuni ko‘rishadigan, goh jilg‘a bo‘yida goh Robert 
uyida vaqt o‘tgazadigan bo‘ldi. Robert kunini Emma bilan o‘tgazar har tuni 
esa ovga borardi. U Emmani yonida tetik bo‘lishga harakat qilardi. Albatta 
Robertga bu do‘stlik kamlik qilardi har doim, lekin Emmaning hayotiga 
aralashishga o‘zini loyiq ko‘rmasdi. Emma esa Robert bilan dildan suhbat 
qurar uni uyiga borganda kitoblarini ko‘rib og‘zi ochilib qolgandi birinchi 
marta borganda hech nimaga etibor bermagandi, shuning uchun hatto 
burchakdagi pianinoni ham ko‘rmagan ekan. Robertni pianino chalishini juda 
yoqtirib qoldi. Robert o‘tirib Emmaga bir ikkta nota chalishni ham o‘rgatdi. 
Emmaga ko‘pincha Bethovenni Ko‘z yoshi sinfoniyasi. Jimjitlik asarlari juda 
yoqardi, Robert ham bularni maromiga yetgazib juda ajoyib chalardi. Hullas 
ajoyib ramantika. Shunday betashvish kunlarni biriga Emma Robertni uyida 
pianino chalinishini eshitib o‘tirishgandi Robert bu gal qandaydir o‘zgasha 
narsa chalib o‘tiribdi Emma uni yonida kuydan mas holda ko‘zlarini yumib 
olgandi. Birdan uzoqdan qattiq gumburlash eshtildi. Kattakon qor bilan 
qoplangan o‘rmonda qayerdan bunday ovoz Robert yashin tezligida tashqariga 
chiqib atrofni kuzatdi. Jim-jit. Keyin esa Robert o‘ylab qoldi ovoz portlashga 
o‘xshaydi. Balki... Balki Emmani uyidir,chunki boshqa atrofda hech qanday 
narsa bunga o‘xshash ovoz chiqarmaydi. SHu narsalarni o‘ylab turganda 
orqadan Emma keldi u ham havotirda bu aniq portlash ovozi ekanini tahmin 
qildi.
- Rob! Meni uyga olib bor.
- Ho‘p mingash.
Ikkalasi tezda Emmani uyiga yetib borishdi va...... va daxshat 
PEYSAJ 
AQShning Vashington shtati. Meysonlar uyi.
Uy anchagini chang bosgan, yopiq derazalardan tashqari chiroqlari 
yaltirayapdi. Xonadonda anchagina odam bor.
- Komandir. Biz deyarli butun mamlakatni titib chiqdik, samalyot reyslari, 
temir yo‘llardi qaradik, mamlakatdan chiqib ketgani haqida hech qanday habar 
yo‘q. Odamlarim ham ancha yerni qarab chiqishdi. To‘g‘risi, balki 
to‘xtatarmiz, yana boshqa ishlarimiz ham bor axir. Agar u bu kimga xabar 
berganda bunni biz albatta eshitardik-ku. 
Odamning so‘zini devorga qarsillab kelib singan dekaratsiya uchun 
ko‘za ovozi bo‘ldi.


- Shunaqa degin. To‘xtatmoqchimisan? Sen o‘zi uni nima qilganini u bilgan 
narsalar yuqoriga yetib borsa nima bo‘lishini bilasanmi? Bilmaysan. Hech 
nimadan xabari yo‘q odamga o‘xshab boshingni omon olib qolishni o‘ylaysan. 
Hamma joyni qaradim degin, hammasiniya? 
Odamlardan tasdiq javobini olgan Komandir biroz jim turdi.
~ Chegara hududlar-chi? Odam bormaydigan joylar? – So‘rab qoldi birdan. 
Odamlar asta boshlarini egishdi savolga javob berib turadigan kattarog‘i bazor 
gapirdi.
- Yo‘q hali. Chegaradan o‘tmadik. 
- Shunday deng. Yana bular to‘xtatar emish. Bugunoq odamlarni to‘pla. 
Yanayam ko‘p bo‘lsin. Chegara hududlarni qaranglar. Agar u Birinchi 
vazirgacha yetgazsa o‘zidagi malumotlarni hammasi tamom bo‘ladi. Tamom. 
Hamma birma bir uyni tark etishdi. Xonada faqat Komandir qoldi. U Kimbil 
Cho‘ Amerika Qo‘shma Shtatlarining Federal Qidiruv Buyrosida ishlaydi, 
ancha katta lavozimda. U o‘ziga kattagina jamyat tashkil etgan AQSH Tashqi 
ishlari bo‘yincha yaxshigina lovozimda ishlaydigan Jon Patrikga xizmat qiladi. 
Jamiyat ishlari esa lavozomiga loqayt bo‘lgan palitsiya, sherif, federallar, 
ishini taftish qilib ularga vaqtida yordam ko‘rsatadi va jamiyat a'zosi qiladi ular 
esa o‘z navbatida javob qaytaradi.
Poraxo‘rlik, noqonuniy qurol savdosi, qora dori, xavfli jinoyatchilarni 
muddatidan avval ozod etish yo ancha yaxshi joyda saqlash kabi ishkarni 
amalga ishiradi. Yana Qora bazorda ham yaxshigina habardorlar. Bu jamiyat 
a'zolari shunday bir biriga bog‘langanki ular biri fosh bo‘lsa orqasidan 
boshqasi chiqib kelveradi zanjir singari. Shuning uchun bu yerda xoinlik 
o‘tmaydi o‘zing ham birga ketasan jinoyatga sherik bo‘lib. Sem Meyson esa 
bular uchun ancha oson bo‘lgan narsani gosh qoldi halos lekin bu ham ularga 
parokanda bo‘lishga yetar edi. Butun boshli tizimda sotqinlar borligini vaqtida 
bilib qolgan Sem qochdida ketdi bular esa uni iziga tushgan odamlar.
Komandir ham bir oydan beri nechchi marta aylangan uyini yana aylanib 
tashqariga chiqib ketti.
Bir haftadan so‘ng.
AQSH va Kanada chegara hududidagi qorli o‘rmonlar bu yerga kelib 
ketish ancha qiyin shuning uchun bu yerga odamlar kam keladi.
- Aniq shu yerdami? So‘radi Cho‘…
- Ha, Komandir shu yerda. Bu yerga eng yaqin shaharchadagi do‘konga tez tez 
borib turar ekan.
- Demak shu yerda. Ajoyib yaxshi berkinibdi. 


- Ha shu yerda. Nima qilamiz?
- SHu ham savolmi to‘g‘ri borib yo‘q qilamiz avval u bu narsaga yozib olgan 
bo‘lishi mumkin shuni tekshiramiz malumotlarni.
-Ho‘p Komandir. 
Meysonlarning vaqtincha tunab yurgan uyiga yetib kelishdi. Ichkarida 
faqat Sem bor edi. Uy o‘rab olindi. Ichkariga kirib Semni qo‘lga olishdi va 
hamma joyni titib chiqishdi lekin aytarli hech nima topa olishmadi.
- Ho‘sh sen bizdan bilob olgan malumotlarni qayerga berkitding? – So‘radi 
Komandir.
-Menda hech qanday ma’lumot yo‘q. Hech nimani yozib yo saqlab olganim 
yo‘q, - dedi. 
Sem ichidan esa "qizim kelib qolmagay" deb o‘tinayotgan edi. To‘liq 
tekshiruv yakunlab ular qizinging narsalarini olib kelishdi.
-Komandir u yolg‘iz emas qizi bor, balki qizi kelgandan so‘ng yaxshiroq 
gapirar dedi. Qizni xaltasini ko‘tarib kelgan bittasi.
- Yo‘q o‘tinaman qizim hech nimani bilmaydi u bexabar, u biz bu yerga dam 
olishga keldik deb o‘ylayapdi. Tez tez gapirdi Sem. 
- Shunday degin. Xo‘sh qizing qayerda?
So‘radi Komandir.
- Bilmayman rost… bilmayman… u uyga faqat tunashga keladi halos 
atrofkarda izg‘ib yuradi qorni hushlamaydi. Lekin uyda o‘tirmaydi. U hech 
narsani bilmaydi. 
- Ha yaxshi. Dedida ortiga o‘grilib qo‘li bilan ishora qildi va Semni uyni u yer 
bu yerida bo‘ladigan ustunga bog‘lab qo‘yishdi. Keyin tashqarigan bittasi 
anchagina katta narsa sumka ekan o‘shani pastga qo‘ydi ichidan biranjeletga 
o‘xshash narsa chiqarib Semga kigizib qo‘yishdi. Keyin hali nimchaga bomba 
o‘rnatishdi jaryon besh daqiqaga bormay hal bo‘ldi. Uyni ostun ustun qilib 
hech narsa topolmagach odamlar tezda mashinaga o‘tirib ketishdi. Bo‘bmani 
3 daqiqada portlaydigan qilishdi va jo‘nab ketishdi ular Semni qizi esa shu 
o‘rmondan chiqishiga ishomasdi vaqt teskari sanoq qilyaldi 30soniyada 
portlaydi. Sem esa faqat qizi kelib qolmaslikni o‘tinib so‘rardi. Bumm. 
Portlash. Emma yana bir yaqinidan judo bo‘ldi. 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish