Kirish I bob. Movarounnahrning o'rta asrlar tarixiy geografiyasi



Download 182,56 Kb.
bet2/7
Sana01.06.2022
Hajmi182,56 Kb.
#629215
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
NORQO\'ZIYEV ABROR Movarounnahr va Xurosonning o\'rta asrlar tarixiy (2)

Kurs ishining ob’ekti: Mavzuga oid ma’lumotlar va ularning amaliy tahlili.
Kurs ishining maqsadi: Movarounnahr va Xurosonning o'rta asrlar tarixiy geografiyasining tarixiy ahamiyati, ilg’or o’qituvchilar ish tajribasini hisobga olgan holda o’rganish, o’qitish jarayonining samarali bo’lishi uchun ishlab chiqarilgan metodik xulosalardan o’rinli foydalanish.
Kurs ishining predmeti: Movarounnahr va Xurosonning o'rta asrlar tarixiy geografiyasining tarixiy ahamiyati maqsadi, metodi, vositasi, mazmuni va shakli.
Kurs ishining vazifalari:
1. Movarounnahr tushunchasining paydo bo'lishi va tarixiy geografiyasi;
2. O‘rta asrlarda Movarounnahr davlati va huquqi (XIII asrgacha)ni o’rganish va tadqiq etish;
3.Xuroson tarixiy viloyat va geografiyasi haqida ma’lumot to’plash;
4.O'rta asrlarda Xuroson davlati haqida ma’lumotlarni o’rganish va tadqiq etishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob (4 ta paragraph), xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.

I BOB. MOVAROUNNAHRNING O'RTA ASRLAR TARIXIY GEOGRAFIYASI
1.1.Movarounnahr tushunchasining paydo bo'lishi va tarixiy geografiyasi
Movarounnahr (arabcha — daryoning narigi tomoni) — oʻrta asrlarda islom mamlakatlarida keng tarqalgan geografik atamadir. Uning xuddi shu maʼnoni anglatgan fors tilidagi "Varorud" va "Varojayxun" shakllari ham mavjud boʻlib, ularning barchasi avval (11 -asrgacha) Xuroson viloyatining davomi sifatida, 11-asr boshidan eʼtiboran esa Turkiston, yaʼni Qoraxoniylar davlati va undan keyingi turkiy davlatlar tarkibidagi maʼmuriy birlik sifatida tushunilgan. 11-asrda Yevropa tarixshunosligida mazkur arab atamasining lotincha tarjimasi boʻlmish yangi "Transoksiana" yoki "Transoksaniya" atamalari muomalaga kiritilgan.
Hozirgi zamon tarixiy-geografik ilmiy adabiyotda Movarounnahr deganda, asosan, Turkmanistondan tashqari boʻlgan Oʻrta Osiyo hududlari, yaʼni, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning janubiy qismi tushuniladi.
Movarounnahr atamasi ilk bor Muhammad haqidagi hadislarda tilga olingan. Aftidan bu atama arablar orasida islomgacha boʻlgan davrlarda ham maʼlum boʻlib, u vaqtda (milodiy 6-asr) Sosoniylar davlatidan shimoliy-sharqda, Jayxun, yaʼni Amudaryoning orqasida joylashgan Turk xoqonligiga qarashli yerlarni anglatgan. Qadimiy fors manbalaridagi maʼlumotlarga tayangan arab geograf olimi Yoqut Hamaviy Movarounnahr atamasini Turon mamlakatining nomi deb bilgan. Arablar oʻzlarining sharqqa qilgan ilk yurishlari davomida (7-asrning 2-yarmi — 8-asrning boshi) ikki xil tushuncha haqida maʼlumotga ega boʻlganlar: "ma duna-nnahr", yaʼni "da-ryoning pastki tomoni" va "ma varo-annahr" — "daryoning narigi tomoni". Ulardan birinchisi Xurosondan sharqda Amudaryodan janubda Hindukush togʻlarigacha boʻlgan Tohariston yerlarini; ikkinchisi esa, Amudaryodan shimoldada joylashgan Shimoliy Tohariston va Sugʻd yerlarini oʻz ichiga olgan. 9—10-asrlarda yashagan va Oʻrta Osiyo hududlariga tavsif bergan arab geograflaridan faqat al-Istaxriy va Ibn Havqal ularga nisbatan Movarounnahr atamasini maxsus ishlatganlar. Boshqa arab geograflari esa Oʻrta Osiyo hududlari xaqida soʻz yuritganlarida Movarounnahr atamasini juda tor maʼnoda ishlatib, uni Xurosonning davomi yoki al-Mashriq (Sharq)ning bir qismi sifatida tasvirlaganlar. Al-Mashriq tushunchasiga esa ular Xuroson va Movarounnahr yerlaridan tashqari, Hindiston, Xitoy yerlarini va hatto Hind va Tinch okeanlaridagi Yaponiyagacha boʻlgan orollarni kiritganlar (Ibn Xurdodbeh).1
11-asr boshidan eʼtiboran Movarounnahr istilohi hudud jihatdan ayrim manbalarda Sugʻd va Xorazm, boshqalarida esa Sugʻd va Shimoliy Tohariston yerlarini oʻz ichiga olgan. Maʼno jihatdan esa bu atama endi Turkiston, yaʼni Qoraxoniylar davlati, keyinchalik esa Xorazmshohlar, Chigʻatoiylar, Temuriylar va Shayboniylar davlatlarining tarkibidagi maʼmuriy birlikni anglatgan.
Movarounnahr atamasi oʻrta asr manbalarida turlicha talqin qilinib, geografik hudud sifatida avval Turon, Turk xoqonligi yoki Turkiston mamlakati (7-asr gacha), keyin Xuroson (7— 10-asrlarda) undan ham keyin Turkiston (11-asrdan boshlab), maʼlum vaqt esa Xorazm (12-asrning oxiri — 13-asrning boshi) tarkibiga kiritilgan. Demak, bu atama faqat geografik maʼnoga ega boʻlib, har xil davrlarda turli davlatlar — Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, shuningdek, Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshoxlar va boshqa davlatlarning tarkibiga maʼmuriy birlik sifatida kirgan. Bu atama haqida turli manbalarda keltirilgan maʼlumotlarning yigʻindisi ham hududiy jihatdan "Oʻrta Osiyo" atamasini anglatadigan Turkiston tabiiygeografik oʻlkasining barcha yerlarini qamrab olmaydi. Chunki, mazkur mintaqa tarkibiga kirgan Shimoliy Xuroson (Turkmaniston), Yettisuv (Qozogʻiston) va Janubiy Tohariston (Afgʻoniston) yerlari hech qanday manbalarda Movarounnahr tarkibiga kiritilmagan. Shuning uchun, Movarounnahr atamasining oʻrta asrlarda ishlatilgan eng keng maʼnodagi tushunchasi tarkibiga shartli ravishda faqat Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida joylashgan yerlarni kiritish mumkin.
Movarounnahr dunyodagi hamma mamlakat, o‘lkaning o‘tmishda boshqacha nomi bo‘lgan.
Vaqtlar o‘tishi bilan ularning nomlari o‘zgarib bugungi holiga kelgan. Lekin xalqlarning yodida yurtning eski nomlari o’chmas iz qoldirgan.
Asosan Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan yurtimiz — O‘zbekistonimizning nomi ham tarixan juda yosh, 1924-yildan ma’lum. Ungacha u turli nomlarda atalgan.
Shulardan biri arabcha «Movarounnahr» atamasi bo‘lib, u «daryoning narigi tomoni» ma’nosini anglatadi. Bu yerda daryo deganda Amudaryo nazarda tutilib, uning o‘ng qirg‘og‘idagi yerlar o‘rta asrlarda shu nom bilan atalgan.
Miloddan avvalgi 5-4-asrlarda mahalliy aholi daryoning o‘ng qirg‘og‘idagi hududni Varozrud , yunonlar Transoksaniya deb atagan. Arablar esa yunonchadan o‘z tillariga Movarounnahr deb tarjima qilib, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi madaniy viloyatlarni shu nom bilan atay boshlashgan. Keyinchalik bu atama ilmiy-badiiy adabiyotimizga singib ketgan va 19-asrgacha iste’molda bo’lgan. Movarounnahr qaysi hududlarni o‘z ichiga olgan?
Bu haqda olimlar turli fikrlar bildirishgan. Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra, Movarounnahr, asosan, Amudaryo bilan Sirdaryo oralig’idagi yerlar bo‘lib, shimolda Orol dengizigacha, janubda Pomir tog‘lari etaklarigacha yoyilgan.
Movarounnahrda Samarqand, Buxoro, Termiz va boshqa qadimiy shaharlar joylashgan. Mahmud Koshg’ariyning yozishiga ko’ra «ba’zilar butun Movarounnahrni turkiylar olkalaridan deb hisoblaganlar. U Yankanddan boshlanadi… Bu Buxoroga yaqindir. Butun Movarounnahr Yankanddan sharqqacha bo’lgan o’lkalarni turkiy (qavmlar) shaharlaridan deb hisoblashning asosi shuki Samar- qand — Semizkand, Toshkent — Shosh, O‘zkand, Tunkand nomlarining hammasi turkiychadir. Kand — turkiycha shahar de- makdir. Ular bu shaharlarni qurdilar va shunday nom qo’ydilar… Bu yerda forslar ko’paygach, so’ng ular Ajam shaharlari kabi bo‘lgan».
Movarounnahr tarkibiga Qubodiyon, Chag‘oniyon, So‘g‘d, Kesh, Nasaf, Xorazm, Farg’ona, Usrushona, lloq, Shosh, Isfijob va boshqa viloyatlar kirgan. Arab geograflari (Yoqut Hamaviy va boshqalar) Movarounnahrni «tuprog‘i serhosil, mo‘l-ko‘l tabiiy boyliklarga ega, lazzatli meva bog’lariga boy, hayvonot dunyosi rang-barang, aholisi saxovatli va mehmondo’st, yoTlari, ko‘prig-u kechuvlari batartib va mukammal, rabot-u bozorlari obod, yigitlari shijoatli va jasur, barcha aholisi ilm-u ma’rifatga chanqoq, iste’dodli» deb ta’riflaydilar.2
Arablar istilosiga qadar Movarounnahr aholisining ko‘pchiligi turkiy bo‘lgan. Mamlakat xalifalik tarkibiga qo‘shib olingach ko‘plab arablar va forslarning ko‘chib kelishi natijasida hamda Abbosiy xalifalar davrida ko’pchilik turkiy aholining Iroq va boshqa islom mamlakatlariga borib qolishlari tufayli Movarounnahr aholisi orasida asta-sekin arab va fors tillarida so‘zlashuvchi qatlam vujudga kelgan.
Movarounnahr zaminidan ko‘plab buyuk allomalar (Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek), davlat arboblari va sarkardalar (Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi) va boshqa mashhur shaxslar yetishib chiqqanligi bilan o‘zbek xalqi haqli ravishda faxrlanadi.Shaharlar, savdo XI-XII asrlarda ayniqsa shaharlar kengayadi, aholisining soni ko‘payib, ular yanada gavjumlashadi. Samarqand, Buxoro, Termiz, O’zgan, Toshkent kabi shaharlar ichki va tashqi savdo uchun xilma-xil hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan hamda chaqa-tangalar vositasi bilan olib boriladigan bozor tijoratining markaziga aylanadi. Shaharlar markazida shohona saroylar, masjid, madrasa, minora va hammom kabi ko’plab mahobatli imoratlar qad ko‘taradi.

Download 182,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish