Mamlakatda tabiiy boyliklari va respublika iqtisodiyotga ta'siri Reja: Tabiat resurslari



Download 26,63 Kb.
Sana04.03.2022
Hajmi26,63 Kb.
#481892
Bog'liq
Mamlakatda tabiiy boyliklari va respublika iqtisodiyotga ta\'siri


Mamlakatda tabiiy boyliklari va respublika iqtisodiyotga ta'siri
Reja:

  1. Tabiat resurslari.

  2. Tabiiy boyliklar va respublika iqtisodiyotga ta'siri


Tabiat resurslari, tabiiy boyliklar — jamiyatning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida xoʻjalikda foydalaniladigan hamda insoniyatning yashashi uchun zarur boʻlgan, uni oʻrab turgan tabiiy muhitning barcha tabiat komponentlari, energiya manbalari. Tabiat resurslariga Quyosh energiyasi, Yerning ichki issiqligi, suv, yer, mineral boyliklar, foydali qazilmalar, oʻsimliklar, tuproqlar, hayvonot dunyosi kiradi. Tabiat resurslari tugaydigan (koʻpgina foydali qazilmalar), tugamaydigan (suv, havo, Quyosh nuri, Yerning ichki energiyasi) va tiklanadigan (biologik elementlar, ayrim foydali qazilmalar) boyliklarga boʻlinadi. Tabiiy xom ashyolarni koʻp darajada isteʼmol qiluvchi kuchlarning jadal rivojlanishiga bogʻliq ravishda tabiat resurslari bilan taʼminlash muammolari yanada dolzarblashib bormoqda.
Tuproq, atmosfera va gidrosferaning ifloslanishiga qarshi kurashishda jahonning barcha mamlakatlari kelishib faoliyat yuritishlari zarur boʻlib, tabiat resurslari muhofazasi global xarakterga ega boʻlmoqda. Tabiat resurslarini oʻzlashtirishning muhim bosqichlari — ularni aniqlash (razvedka qilish), oʻrganish, alohida turlari boʻyicha kadastrlar (masalan, yer kadastri, suv kadastri) tuzishdan iborat. Oʻzbekiston Respublikasida tabiat resurslari kadastrlarini tuzish va yuritish Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat kadastrlari toʻgʻrisida" qonuni (2000-yil, 15 dekabr)ga muvofiq olib boriladi.
Tabiat resurslarini baholashning ilmiy asoslangan 3 tipi mavjud: texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy. Tabiat resurslarini toʻgʻri baholash ulardan foydalanishda eng yuqori samaralarga erishishning muhim sharti hisoblanadi. Inson tafakkuri oʻsishi bilan bogʻliq holda tabiat resurslari turlari ham kengayib bormoqda, bunda eng zamonaviy texnik vositalardan foydalaniladi. Ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlanib borishi bilan tugaydigan tabiat resurslari oʻrnini bosuvchi yangi sunʼiy materiallar ishlab chiqarilmoqda, Dunyo okeani boyliklari oʻzlashtirilmoqda. Ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning rivojlanishi yoʻlida tabiat resurslaridan samarali foydalanish va tabiatda ekologik muvozanatni taʼminlab turuvchi yangi sifatli texnologiyalarni yaratish talab etilmoqda. Xom ashyo va energiya manbalaridan rejali tarzda foydalanish uni uzoq muddatga yetishini taʼminlaydi/ (yana q. Tabiatni muhofaza qilish).
O‘zbekiston yerusti tuzilishi betakrordir. Shunga monand tabiati ham, boyliklari ham xilma-xil. Qulay tabiiy sharoit ishlab chiqarish samaradorligining muhim tabiiy omilidir.
Tabiiy sharoit, ayniqsa, qishloq xo jaligi, foydali qazilmalar qazib chiqarish va transport harakatida yaqqol bilinadi. Tog‘ relyefi, sho‘rxoklar, cho‘llar, taqirlar, jarliklar hududni xo‘jalik jihatdan o‘zlashtirishni qiyinlashtiradi. Qurg‘oqchil yillarda daryo suvlari kamayib, ekinlami suv bilan ta’minlash og‘ir kechadi. Lekin fan-texnika taraqqiyoti tufayli ishlab chiqarishning tabiiy sharoitga bog‘liqligi yengib kelinmoqda. Ayni vaqtda insonning tabiatga ta’siri kuchayib, salbiy oqibatlarga ham olib kelmoqda.
Tabiiy boyliklar tabiiy sharoitdan farq qilib, ishlab chiqarishga bevosita aloqador, ya’ni uning xomashyo va energetika bazasini tashkil etadi.
Eng muhim tabiiy boyliklardan biri — bu yerosti boyliklari (mineral va yoqilg‘ilar). Ulardan sanoatda, maishiy ehtiyojlarda keng miqyosda foydalaniladi.
O‘zbekiston katta yerosti boyliklariga ega bo‘lgan mamlakatdir. Ammo mamlakat iqtisodiyotining xomashyoga va yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyoji to‘xtovsiz ortib bormoqda. Hozirda tabiiy boyliklaming yarmiga yaqinidan foydalanilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, tabiiy boyliklar zaxirasidan tejab foydalanishimiz zarur. Chunki yerosti boyliklari tugaydigan va tiklanmaydigan boylikdir.
Tiklanmaydigan boyliklardan oqilona foydalanishning asosiy shartlari:
konlardan qazilmalami to‘liq qazib olish;
atrof-muhitning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
barcha qimmatli moddalardan majmuali-mukammal foydalanish;
geologik qidiruv ishlarini tadrijiy davom ettirish;
mahsulot birligiga sarf bo‘ladigan xomashyo va yoqilg‘ini tejaydigan texnika va texnologiyani qo‘llash.
Tiklanmaydigan boyliklardan oqilona foydalanish kerak. Toki kelajak avlod ham bu boyliklardan bahramand bo‘lsin.
Eng muhim tabiiy boyliklardan yana biri — suv. Qishloq xo‘jaligida ko‘p miqdorda suv sarflanadi. Sanoat korxonalari uchun ham ko‘p suv talab qilinadi. Korxonalar eng katta shaharlar aholisi iste’mol qiladigan suvdan ko‘proq suvni «ichib» qo‘ymoqda. Suv — tiklanadigan tabiiy boylikdir.
Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan unumdor tuproq (yer), aholi ehtiyoji uchun zarur o‘simlik va hayvonot dunyosi (baliq, yovvoyi hayvonlar), inson hayoti uchun zarur bo‘lgan havo ham tugaydigan va tiklanadigan tabiiy boylikka mansubdir. Toshkent, Farg‘ona, Navoiy kabi shaharlar, ayrim sanoat rayonlari hududida havo tarkibidagi kislorod aholi ehtiyojini qondira olmayapti. Holbuki, kislorod manbayi boigan o‘simliklar o‘nlab yillarda tiklanadi. Unumdor tuproq esa undan ham sekin tiklanadi.
O‘lkamiz hududi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish uchun qulay iqlim sharoitiga ega. Bu agroiqlim boyligi tugamaydigan tabiiy boylikdir.
Mamlakatimiz hududi bitmas-tuganmas quyosh energiyasi boyligiga ega. Quyosh energiyasi tugamaydigan tabiiy boylikdir. Quyoshdan kelayotgan issiqlikni elektr energiyaga aylantirish istiqbollari juda kattadir.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya— turli mamlakat va rayonlarda i.ch. kuchlarining joylashish xususiyatlari hamda hududiy iqti-sodiyijtimoiy sistemalarning shakllanish qonuniyatlarini oʻrganadigan fan.
Uning asosiy vazifalari i.ch. va aholi hayoti bilan bogʻliq soxalarning joylanishiga taʼsir etuvchi omil va sharoitlarni taxlil qilish, vujudga kelgan iqtisodiy geografik vaziyat — i.ch.ning hududiy tarkibi va struktu-rasini baholash, ularni bashorat qilish va boshqarishdan iborat. Shuningdek, I. va i.g . ishlab chiqarishni joylashtirish bilan aloqador tabiatdan foydalanish va geoekologik muammolar, davlatning regional siyosati, xoʻjalik strukturasini tartibga solib borishdek muhim vazifalarni oʻrganadi.
I. va i.g . geografiya fanlari tizimiga kiradi va u, avvalo, tabiiy geografiya bilan chambarchas bogʻliq. Uning tabiiy sharoitlarni oʻrganuvchi boshqa tabiiy fanlar bilan aloqasi, ayniqsa, ekologik muammolarning keskinlashuvi jarayonida yanada kuchaydi.
I. va i.g . umumiy, sohalar yoki xoʻjalik tarmoklari geogr.si, jahon xoʻjaligi geografiney, aholi geografiney, regional I. va i.g . ga boʻlinadi.
Umumiy I. va i.g . ishlab chiqarishni yaxlit va uning alohida tarmoklarining joylashish qonuniyatlarini oʻrganadi.
Soha I. va i. g . da sanoat geografiyasi, q.x. geogr.si, transport geogr.si keng rivojlanmoqda. Xizmat koʻrsatish sohalari geogr.si, rekreatsiya geogr.si. tabiiy resurelar geogr.si, tibbiyot geogr.si kabilar shakllanmoqda.
Regional I. va i.g . aniqmamlakat va r-nlarni tadqiq qiladi va ijtimoiy sohalarning barcha hududiy xususiyatlarini oʻz ichiga oladi.
Oʻzbekistonda I. va i.g .ning ilmiyamaliy mohiyati eng avval yangi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar va milliy iqtisodiyotdagi ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqadi.
Aynan shu maʼnoda uning asosiy tushuncha va qonuniyatlari, ilmiy gʻoyalari hozirgi zamon talabi nuqtai nazaridan talqin qilinadi. Ayniqsa, bozor munosabatlariga oʻtish davrida i.ch. kuchlarini joylashtirishni davlat tomonidan tartibga solib borish va boshqarish, regional ijti-moiy-iqtisodiy dasturlarning ilmiy asoslarini yaratish, regional va milliy iqtisodiyot rivojlanishini jonlantiruvchi va barqarorlashtiruvchi oʻsish qutb va markazlari, sanoat parklari va texnopolislari, raqobat muhiti, investitsiya makoni, erkin iqti-sodiy integratsiya sharoitlarini vujudga keltirish masalalarini tadqiq qilish muhimdir.
Aholi geogr.si madaniyat, tibbiyot va ijtimoiy geografiya bilan bogʻliq. Uning oʻzi esa aholining joylashishi, aholi manzillarining tiplari va b. xususi-yatlarini oʻrganadi. Aholi geogr.sining deyarli barcha masalalari I. va i.g . doi-rasida oʻrganilishi mumkin. Aholi geogr.si I. va i.g .ning boshqa tarmoqlari (sanoat geogr.si, qishloq xoʻjaligi geogr.si, transport geogr.si) orasida alohida oʻrin tutadi. Bundan tashqari, siyosiy geogr. masalalari ham I. va i.g .ning doirasiga kiritiladi. Siyosiy geogr. oʻrganadigan siyosiy vokealar, mamlakatning geosiyosiy va geo-strategik mavqei koʻp jihatdan maʼlum iqtisodiy sharoitlarning mahsuli sifatida namoyon boʻladi va, aksincha, siyosiy barkamollik xoʻjalik hayotiga katta taʼsir koʻrsatadi.
Iqtisodiy geografik maʼlumotlar antik davr va oʻrta asrdagi geograf va sayyohlarning asarlarida ham uchraydi. Ammo, uning keng rivojlanishi hududiy mehnat taqsimoti, i.ch.ning ixti-soslashuvi hamda savdo va transport taraqqiyotiga bogʻliq. I. va i.g .ning ahamiyati shoʻrolar imperiyasi parchalangach, mustaqillikka erishgan koʻpgina mamlakatlarning bozor munosabatlariga oʻtish davrida yanada ortdi. Ayni vaqtda I. va i.g .ning tadqiqotlari aniq iqtisodiy fanlarning tadqiqotlarini takrorlamaydi. Uning oʻziga xos geografik xususiyatlari mavjud: 1) i.ch. tarmoklarining joylashishi oʻrganilganda ularning butun hududiy majmu-asi birgalikda tahlil qilinadi; 2) muayyan hudud (mamlakat, r-n, aholi punkti) aniq tabiiy va ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan birga oʻrganiladi; 3) tabiiy-geografik sharoit al-batta eʼtiborga olinadi; 4) tadqiqot jarayonida masalaning hududiy (geografik) tomoniga alohida ahamiyat beriladi. I. va i.g . tabiiy geografiya bilan be-vosita bogʻliq. Oʻrganilayotgan mamlakat yoki r-nning tabiiy sharoiti, foydalanilayotgan yoki foydalanishi mumkin boʻlgan tabiiy resurelarini bilish zarur. Chunki tabiiy sharoit xoʻjalik ixtisosiga, mehnat unumdorligiga, aholi va aholi manzilgohlarining joylashish xususiyatlari ga katta taʼsir koʻrsatadi. Shuning uchun bunday tadqiqotlarda tabiiy sharoit va re-surelarga iqtisodiy baho berish muhim oʻrin tutadi.
I. va i.g .da iqtisodiy va ijtimoiy haritagrafiya ham katta ahamiyatga ega. Ushbu yoʻnalishdagi haritalar iqtisodiy geografik tadqiqotlarning uzviy qismi va natijasidir. I. va i.g . oʻz tad-qiqotlarida tarixiy-ijtimoiy tahlilga asoslanadi va bu borada tarixiy geografiya, iqtisodiyot tarixi bilan bevosita aloqador. I. va i.g . koʻpgina boshqa fanlar (etnografiya, statistika, sotsiologiya, demografiya) bilan ham bogʻliq.
Oʻzbekistonda ham anʼanaviy I. va i.g ., koʻpgina jahon mamlakatlarida boʻlganidek, asta-sekin oʻz tadqiqot doirasini kengaytirmoqda. Ayni vaqtda I. va i.g . kichik masshtabli tadqiqotlardan yirik masshtabli taxlilga, oʻrta va kichik hududlarni chuqur oʻrganishga, amaliy (konstruktiv) masalalarni hal etishga ham ahamiyat bermoqda.
I. va i.g . yangi shakllanib borayotgan regional iqtisodiyot fani bilan ham chambarchas bogʻliq. Bu ikki fanning tadqiqot obʼyekti bir, yaʼni i. ch.ning hududiy tarkibi va joylashishidir. I. va i.g . ushbu muammoni keng koʻlamda — jahon xoʻjaligi, mamlakat va r-nlar, turli hududiy ijtimoiy-iqtisodiy majmualar doirasida oʻrganadi; regional iqtisodiyot, asosan, alohida olingan r-nlar xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Agar I. va i.g . iqtisodiylashgan geogr. boʻlsa, regional iqtisodiyot geografiylashgan (hududiylashgan) iqtisodiyotdir.
I. va i.g .ning tadqiqot va xulosalari i. ch.ni maqsadga muvofiq joylashtirishga imkon beradi. I.ch.ni hududiy tashkil qilish va taqqoslashda faqat ayrim korxona yoki tarmoq emas, balki bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan i.ch. sohalarining butun majmuasi nazarda tutiladi. Koʻp jihatlarni hisobga olib yondashish I. va i.g .ning bosh tamoyilidir. I. va i.g .ning muhim tushunchalaridan biri boʻlgan hududiy mehnat taqsimoti va uning bevosita mahsuli boʻlgan iqtisodiy r-nlar va ularning ichki aloqalari, r-nlararo va xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarini oʻrganish ham I. va i.g .ning muhim va-zifalaridan biri. Hududiy mehnat taqsimoti iqtisodiy r-nlarni vujudga keltiruvchi asosiy omildir. Iqtisodiy r-n esa I. va i.g .ning asosiy tu-shunchasidir.
Umumiqtisodiy r-nlar, sanoat va q.x. r-nlari, sanoat markazlari mamlakatda i.ch.ni joylashtirish va hududiy mehnat taqsimotini tashkil qilish bir butun jarayonining samarasi, uning ayrim qismlari sifatida tashkil topadi.
Hududiy mehnat taqsimoti I. va i.g . ning asosiy tadqiqot obʼyekti hisoblanadi.
I. va i.g . hududiy mehnat taqsimoti va iqtisodiy r-nlardan tashqari hududiy i.ch. majmualari va iqtisodiy geografik oʻrin (turli xoʻjalik obʼyektlarining — vujudga kelganligi, joylashganligi, rivojlanish xususiyatlari)ni ham tadqiq etadi. Hududiy i.ch. majmualarini toʻgʻri tashkil qilish, infrastruktura tizimidan oqilona foydalanish esa iqtisodiy geografik samaradorlikni taʼminlaydi.
I. va i.g . oʻz tadqiqotlarida bir qancha anʼanaviy va hozirgi zamon i. t. metodlaridan foydalanadi. Geografik taq-qoslash, haritagrafiya, tarixiy, statistik, kuzatish, balans, matematik metodlar shular jumlasidandir. Oʻzbekiston va uning iqtisodiy r-nlarida ishlab chiqaruvchi kuchlarini oʻrganish va xoʻjalikning turli tarmoklarini joylashtirish boʻyicha yirik iqtisodiy geografik tadqiqotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, Oʻzbekiston FAning sobiq Ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganuvchi kengashi tomonidan uyushtirilgan Fargʻona va Zarafshon ekspeditsiyalari natijasida iqtisodiygeografik maʼlumotlar toʻplangan. Oʻzbekiston I. va i.g .si boʻyicha 3. M. Akramov, A. S Soliyev, A. Roʻziyev va b.ning asarlari mavjud. Oʻzbekistonda iqtisodchi-geograflar davlat tashkilotlari, FA institutlari, i.t. va loyihalash intlarida respublika i.ch.ini joylashtirish muammolarini hal qilishda hamda xalq taʼlimi sistemasida bevosita faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Yuqori malakali iqtisodchi-geo-graflar va geograflar Oʻzbekiston Milliy universiteti, Samarkand, Fargʻona, Termiz, Namangan davlat untlarida tayyorlanadi. I. va i.g . boʻyicha i. t. ishlari ham ana shu oliy oʻquv yurtlarida, Oʻzbekiston FA Seysmologiya instituti qoshidagi Geogr. boʻlimi va b. tashkilotlarda olib boriladi.
I. va i.g . oldida turgan asosiy vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi siyosiy mustaqilligi va uning iqtisodiyotini bozor munosabatlariga oʻtishidan bevosita kelib chiqib, yangi sharoitda i.ch.ni joylashtirish va boshqarishning nazariy masalalarini ishlab chiqish, milliy iqtisodiyotni hududiy tashkil qilish muammolarini tadqiq qilish, mamlakatni iqtisodiy r-nlashtirish va uning regional siyosatini yaratish, iqtisodiy-geografik ba-shorat boʻyicha tadqiqotlarni kuchaytirish, jahon mamlakatlari oʻrtasidagi mehnat taqsimoti masalalarini oʻrganishdan iborat.
Download 26,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish