5 – Mavzu. Ilk o’rta asrlar geografiyasi va arablarning O’rta Osiyoga istilosi davri tarixiy geografiyasi. Reja



Download 177,3 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi177,3 Kb.
#278165
Bog'liq
5-мавзу



5 – Mavzu. Ilk o’rta asrlar geografiyasi va arablarning O’rta Osiyoga 

istilosi davri tarixiy geografiyasi.  

Reja: 

1.  Yer egaligining shakllanishi.  

2.  Eftaliylar tarixiy geografiyasi.  

3.  Turk xoqonligi.  

4.  Ilk feodalizm davriga oid geografik bilimlar.  

5.  Arablarning  O’rta  Osiyoni  istilo  qilishi  va  uning  geografik 

xususiyatlari.  

6.  Arablarga qarshi xalq ozodlik kurashlari.  

7.  Arablardan keyin tashkil topgan davlatlar geografiyasi.  

Tayanch so’z va iboralar: Eftal, Haital, Heptal, Yueban, Oq Sivar, Taliqon, 

Poykent, Badaxshon, turk, Oltoy, Bumin, Katuna, ashina, Jo’jan xoqonligi  



Asosiy matn 

O’rta  Osiyoda  V  asrlarga  kelib  yerga  egalik  munosabatlari  shakllandi.  Bu 

feodalishlab chiqarish munosabatlari. deb ham ataladi ("feod"-yer, mulk). Kushon 

davlati  inqirozga  uchragach,  ko’plab  mustaqil  mulklar  paydo  bo’ldi.  Buxorodagi 

buxorxudod,  Chog'oniyondagi  chog'onxudod,  Toshkentdagi  tudun,  Iloqdagi 

dehqon,  Samarqanddagi  ixshid,  Termizdagi  termizshoh,  Farg'onadagi  ixshid, 

Vardanzidagi vardanxudod mulklarining paydo bo’lishi feudal munosabatlar bilan 

bog'liq  edi.  Ilk  o’rta  asrlarda  O’rta  Osiyo  tarixiy  geografiyasining  o’zgarishi 

faqatgina feudal munosabatlar bilan bog'liq bo’lmay, aholi migratsiyasi bilan ham 

bog'liq edi. IV asr o’rtalarida O’rta Osiyo hududiga Ettisuv va Sharqiy Turkistondan 

ko’chmanchi  xiyoniylar  kirib  keldilar  va  IV  asrning  2  yarmida  Sirdaryodan  to 

Amudaryogacha bo’lgan hududda o’z davlatini barpo etdilar. V asrning 20 yillarida 

esa  Xorazm  va  Amudaryo  xavzasiga  sharq  tomondan  yana  bir  ko’chmanchilar, 

kushonlarning avlodi bo’lmish toxarlar kirib keldi

1



Ular So’g'd yerlarini tez orada ishg'ol etishib Kidariylar (hukmdor nomidan 



kelib chiqqan) davlatiga asos soldilar. Balx shahri kidariylarning poytaxtiga aylandi. 

Kidariylar  o’z  hududlarini  janub  tomonga  kengaytirishga  uringanligi  uchun 

sosoniylarning  asosiy  dushmanlariga  aylandi.  Kidariylar  o’z  hududlarini  janub 

tomonga  kengaytirishga  urunganligi  uchun  sosoniylarning  asosiy  dushmanlariga 

aylangan. Keyinchalik Tolikon yaqinida Kidariylar va Sosoniylar o’rtasida chegara 

belgilangan (456 yilgi jangdan keyin kidariylar tushkunlikka yuz tutganlar). V asr 

o’rtalarida  O’rta  Osiyoga  yana  bir  ko’chmanchi  qabila-eftallar  shimol  tomondan 

kirib  keldilar  va  kidariylarni  janubga-Hindistonga  ketishga  majbur  qildilar. 

                                                 

1

 Жекулин В.С. Историческая география_ предмет и методы. – Ленинград: Наука, 1982. С.112. 



 


Vaxshunvor boshchilik qilgan Eftal davlati birin-ketin Chog'oniyon, Toxariston va 

Badaxshonni zabt etadi.  

Eftallar Tolikon yaqinidagi chegaradan ham o’tib VI asr boshlarigacha Qobul, 

Panjob, Qarashar, Kuchu, Qoshg'ar va Xo’tanni ham zabt etib O’rta Osiyo, Sharqiy 

Eron,  Shimoliy  Hindiston  va  SharqiyTurkistonni  birlashtirgan  qudratli  davlat 

tuzadilar. Eftallar davlatining tabiiy geografiyasi qanchalik keng va xilma-xil bo’lsa, 

shunga mos ravishda aholisi ham xilma-xil edi. Oroldan Qoshg'argacha, Balxashdan 

to Hindistongacha bo’lgan ulkan Eftaliylar impyeriyasi hududida bir necha etnoslar 

istiqomat qilganlar. Etnoslarning xilma-xilligi, aholi ijtimoiy kelib chiqishining turli 

-tumanligi  xo’jalikka  ham  ta’sir  etmay  qolmadi.  Ko’chmanchilarning  asosiy 

mashg'uloti  chorvachilik  edi.  Mayda  va  yirik  shoxli  hayvonlar,  tuyachilik  va 

yilqichilikka yaxshi e’tibor berilgan. Ayniqsa yilqichilik qadimdan mashhur bo’lib 

kelgan,  Farg'onada  yaxshi  rivojlangan  edi.  V  asrlarda  yerga  egalik  qilish  (yoki 

feodalizm)ning  asosiy  o’ringa  chiqa  boshlashi  eftaliylar  davlati  uchun  ham 

ahamiyatli  edi.  Bir  tomondan  tushkunlikka  uchragan  kushon  davlatidan  qolgan 

meros:  qul  mehnatidan  foydalanish,  quldorchilik  davom  etib  kelayotgan  bo’lsa, 

ikkinchi tomondan mulkdor tabaqa vakili "dehqon" va ularga qaram bo’lgan yersiz, 

kambag'al"kadivar"  munosabatlari  shakllandi.  Aholining  muntazam  ko’payib  bori 

shi, hunarmandchilikning rivojlanishi va tashqi savdoning o’sishi bir-biriga bog'liq 

ravishda oziq-ovqat, umuman qishloq xo’jaligi mahsulotlari, xom ashyoga bo’lgan 

ehtiyojini  kuchaytirdi.  Natijada  qishloq  hududlari  kengaydi.  Dasht  va  tog'oldi 

hududlaridagi ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi aholi o’troq hayotga ko’chdi.  

Yer  tanqisligi  paydo  bo’lib,  yangi  qo’riq  va  bo’z  yerlarni  o’zlashtirish 

tezlashdi.  Jamoa  yerlariga  va  yangi  yerlarni  o’zlashtirishga  jamоа  oqsoqolliklari, 

sarkorlar boshchilik qilar edilar. Shu sababli xususiy yer-mulklarning rivojlanishida 

ularning  imkoniyatlari  kengroq  edi.  Ular  "qishloq  hokimi"  nomini  olib 

ekspluatatsiya qiluvchi sinfgа aylandi. Yangi yerlarning o’zlashtirilishi katta kuch, 

mehnat  bilan  birga  aql  ham  talab  qilar  edi.  O’rta  Osiyo  yerlarini  o’zlashtirishni 

sun’iy  sug'orish  inshootlarisiz  tasavvur  ham  qilib  bo’lmaydi.  Baland  yerlarga  suv 

chiqarish uchun o’q, gupchak, charxpalak, chig'irdan foydalanilgan. Eng yirik sun’iy 

sug'ori shinshootlari damba va kanallar yo’q edi. O’sha paytda Janubiy Qozog'iston, 

Toshkent vohasi (hozirgi paytdagi) yerlarining bir qismini sug'orish uchun Zog'ariq 

va Bo’zsuv, Samarqand viloyati (hozirgi paytdagi) janubiy yerlarini sug'orish uchun 

Darg'om  kanallarining  barpo  etilganligi  to’g'risida  ma’lumotlar  bor.  Eftaliylar 

davlati  xo’jaligining  eng  asosiy  tarmoqlaridan  biri  ichki  va  tashqi  savdo  edi. 

Chorvachilik, dehqonchilik va hunarmandchilikning rivojlanishi savdo bilan bog'liq 

edi.  Davlat  xo’jaligining  rivojlanganligidan  savdoga  katta  ahamiyat  berilganligini 

his qilish qiyin emas.  




Keng  hududni  egallagan  Eftaliylar  davlati  Xitoy,  Hindiston,  Eron  va 

Vizantiya davlatlariga olib boruvchi savdo yo’llari ustida joylashgan edi. Eftaliylar 

davlati  asosiy  etnoslaridan  biri  bo’lmish  so’g'diylar  tashqi  savdo  aloqalarida  juda 

faolishtirok  etishardilar.  Ularning  asosiy  raqiblari  hisoblanmish  Eronliklarda  ham 

pul-tovar  munosabatlari  yaxshi  rivojlangan.  Shuning  uchun  bo’lsa  kerak  V  asrda 

sosoniylarning tangalari eftaliylar davlati hududida keng qo’llanilgan. Keyinroq esa 

eftaliy  hukmdorlarning  sosoniylarga  taqlid  qilgan  tangalari  muomalaga  kiritilgan. 

Bundan  tashqari  Buxoro,  Poykand,  Vardona,  Naqshab  va  Samarqandda  mahalliy 

hokimlarning  o’z  tangalari  ham  muomalaga kiritilgan.  Eftaliylar  davlatining katta 

yaxlit  hududni  egallagandigi,  buning  ustiga  Buyuk  ipak  yo’li  tarmoqlarining  shu 

hududlardan  o’tganligi  ipak,  turli  matolar,  lak-bo’yoqlar,  rangli  shishalar,  qurol-

yarog'lar, arg'umoqlar, hamda bog'dorchilik obikor dehqonchilik mahsulotlari bilan 

savdo  qiluvchi  tashqi  savdoning  rivojlanishiga  sharoit  yaratgan  bo’lsa,  ikkinchi 

tomondan  tog'-kon  sanoati  rivojlanishiga:  temir,  mis  rudasi  qazish  va  yeritish, 

kumush,  oltin,  neft,  nodir  toshlar  va  minyeral,  binokorlik  matyeriallarni  qazib 

chiqarish  yuksaldi.  Ijtimoiy  hayotda  esa  ozod-mulkdorlar,  ozodkor-shahar 

hunarmandlari, guvakor-savdogarlar, kashovarz-ziroatkorlar, korikor-xizmatkorlar, 

kadivar-qaram  qo’shchilar,  bantak  va  doya-qul  va  cho’rilar  kabi  tabaqalarning 

shakllanishiga olib keldi.  

Turk  xoqonligi  V  asr  oxiri  VI  asr  boshlaridan  boshlansa-da,  turkiylarning 

tarixi Bichurin, N. Gumilev, V. Radlov kabi olimlarning fikrlariga ko’ra bir necha 

100  yil  qadimiyroqdir.  qadimda  "Xunlar",  "Gunlar"  deb  atalgan  xalqlar  turkiy 

xalqlarning  ajdodlari  bo’lib  ular  Evropa  va  Osiyoning  katta  qismlarini  zabt  eta 

olganlar,  "Turk"  atamasi  to’g'risida  turli  taxminlar  mavjud.  Xunlarning  bir  urug'i 

o’zlarini bo’ri urug'iga  mansub bilib,  "Bo’z  qurt" deb ataganlar. Boshqa qabilalar 

ularni mo’g'ulcha "turk-utu" deb atashni qulay bilganlar. Shu qabila uyushmasi son 

jihatdan  oshib  borib  boshqa  qabilalarni  ham  bo’ysundiradi  va  keyinroq  Turk 

hoqonligiga asos solinadi. Qabila boshlig'i nomi Ashin ham bo’ri ma’nosini berishi 

aytiladi. Turkiylar to’g'risidagi afsonalar ham ko’p (totemizm). Yana bir taxminga 

ko’ra "Turk" atamasi tog' nomidan olingan, kuchli. baquvvat, navqiron ma’nolarini 

beradi.  deyiladi.  Ular  temir  qazib  chiqarish  bilan  shug'ullanganlar.  "Turk"  so’zi 

afsonalarga ko’rа Oltoy tog'ining qadimgi nomidir. Ilk feodalizm davrida geografik 

bilimlar V asr oxiri - VI asr boshlariga oid geografik ma’lumotlarga qadimgi xorazm 

va  so’g’d  yozuvlari  kiradi.  Bu  yozuvlar  turli  xil  hujjatlar  (ahdnomalar,  nikoh 

shartnomalari.  oldi-sotdi  hujjatlari  tilxatlar)  va  So’g’d,  Shosh,  Turk  va  Farg’ona 

hukmdorlari o’rtasidagi yozishmalar hamda xo’jalik hujjatlaridir.  

Ular  Mug’  qal’asidan,  Afrosiyob,  Qirg’iziston  va  Sharqiy  Turkistondan 

topilgan. Mug’ qal’asidagi yozuvlar 1932 yili Tojikiston Respublikasi Zahmatobod 

tumani Xayrobod qishlog’idan topilgan. Hujjatlar jami 80 ta bo’lib 74 tasi qadimgi 



so’g’d,  1  tasi  arab,  3  tasi  Xitoy  va  1  tasi  turk  tilidadir.  Hujjatlar  sovet  olimlari 

tomonidan  o’rganilib  1934  yili  Leningradda  "Sogdiyskiy  sbornik"  nomi  bilan 

birinchi  marta  e’lon  qilingan.  Shunday  yozuvlardan  yana  biri  Samarqandda 

Afrosyob xarobasida topilgan bo’lsa, Xitoyning Dun'xuan va Turfon viloyatlarida, 

Qozog’iston  va  Qirg’iziston  qoya  tosh  yozuvlari  topilgan.  Topilgan  hujjatlarning 

barchasi,  ayniqsa,  xo’jalik  hujjatlari  tarixiy  geografiya  fani  uchun  beqiyosdir.  Ilk 

feodalizm davriga oid tarixiy geografik ma’lumotlarga qadimgi turk manbalari ham 

kiradi.  

A)  Enasoy  bitiklari  XVII  asr  oxiri.  XVIII  asr  boshlarida  yashagan  rus 

kartograf  olimi  S.Ch.Remezov  tomonidan  topilgan.  Ma’lumotlar  1884  yil 

"Sibiriskiy vestnik" jurnalida e’lon qilingan.  

B) Mo’g’iliston bitiklari  

1.  To’nyuquq  bitigi  Ulan-Batordan  66  km  janubi-sharqda  Bian  Tsoktoda 

topilgan Eltarish xoqoning maslahatchisi sarkarda To’nyuquqqa bag’ishlanib 712-

716 yillarda yozilgan. 

2.  Kultegin  bitigi  Bilga  xoqonning  (716-734  yil)  ukasi  Kultegin  sharafiga 

bitilgan.  Mo’g’ilistonning  Koshо  Tsaydan  vodiysida  Ko’kshun  Urxun  daryosi 

bo’yida rus axreolog va etnografi N.M. Yadrintsev tomonidan topilgan.  

3. Bilga xoqon bitigi esa Kultegin bitigidan 1 km janubiy-g’arbda joylashgan. 

735 yili yozilgan. V.V. Radlov boshchiligida o’rganilgan.  

4.  Ongin  bitigi  ham  Kosho  Tsaydan  vodiysidan  topilgan.  1892  yili  V.V 

Radlov tomonidan nashr etilgan. Kimga atalgani aniq emas.  

Biz  uchun  eng  muhim  topilmalaridan  biri  Oltoydan  topilgan  Chorish, 

Katandan  daryolari,  Qo’sh  oqoch  hamda  tog’li  rayonlardan  topilgan  bitiklar 

muhimdir.  Bitiklarning  muhimligi  shundaki,  ular  Turk  xoqonligining  chegaralari, 

aholisi va xo’jaligi haqida ma’lumot beradi. Xitoy manbalaridan ayrimlari ham ilk 

feodalizm davriga oid ma’lumotlarni beradi. Masalan: 629 yili Xitoy sayyohlaridan 

biri  Syuan'  Tszan  Issiq  ko’l  xavzasi,  Chuv  vodiysi,  Chimkent,  Jambul,  Toshkent, 

Samarqand, Buxoro, Termiz shaharlari va Janubiy Tojikiston bo’ylab safar qilgan 

bo’lsa  kerak  shu  yerlarning  geografik  tasvirini  yaxshi  yoritgan.  M.  hssiq  ko’lni 

tasvirlar ekan uzunligi, shakli, suvining xususiyati ko’l atrofidagi tog’lar, daryolar 

haqida ma’lumot bergan. VII-IX asrlardagi Tan sulolasi davrida tuzilgan xaritalar 

xitoyliklar ilk o’rta asrlarda Osiyoning 69 issiq o’lkalardan sharqiy qismini durust 

bilganligini ko’rsatadi. (ayrim noto’g’ri tasvirlar ham bor). Ilk o’rta asrlarga oid eng 

muhim tarixiy geografik manbaga Mahmud Qoshg’ariyning "Devon-ul lug’ati turk" 

asarini kiritish mumkin. Garchi asar XI asrda yozilgan bo’lsa ham undagi ko’plab 

she’riy namunalar oldingi asrlarga oiddir.  

Avvalo  Arabiston  yarim  oroliga  qisqacha  xarakteristika  beriladi.  So’ng 

Muhammad  payg'ambarning  qisqacha  tarjimai-holi  va  islom  dinini  paydo  bo’lish 



shart-sharoitlari  hamda  islom  dinini  asosiy  qonun-qoidalari  tushuntiriladi.  Yakka 

xudolikka  sig'inish  haqida  targ'ibot  qilish  622  yil  Madinaga  ko’chish,  630  yil 

bahorida  Makka  urushsiz  olinadi.  632  yil  iyun  oyida  Madinada  Muhammad 

payg'ambar vafoti. Keyin Abu Bakr (632-34) Oyshaning dadasi Xalifa Umar (634-

644), Arabiston yarim orolini to’la zabt etilishi, Usmon (644-656), Ali (656-661), 

Muoviya  I  (661-680)  davrida  673  yil  Ubaydulla  ibn  Ziyod  boshchiligida  arab 

qo’shinlari Amudaryodan o’tib Buxoro muzofotiga bostirib kirishi. (Ungacha 654 

yil  Maymurg’,  667  yil  Chog'oniyon  egallangan  edi).  673  yil  Buxoro,  676  yil 

Samarqand, Termiz egallanadi va talanadi. 704 yil Qutayba ibn Muslim Xurosonga 

noib  qilib  tayinlangach,  705  yil  Balx  va  Chog'aniyonni  bosib  oladi  va  arablarni 

Movarounnahrga  II-yurishi  boshlanadi.  Qutayba  707-709  yillar  Buxoro  va  uning 

atroflari.  710  yil  Shumon,  Nasaf  va  Keshni  bosib  oladi.  715  yil  Farg'ona  vodiysi 

egallanadi. Shu yili Qutayba o’ldiriladi. (Volid vafot etib, Sulaymon taxtga chiqqan 

edi). Bosib olingan yerlarda xo’jalik izdan chiqadi. Katta miqdorda tovon to’lashga 

majbur  qilinib,  xizmatga  yaroqli  erkaklar  ko’pincha  jalb  etiladi.  Bosib  olingan 

hududlarda ekin yerlaridan 4 dan 1 xiroj. chorva va hunarmandchilikdan 40 dan 1 

zakot,  islomga  kirmaganlardan  "Jiz’ya"  kabi  jon  solig'i  olinadigan  bo’ldi. 

Hududdagi  boshqa  dinlar  soxta  deb  e’lon  qilindi.  Ibodatxonalar  vayron  etilib, 

o’rniga masjidlar qurilib, dastlab islomni qabul qilganlar xiroj, jiz’ya solig'idan ozod 

etildi.  Qarzini  to’lamaganlar  sazoyi  qilindi.  Biroq  ko’p  o’tmay  dinni  qabul 

qilganlardan  ham  soliq  olina  boshlandi.  720  yil  Samarqand  ixshidi  Gurak  va 

Panjikent  hokimi  Divashtich  qo’zg'olonga  rahbarlik  qildi.  721  yili  Xuroson  noibi 

Said  Xaroshiy  muzokara  olib  boradi  va  so’g'd  mulkdorlarining  bir  qismi  arablar 

tomonga o’tadi. (Gurak boshchiligida) qolganlari Xo’janddagi jangda mag'lubiyatga 

uchraydi. Divashtich o’ldiriladi.  

736-737 yil Toxariston va So’g'dda qo’zg'olon bo’ladi. Nasr ibn Sayyor 738-

yil  qator  islohotlar  qiladi.  Barcha  musulmonlar  huquqiy  jihatdan  tenglashtiriladi. 

Mulkdorlar  imtiyozi  tiklanadi.  Qon-qardoshlik  siyosati  yurgiziladi.  Ma’lumki 

Ummaviylar  661  yildan  Alidan  so’ng  hokimiyatni  boshqarar  va  ayniqsa  Xalifa 

Marvon II (744-750) davrida soliqlar ko’payib xal xil ishlarga jalb etish, siyosiy va 

iqtisodiy ziddiyat nihoyatda keskinlashdi. 746 yil Abbosiylar harakatiga rahbar etib 

Abu  Muslim  (Xuroson)  tayinlanadi.  Bu  harakat  timsoli  qaro  kiyim  va  tim  qora 

bayroq.  Abu  Muslim  qo’shini  safiga  kelib  qo’shilganlarga  avval  3,  so’ng  5 

dirhamdan  maosh  to’lanadi.  Aholining  hamma  tabaqalaridan  100000  kishi 

to’planadi  (ko’pchiligi  qullar).  748  yil  noib  Nasr  ibn  Sayyor  Marvni  jangsiz 

topshirib  Nishopurga  chekinadi.  749  yil  xalifa  Marvon  ag'darilib  Abbosiylardan 

Abulabbos  Saffoh  (749-754)  taxtga  chiqadi.  Abu  Muslim  Xuroson  va 

Movarounnahrga noib etib tayinlanadi. Buxoro qo’zg'oloni (750) bostiriladi. 751 yil 

Xitoy qo’shinlari Talasdan haydaladi.  



755  yil  Abu  Muslim  Bag'dodda  o’ldiriladi.  VIII  asr  70-80  yillari  "oq 

kiyimlilar"  (Muqanna-niqobdor)  qo’zg'oloni  yuz  beradi.  Kesh  yaqinidagi  Som 

qal’asi  qo’zg'olonchilar  markazi  edi.  qo’zg'olonchilar  yengiladi.  Sababi 

uyushmaganligi, uzoq davom etishi, mahalliy ma’murlar sotqinligi. Maqsadlarning 

har-xilligida  edi.  806  yil  Rof’e  ibn  Lays  qo’zgoloni  Samarqandda  boshlanib 

Movarounnahrga  yoyildi.  Xuroson  noibi  Ma’mun  (806-819)  Somonxudotning 

nabiralari  Nuh,  Ahmad  va  Yahyolardan  iltimos  qilib,  qo’zg'olonni  bostiradi  va 

hokimiyat  mahalliy  amaldorlar  qo’liga  o’tadi.  Xalifa  Xorun  ar-Rashid  (786-809) 

vafotidan so’ng uning o’g'illari Ma’mun va Amin o’rtasida 809-813 yillar taxt uchun 

bo’lgan kurashda taxt Ma’mun foydasiga hal bo’ldi. Markazda esa, Aminni xalifa 

qilib ko’tarishdi. Ma’mun bunga qarshi Tohir ibn Husayn bilan 813 yil Bag'dodga 

yurish  qilib,  poytaxtni  qo’lga  kiritadi.  Ma’mun  Nuhga  Samarqand,  Ahmadga 

Farg'ona,  Yahyoga  Shosh  va  Ustrushona,  Ilyosga  esa  Hirotni  in’om  etadi  b 

(Somonxudot  avlodlari  ).  821  yil  Tohir  Xuroson  va  Movarounnahr  noibi  etib 

tayinlanadi  va  822  yil  xutbadan  xalifani  nomini  chiqarib  tashlaydi.  O’g'li 

Abdulabbos Abdulloh (830-844) davrida poytaxt Marvdan Nishopurga ko’chiriladi. 

Somoniylar Tohiriylarni tan olishadi. Soliqlar hammaga bir xil.  

873  yil  g'oziylar  Nishopurni  egallab  Safforiylar  davlatiga  asos  soladi. 

Movarounnahr  Xurosondan  ajrab  mustaqil  davlat  bo’ladi.  VII-VIII  asrlarda 

geografik  tasavvurlar:  Mahalliy  manbalarda  saqlanib  qolgani  bu  O’rxun-Enasoy 

yodgorligi  va  XI  asr tilshunos  olimi  va  sayyohi  Mahmud  qoshg'ariyning  "Devoni 

lug'ati -turk" asari o’lkamiz tabiiy geografiyasi haqida ayrim ma’lumotlarni beradi. 

Bu bitik turklar davlati chegaralari. Tabiati, aholisi va uning kasb-kori haqida ayrim 

ma’lumotlar bor. Ammo bu yozuvlar to’la o’rganilgan emas. Mahmud Qoshg'ariy 

asarida  o’sha  davrdagi  ovchilik,  chorvachilik,  dehqonchilik,  tabiat  va  uning 

manzaralari,  qabilalar  va  ular  o’rtasidagi  janglar  tasvirlanadi.  Ayniqsa  mavsum 

qo’shiqlari  va  peyzaj  lirikasi  tabiiy-geografik  jihatdan  ma’lum  ahamiyatga  ega. 

Masalan,  qish-qiyinchilik  timsoli.  yoz  esa  to’kin-sochinlik.  Yoz  qishdan  g'olib 

keladi.  Hatto  odamlar  suv  xo’jaligi  taqvimini  tuzganlar.  629  yil  Xitoy  sayyohi 

Syuan'  Tszan  Issiqko’l  havzasi,  Chu  vodiysi,  Chimkent,  Jambul,  Toshkent, 

Samarqand, Buxoro, Termiz shaharlari va janubiy Tojikistonda bo’lib, bu joylarning 

geografik tasvirini beradi. Masalan, Issiqko’lni uzunligi, shakli, suvini xususiyatlari, 

ko’l atrofidagi tog'lar, unga quyiluvchi daryolar haqida ma’lumotlar beradi. VII-IX 

asrlarda  hukmronlik  qilgan  Tan  sulolasi  davrida  tuzilgan  kartalar  ilk  o’rta  asrlar 

O’rta  Osiyoning  690  shimoliy  uzunlikdan  sharqdagi  qisminigina  durust 

bilganliklarini  ko’rsatadi.  Xitoy  manbalari  geografiyasi  emas,  balki  ijtimoiy  va 

boshqacha  hayotgа  qaratilgandir.  Arab  bosqinchiligi  davrida  VIII  asrda  O’rta 

Osiyoning  iqtisodiy  va  madaniy  hayotiga  zarar  etkazildi.  Madaniy  meros  yo’q 




qilindi.  Kutubxona va  ko’plab ilm  ahli  nobud bo’ldi.  Mahalliy  o’quv va til ta’qib 

qilindi


2

. IX asrdan tabiiy fanlar yana rivoj topa boshladi.  

 

                                                 



2

 Malise R., Azim Nanji. Historical Atlas of the Islamic World. London: Harvard University Press, 2005. P.36. 



Download 177,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish