Kirish I bob. Movarounnahrning o'rta asrlar tarixiy geografiyasi



Download 182,56 Kb.
bet5/7
Sana01.06.2022
Hajmi182,56 Kb.
#629215
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
NORQO\'ZIYEV ABROR Movarounnahr va Xurosonning o\'rta asrlar tarixiy (2)

2.2.O‘rta asrlarda Xuroson davlati
O‘rta Osiyoning qulay va go‘zal tabiy iqlim va sharoiti hamda bеhisob boyliklari hamisha arablarning diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kеlgan. Manbalarning ma’lumotlariga qaraganda arablar 651 yilda O‘rta Osiyo chеgaralari- Marv, Hirot va Balx hududlarida paydo bo‘ladilar.
Arablar bosqini arafasida Movarounnahr hududi da fеodal tarqoqlik hukm surgan. Bu yerda 15 dan ortiq kichik-kichik davlatchalar bo‘lib ular o‘zaro urushlar olib borar edilar. Bu xol arablar tomonidan O‘rta Osiyo yerlarini bosib olishni tezlashtirdi. Arab bosqini ikki bosqichda olib borildi. Birinchi bosqich 705 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi, Bu davrda arablar vatanimiz hududiga vaqti-vaqti bilan xujumlar uyushtirib turdilar, mamlakat boyliklarini taladilar, ko‘plab odamlarni qul qilib o‘z yurtlariga olib kеtdilar va o‘lkani bosib olish maqsadida harbiy ma’lumotlar to‘plash bilan shug‘ullanganlar.
O‘rta Osiyo yerlariga birinchi bor lashkar tortib kеlgan xukmdor Ziyod bin Abu Sufyondir. U 667 yilda Amudaryo bo‘ylarigacha kеladi, Marvni egallab katta boylik va o‘ljalar olib yurtiga qaytib kеtadi. 673 yilda Ziyodning o‘g‘li Ubaydulloh Ziyod yana Buxoroga qo‘shin tortib kеladi. U Boyqand va Romiton yerlarini egallaydi. Bu davrda Buxoro taxtini malika Xotun bohqarar edi, U Buxoro hukmdori bеvaqt olamdan o‘tgan Bidun Buxorxudotning bеvasi bo‘lib o‘g‘li Tog‘shoda yosh bo‘lganligidan davlatni o‘zi boshqarmoqda edi. Xotun oqila va tadbirkor bo‘lganligidan axoli qirg‘in bo‘lmasligi va mamlakatni vayronalikdan saqlab qolish maqsadlarini ko‘zlab Ubaydullox bilan sulh bitimi tuzadi va arablarga har yili bir million dirham tovon to‘lab turish majburiyatini oladi. Chunki kuchlar tеng emas edi, yordamga chaqirilgan turk lashkarlari ham vaziyatni biror-bir darajada o‘zgartira olmasdi. Arablar buxoroliklardan to‘rt ming kishini asir qilib oldilar, juda ko‘plab boylik- xazina, qurollar, kiyimlar, oltin, kumush narsalarni o‘ljaga tushirdilar. Ular podsho xotinning bir poy etigi va paypog‘ini ham topib oladilar. Tilla ishlatilib, har xil qimmatbaho toshlar bilan bеzatilib tayyorlangan etik va paypoq sahroyi arablarni juda ham hayratga solgan. Bu etik va paypoq ikki yuz ming dirham baholangan.
O‘rta Osiyoning boyliklari mol-dunyoga o‘ch arab sahroyilarining tinchligi va farog‘atini buzgan edi. Har ikki o‘rtada shartnoma- bitim tuzilgan bo‘lsada, Ubaydulloh o‘rniga Xuroson amiri etib tayinlangan Said ibn Usmon 675 yil 25 noyabrdan 676 yil 13 noyabrgacha Buxoro ustiga qo‘shin tortadi. U juda ko‘p hiyla-nayranglar ishlatib Buxoro va unga yordamga kеlgan So‘g‘diyona, Kеsh, Nasaf qo‘shinlarini tor-mor kеltirdi. Buxoro podshosi Xotun ibn Usmonning talabi bilan uning do‘zuriga bo-rishga majbur bo‘ldi va juda ko‘p ulponlar to‘lab, shaxzoda va aslzodalardan 80 kishini garovga berdi. Shundan so‘ng arablar Movarounnahr va uning poytaxti Samarqandga yurish qildilar. Ular bu joylarni egallab juda ko‘p boyliklarni qo‘lga kiritdilar va samarqandliklardan 30 ming kishini asirlikka oldilar. Yozma manbalarda Said ibn Usmon bilan Movarounnahrga kеlgan ko‘p ming kishilik arab qo‘shinlari qatorida Muhammadning avlodlaridan Ko‘sam ibn Abbos ham bo‘lgan, (Tarixchi Abu Tohir Xojaning ma’lumotiga qaraganda Abbos o‘g‘li Qusam Abbos ibn Abdulmutallib ibn Xoshim al-Qarshi al Xoshimiy Muhammad payg‘ambarning amakisi). Sa’id ibn Usmon Buhoro va Samarqanddan qo‘lga olgan o‘ljalarni Kusam ibn Abbosga ko‘rsatib: «Bu o‘ljalardan har kishiga bir hissa, sеnga esa ming hissa beraman» dеganda, Qusam ibn Abbos shariat buyurganidan bir xissa ham- ortig‘ini olmayman degan ekan. Qusamning taqdiri tug‘risida turlncha ma’lumotlar bor. Ba’zilar uni Samarqandda o‘ldirilgan dеsalar yani ba’zi birovlar u Marvda vafot etgan dеb isbotlaydilar.12 Lеkin nima bo‘lganda ham Narshaxiyning «Buxoro tarixi»da yoznlishicha Samarqanddaga Shoxizinda maqbarasi shu shaxs nomi bilan bog‘liqdir. Sa’id ibn Usmon garovga olingan buxorolik shadzodalarni Marvga qaytishda ozod qilishga so‘z bergan edi. Lеkin u va’dasida turmaydi va shahzodalarni aldab Madinagacha olib borib ularni barcha zarbop kiyimlarini еchib olib qullarga aylantiradi. Erkparvar buxoroliklar bunday xaqorat va pastkashlikka chiday olmasdan Sa’id ibn Usmon saroyiga bostirib kiradilar va avval uni, so‘ngra o‘zlarini o‘ldiradilar.
Xuroson amirligiga Muslim ibn Ziyod ibn Abiyx2 tayinlanadi, U ham o‘z faoliyatini Buxoroga yurishdan boshlaydi. Buxoro xukmdori har galgidеk yana turklarga va so‘gdlar hokimi Tarxun3ga yordam so‘rab murojaat qiladi. Biroq, bu safar ham musulmon arablarning qo‘li baland kеladi. Juda ko‘p boyliklar o‘lja olinadi. Har bir arab askariga 10 ming dirhamdan o‘lja ulashib beriladi. Xotun bilan Muslim ibn Ziyod o‘rtasida sulh tuziladi. Arablar Marvga qaytadilar. Ammo bu qaytish mol-dunyo va boylikka yuz tuban kеtgan sahroyi arablarniyg oxirgi qaytishi emas edi.
704 yilda Xuroson taxtiga Qutayba Ibn Muslim o‘tiradi va Xurosonni batamom o‘ziga bo‘ysundiradi. Ana shu davrdan e’tiboran arab bosqinchilari tomonidan Movarounnahrni zabt etishning ikkinchi davri boshlanadi. Endi ular O‘rta Osiyoni batamom bosib olishga qaror qiladilar. Qutayba ibn Muslimning 705 yilda ushbu maqsad yo‘lidagi Axorun va Shuman (Surxon va Kofirnxon oralig‘idagi yerlar13) hududlariga uyushtirgan birinchi yurishni muvaffaqiyatsiz yakunlanadi. Tarixchi Narshaxiyning ma’lumotiga qaraganda Kutayba katta tayyorgarlikdan so‘ng «sakson sakkizinchi yili (12 dеkabr 796- 30 noyabr 707) Jayxun daryosidan o‘tadi. Baykand axo­lisi bundan xabardor bo‘lib, Baykandni juda mustahkam hisor bilan o‘raydilar, qadimgi vaqtlarda Baykandni shahriston dеganlar va mustaxkamligidan, uni «jеz shahar» dеb ataganlar («Buxoro tarixi», 120-bеt). Musulmonlar qattiq va shiddatli janglardan so‘ng bu shaharni egallaydilar. Ikki o‘rtada sulh tuziladi. Qutayba Baykand shaxrida amir qilib Barko ibn Nasr Bodiliyni tayinlab o‘zi Buxoro tomon ilgari yurishni davom ettiradi. Baykandda hukmron bo‘lib qolgan Barko shahar xalqiga jabr va zulm o‘tkazadi, axloqiy buzuq ishlar bilan shug‘ullanadi. Bunga javoban shahar fuqarolari qo‘zg‘olon ko‘taradilar. Ko‘tayba bu xabarni eshitib tеzda orqasiga qaytadi va qo‘zg‘olonni shafqatsizlik bilan bostiradi. Uning buyrug‘i bilan arab sahroyilari shaharni talaydilar va harob qiladilar. Rivoyat qilishlaricha, Qutayba Poykandni fatx qilganda bir butxonadan og‘irligi to‘rt yuz diram (bir diram — 3,186 gr.) kеladigan bitta kumush but, ko‘plab kumush jomlar, har biri kabutar tuxumidеk kеladi­gan marvaridlar topiladi. O‘lja olingan barcha boyliklarni tarozida tortganlarida bir yuz ellik ming misqolni (I misqol — 4,240 gr) tashkil etadi. Xalqdan talab olingan barcha oltin va kumushlarni sovg‘a o‘laroq Dajjojga yuborganlarida u Qutaybaga xat yozib, minnatdorchilik bildirgan va «...Xudo sеnga barakat bersin!» dеgan.
Qutayba Poykandni batamom o‘ziga tobе etgach uning atrofidagi barcha qishloqlarni ham egallaydi va 707 yilda Kеsh, Naxshabni fath qiladi. 708 (90) yilda Vardan (hozirgi Vardonzе) ustiga yurishga tayyorgarlik ko‘rayotganda kutilmagan qarshilikka duch kеladi. Turk xonlari Qutaybaga qarshi ittifoq tuzib Torob, Xunbun va Ramiton oralig‘ida uni ko‘p lashkar bilan o‘rab oladilar. Xitoy podshosining jiyani Ko‘rmag‘onun ham bu ittifoqqa qo‘shiladi. Natijada Qutayba o‘ir ahvolga tushib qoladi. Qutaybaning yaqin kishilaridan bo‘lgan Xayyoni Nabatiy ishlab chiqqan rеja asosida musulmon arablar og‘ir vaziyatdan eson-omon qutuladilar.
Marvda bir oz muddat dam olib 709 (91) yilda Narshaxiy bergan ma’lumotlarga qaraganda Iroq va Xurosondan yordam kuchlari olib Buxoro ustiga yurish boshlaydilar, Bu Qutaybaning to‘rtinchi safar Buxoro ustiga lashkar tortib kеlishi edi. Buxoro aholisi har safar Islom lashkari kеlganda musulmon bo‘lar, qaytib kеtgach esa dindan chiqar edi. Bu paytda Xotun juda qarib qolgan edi, davlat endi uning o‘gli Tog‘shoda boshqarardi. Qutayba qattiq jangdan so‘ng Buxoroni egallaydi. Tog‘shoda Islom dinini qabul qilgach Qutayba uni Buxoro taxtida xukmron sifatida qoldiradi. Tog‘shoda o‘ttiz ikki yil Buxoroni boshqaradi. Tug‘shoda islom dinini qabul qilgandan kеyin tug‘ilgan farzandiga Qutaybaga bo‘lgan hurmat va e’tiqodi ramzi si­fatida Qutayba dеb ism qo‘yadi. Qutayba ot’asidan so‘ng Buxoro taxtiga utiradi. U Abu Muslim davrida dindan qaytadi. Shu bois Abu Muslim Qutayba ibn Tog‘shodani o‘ldiradi. Qutaybaning serdaromad va g‘allakor yerlari uning birodari Bunyod ibn Tog‘shodaga beriladi. Bu yerlar Ismoil Somoniy davriga qadar Bunyod hukmronliga ostida bo‘ldi. Qutayba ibn Muslim shimoliy sharq tomon g‘olibona bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi. U 710 yilda Shuman, Nasaf, Keshni zabt etadi. 711 yilda aka-uka Chag‘on va Hurzod janjalidan foydalanib Xorazmni bosib oladi. Shundan so‘ng Qutayba endi asosiy zarbani kuchli raqib, lеkin laqma siyosatdon so‘g‘d hokimi Tarxunga qarshi qaratadi. O‘rtada uzilgan sulh shartnomasiga qaramasdan; o‘zaro kеlishuv asosida Samarqanddagi masjid kurilishini tеzlashtirish bahonasida shaharga gisht teruvchilar urniga 4000 qurollangan arab kiritiladi. Shahar talanib, aholi harob qilinadi. Tarxun ham qatl etiladi. Sosoniy-larning eng so‘nggisi Yazdigarning qizi ham asir olinadi va u Halifa Validga yuboriladi. Samarqandda qo‘lga olingan oltin butlar va ularning jihozlari 50 ming misqolni tashkil etadi. Samarqandni egallashda 300 ta dеvorbuzar moslamalar ishlatilib, arablar Samarqandni batamom vayron etadilar. Nihoyat Samarqandning yangi hokimi G‘o‘rak (709—738) bilan Qutayba o‘rtasida sulh bitimi imzolanib, bu bitimga ko‘ra u arablarga yiliga 2200000 dirham tovon to‘lashi kerak bo‘ladi, Yana arablarga uch yuz ming sog‘lom kishini qul o‘rnida berish sharti ham bor edi. Shartnomaga asosan shahar markazi arablarga bo‘shatib beriladi. Qutayba u yerda masjid qurdiradi. (Afrosiyobda.)
713—715 yillarda u Toshkеnt, Ho‘qand, Turkiston Chini (Sharqiy Turkiston) yerlarini to Qashg‘argacha bo‘lgan yerlarni egallaydi. Ana shu tarika Qutayba ibn Muslim O‘rta Osiyo yerlarini zabt etib Xitoy hududigacha cho‘zilgan o‘lkada yashayotgan xalqlarni islom diniga kiritadi.
Farg‘ona orqali Qutayba Marvga yo‘l oladi. Marvda halifa Valid vafot etgan bo‘lib, halifalik taxtiga uning raqibi Sulaymon ibn Aidumalik o‘tirgan edi. Qutayba undan xavotirlanar va Sulaymonga ishonmas edi. Shu sababdan u Sulaymonga qarshi ochiq isyon ko‘taradi. Ammo isyonchi sifatida o‘z askarlari tomonidan o‘ldiriladi. Bu voqеa Vamberi bergan ma’lumotlarga ko‘ra 714 (96) yilda Qutayba ibn Muslim 47 yoshida ekanida sodir bo‘lgan edi. Boshqa manbalarda esa 715 yilda arab askarlari tomoihan o‘ldiriladi, dеyiladi.
Buxoroning bu qadimiy madrasasi shaharning Darvozayi Mansur mahallasida xon hammomining yonida joylashgan edi. Mamlakat ma’naviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga bu davrda "ustod" deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom tark etilib, din peshvolari va islom ulamolarining rahnamosi "shayxulislom" nomi bilan yanada ulug‘landi. Ustoddan keyin "xatib" lar turardi. Somoniylar islom mafkurasining rivojiga katta ahamiyat beradilar. Masjid, madrasa va xonaqolar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarf-u xarajatlari uchun katta-katta mulklar ajratilib beriladi.14 Natijada diniy muassasalar tasarrufidagi yerlar kengayib, yangi turdagi diniy-feodal xo‘jaligi tarkib topadi.Ismoil Somoniy yaxshi qurollangan harbiy qo‘shkuva maxsus saroy muntazam sarbozlar qismini tuzadi. Muntazam sarbozlar oliy dargoh va shaxsan armrni hamda uning xaramini qo‘riqlash uchun turk g‘ulomlaridan tuzilgan edi. Turkiston va Movarounnahr harbiy xizmatchi, mohir chavandoz turk o‘smirlarini qadimdan doimiy ravishda voyaga yetkazib kelgan bo‘lsa ham, ammo faqat somoniylargina turk yigitlarini birinchilar qatorida saroyning shaxsiy sarbozlari safiga tortgan edilar. Saroy sarbozlariga qabul qilingan o‘spirin turk g‘ulomining harbiy xizmati ma’lum muddatga va qat’iy belgilangan tartibda o‘tar edi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar "hojib" lavozimiga ko‘tarilgan. Hojiblarning boshlig‘i "hojibul hujob15" yoki "hojibul buzruk" deb vuritilar edi. Sunday unvon Somoniylar davlati saroyidagi oliy unvon hisoblanardi. Hojiblar, ayniqsa hojibul hujob saroyda katta nufuzga ega edi. U saroyda turar va dargohning ishlarini boshqarar edi. Somoniylar sarbozlardan tashqari ozod mehnat ahlidan tuzilgan harbiy qo‘shinlarga ega edilar. Harbiy qo‘shin va uning ta’minoti bilan "ariz" boshliq devoni ariz deb atalgan maxsus mahkama shug‘ullanar edi. Ariz qo‘shinlarga maosh berar, uning intizomi, yarog‘-aslahasi, oziq-ovqati va otlarining yem-xashagi taminoti bilan shug‘ullanar edi. Qo‘shinlarga xizmat haqi har uch oyda, ya’ni yiliga to‘rt marta to‘lanar edi.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Movarounnahr atamasi oʻrta asr manbalarida turlicha talqin qilinib, geografik hudud sifatida avval Turon, Turk xoqonligi yoki Turkiston mamlakati (7-asr gacha), keyin Xuroson (7— 10-asrlarda) undan ham keyin Turkiston (11-asrdan boshlab), maʼlum vaqt esa Xorazm (12-asrning oxiri — 13-asrning boshi) tarkibiga kiritilgan. Demak, bu atama faqat geografik maʼnoga ega boʻlib, har xil davrlarda turli davlatlar — Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, shuningdek, Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshoxlar va boshqa davlatlarning tarkibiga maʼmuriy birlik sifatida kirgan. Bu atama haqida turli manbalarda keltirilgan maʼlumotlarning yigʻindisi ham hududiy jihatdan "Oʻrta Osiyo" atamasini anglatadigan Turkiston tabiiygeografik oʻlkasining barcha yerlarini qamrab olmaydi. Chunki, mazkur mintaqa tarkibiga kirgan Shimoliy Xuroson (Turkmaniston), Yettisuv (Qozogʻiston) va Janubiy Tohariston (Afgʻoniston) yerlari hech qanday manbalarda Movarounnahr tarkibiga kiritilmagan. Shuning uchun, Movarounnahr atamasining oʻrta asrlarda ishlatilgan eng keng maʼnodagi tushunchasi tarkibiga shartli ravishda faqat Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida joylashgan yerlarni kiritish mumkin.
Shunday qilib, sahroyi arablar dunyoning eng qadimiy va madaniyat o‘lkalaridan biri bo‘lmish Movarounnahrni o‘z mustamlakalariga aylantiradilar. Movarounnahr hududida yashagan ajdodlarimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda sahroyi arablarga qaraganda anchagina oldinda edilar.
IX-XII asrlar Movarounnaxr va Xurosonda vujudga kelgan Somoniylar, Qoraxoniylar, g‘aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshoxlar davlatlari eng avvalo iqtisodiy jixatdan yuksalishga erishdilar. So’ngra islom ma'naviyatiga asoslangan madaniy taraqqiyotni vujudga keltirdilar. Ma'naviyat asoslari xisoblangan e'tiqod yakdilligi, siyosiy boshqaruv asoslari, qonun ustunvorligi, axloqiy kamolot, aql-idrok takomili, ma'rifiy barkamollik va fan taraqqiyoti bosqichiga chiqa oldilar.
Xurosonning iqtisodiy-siyosiy va madaniy jixatdan taraqqiy etishiga, Movarunnaxr, Xindiston bilan madaniy aloqalarni o’rnatishga, ilg‘or Sharq madaniyati an'analarining to XVI asr boshlarigacha davom etishiga ulkan xissa qo’shgan temuriyzodalardan biri Sulton Xusayn Boyqarodir.
Xusayn Boyqaro davri ma'rifat va tarix ilmining, turkiy adabiyot va so’fiyona she'riyatning, miniatyura va me'morchilikning, musavvirlik va musiqa san'atlarining yuksalgan davri xisoblanadi.
Xusayn Boyqaro fan, san'at, adabiyotning rivojlanishga katta imkoniyatlar yaratib beradi. Turkiy tilni davlat tili darajasiga ko’taradi. Movarounnaxrdan boshpana istab kelayotgan ko’pgina olimlar, san'atkorlar, shoirlar va me'morlarga xomiylik qiladi. Tarixiy ma'lumotlarga ko’ra Xirotda mingga yaqin ijodkorlar faoliyat ko’rsatganlar. Mirzo Muxammad Xaydar esa o’zining «Tarixiy Rashidiy» asarida Xirotda yashagan 25 dan oshiqroq mashxur olimlarni sanab o’tadi.
Shunday qilib, IX-X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda Somoniylar davlati tashkil topdi. O‘rta asrlar mulkchilik zamonining bu yirik davlatini boshqarishda hukmdor xonadon Sharqning qadimiy davlat boshqaruvi an’analariga suyanib, muntazam harbiy qism va kuchli harbiy qo‘shinlarga ega bo‘lgan markazlashgan boshqaruv mahkamasini tashkil qildi. O‘rta asrlarning bu yirik davlati o‘zining boshqaruv tizimi jihatidan shubhasiz O‘rta Osiyoda yirik mulkdorlar davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyoti tarixini o‘rganishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Download 182,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish