MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………..3
I BOB. MOVAROUNNAHRNING O'RTA ASRLAR TARIXIY GEOGRAFIYASI
1.1. Movarounnahr tushunchasining paydo bo'lishi va tarixiy geografiyasi ………5
1.2. O‘rta asrlarda Movarounnahr davlati va huquqi (XIII asrgacha)……….…..….9
II BOB. XUROSONNING O'RTA ASRLAR TARIXIY GEOGRAFIYASI
2.1. Xuroson tarixiy viloyat va geografiyasi ……...……………………………….20
2.2. O‘rta asrlarda Xuroson davlati ……..…………………………………………23
XULOSA………………………………………………………………………….29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………….31
ILOVALAR……………………………………………………………………….33
Mavzu: Movarounnahr va Xurosonning o'rta asrlar tarixiy geografiyasi Reja: Kirish I bob. Movarounnahrning o'rta asrlar tarixiy geografiyasi 1.1. Movarounnahr tushunchasining paydo bo'lishi va tarixiy geografiyasi.
1.2. O‘rta asrlarda Movarounnahr davlati va huquqi (XIII asrgacha)
II bob. Xurosonning o'rta asrlar tarixiy geografiyasi 2.1. Xuroson tarixiy viloyat va geografiyasi
2.2. O‘rta asrlarda Xuroson davlati
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Ilovalar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Movarounnahr oʻrta asrlarda islom mamlakatlarida keng tarqalgan geografik atamadir. Hozirgi zamon tarixiy-geografik ilmiy adabiyotda Movarounnahr deganda, asosan, Turkmanistondan tashqari boʻlgan Oʻrta Osiyo hududlari, yaʼni, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va
Qozogʻistonning janubiy qismi tushuniladi.
Sahroyi arablar dunyoning eng qadimiy va madaniyat o‘lkalaridan biri bo‘lmish Movarounnahrni o‘z mustamlakalariga aylaltiradilar. Movarounnahr hududida yashagan ajdodlarimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda sahroyi arablarga qaraganda anchagina oldinda edilar. Nima sababdan ularni arab istilochilari nisbatan tеz va oson bosib ola oldilarq Buning sabablari- birinchidan o‘lka xalq1ari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy birlikning bo‘lmaganligi va fеodal tarqoqlikning mavjudligidir. Arablar Movarounnahr yerlariga bostirib kеlgan paytda o‘lkada bir-biriga dushman bo‘lgan 15 dan ortiq kichik-kichik fеodal davlatchalar bor edi. Bu holdan arablar ustalik bilan foydalandilar. Ikkinchidan, arablar ko‘chmanchi turk qabilalari bilan mahalliy o‘troq xalqlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan qarama-qarshiliklardan ham foydalandilar. Uchinchidan, arablar Movarounnahrga qadar juda ko‘plab boshqa mamlakatlar va aholi hududlarini bosib olgan edilar. Ular bu mamlakatlarning aholi kuchlari, moddiy boylik imkoniyatlaridan ona tuprog`imiz hududlarini bosib olish chog‘ida foydalandilar. To‘rtinchidan, arablar Movarounnahr hududlariga bostirib kеlganlarida bu yerda ko‘pdinlilik hukm surardi. Bu hol arablarga qarshi o‘lkamiz hududi xolqlarining birlashuviga to‘sqinlik qildi va arab bosqinchilarining g‘alabasini yеngillashtirdi.