Domlasi maqtaydirg`an o`zimning zehnlik bolam-ku, -dedi Mohlar oyim Anvarni ko`rishi bilan va Nodiraga takin berdi.
Xo`b, qizim, xo`b pochchasi boqmasa boqmasin, men o`zim boqaman, o`qitib katta mulla qilaman.
Mohlar oyimning ziyrakligi, uzoqni ko`ra bilishi keying o`rinlarda ham keng tasvirlangan. U o`z nevarasi Ra`noning ham baxtini o`ylaydi. Anvarni ko`rish bilan kelajakda yaxsi inson bo`lib yetishishini, Ra`noga Anvardan yaxshiroq yigitni topilmasligi qayta-qayta takrorlaydi.
Darxaqiqat, Anvar Mohlar oyim aytganday yigit bo`lib yetishadi. Shuningdek Mohlar oyimda ham o`zbek onalariga xos tantilik, arazlash sezilib turadi. U og`lidan arazlab Marg`ilonga ketib qoladi. Ammo shunda ham Anvarni unutmaydi. Nigorxonimga qayta-qayta, albatta, Ra`noni Anvarga berishini tayinlaydi. Huddi bu qat`iy buyrug`idan kelajakdan Ra`noni boshiga keladigan kulfatlarni sezganday edi.
Asarda keltirilgan kichik obrazlardan biri bu Anvarning opasi Nodira edi. Nodira ham haqiqiy o`zbek qizi. Mehribon opa, onaning o`rnida ona, uzoqni ko`ra oladigan aqlli ayol. Anvar tug`ilganda ham quvongan shu Nodira bo`ladi, unga ism qo`ygan ham, tarbiyalagan, hattoki kelajakda Anvarning yuqori mansabni egallab bilimli bo`lishida ham Nodiraning o`rni eng muhim ahamiayat kasb etadi. Nodira Anvar tug`ilganda o`n ikki yoshliq murg`ak bola edi. U ukasini hammadan ham ko`ra yaxshi ko`rdi. Nodira mehnatkash, sabr-toqatli qiz edi. Ota-onasi vafotidan so`ng ham o`z oilasi tashvishi, ham yetim qolgan ukalarining O`n bir yoshliq Temur, to`qqiz yoshliq Qobil va Anvarlarni tarbiya qilish Nodiraning o`ziga qoladi. U bolalarga ona o`rnida ona bo`ladi. Ukalarining begonalar qo`lida xor bo`lishini istamaydi, lekin nachora erining faqirligi sabab ikki ukasini boshqalaga berib yuborishga majbur bo`ladi.
Nodira Anvarga onalik qiladi uning istiqolini oldindan ko`rib, ukasini o`qitmoqchi bo`ladi va hatto madrasalarga bermoqchi va shu yo`sin mullaliq darajasiga yetkizib, uyiga charog`chi qilmoqchi edi. Ammo erining faqirligi sabab Anvarni Solih mahdumnikiga olib boradi, bu Anvar istiqboli uchun eng to`g`ri yo`l edi. O`ylab ko`ring, Buxoriyning Imom Buxoriy bo`lishiga kim sabab, Alisherning Alisher Navoiy bo`lishigachi albatta ayol. Anvarning keyinchalik istiqboli porloq bo`lishiga Mohlar oyim, Nodiralar sabab emasmi?
Abdulla Qodiriy asar qahramonlarini osmondan olmaganday huddi o`ziga tanish bol`gan ayollarni o`z asariga kiritganday go`yo. Asardagi muhim obrazlardan yana biri Nigorxonim. Abdulla Qodiriyning o`g`li Habubilla Qodiriy shunday yozadi: “Menga eng ma`quli esa “Qo`rqinch bir jasorat” bobi va Nigorxonim obrazi edi. Chunki Nigorxonimning tashqi qiyofasi, og`ir, mayin tabiati, muomalasi, bor-yo`qdek uyda yurishi huddi oyimga o`xshab ketardi...”13 Hatto yozuvchi Nigorxonimni ta`riflashga alohida e`tibor qaratib, bir bobni unga ajratadi. Nigorxonimni shunday ta`riflaaydi: “Nigor oyim qisqa bo`yliq, pista po`choq targ`il ko`zlik, zarcha tanlik, yuzidagi onda-sonda chechak bo`lmag`anda aytmasa husndor bir xotun edi. O`z bolalari bilangina emas, hatto shogirdlari bo`lg`on qizlar bilan ham juda yumshoq muomala qilar, ortiqcha achchig`lang`an kezlarda “bering qursin” deb, qoshini chimirib olar edi, eriga o`xshash “ozodliq” uchun bolalarni siqmas, bil`aks “bo`shlig`i” uchun o`zi mahdum tomonidan siqilar edi. Oz va ma`noliq qilib so`zlar, xotunlar bilan muomalasini boshqa otinbibilardek yuqoridan turib qilmas, soddacha suhbatlashar edi.” Ko`rinib turibdiki, Nigor oyim mahallaning oldi ayollaridan aqlli, xushmuomala, kibrga berilmagan sodda o`zbek ayoli. Nigor oyim boshqa ko`p xotunlarga qaraganda sabr-toqatli, tadbirli ayol edi. Solih mahdum garchi uni urmasa ham lekin urgandan battar qilar edi. Ammo Nigor oyim o`zining sabri bilan chidab yashadi. Yana shu o`rinda o`zbek onasi obraziga to`xtalamiz. Nigor oyim eridan yolchimadi ammo o`z oldig`a qo`ygan bolalarining bir va to`ng`ichi bo`lgan Ra`nosining umid qilib, ularni yaxshi tarbiya qildi.
Nigorxonim boshqa ayollar singari eriga itoatkor, erining so`zidan chiqmaydigan ayol. Shuningdek, aqlli va juda tadbirli hamdir. Anvar munshiy bo`lib oylik ola boshlagandan so`ng, Nigorxonim uni yo`lga ro`zg`orining kam-ko`stlarini to`g`irlaydi. U Anvarga “…Har qancha bersang ham dadasi ola beradir. Lekin berganingni sen bilan bizga misi ham yuqmas. Shunday bo`lg`ondan keyin, ishni o`ylab qilish kerak der edi…”
Shuningdek Nigor oyim fahm-farosatda odamiylikda Solih mahdumdan ham yuqorida turadi. Har gal Solih mahdum tomonidan insoniylik nomiga isnod keltirgan biror qilig`ini ko`rib qolib kuzatgudek bo`lsalar, unga nisbatan darrov munosabat bildiradi. Ba`zan hazil-huzul bilan javob qilsalar, ba`zan esa bir-birlariga qilingan ishora orqali ma`lum bir masalani tushunishlari Mahdumning qarashlaridan boshqacha ekanligini anglatadilar.14
Nigor oyim aqlli va tadbirli ayol bo`lishiga qaramay, o`z erining izmidan chiqolmaydi. Bechora qizining taqdiriga kuyib yig`lasa ham qo`lidan hech narsa kelmaydi. Taqdiri azal oldida ojiz. Uning asardagi ushbu holatini adib shunday tasvirlaydi. O`n yillab bizga kiydirgan, yedirgan bechora Anvarga oqibatimiz shu bo`ldimi! Sho`rlik Ra`no bir yuz xotun yonig`a yuz birinchi kundash bo`lib boradimi? – deb yig`ladi Nigor oyim.
Birozdan keyin tovoqda osh ko`tarib Nigor oyim chiqdi. Yig`idan kipriklari terilib, chuqur andisha ichida boshini quyi solg`an edi. Nigor oyim kirganda Anvar charog`poyag`a sham yoqar edi. Nigor oyim dasturxon yozib, tovoqni Anvarning oldiga qo`yar ekan, birdan piq-piq yig`lab yubordi.
Adibning ayolning holatini tasvirlashi ham san`atkorona. U ko`zlari yoshdan qizargan, qovoqlari shishgan deb ta`rif berishi ham mumkin edi, ammo u nozik so`zlarni qo`llab, kig`idan kipriklari terilib deb tasvirlaydi.
Abdulla Qodiriy xotin-qizlar taqdiriga befarq bo`lmagan. Ayollarning o`qimishli bo`lishi, ularning erki o`z qo`lida bo`lishi kerakligini, orzu-umidlariga qarshilik qilmaslik kerak ekanligin yaxshi anglaydi. Buni o`z hayotidan va ijodidan ham bilsak bo`ladi.
Habibulla Qodiriy shunday hikoya qiladi. “Josiyat bibimning Ubayda ismli opasi bore di. Uning Rahbar ismli bir nabirasi bo`lib, 17-18 yoshlarida oq tan, bo`ydor, to`ladan kelgan, chiroyli qiz edi. Uning chiroyli ovozi bor edi. 20-yillar oxirida bo`lsa kerak, Rahbar opani erga berishdi va u bir-ikki yil ichida bir farzand ko`rib xastalanib tezda vafot edi.
Dadam bibimga dedilar:
Shunday qilib, oyi, kecha Bo`pirning (erkalab shunday chaqirishgan) gulini ham o`tkazib keldingiz?
Ha, -dedila buvim afsuslanib, bechora yolg`iz qiz edi. To`laganning (Bo`pir opaning dadasi) pehshonasiga u ham sig`madi. Umriga qisqa ekan, yoshgina o`ldi ketdi…
Uning yoshgina o`lishiga ota-ona sabab bo`ldi, oyi!
Nega unday deysan, bolam, kim o`z bolasiga o`lim xohlaydi?!
Agar so`zimga kirib Bo`pirni o`qitishganda, xohishiga qo`yishganda u yurtda mashhur ayol hofizalardan bo`lardi: ovozi yaxshi edi. “Yuzni ochish gunoh, buzilib ketadi”, deb ko`nmadilar. Bunisi ham mayli. Tag`in bechorani borib-borib o`z tengiga emas, kuyov qurigandek “puli ko`p, boy” deb, xotini o`lgan o`lgan qariga berishdi-ya. U hasratdan ich-etini yeb sil bo`lib o`ldi.
Xotin-qizlarimiz taqdiridagi bunday baxtsizliklar o`tmishda ozmuncha bo`lganmi? Bunday hadsiz baxtsizliklar, ayanchli taqdirlar Qodiriyni mudom iztiroblantirgan va hatto yig`latgan. Buni biz u kishining asarlarida ham ko`ramiz.15
… Tirnamg`il sen yaram, yig`latma ko`p, qil karam,
Do'stlaringiz bilan baham: |