Senlarg`a hech son kirmadi… qachon ko`rsam, uylaring lo`lining xurjun solg`an yelkasi!
Lo`lining xurjun solg`an yelkasi bo`lsa, - dedi Nozik otlig` bir qiz, -o`zing yig`ishtirib ber, Gulshan opa!
Menmi, menga nma?
Menga ham nima?
Sening turadirg`an uying, dedi Gulshan, - yig`ishtirsang, ko`ngling ravshan bo`ladi.
Uy yig`ishtirilmasa ham ko`nglim ravshan, - dedi Nozik va yonidag`i Tuxfaga qarab kuldi. – Tuhfa, sening ham ko`ngling ravshanmi?
Tuhfa og`zini katta ochib, Gulshanning oldig`a keldi:
Mana, o`z ko`zing bilan qara, opa, ko`nglim chilchiroq yoqqandek ravshan, ko`rdingmi?
Ularning bu suhbatlaridan kinoya, kesatiq ma`nolarini anglaymiz. Ular uy yig`ishtirib qo`ysam ko`nglim ravshan bo`ladimi? Barcha orzu-umidlarimdan mahrum bo`lib to`rt devor ichida yolg`iz qoldim. Mening boshqa qizlardek baxtli bo`lisha haqqim bor edi. Ammo hozir dunyoni poyimga qo`sang ham ichimga chiroq yoqsang ham yorishmaydi demoqchi bo`ladi.
Qizlar o`zaro bazmga hozirlanar edilar va har kech bazm bilan ko`ngil yozar edilar. Darxaqiqat, erkaklar dunyosidan aloqasi kesilgan, oila hayotidan mahrum bechoralar shundan boshqa nima bilan ovunsizlar? Ularning ovunchog`i- kunduzlari o`yun, kechalari bazm va tunlari uyqu ham tush edi.
Kuy-qo`shiq avjiga chiqar. Qizlar qo`shiq kuylar edi.
… Tirnamag`il sen yaram, yig`latma ko`p, qil karam,
Turg`an o`rningdir haram, ya`ni shohim bazmidir!
Ya`ni shohim bazmidir!
Oy-u yillar yig`lag`an, bag`rin har dam tig`lag`an,
Hasratdan big`lag`an, baxtsiz bir qiz Nazmidir!
Baxtsiz bir qiz Nazmidir!
Keyingi baytlar og`ir bir fojiani tasvir qildilar: oylar, yillar yig`lagan, hasratidan hushsiz yiqilgan baxtsiz bir qizning jonso`z faryodini gavdalantirib ko`rsatdilar. Bu o`rinda sho`x kuy lobarg`ina qilib bir hasratka tarjimonliq etdi. Yuqooridan boshlab o`ynoqi ruhda kuylab kelgan qizlar va doim nozu karashmada bo`lgon o`rtadag`i o`yinchi ham bundagi og`ir ma`noni o`zicha olishqa tirishadir.
Bu baxtsiz qiz bazmdagi qizlarning har qayg`usiga ma`lim edi. Faqat bu majlisda uning faryodi ishtirok etsa ham, o`zi ishtrok etmas, behisob faryodlar, fig`onlar, hasratlar bilan charchag`an bu qiz hozir tuproq ostida tinchib uxlar edi. Uning tarjimayi holini “Qirq qizlar” dan har kim bilgaidek, hatto uni qumsab yig`laguchilar hali ham topilar edi. Darxaqiqat, ozoqliqdan mahrum etilgan mazluma qizlarg`a necha asarlar qoldirib ketgan bir shoirani kim bilmasin, ko`bchilikning aytolmagan hasratini kuylarg`a solib bergan shoirani kim unutsin? Oshiqidan ayrilg`an bir ma`shuqa, nomusig`a to`unilg`an bir mazlumaning faryodi kimlarning yuragiga kirib o`lturmasin?
Shunday… Mundan birar yillar ilgari shu “Qirq qizlar” ichida Nazmi ismlik bir qiz o`lgan edi. Bu shu qizning to`qug`an baytlaridan biri edi. Nazmi Qo`qon qishloqlarining biridan chiroyli qiz edi. Nazmi xolasining o`g`li bilan sevishgan, hatto to`y kunlari ham yaqinlashqan ekan. Otasi juda kambag`al dehqon bo`lib, xudoyorxonning necha yillik soliqlarini to`lamag`an ekan.
Xudoyor cho`g`ollari qishloqqa chiqib, Nazminig otasini siqqanlar, urg`anlar… Qizidan boshqa mol topolmay, uch yillik soliq badaliga Nazmini tutib, Xudoyorg`a tortiq qilg`anlar. Xong`a Nazmining husni yoqqan, uni doya xotunlarg`a qo`shub hammomga yuborg`an. Xudoyor bir-ikki kech bechoraning nomusiga tegib, so`ngra “Qirq qizlarg`a” qo`hgan… Nazmi shunda ikki yil chamasi kuylab, yig`lab yurgan, “Qirq qizlar” g`a ko`b yangiliklar bergan va oxirda o`zi sil bo`lib o`lgan…
Bu yosh qizning fojiyasi bizga Abdulla Qodiriyning qarindoshi Rahbar ismli qizni eslatadi. Agar so`zimga kirib Bo`pirni o`qitishganda, xohishiga qo`yishganda u yurtda mashhur ayol hofizalardan bo`lardi: ovozi yaxshi edi. “Yuzni ochish gunoh, buzilib ketadi”, deb ko`nmadilar. Bunisi ham mayli. Tag`in bechorani borib-borib o`z tengiga emas, kuyov qurigandek “puli ko`p, boy” deb, xotini o`lgan qariga berishdi-ya. U hasratdan ich-etini yeb sil bo`lib o`ldi.
Nazmi va Rahbarning taqdiri birday go`yo.
“Qirq qizlar” bazmi shunday qilib tunda o`z nihoyasiga yetdi. Birozdan so`ng qatordan pishillagan tovushlar eshitildi va bu pishillashni ora-chora piq-piq yig`lag`an tovush buzar edi.
Ko`ryapsizki, qanchalik sho`x, shaddod bo`lishasin barchalarining ichlari dar-u alamga to`la. Kunduzlari kulsalar-da tunlari yostiqlarini ho`l qilib yig`lab chiqishadi. Axir ularda nima gunoh bor edi. Ularning boshqa o`zbek qizlaridan qayerlari kam edi. Axir ular ham turmush qurishga, oilali bo`lishga, farzandlar ko`rib ularni tarbiya qilishga, farzandlarining baxt-u saodatini ko`rishga, bir uyning bekasi bo`lishga haqlari bor edi. Ularning ham orzu-istaklari bor edi. Ammo…Afsus
shum taqdir ularni barchasidan mahrum etdi, orzu qilishga ulgirmay armonga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |