Kirish I bob. Milliy uyg`onish davri adabiyotida ayollar obrazi


II Bob. Mehrobdan chayon romanida xotin-qizlar masalasi



Download 66,98 Kb.
bet9/13
Sana16.01.2022
Hajmi66,98 Kb.
#371265
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
KURS ISHI

II Bob. Mehrobdan chayon romanida xotin-qizlar masalasi

2.1. Mehrobdan chayon romanida xotin-qizlar obrazi

K,odirii ayol obrazi va uning olamini Kumush, Zainab, Uzbekoiim, Oftoboiim Ra`nolar tasviri orkali yoritgan. “Utkan kunlar” asaridagi Kumush obrazi orkali SHark ayoli motivini tasvirlashga harakat kilgan. Kodiriining fikricha, ayol yuksak ehtiromga, e`tibor va ardokka loiik bulishi kerak. Ael har tomonlama guzal, nazokatli va mahobatli bulishi lozim. Ijodkor uz kahramonini millii kadriyatlar ruhida tarbiyalangan iboli, hayoli, okila va bilimdon, vafoli va jasoratli hamda jaholat kurboni sifatida tasvirlaidi.Abudulla Qodiriy boshqa nasriy asarlaridan ko`ra xotin-qizlar obrazini Mehrobdan chayon romanida kengroq yoritgan. Yozuvchining o`zi ham asar boshlanishida shunday aytib o`tadi: Turkiston feodallarining keyini vakili bo`lg`on Xudoyorxonning o`z xohishi yo`lida dehqon ommasi va mayda hunarmand-kosib sinfini qurbon qilishi, mamlakat xotun-qizlarini istagancha tasarruf etishi, bunga qarshi kelguvchilar tilasa kim bo`lmasin, rahmsiz jazo berishi ro`moaning mavzuidir…

…Albatta, men bu so`nggi marg`ub qahramonlarni o`zbek tarixining hazmi ko`targan qadar o`z holicha olishga tirishdim. Ularning xon va ulamoga qarshi isyoni tabiiy-shar`iydir. Chunki shundan ortig`i soxta bo`lishi ustiga kitobni qadrini ham tushurar edi. Shu ikki sinf kurshini tasvir qilish vositasida xon harami, xotunlari, qirq qizlar, tarixiy va etnog`rafiy lavhalar, o`zbek hayoti, qiziqchiligi,tanqidchiligi,o`zbek xotun-qizlaridag`i orasidag`i istedod, shoirlar,azkiyachilik va boshqa yana ko`p nuqtalarni qamrab olindi…11

Milliy uyg`onish davri adabiyoti nasrida asosan xotin-qizlarni jaholat, jamiyatdagi tuzum, diniy muttaasiblik qurboni sifatida ko`rsatilgan. (yuqorida Zebi, Gavharoy, Kumush, Vannaychaxon misolida ko`rdik). Ammo Mehrobdan chayon romanini ahamiyatini oshiradigan jihati u o`zbek ayollariga o`zgacha yondashdi. “O`zi ham o`zbek xotun-qizlaridag`i orasidag`i istedod qamrab olindi” deydi. Ayollar obrazini bevosita va bilvosita ochib berdi. Bevosita o`zi ta`rifllab berdi. Bilvosita esa ularning nutqidan, xatti-harakatidan va o`zgalarning fikrlaridan ochib berdi. Biz buni romanning har bir ayol obraznini tahlil qilganimizda ochib berishga harakat qilamiz.

Donishmandlardan birining har bir xalqning taraqqiyot darajasi va maaniy saviyasi o`sha xalq vakillarining xotin-qizlarga bo`lgan munosabatida namoyon bo`ladi, degan so`zlari ma`lum. Shu ma`noda Abdulla Qodiriy har ikki romanida ham xotin-qizlarga bo`lgan munosabatni markaziy o`rinlardan birida tutadi. Booshqacha qilib aytganda, romanlarning asosiy konfliktini shu masala bilan bog`laydi. Adib bu masalani markazga olar ekan, u haqda quruq va umumlaplanda fikrlar yuritishdan qochib badiiylik talabiga muvofiq konkret obrazlar orqali fikr yuritadi. Bu hol avvalo shunda ko`rinadiki, Anvar asrandi bo`lib tushgan Solih mahdum oilasida odamiylikda, fahm-farosatda Nigor oyim va Ra`no Solih Mahdumning o`ziga nisbatan ancha yuqori turganlari ta`kidlanadi.12

Eng avvalo biz asardagi Solih mahdumning onasi Mohlar oyim obraziga to`xtalamiz. E`tibor berib qarasak bu obrazda biz haqiqiy o`zbek onasini ko`ramiz. Huddiki bu obraz qaysidir jihatlari O`zbek oyimga ham o`xshab ketadi. Mohlar oyim ham farzandlarini baxtu-iqbolini o`ylaydigan, ularning kelajagi to`g`rida qay`g`uradigan ziyrak, aqlli, o`zbek ayoli. Ona uchun birinchi navbatda nima kerak? Albatta farzandlarining baxti va oilasining tinchligi. Asarda ham Mohlar oyim shunday tarzda ochib berilgan. Fikrimizni isbotini asardan keltiramiz: O`g`il yigirmaga, qiz o`n beshka yetdimi onalarning dardi kelin va kuyav savdosi bo`lib qoladir. Shunga o`xshash mahdumning onasi Mohlar oyimning kasali go`yo “dard ustiga chipqon edi”: mahdumning yoshi yigirmadan oshti, Na`ima ham o`n sakkizga to`ldi, ya`ni kelin ham kerak, kuyav ham. Darxaqiqat onalarning orzusi qizini yaxshi joyga uzatish va o`g`liga esa rafiqa topish. Shuningdek onalar oila tayanchi suyanchi bo`ladi. Asarda ham Mohlar oyim oilasinig ustini edi. Aytib o`tiladiki, Mohlar oyim o`z tirikligida mahdumning boshini ikki qilmasa, o`zidan so`ng uning uylana olishi amri mahol. Mohlar oyim iqtisodiy ahvoli og`ir bo`lsa ham, kelin kerak deb duch kelgan qizni o`g`liga olib bermaydi, aksincha sinchkovlik bilan, biz quyida tanishadigan Nigorxonimni kelin qiladi. Shuningdek Mohlar oyim juda bag`rikeng, mehribon, ko`ngli bo`sh ayol. Undagi fazilatlarni faqat o`zbek ayollarida uchratishimiz mumkin. Uning mehri-muruvvati ostida Anvar ham o`qimishli, bilimli bo`lib yetishadi. O`g`lining harakterini, yashayotgan davr qiyinchiliklarini, o`z farzandini boqish og`ir bo`layotgan bir davrda Anvarni asrab oladi, unga o`z farzandidek munosabatda bo`ladi. Quyidagi parchadan fikrimizni istbotlaymiz.


Download 66,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish