Kirish I bob. Milliy uyg`onish davri adabiyotida ayollar obrazi



Download 66,98 Kb.
bet13/13
Sana16.01.2022
Hajmi66,98 Kb.
#371265
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
KURS ISHI

2.2. Gullarning Ra`nosi

Xorijlik qodiriyshunos E. Nabi e`tiborini tortgan yana bir jihati shuki, Abdulla Qodiriy xotin-qizlar obrazini realistik, his-tuyg`ularni, ichki va tashqi dunyosi bilan yorqin tasvirlagan; o`sha davrning boshqa sovet o`zbek va tojik adiblarida aynan xotin-qizlar dunyosi juda sayoz, biryoqlama, sovet tuzimini yoqlash va eski an`analargni quruq qoralash yo`sinida yozilgan.

Prozada ijod etgan ko`plab yozuvchilar, garchi ayollarning nisbatan ishonarli obrazlarini aks ettirgan bo`lsalar-da, hech biri Qodiriy kabi uning ichki xususiyatlari, ichki dunyosini bergan emas.17

Mehrobdan chayon romani yaratilganligiga mana necha yillar bo`ldi. Shu yillar ichida hamma romanni o`zich talqin etdi. Ayniqsa Ra`no va uning jasorati obrazi juda ko`plab muhokamalarga sabab bo`ldi. Masalan, A. Aliyev M. Buzruk tasavvurida g`ayritabiiy, Oybek nazdida romantik bo`lib ko`ringan Ra`no obraziga yirik ijtimoiy-siyosiy vazifalarni yuklab talqin etdi. Yozuvchi romantikasidan ham oshirib, Ra`no jahon arenasiga olib chiqildi. I. C. Turgenevning “Arafa” romanidagi Yelena bilan fikrdoshga aylantirildi.18 Bechora-sho`rlik qahramon shu zaylda goh yerga urildi, goh osmonga chiqarildi.

Matyoqub Qo`shjonov talqinicha, Ra`noning barcha hatti-harakatlari tabiiy. Olim adib ba`zan qahramonini o`z ideyasi yo`lida “yetaklashi” mumkinligiga ishora ham qilib o`tmaydi. Aksincha, “Abdulla Qodiriyning Ra`no obrazini shu yo`sinda tasvirlayotgani hech kimni ajablantirmaydi”, deb yozadi. Ajablantirmaydimi?! Nega?! M. Buzruk ajablangan edi-ku! Shuningdek, 90-yillarning yana bir adabiyotshunos olimasi Ra`no obrazidan, uning erkin, xatti-harakatlaridan, qolaversa, jasoratidan anchagina ajablandi.19

Shuningdek X. Lutfiddinovaning Ra`no obraziga bag`ishlangan “Gullarning Ra`nosi” risolasida ajablanganini kuzatishimiz mumkin20. To`g`risi, olima Ra`no obrazini tushunish va tushuntirishda ikkilanayotgani seziladi. Risola shunday taassurot beradi. Abdulla Qodiriy mahoratiga, romanning bag`oyat go`zalligiga tan beradi-yu, ammo Ra`noning hayotiyligi masalasida shubhaga boraveradi. Adib tasvirlagan manzaralarga, yaratgan qahramonlarga qoyil qoladi-yu, biroq oradan sal o`tib-o`tmay Ra`noning romantic qahramonligi, “muallif ixtiyoriga moyilroq” ligi (6-bet) go`yo kamchilik tarzida ta`kidlanadi.

Kumushbbibi va Zebinisolarda milliy o`ziga xoslikni, davr odobi va talabiga bo`ysunishni Ra`noda ko`rmaymiz” (6-bet). Demak, Ra`no Ovro`pa ayollari obraziga moyillik sezamiz. Shu va shunga o`xshash qarashlar hali hanuzgacha turli-tumandir. Kitobxon oldida ko`plab savollar tug`iladi. Ra`no haqiqatdan ham real obrazmi? Ra`noning harakteri va jasorati Yevropa ayollariga xosmi? Ra`no chindan ham adibning orzusidagi obrazmi? Ra`noning xatti-harakatlari tabiiymi yoki adib qahramonini o`z ideyasi yo`lida “yetakladimi”? Nega asarning boshidanoq kutilgan Anvarda bo`lishi kerak bo`lgan jasorat unda emas, Ra`noda kuzatildi? Savollar ko`p ammo javoblar ham turlicha va bir-birini inkor etadi. Shunday ekan biz ham o`z kichik tadqiqotimiz javob izlashga harakat qilamiz. Keling, birgalikda Ra`no obrazini birgalikda ko`rib chiqamiz.

Asarning boshlanishidayoq ukalari bilan loy o`ynab o`tirgan beg`ubor, oqko`ngil Ra`noga otasi quyidagicha tanbeh beradi.

Ishing bo`lmasa, kitob o`qi, xusnixat ol, sen kulolning qizi emassanki…

Demak, Ra`no oddiy oilada emas kitobga oshno, o`qimishli, ziyoli xonadon qizi ekanligi ayon bo`ladi. Shundan so`ng adib Ra`no bilan tanishtirish uchun alohida bob ajratadi.

“Mehrobdan chayon”da muallif badiiy niyatlarini ifoda etuvchi yirik figuralarning biri – maxdumning qizi Ra`nodir. Ra`no romanga tayyor xarakter sifatida kirmay, balki u dinamik o`sib boruvchi obraz bo`lib gavdalanadi. A. Qodiriy Ra`no xarakterini katta muhabbat bilan, oldingi romanida ko`rganimizdek, Sharq xotin-qizlariga nisbatan bo`lgan chuqur samimiyat bilan yaratadi. Ra`no “she`riy bir husn” egasi bo`lishi bilan bir vaqtda “fazl va zakovatda” ham yetuk inson go`zalligining timsoli. Yozuvchi Ra`noning ma`naviy dunyosini, shuningdek, uning tashqi qiyofasini o`quvchiga tanishtirar ekan, realistik tasvir vositalaridan, ayni vaqtda, romantik bo`yoqlardan keng foydalanadi.1 Bu Ra’no tasviriga doir o`rinlarning lisoniy tahlilida ham yorqin kuzatiladi. Ra’no portreti ham uslub jihatidan mukammal va betakror: Bizning o`zbeklarda, ayniqsa Qo`qong`a maxsus bir tus, sariqqa moyil bir tus bor. Lekin bu tusni kesdirib sariq deb bo`lmaydir. Chunki biz og`riq kesdirib sariq deb bo`lmadir. Chunki biz og`riq kishining tusini sariq deymiz. Zarcha, za`far tuslari han bunga dag`alliq qiladirlar. Ta`birimiz qo`pol tushmasa, bu go`zal qiz, och ra`no gulining tusida tuklarga ham haligi tusning ta`siri bo`ladir. Ra’noning sochi gungurt-qora, ya`ni quyoshsiz joylarda qora ko`rinsa ham quyoshda bir oz sarg`ish bo`lib ko`rinar edi. Shunga o`xshash Ra`noning ko`zida

1 Мирзаев И. Абдулла Қодирий. – Тошкент: Фан, 1975. – Б.47.

66

ham buning asari ko`ruladir: mudavvarga moyilroq jodu ko`zi kishiga qattiq qarag`anda qoraliqdan boshqacha yana bir turluk qizg`ish nur sochar edi. Qoshi tutash kabi ko`rinsa ham ko`ndalang yotqan ikki qilich orasini nafis bir quyulib ko`tarilish ajratib turar edi. Burni hech bir munaqqidg`a berishmaslik mutanosib, har zamon uyalish tabassumiga hozir turg`an nafis irinlarining yuqorig`i qismida sezilar-sezilmas tuklar ko`kargan edi. Yuzi cho`ziq ham emas, oy kulcha ham deb bo`lmas, kishiga kulib qarag`anda qizil olma ostlarida ikkita zamma ravishlik shakl hosil bo`lar, go`yo bizga chin ra`no guli ochilg`an holatda ko`rinar edi. Sochlari juda quyuq, sanoqsiz kokillar Ra’noning orqa, o`nginni tutib yotar, qaddi uzunliq bilan qisqaliqning o`rtasi, do`ndiq barmoqlarining jimjilog`ida xina gullari, harholda bu qiz yolg`iz Qo`qonning`ina emas, umuman Farg`onaning kuylariga qo`shulib maxtaladirg`an go`zallaridan edi. (22-23-b.) “...Ra’noning ismi – jismiga, yoxud husniga juda muvofiq tushkan edi. Men rassom emasman. Agar menda shu san`at bo`lg`anda edi, so`z bilan biljirab o`lturmas, shu o`rinda sizga Ra’noning rasmini tortib ko`rsatar, qo`yar, faqat menga Ra`no gulining suvigina ko`proq bo`lar edi”. (22-b.) Ra’no gulining o`zi qanday bo`ladi? Atirguldoshlar oilasiga mansub bu gulning yaprog`i silliq, taramligi yumshoq va nozikligining insonga, aynan yosh va navqiron jonli gulga, qiz husniga ko`chirilishining o`zi zavqli.1 Demak, Ra`no poetonimi ham asarda o`ziga xos badiiy-uslubiy mohiyatga ega. Ra`no antroponimiga gulning ifodalovchi ra`no so`zi lug`aviy asos bo`lgan. Ayrim tilshunoslar fikricha, Ra`no ismi Ra`noning ana shu gul kabi go`zal ekanligiga ishora qilish vazifasini bajargan.2 Romanda



Uning xusn-u latofatini quyidagicha ta`riflaydi. “Ra`noning ismi jismiga yoxud xusniga juda muvofiq tushkan edi.” deb ta`riflaydi.

Ra`noning xaqiqiy o`zbek qizi ekanligini uning chiroyini ta`riflashda ham ochib beradi. “Bizning o`zbeklarida, ayniqsa, qo`qong`a maxsus bir tus, sariqqa moyil bir tus bor. Lekin bu tusni kesdirib sariq deb bo`lmaydir. Chunki biz og`riq kishining tusini sariq deymiz. Zarcha, za`far tuslari ham bunga dag`allik qiladirlar. Ta`birimiz qo`pol tushmasa, bu go`zal qiz, och ra`no gulining tusida yoki och sariq tusda yaratilg`an edi. adib Ra`noning tashqi ko`rinishini shunday go`zal tasvirlar bilan ta`riflaydi.

Mashhur kitoblar orqali qahramonni baland maqomga ko`tarish, ularning ma`naviy olamiga urgu berish, aniq detal vositasida obrazga mahobat bag`ishlash jahon adabiyotida ham, o`zbek adaiyoida tarixida ham, shuningdek Abdulla Qodiriy ijodida ham uchraydi.

Ra`no Qo`qonning eng go`zal qizi bo`lishi bilan birga zukko, aqlli va kitobga oshno qiz edi. “Ra`no Nigor oiimning tўnғuchi, bu iil ўn etti yoshni tўlduradir. Savodni otasidan ўқub, ўn tўrt yoshida ibtidoii maktab prўғramida bўlғan barcha darslarni bitirgan, masalan: dinii қismdan “Ҳaftiyak”, “Қur`on”, “CHaҳor kitob”, “Sўfi Olloyor”, “Maslaki muttaқin”, adabiyotdan Navoiining barcha asarlari, devoni Fuzulii ma`a Laili va Majnun; Amirii, Fazlii va shulardek, chiғatoi ўzbek katta shoirlarining asarlari; forsiidan Hoja Ҳofiz SHerozii va Mirzo Bedil, ҳusnihat, insho va boshқalar. Bu kunlarda bўlsa bir tomondan қizlarғa saboқ berib onasiғa kўmaklashsa, ikkinchi tarafdan, otasida қofiya (arab naҳv va sarfi) ҳamda SHaihi Sa`diining “Guliston”idan dars oladir va shuning қatorida ўzi yahshi kўrgan chiғatoi ўzbek shoirlarining badi`a asarlaridan aloҳida bir majmu`a tuzib yuriidir”. Ko`rayapsizki, Ra`no 14 yoshidanoq ham diniy ham dunyoviy tomondan yetarlicha bilimga ega edi. Shuningdek yana “Ra`no ersa tanchada o`qib o`lturgan Xayyom ruboiyoti ustiga xushsiz boshini qo`ydi.

Qizqasi, biz yuqorida Ra`noning she`riy bir husnini ko`rganimizdek, uni fazl va zakovatda ham o`tkan xon zamonlari asrining nodir uchraydigan yakto fozila qizlaridan sanaymiz va sanashga ham o`zimizda majburiyat his etamiz. Ra`no garchi jiddiy bo`lsada, bolalarcha beg`ubor, oqko`ngil, hazilkash qiz. Shu o`rinda Ra`noning odob-axloqi, hayo-ibosi ham o`rnak qilishga arziydir. Ota-onasining oldida o`zini tutishlari ham uning odobidan dalolat. “Dadasi yo`lakdan ko`rinishi bilan Ra`no Mas`udni ko`tarib turdi. Va qoziqdag`i salla-choponini olib, ayvon muyulishiga keldi. O`zbek millatida ota-ona uyga keldimi darrov peshvoz chiqib kutib olinadi. Ra`no ham bundan mustasno emas. Ra`no sho`x-shaddod hamda iboli hayoli qizdir. Anvar bilan qiladirgan hazillari, bolalarcha arazlari ham romanning o`qilishini ta`sirli qilgan. Shuningdek Ra`no mehribon ko`pchilik ayollarda bo`lgani kabi faqat yaxshilikni ko`zlovchi qiz. Anvar mirzoboshlikni qabul qilishidan oldingi Ra`no bilan suhbatida Ra`no ham o`z mulohazlarini keltiradi.

-Yaxshi niyat bilan mirzoboshiliqni qabul qilsangiz, - dedi, aholidan yordam qo`lini yig`masangiz, shu holda barcha gunoh sizning bo`yningizdan soqit bo`ladir, Anvar aka. Ra`no aqlli va o`zbek ayoliga xos bo`lgan sodda hamdir. U faqat hayotning yaxshi tomonlarini ko`radi, xalq dardini o`ylaydi. Hali hayotning chirkin qilmishlariga duch kelmagan.

Ra`noning o`zi ham bir manzumalar tuzishini yuqorida aytib o`tgan edik. Hozir Ra`no tuzgan misollar keltiramiz.

Muhabbat jomidan no`sh aylagan ahli zako bo`lmish,

Fununi tibda majnundir kishining kuysa safrosi.

“Anvarning qalamidan qog`ozga tushib borg`an so`zlarni ta`qib etkan Ra`no, qog`ozdan ko`zini olib qizardi va bosh chayqab teskari qaradi”. Ra`no boshqa o`zbek qizlariga xos uyatchanligini bir necha o`rinlarda keltirib o`tadi.

Havo tekis qoramtil bulutlar bilan o`ralg`an, Qo`qonning mashhur shamoli qanot yoygan edi. qoramtil bulutlardan quyiroqda olaqarg`alar qanot qimirlatmay sayohat qilar va onda–sonda yomg`ir qatralari tomchilar edi. Ko`rib turganingizdek, adib kelayotgan fojialarni tabiat bilan uyg`unlikda olib boradi. Xondan sovchilar kelishi, Ra`no xonga fotiha qilganlaridan so`ng Ra`no uchun ayanchli kunlar boshlanadi. Uning ushbu holatini adib shunday tasvirlaydi. Mehmonxona dahlizida choydish ko`targan Ra`no ko`rindi… Ikki ko`zi qip-qizarib, qovoqlari oludek ko`pchigan, yuzida ham zo`riqish alomati bor edi.

Ra`no asarning boshidanoq o`qimishli, bilimli bolalarcha beg`ubor tasvirlangan edi. Ammo bu Ra`noga kelgan falokat behad ulug`dir. Falokatlik, halokatlik kunlar yaqinlashadir. Buning ustiga o`ziga yaqin deb hisoblagan Anvar ham bir kichkina xat tashlab g`oyib bo`lgan edi. Bu falokat bir necha kun ichida Ra`no gulini so`litayozdi, hatto jodu ko`zlar yosh to`kishdan to`xtadilar. Ra`no bundan ortiqni ko`zo`ngiga keltira olmas, go`yo o`zini jar yoqasida ko`rgan kishidek panjshanba kechdan beixtiyor, go`yo savqi tabiiy ostida orqasig`a tisarilar edi. Ra`noning ruhiy holatini quyidagi parchadan ham bilsa bo`ladi. “Boyag`i hayollar ichida o`lturgan Ra`no uzoq etnikdi va asabiy harakat bilan o`rnidan turib, beshik yonig`a keldi. Tebratkan bilan bola tiyila bermagach, uni yig`lagan ko`yi tashlab, havlig`a tushti va narigi ayvonda yumush qilib o`lturg`uchi onasig`a “emizing” deb asabiy hayqirdi, o`zi yo`lak tomong`a qarab o`tdi. Ra`noning ruhiy holati Ruzvon tilidan ham keltiriladi. “Ruzvon afsus qilg`andek, boshini ikki yelkasiga irg`itdi va tilini tag`layig`a tegizib “chaloq” etdirib qo`ydi.”

Ra`nonining bunday jasoratiga nima sabab bo`ldi o`ylaysiz? Birinchi romanni o`qir ekanmiz huddiki Anvar ham Ra`no ham taqdirga tan berganga o`xshab ko`rinadi, ammo bunday emas. Ra`no otasidan ham Anvardan ham achchig`lanadi. Bu narsa Ra`noning Anvarga yozgan xatidan ham ma`lum. Anvarga kinoyali gaplar aytadi. Bu kinoyali so`zlarini shunday izohlaydi. “chunki shunchalik achchig` yozmasam, - dedi tovushida titroqohang bilan, - siz kelmas edingiz… Siz… mirzoboshiliqni yaxshi ko`rasiz-a?

Anvar bu munosabatsiz savoldan biroz hayron bo`lib turdi.



  • Tushunmadim… Nima demakchisan?

  • Siz mirzoboshiliqni yaxshi ko`rasizmi, deyapman?

Mana huddi shu jumlalardan so`ng Anvarda ham jasorat uyg`onadi. Bu parchani o`qib hayolimga birinchi o`rinda Alpomish dostonidagi Qaldirg`och ko`z o`ngimga keldi. Alpomish ham Barchinni qutqarishga borishdan bosh tortganda unga Qaldirg`och manan madadkor bo`ladi. Bu asarda ham huddi shunga o`xshagan holatni uchratishimiz mumkin. Ra`noning jasorati va aqliligi Anvarni qoyil qoldiradi. U oldindan hamma narsani tayyorlab qo`yishi va telpak va to`n kiygan yosh, o`spirin qiyofasida bo`lishi Anvarni lol qoldiradi. Bu aqllik tadbir edi.

Ra`noning jasorati to`g`risida turli qarashlar mavjud. Ulardan yan biri shuki “Shuni ham unutmaslik kerakki, roman yozilgan vaqtda bizda xotin –qizlar oozdligi uchun kurash, paranji tashlash kompaniyasi qizg`in borar edi. Ra`no obrazi (umuman asarning) yaratilishida ana shu kompaniya qisman bo`lsa-da, muallifga o`z ta`sirini ko`rsatmaganmikin? Bu mulohazamizni rus olimi L. Klimovichning ushbu so`zlari ayniqsa kuchlagandek bo`ladi:

Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon” romanini yozgan vaqtda O`zbekiston va Tojikisiton paranji-chachvonini tashlash, xotin-qizlarni ichkari asoratdan qutqarish, ularni ijtimoiy hayotga tortish uchun keng miqyosda kompaniya ketayotgan edi. bu kompaniya vaqtida… Yuz mingga yaqin o`zbek va tojik xotin-qizlar tiriklar kafani bo`lgan bu hunuk, diniy libosni o`tga tashlab yondirgan edilar. Abdulla Qodiriy Sharq xotin-qizlarining ozodlik xarakatiga xayrixoh bo`lmay qololmas edi va uning tomonidan yaratilgan Ra`no obrazi o`sha olijanob maqsadga xizmat qilar edi… Ra`noning jasorati, xonga qarshi isyoni, hatto ma`yus qolgan Anvarni yo`lga solish- o`z zamonasi uchungina emas, balki bizning hozirgi asrimiz uchun ham loyiq tahsin va Ra`no yoshidagi qizlarimizga ibratdir”21.

Ammo bu fiklar qanchalik to`g`ri? Matyoqub Qo`shjonov o`zining “O`zbekning o`zligi” kitobida Ranoning jasorati sababi Abdulla Qodiriy o`z asarida oldingi asari singari yana bir Kumushga o`xshash qizni qurbon qilishni xohlamadi deb yozadi. Bu mulohaza ham to`g`ridir. Yana shuni aytib o`tish kerakki, asarda qirq qizlar va ularning taqdiri bilan tanishib o`tdik. Abdulla Qodiriy Ra`noday obrazni balki Nazmiday taqdir egasi qilishni xohlamagandir. Agar uning jasorati bo`lmaganda gulday nozik qalbli Ra`no haramda ko`p yashamas edi (huddi Nazmiday). Ammo shunday jasorati bo`lsada u ayol, o`zbek ayoli. Xotun-qizlar jinsidan irodasi kuchlik, hatto erlardan ham jasurroq shaxslarni ko`p uchratamiz. Shuning bilan birga, ularni naqadar kuchlik irodaga molik bo`lmasinlar, yana hissiyotlariga mag`lub ko`ramiz. Masalan, hikoyamiz qahramoni Ra`noning jasorati, xong`a qarshi isyoni, hatto ma`yus qolg`an Anvarni yo`lga solishi o`z zamonasi uchungina emas, bizning hozirgi asrimiz uchun ham loyiqi tahsin va Ra`no yoshliq qizlarimizg`a ibratdir. Lekin irodasi kuchlik shu Ra`no hozir yana hissiyoti qo`lida mag`lub edi. Anvar va Ra`no Toshkentga ketishga qaror qilishganidan so`ng Ra`no onasi bilan xayrlashib kelmoqchi bo`ladi. Shunday tahlikali vaziyat bo`lishiga qaramasdan onasi bilan xayrlashmay ketolmaydi. Bu uning yana bir jasorati va haqiqiy o`zbek qizi ekanligini anglatadi.


Xulosa

Jahon adabiyotida ham o`zbek adabiyotida ayollar obrazining o`rni o`ziga xosdir. Har bir shaxsning buyuk bo`lishida ham ayollarning o`rni bordir.

Kurs ishining I bobida milliy uyg`onish adabiyotida va jahon ma`rifatchilik adabiyotida ayol orazining o`ziga xosliklari, ikki xil adabiyotda ayollar obrazining mushtarakligi va farqli jihatlari tahlil etildi. Jahon adabiyotidan Pamela obrazi va Zebi obrazlari o`zaro solishtirildi. Ikki xil obrazning bir xil xarakter xususiyatlari ichki ruhiy olamidagi o`xshashliklar va ularning farqli jihatlari ochib berishga harakat qilindi. Mehrobdan chayon romanidagi ayollarr obrazining o`ziga xosliklarini ochib berish uchun Cho`lpon asarlari va jahon adabiyoti namunlariga murojaat qilindi.

Kurs ishining II bobining 1-faslida Mehrobdan chayon romanidagi ayollar obrazi, ularning xarakter xususiyatlari, asarning voqealar rivojida ayollar obrazining tutgan o`rni ochib berildi. Asar qahramonlari Nigorxonim, Mohlar oyim, Nodira obrazlariga alohida e`tibor qaratildi. Shuningdek 1-faslda o`rin olgan Gulshan, Nozik, Navro`z, To`xtabibi, Nazmi kabi obrazlarning ichki ruuhiy olamini, ularning taqdirlarini ochib berishga harakat qilindi.

Tadqiqotning II bobi 2-faslida Ra`no obraziga, uning harakteri, ichki olami va hammani lol qoldirgan jasorati haqida to`xtaldik. Ra`no obrazi va uning jasorati hususida o`zbek adabiyotshunos olimlari va jahon adabiyotshunoslarining fikrlarini keltirib o`tdik va unga munosabat bildirdik.

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak Mehrobdan chayon romanida tasvirlangan ayollar obrazi o`z davrida yaratilgan xotin-qizlar obrazidan tubdan farq qiladi. Asardagi kichik epizodik bo`lgan ayol obrazi ham asar voqelar rivojini o`zgartirib yuborgan. Asardagi Ra`no obrazi va uning jasoratini hech bir yevropa ayollariga qiyoslab bo`lmaydi. Ra`no o`z erkinligi, baxti uchun kurashgan, farzandlik burchini unutmagan haqiqiy o`zbek qizi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.

  1. Karimov I.A Yuksak ma‟navyat – yengilmas kuch. T.: Ma`naviyat, 2013. –B. 60-61.

  2. Каримов И.А Маънавий юксалиш йулида. Т.: Узбекистон, 1998. B. 49.

  3. Каримов И.А Адабиѐтга эътибор – маънавиятга, келажакка эътибор. Т.: Узбекистон 2009. –B.

  4. Abdulla Qodiriy. Tanlangan asarlar II jild “Mehrobdan chayon”. Toshkent.: Info Capital Group

  5. Xabibulla Qodiriy. Otam haqida. Toshkent. G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti, 1983-yil

  6. Мирзаев И. Абдулла Қодирий. – Тошкент: Фан, 1975

  7. Qo`shjonov M. O`zbekning o`zligi. Toshkent.: Abdulla Qodiriy nomidagi

xalq merosi nashriyoti. 1994-yil 78-bet

  1. B. Karimov Abdulla Qodiriy: tanqid, tahlil va talqin. Toshkent: Fan nashriyoti 2006-yil.

  2. X. Lutfiddinova. Gullarning Ra`nosi. Toshkent: O`zbeiston, 1997.

  3. Eden Naby. Transitional central Asian Literature: Tajik and o`zbek prose fiction from 1909 to 1932. Columbio university 1975.

  4. Aliyev A. ijod va izlanishlar. Tosheknt: Adabiyot va san`at, 1976.

  5. Cho`lpon. Tanlangan asarlar II jild. Toshkent. Adabiy-badiiy nashr. 1994-yil

  6. Беҳбудий М. Саёҳат хотиралари /Танланган асарлар. – Тошкент: – Б.139.

  7. Фитрат А. Оила ёки оила бошқариш тартиблари. – Тошкент: Маънавият, 2000.– Б.140.

  8. Usmonova S. Co`lpon va Qodiriy ijodida ayol siymosi.//Til.Adabiyot.Ta`lim.-Samarqand:2020.75-son 29-bet.

  9. Qosimov b. Milliy uyg`onish davri adabiyoti. Toshkent. “Ma`naviyat” 2004.

  10. Isomiddinov Z. Ikki ayol. Tafakkur. 1994. 4-son 47-bet

  11. Bashir Z. O`zbek adabiyoti. Qozon.1929.

  12. Umarali Normatov “Qodiriy bog`i” 1995.

  13. Oybekning “Abdulla Qodiriyning ijodiy yo`li”

  14. Buzruk M. Mehrobdan chayon. Sharq haqiqati. 1929-yil. 1,2-aprel

  15. Zebo Qobilovaning “Anvar va Ra`no sog`inchi” maqolasi ( Farg`ona haqiqati. 2021-yil 21-sentyabr 79-son

  16. Nabijon Boqiy “Qatlnoma”

  17. Каримов Б. Кодирий кадри. -Т.: Абдулла Кодирий номидаги халк мероси нашириети, 2003

  18. Каримов Б. Абдулла Кодирий ва герменевтик тафаккур илмий монография. Т.: Akademnashr, 2014.






1  Karimov I.A Yuksak ma‟navyat – yengilmas kuch. T.: Ma`navyat, 2013. –B. 60-61.

2 Каримов И.А Маънавий юксалиш йулида. Т.: Узбекистон, 1998. B. 49.

3 Каримов И.А Адабиѐтга эътибор – маънавиятга, келажакка эътибор. Т.: Узбекистон 2009. –B.

4 Buzruk M. Mehrobdan chayon. Sharq haqiqati. 1929-yil. 1,2-aprel.

5 Bashir Z. O`zbek adabiyoti. Qozon.1929.15-bet.

6 Karimov B. Abdulla Qodiriy: Tanqid, tahlil va talqin. Fan nashriyoti. 2006.216-bet.

7 Isomiddinov Z. Ikki ayol. Tafakkur. 1994. 4-son 47-bet

8 Isomiddinov Z. Ikki ayol. Tafakkur. 1994. 4-son 47-bet

9 Karimov I. yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch. Toshkent “Ma`naviyat” 2008. 31-bet.

10 Cho`lpon. Tanlangan asarlar II jild. Toshkent. Adabiy-badiiy nashr. 1994-yil 286-bet

11 Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon. Toshkent info capital group. 2017-yil, 13-bet.

12 Qo`shjonov M. O`zbekning o`zligi. Toshkent.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 1994-yil 78-bet

13 Xabibula Qodiriy. Otam haqida: Xotiralar. –Toshknet.: Adabiyot va san`at nashriyoti. 1983-yil. 139-bet.

14 Qo`shjonov M. O`zbekning o`zligi. Toshkent.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 1994-yil 78-bet

15 Abdulla Qodiriy. Tanlangan asarlar II jild. Toshkent.:Info capital group. 2017-yil. 455-bet

16 Qo`shjonov M. O`zbekning o`zligi. Toshkent.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 1994-yil 79-bet


17 Eden Naby. Transitional central Asian Literature: Tajik and o`zbek prose fiction from 1909 to 1932. Columbio university 1975 118-bet

18 Aliyev A. ijod va izlanishlar. Tosheknt: Adabiyot va san`at, 1976.

19 B. Karimov Abdulla Qodiriy: tanqid, taxlil va talqin. Toshkent: Fan nashriyoti 2006-yil, 60-bet.

20 X. Lutfiddinova. Gullarning Ra`nosi. Toshkent: O`zbeiston, 1997. Keyingi ko`chirmalar shu manbadan olinib, kitob sahifasi qavs ichida ko`rsatiladi.

21 Xabibulla Qodiriy. Otam haqida. Toshkent. G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti. 1983-yil 30-bet.


Download 66,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish