Turg`an o`rningdir haram, ya`ni shohim bazmidir!
Ya`ni shohim bazmidir!
Oy-u yillar yig`lag`an, bag`rin har dam tig`lag`an,
Hasratdan big`lag`an, baxtsiz bir qiz Nazmidir!
Baxtsiz bir qiz Nazmidir!
Mehrobdan chayon romanida xon haramidagi qizlar taqdiri o`qig`uvchining yurak bag`rini o`rtaydi. Abdulla Qodiriy bu o`ringa alohida e`tibor qaratadi. Asarning boshlanishida “…Xudoyorxonning mamlakat xotun-qizlarini istagancha tasarruf etishi, bunga qarshi kelguvchilar tilasa kim bo`lmasin, rahmsiz jazo berishi ro`moaning mavzuidir…”deb aytib o`tadi. Shuning uchun haram hayotini “Haram”, “Og`acha oyim”, “Xonim oyimlar”, “Qirq qizlar”, “Nozik” boblarida tasvirlab beradi.
Bu yuqorida Abdulla Qodiriyning o`zi ko`rsatgan feodal istibdodning xotin-qizlarga bo`lgan munosabati edi. Yozuvchi masalanning bu tomoniga ko`proq e`tibor berdi. Hayotning bu tomonini to`laroq ko`rsatish uchun tanlangan Gulshanbonu obrazi orqali xon saroyi va haram bilan tanishamiz.16
Gulshanbonu ham boshqa ko`pchilik o`zbek ayollar singari uy-ro`zg`or qilib, farzandlariga bosh bo`lib umr o`tkazishi mumkin edi. Ammo ayanchli taqdir, ijtimoiy tuzum uni xonning bir kunlik ko`ngil ochariga keyinchalik esa, xonning qiz topariga aylandi.
Gulshanbonu izidan borib, biz, Xudoyorxonning kanizlarni qabul qiladigan hashamatli saroyi, uning nikohida bo`lgan katta-kichik xotinlarning o`tirish-turishlari, hayot tarzi bilan tanishamiz. Haram hayotini to`laroq anglab olishda Gulshabonu bilan Og`acha oyim bilan suhbatni keltirib o`tamiz.
“Sayyidning nikohlarida biz o`nlab kundoshmiz…Agar kanizlarni ham qo`shib hisoblansa, kundaslarning sanog`i bir yuzdan ortadir. Botirboshi xola, yana bir nechalar va atrofdagi beklarimizning tavajjuhlari soyasida sayyidning haramlari uch-to`rt yilning ichida bunchalik cho`rilarga ega bo`ldi… Yangi keng o`rdada yayrasharmidik degan edik, barakatlaringizda kundan-kun siqilishib boramiz. Hatto ichkari hovlilarda bir uyda sakkiz, to`qquz kaniz joylashishig`a to`g`ri kelib qoldi. Bu hol davom etsa, birar yillar ichida yan bir yangi o`rda solishqa to`g`ri keladir. Bu, albatta, mumkin emas. Undan so`ng sayyidning hamma diqqatlarini haramga tortilsa, mamlakat ishi halaldor bo`lishida va buning uvolini bizlar ko`tarishimizda shubha yo`q.” Ko`ryapsizki, haramda yuzlab yosh-u qari ayollar bor, hatto ular bir katta o`rdag`a sig`mayapti, yana shunday davom etsa yana bir o`rda solishga to`g`ri keladi. Bu mubolag`a emas chunki o`rda haqidagi ma`lumotlarni Abdulla Qodiriy xonning xotinlaridan biri Roziya oyimdan olingani aytib o`tiladi. Yana bir narsaga diqqat qiling, Undan so`ng sayyidning hamma diqqatlarini haramga tortilsa, mamlakat ishi halaldor bo`lishida va buning uvolini bizlar ko`tarishimizda shubha yo`q. darhaqiqat, tarixga nazar tashlaylik, Buxoro amiri Nasrulloxonning Qo`qon xoni Madalixon ustiga yurish qilishiga nima sabab, Madalixoning shariyat ulomolarini bo`shatib, ularning o`rniga o`zining so`zini ma`qullaydigan bir so`z bilan “betaxorat fatvo beradigan ulamolarni” o`z yoniga olishiga nima sabab, albatta ayollarga bo`lgan hirs. Og`acha oyim ham shunday bo`lmasligini o`ylab shu so`zlarni aytgan.
Endi biz yana Gulshan obraziga to`xtalamiz. U 35 yoshlardagi go`zal xotun haram xodimalaridan biri. Gulshan darvozadan kirganda shunday ta`rif beriladi. Paranji ostida bosilib tartibsizlangan sochlarini tuzatdi, chang o`lturg`an niliy rang tovor ko`ylagining etaklarini qoqti, qo`lidag`i yoqut va zumrad ko`zlik oltin uzuklarini to`g`rilab taqti. Qo`lida qimmatbaho uzukning bo`lishi, xonning haramini ko`paytirib, xon iltifotiga qanchalar tarzda erishganiga dalolat. Ammo bu qimmatbaho uzuklari bo`lsada oddiy ayollarga o`xshab baxtli emas. Sochlari tartibsiz, ko`ylaklari changligi uning ruhiy holatini ham ochib beradi. Bu tartibsizlikni tuzatsa ham befoyda, u yana bir qayta sochini ro`ymolini, kiyimini tuzatib oldi. Shundan yana u ro`ymol-lachagini tuzatti. Bu tasvir asarning uch joyida keladi.
Gulshan ichkariga kirganda unga keksa bir xodima- eshikochar xola salom beradi. Ikkinchi eshikni ochganda, yana eshik ochar xola ko`rinadi, lekin bunisi yoshqina bir kaniz edi. E`tibor bering ikkinchi yosh, bundan chiqdi haramga yaqinda kelgan ikkinchis esa, yillar davomida haramda hizmat qilib kelayotgan-keksa hodima. Adib ikki obrazni qo`llab nima demoqchi, yoshgina qiz keksa bo`lguncha oilasiz, farzandsiz keksa ayol kabi umrini eshik ochar bo`lib o`tkazishga majbur.
Og`acha oyimga to`xtalar ekanmiz adibning o`zi unga shunday ta`rif beradi. Xudoyoron taxtni tashlab Buxorog`a ketgandan so`ng, ko`p xotunlari unga vafosizli qilib tashlab ketadi, ammo Og`acha oyim unga sodiq qolib qiyin kunida uning yoniida qoladi. Yana boshqa tarafdan, u xonning boshqa xotinlari ichida eng aqlli, tadbirlik va shu soyada haramning barcha xonimlari va yuzlab kanizlari buning irodasig`a topshirilgan edi. Shuningdek, ba`zan, Og`acha oyim mamlakat ishlariga aralashib olar, goho o`z fikriga xonni unatib ham qo`yar edi. Uning uzoqni ko`ra bilishi so`zlaridan ham ayon, hatto ichkari hovlilarda bir uyda sakkiz, to`qquz kaniz joylashishig`a to`g`ri kelib qoldi. Bu hol davom etsa, birar yillar ichida yan bir yangi o`rda solishqa to`g`ri keladir. Bu, albatta, mumkin emas. Undan so`ng sayyidning hamma diqqatlarini haramga tortilsa, mamlakat ishi halaldor bo`lishida va buning uvolini bizlar ko`tarishimizda shubha yo`q.
“Qirq qizlar” bobida umri hazon bo`lgan qizlar bilan tanishamiz. Haramdagi kanizlar soni bir yuz ellik besh nafar deb aytib o`tiladi. Ular ham yuqoridagi kanizlarda ko`rilgandek qizil shol ko`ylak, sarig` gullik qizil ro`mol, shuvamatos yoki adras jelatka kiygan edilar. Nega aynan qizil rangli ko`ylak va sariq gulli qizil ro`mol? Men bu tavirni o`qib Uvaysiyning anor chistoni yodimga keldi.
Ul na gumbazdir, eshigi, tuynugidin yo`q nishon.
Necha gulgunpo`sh qizlar, manzil, aylabdir makon
Sindirub gumbazni, qizlar holidan olsam xabar,
Yuzlarig`a parda tortilg`an, turarlar bag`ri qon.
U qizlarning yoshi aksariyat yigirmadan oshgan, ichlarida o`n olti, o`n yeti yoshliklari ham. O`n gulidan bir guli ochilmagan, oila qurish, farzand ko`rish, bir uyning bekasi bo`lishdek baxtni orzu qilishga ulgirmagan, o`zlari kiygan qizil matodek bag`ri qon qizlar edi. Qizlarning kunduzgi mashg`uloti to`p o`yin o`ynash, bir-birlari bilan kulishib, aytishish, quvlashmachoq o`ynash. Ammo bu bilan ular baxtlimikin? Albatta yo`q. Bir tasvirga e`tibor bering, shomga yaqin osh tayyor bo`lib, qizlar o`z qo`shoqlari bilan uyga kirdilar. Gulshan ham bir qo`shoq qizlarg`a qo`shulib, o`rdadag`i uyga kirdi. Qizlarning o`zidek uyning polos va jihozlari ham besanjom edi. Unda bir ro`ymol, bunda bir mahsi, narida yana bir narsa…Xullasi, uy ivirsib yotar edi.
Inson psixologiyasida, agar inson biror narsadan ranjisa hafa bo`ladi, boshiga tashvish tushsa yig`laydi, yana ham qattiqroq qayg`uga tushsa oh-u faryod chekadi, bu hol davm etsa ruhiy tushkunlikka tushib qoladi. Bundan keyin ikki yo`l qoladi qayg`uning azobidan vafot etadi yoki hayotdan bor umidini uzib, beparvo bo`lib qoladi. O`z-o`zidan kuladi, hazillar qiladi, ammo ichini bor dard-u alam yemiradi. Shunchalik og`riqlarni his qilganki keyingi og`riqlarni sezmay ham qoladi. Qirq qizlar, Nozik, Tuxfa, Qumri va boshqalar huddi shunday edi. Ularning o`yin-kulgusi, hazillari, shaddod, sho`xliklari kitobxonni kuldirsa-da, ammo ularning ichki olamiga nazar solsak, ularga achinamiz. Adib ular holatini boshqacha yo`sinda berishi mumkin edi, ammo bunchalik darjada kitobxonga ta`sir qilmasdi. Ularning so`zlariga e`tibor bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |