Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………4
I Bob. Leksema haqida umumiy ma’lumot…………………………………..8
Sevgi- muhabbat ta’rifi Muhabbat so’zining etimologiyasi va ma’nolari……...9
Insoniy muhabbatning darajalari………………………………………………10
Insoniy muhabbatning darajalari………………………………………………12
II. Bob. Oiladagi ma’naviy-axloqiy munosabatlar…………………………15
2.1 Bilim va uning hayotdagi ro’li………………………………………………..18
2.2 Koreys va o’zbek tillarida hayotiy xususiyatlarning ifodalanishi…………….19
Xulosa…………………………………………………………………………….20
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………….21
Annotatsiya
Mazkur kurs ishida hayotiy leksemalar ta’rifi va ma’nolari yoritilgan va ularga
SHarq allomalarining asarlaridagi qarashlari, fikr mulohazalari keltirilgan.
Kurs ishida havola etilgan barcha ma’lumotlar talabalar uchun o’zbek va koreys
milattlarining hayotiy faoliyati davomidagi o’xshash va farqli jihatlari bilan tanishish
hamda bilim ko’nikma hosil qilish imkonini yaratadi.
KIRISH
’’Har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyati tarixida tutgan o’rni, mavqei va
Shuhrati bevosita o’z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog’liqdir,, I.A. Karimov.
Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so’ng juda ko’plab yuksaklilarga erishib kelmoqda Yurtboshimiz tahsabbusi bilan jamiyat tajribasiga tayangan holda mamlajatimizni rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan islohotlar mamlakatimizning yanada yuksalishiga asos bo’lmoqda. Shu bilan birga ta’lim tizimiga ham katta ahamiyat berilib kelinmoqda. O’zbekiston hududida Toshkent davlat sharqshunoslik institutida, Samarqand davlat Chet tillar institutida va boshqa ba’zi institutlarda ham koreys tiliga katta ahamiyat berilib, o’rgatilib kelinayotganligi diqqatga sazovordir. Janubiy Koreya va O’zbekiston Respublikasining nafaqat ta’lim sohasiga, balki iqtisodiy, madaniy, ilmiy sohalariga ham o’z hissalarini qo’shib kelmoqda.Koreya va O’zbekiston mamalakatlarining har tomonlama o’zaro do’stlik munosabatlarining rivojlanishi bugungi kunda nafaqat oliy o’quv yurtlarida hattoki maktablarda ham o’quvchi yoshlar uchun koreys tili bo’yicha bilim olishga hamda ularning bilim va ko’nukmalarini amaliyotda qo’llashi uchun imkoniyat yaratmoqda.Koreya ko’pkab mutaxassislarni biz talabalarning mukammal bilim egallashimiz uchun yurtimizga yuborilayotgani ham buning yorqin misolidir. Bundan tashqari yurtimiz talabalariga Koreyada ta’lim olib o’z tajribalarini orttirib kelishlari uchun ta’lim grantlari tashkil etilgan. Shu bilan birga koreys tili yo’nalishida ta’lim oluvchilar uchun ’’bilim saviyasini aniqlab beruvchi imtihon joriy etilgan. Bu kabi imkoniyatlar biz talabalar uchun o’z bilim saviyamizni aniqlashimizga o’z ustimizda yanada ko’proq ishlab bilimlarni mukammal egallashga harakat qilishimizda turtki bo’lmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ’’Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori,, asarida ta’kidlaganidek, ’’Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo’lishlari shart,,- degan satrlari bugungi kundagi shahdam qadamlar bilan ildam odimlayotgan yurtimizning kelajagi hisoblanmish yosh avlod tarbiyasiga1 e’tibor juda yuqori ekanligini ko’rsatib beradi. Zero kelajak yoshlar qo’lidadir.
I.A.Karimov. ’’Barkamol avlod orzusi,, Toshkent. ’’SHarq,, 1999 y.
Mavzuning dolzarbligi;
Bugungi hayotimizda ro’y berayotgan o’zgarishlarga erkin fikr bildira olish, inson hayoti davomida kuzatiladigan har xil holatlarga ijobiy qarashlarni olib kirish,ularning qatorini ko’paytirishga bo’lgan harakat.
Mavzuning maqsadi;
Lug’atlarda hayotni ifoda etgan leksemalarni antonimik, sinonimik jihatdan o’rganish va ularning qay o’rinlarda ishlatilishini tahlillar asosida talabalarga yorotib berishdan iborat.
IBob. Leksema haqida umumiy ma’lumot.
Leksema-(yunoncha lexis –so’z ifoda )til qurilishining leksik ma’no anglatuvchi lug’aviy birligi.Leksema bildiradigan ma’no so’zning material qismi ma’lum tovush kompleksini ma’lum obyektiv voqeylikka bog’lash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun mundarija.
Xar qanday leksema o’zining tovushlari ifodalagan ma’nosi va Grammatik xususiyatlari birligidan iborat bunday birlik so’z va iboralarda mavjud.Ularga nisbatan gllosema,lug’aviy morfema atamalari xam ishlatiladi.Masalan:uy leksemasining leksik ma’nosi kishi yashaydigan bino, yugurmoq leksemasining leksik ma’nosi bir joydan ikkinchi bir joyga shiddat bilan xarakatlanmoq va boshqa shunga ko’ra,ular lug'aviy semantikma’no jixatdangina emas, balki fonetik va Grammatik jihatdan ham o’rganiladi.
So’z-tilning narsa xodisalar,jarayonlar va xususiyatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan eng muxim struktura ma’noviy birligi o’z tovush qobig’iga ega bo’lgan,borlikdagi narsalar haqidagi,ular o’rtasidagi aloqani yoki ularga munosabatni ifodalay oladigan, turli Grammatik ma’no va vazifalarda qo’llaniladigan eng kichik nutq birligi,leksemaning nutqda muayyan shakl va vazifa bilan voqeayalangan ko’rinishi.So’z gaplar uchun qurilish materiali bo’lib xizmat qiladi,lekin undan farqli ravishda xabar yoki tugal fikr bildirmaydi.O’zida leksik va Grammatik ma’noni birlashtirgan holda so’z muayyan so’z turkumiga mansub bo’ladi,o’z tarkibida muayyan til tizimida oldindan tayin bo’lgan barcha Grammatik ma’nolarni ifodalaydi.Tilshunoslikda so’z atamasi leksemaga nisbatan ham qo’llanadi va leksik so’z deb yuritiladi masalan:,,so’z yasalishi”,,yasama so’z” birliklarida so’z xuddi shu ma’noda qo’llanadi.Leksemaning nutqda muayyan shaklda voqeylangan xolati tilshunoslikda so’z shakl, leksema shakl yoki morfologik so’z deb ham yuritiladi
Sevgi muhabbat tarifi
Islom mutaffakiri Muhammad ibn Zakariyo Roziy o’zining mashxur ,,Tibbi ruxoniy“ nomli risolasida ishq va muxabbatga alohida bo;lim ajratadi va ushbu mavzuda musulmonlarga yunon mutaffakirlarining qarashlari ta’sirini aytib o’tadi:,,Aflotun deydiki, ishq ikki turlidir:iloxiy va insoniy.Birinchisi maqtalgan va ikkinchisi qoralangan agar ishq iloxiy bo’lmaganda edi jahonda komillik, mukammallik, xarakat va mutaxarrak xam bo’lmas edi”.
Biz ushbu risolamizda ham iloxiy muxabbatni tadqiqot obyekti sifatida tanlagan holda tahlil etamiz.Muhabbatning mohiyatini tushinish, bizningcha eng avvalo, uning darajalarini bilishni taqazo etadi.,,Sharx at –taarruf “da ham insoniy,ham ilohiy muhabbatning bir necha darajalari borligi haqida atroflicha bayon etilgan.
,,Muhabbat” mavzusi bayon etilgan asarlarning deyarli aksariyatida uning ilohiy –xudo va bandalari o’rtasidagi hamda insoniy –banda va boshqalar(insonlar,vatan,jamiyat,tabiat va hk.)o’rtasidagi muhabbatga bo’lib tadqiq etilgan. Buni ,,Sharx at-taarruf” da ham kuzatamiz:,,Muhabbat –ham xudoning bandalari o’rtasida hamda banda va Haq o’rtasida yuz beradigan bir holat.
Muhabbatga o’xshagan har qanday holatni ham ilohiy muhabbatga tenglashtirish munosib ish emasdir.Shunday ekan, muhabbatning to’gri tarifini bilmoqlikdan boshqa chora yo’q.Zero,shundagina haqqa nisbatan beriladigan muhabbat bilan xudoning bandalariga nisbatan beriladigan muhabbati o’rtasidagi farqni anglash mumkin.Bunga ortiq shubha qilishdan hech qanday ma’no yo’qdir.Yana shunday muhabbat borki,uni kufr derlar va yana shunday muhabbat borki,uni iymon derlar insonlar ushbu ikki xil muhabbatni bir-biri bilan adashtirib yubormasinlar hamda iymonni kufr deb va kufrni iymon deb o’ylamasinlar “
Muhabbat so’zining etimologiyasi va ma’nolari
,,Muhabbat so’zining kelib chiqishi to’g’risida turli qarashlar mavjud.Ba’zilar ushbu so’zni ,,muhovibat “ so’zidan oligan deyishadi boshqa ba’zilar esa muhabbat so’zining ,, hubb” (xum) so’zidan kelib chiqqanini taxmin qilishadi.Ularning ta’kidlashlaricha xum to’lganida unda boshqa narsa uchun joy qolmaganidek, ko’ngil ham muhabbat bilan to’lganidan so’ng unda sevmagan kishisiga joy qolmagay.Yana boshqa ba’zilar muhabbat so’zining ,, habb “(don) so’zidan kelib chiqqani to’g’risida fikr bildirishadi.Jumladan,habb so’zi tog’risida har bir mag’zli narssaning doni bor deydilar.Shundan kelib chiqib yurakning o’rtasini ,,habbat ul-qalb”(yurakdoni) deydilar va do’st, sevgili,suyukli,mahbub,ma’shuq o’sha joydan o’tsa,o’shani muhabbat deb ataydilar.
Mustamli Buxoriy muhabbat so’zining ma’nolarini ochish uchun Ali ibn Muhammad al-Katoniy fiklariga asoslanadi :,,muhabbat bu o’ziga sevgili tanlab,uning roziligi yo’lida o’zini qurbon qilishni maqsad qilib qo’yish va sevgilisining murodini o’z murodidan ustun qo’yishdir.Chunki sevgiliga yetishish (garchi,haqiqatda bu biror narsaga erishish bo’lmasada ) barcha narsaga erishish, sevgilini qo’ldan berish esa(garchi,haqiqatda bu bilan biror narsa qo’ldan ketmasada) barcha narsani qo’ldan berish bilan barobardir va bu isyor (o’zini fido qilish,o’zini qurbon qilish) bir tomondan saxovat va oliyjaboblikdir, ikkinchi tomondan esa ixtiyoriy bir narsadir.Haqiqatda esa muhibning o’zida ixtiyor bo’lmagay va muhabbat ixtiyoriylik bilan birga kelmagay. Yana boshqalar aytadilarki, muhabbat o’zi yaxshi ko’rgan narsasini odamiga qoldirishdir.Buning ma’nosi shuki muhabbat isyor (fidokorlik) bo’lmagan,balki istig’no (beniyozlik,ehtiyojliksizlik)bo’lgan narsani yaxshi ko’rgan kishisiga qoldirish emasdir.Chunki tarkidunyo qilish muhabbatda belgi emas, balki undan voz kechish muhabbatdan nishondir. Muhabbatning yana bir ma’nosi muhibni o’z manfaatidan voz kechishidir, ya’ni muhabbat haqiqiy bo’lsa muhib suyganidan o’z murodini emas balki o’zidan suyganining murodini izlaydi zero,xalq orasida ham shu narsa mashhurli kimki birovni yaxshi ko’rsa,uning murodini izlaydi.Agar muhib o’zidan suyganining murodini izlasa o’sha suyganini suyishi rostdir.Ammo agar muhib suyganidan o’z murodini izlasa demak uni suymaydi,balki o’zini suyadi.Bunday kishi muhabbatga davogar hisoblanadi,ammo muhib emas barcha davogarlar ojizdirlar chunki kuchlilarning davogarlik qilishga ehtiyojlari yo’qdir.Bundanda yaxshiroq ta’rif shundan iboratki ,muhabbat xos kishilargagina taalluqli holat,ubudiyat (bandalik,bo’ysunish,qaramlik,qullik) esa umimiy barchaga tegishli holatdir.Umumiy holat bo’lgan ubudiyat maqomida ag’yor (sevmagani) va do’st (sevgani) ning har ikkalasi banda bo’lib,bandada ixtiyor yo’qdir.Shaxsiy holat bo’lgan muhabbat maqomida ham muhibda ixtiyor bo’lishi amri maholdir.Demak, barcha murodlaridan voz kecha olishga toqati yetadigan har bir kishi muhabbatga da’vo qila oladi.Ammo har ikki dunyoda uning biror bir murodi qolgan bo’lsa,u muhabbatga da’vo qilib o’tirishi shart emas.
Ibrohim alayhissalomning tiliga beixtiyor ,,bizga bu taomni misrlik do’stimiz emas,balki yeti osmon va yetti zaminning Xudosi bo’lgan haqiqiy do’st yuborgan”,degan so’zlar kelganini eshitmaganmisan? Yetti osmon farishtalari ,,bir bandaning bunday da’voni qila olishiga qudrati yetarmikan”,deya larzaga tushdilar.Bu dunyodan barcha murod quyidagi uch narsa edi:mol – dunyo,farzand va nafs.Muhabbat bularning har uchalasini uning miyasidan olib tashladi,shuning bilan bir vaqtda uni ushbu har uchala narsaga mubtalo qildi.U bu uch narsaga ham ko’ngil bog’lamadi,mehmon kelganida mol-dunyosini sarfladi,pichoq ro’para kelganda farzandini qurbon qilmoqchi bo’ldi va olov duch kelganda nafsini(tanini) unga tashlab yubordi.Shu bilan uning iymoni sinaldi.
Kimki (muhabbatga bo’lgan) da’vosini tsdiqlash uchun shunday qilgan bo’lsa va bunga shunday dalil isboti bo’lsa, u muhabbatga da’vo qila oladi.Kimdaki bunday dalil isbot bo’lmasa,yolg’onchilik qilib o’tirish kerak em
Insoniy muhabbatning darajalari
Muhabbattning bir qancha darajalari bo’ladi.Ulug’larning aytishlaricha, muhabbatning yetti yuz ming darajasi bor. Muhabbatning eng kichkina darajasi muvofiqatdir(uning birinchi darajasi muvofiqati tab ko’ngilga to’g’ri kelish, ko’ngilga yoqish) dir.Bunda kishi ko’ngliga yoqadigan biror narsani ko’rsa yoki eshitsa shu bilan uning ko’ngli orom topadi.Uning eng umumiy tavsifi shundan iboratki,sevganing sendan rozi bo’lsa sen ham o’zingdan rozi bo’lasan.Yoki sevganing sendan g’azablansa,sen ham o’zingdan g’azablanasan.Shuningdek,muvofiqatning eng kichkina darajasi sevganining buyurganiga norozi bo’lmaslik va buyurganlarining barchasini joniga joylashtir.Demak,muhabbatning eng kichkina darajasi ana shudir.Ma’lum muddat davomida o’sha narsa ko’ngliga yoqib yurganidan so’ng muhabbatning ikkinchi darajasiga mayl qiladi.Mayl esa nafs (tan,tana,jism) ga tegishli narsadir.Bunda nafs o’sha kishi yoki o’sha narsa bilan suhbat (muloqot) qilishga, u bilan yaqinlashishga moyillik sezadi va boshqalardan uzoqlashadi.Unga qanchalik moyillik ko’rsatsa,boshqalardan uzoqlashishi shunchalik kuchayadi.Ba’zilar ushbu darajadan so’ng uchunchi daraja vudd (bo’g’lanib qolish) ga yetadilar.,,Vudd” so’zi aslida ,,vuddiy jud” iborasidan olingan.Bu maqomga darajaga yetgach uning muhabbati tamanno (yalinib – yolvorish,orzu qilish)ko’rinishini oladi.Sevganini ko’rish,u bilan birga o’tirish uning gaplarini eshitish muhabbatning bu darajasiga xos holatlardir.Ba’zilar uchinchi darajadan so’ng to’rtinchi darajaga yetadilar va uni muhabbat deb ataydilar.
Bu maqomda ham ma’lum muddat bo’lgach beshinchi daraja –valah (hayrat) ga yetadi.Kishi bu darajada hayratga tushib,boshi aylanib o’zini yo’qotib qo’yadi.Nimani ko’rsa,sevganini ko’rganday,nimani eshitsa, sevganining so’zlarini eshitganday bo’ladi. O’z bol;asini yo’qotib qo’ygan onani voliha (o’zini yo’qotib qo’ygan,sarosimaga tushgan) deganlaridek,bu maqomga yetgan oshiq ham sarosimaga tushib,o’zini yo’qotib qo’yadi.Bu darajadan o’tgandan so’ng oltinchi daraja –havoga yetadi .Bu so’z aynan yer va osmon o’rtasidagi bo’shliqni bildiruvchi havo so’zidan olingan muhabbatning bu darajasini havo deb atalishining ma’nosi shundan iboratki, bu bir n havo tozalagich bo’lib, u har qanday changni tutib qoladi va undan hech qanday g’ubor o’tmaydi. Bu darajaga yetganda oshiqning qalbi shunday tozalanadiki unda zarracha narsaga ham joy qolmaydi.Ba’zilar ushbu oltinchi maqomdan o’tganlaridan so’ng yettinchi darajaga yetadilar.Bu daraja ishqdir.Ishq ham muhabbatdir,ammo o’z haddidan o’tganidan keyin ishq deb nomlanadi.Xuddi saxovat o’z haddidan oshib ketsa uni isrof deb ataganlari kabi ishq so’zi,,ashaqa”(chirmoviq o’t pechak o’t) so’zidan olingan.Bu o’t daraxtga o’ralib uning rangini sarg’aytiradi,buning ustiga o’sha daraxtni hosildan mahrum qilib,barglarini to’kadi va daraxtning o’zini quritadi.Ya’ni uning so’ldirish va quritishda boshqa hunari yo’q.Ishq ham o’z kamoliga yetgach kishidan quvvatni olib uning diqqat-e’tiborini foydali narsalardan chalg’itadi,ovqat yeyishga bo’lgan istagini so’ndiradi,sevghanoi bilan boshqalar orasigfa farq soladi,sevganidan boshqa kishilar bilan suxbatlashishdan sovutadi,uning nafsidan barcha ma’noni yulib oladi.Shu tariqa ishq oshiqni yoki kasal qiladi,yo devona va bora-bora bu dunyodan mosuvo aylab uni halok etadi.
Demak,bundan ishq – muhabbatning oliy darajasi ekanligi ko’trinib turibdi,-deb xulosa chiqarmasligiiz kerak.Chunki muhabbatni darajalarga bo’lganda manbalardagi ba’zi farqlarni ko’ramiz.Masalan,kalom ilmi olimlari payg’abarimiz Muhammad(s.a.v)ning ,,habibulloh” sifatini sharhlaganlarida mjuhabbatning o’nta darajasini ko’rsatib o’tganlar:al-aloqa,iroda,sobaba,g’arom,mavadda,shag’af,ishq,at-taym,at-taabbud va xillat.Bunda xillatni eng oliy daraja deb ko’rsatganlar shuningdek aksariyat tasavvuf manbalarida ishqni muhabbat bilan birga ishlatilishini sinonim sifatida qo’llanilganini ko’ramiz.Insoniy muhabbatning oliy darajalari insonni zaiflashtirish(tabobatda mijozning o’zgarishi va savdoning oshib ketishi) kasal qilib,xalok etishi bayon etilsa ilohiy muhabbat undan tubdan farq qiladi,aksincha,unga kuch bag’ishlaydi,uni kamolga yetkazadi lekin insoniy muhabbatning ilohiy muhabbatga ko’prik ekanligini ta’kidlash lozim.Buni tasavvufshunos olim,professor Najmiddin Komilov mutasavvuf Abu Homid al-G’azzoliy qarashlari misolida atroflicha tushintirib beradi:,,G’azzoliy talqiniga ko’ra,ilohiy muhabbat bilan insoniy muhab bat orasida ziddiyat yo’q.Aksincha ilohiy muhabbat insoniy muhabbatning rivojlanib kamol topgan ko’rinishi.Hamma gap2 qanday insonlarni sevishda masalan,shamsiddinga muhabbat Rumiy uchun Ilohga muhabbatning inson qiyofasidagi ifodasi edi”.Shuning uchun ulug’ allomalarimizning asarlarida insoniy muhabbat timsolida ilohiy muhabbat kuylangan va madh etilgan.
II.BOB Oiladagi ma’naviy – axloqiy munosabatlar.
Oila ijtimoiy hayotning abadiyligini,avlodlarning davomiyligini tarbiyaning uzluksizligini ta’minlaydigan,kelajak nasl qanday bo’lib yetishishiga o’z ta’sirini ko’rsatadigan ijtimoiy makon va pedogogik omil vazifasini o’taydi. Inson oilada shakllanadi oila muhabbat,hurmat,birdamlik va mehribonlik manbai.Aynan shu qadriyatlarga har bir rivojlangan jamiyat suyanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-sentyabrdagi yalpi yig’ilishida 1994-yildan boshlab 15 mayni ,, Xalqaro oila kuni” sifatida nishonlashga kelishilganligini o’zi ham bu masalani xalqaro miqyosida qanchalik dolzarb ekanligidan dalolat berib turibdi. Barcha davrlarda ham davlat va jamiyat g’amxo’rligi oilalarning mustahkamligi va tinchligiga asos bo’lgan. Shu bois mamlakatimizda 1998-yil ,,Oila yili”2012-yil,,Mustahkam oila” yili,2016-yil ,,Sog’lom bola va ona yili” deb e’lon qilinganligi hamda Respublikamizda oila insititutini mustahkamlash konsepsiyasi qabul qilinishi,O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.06.2018 yildagi PQ-3808-son qarori bilan uning justuvor vazifalari va amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar tasdiqlanishi, shuningdek, 2019-yildan boshlab har yili 15-mayda mamlakatimizda Xalqaro oila kuni nishonlanishi davlatimizdagi oilaviy muhit va uni mustahkamlash uchun qilinayotgan amaldagi sa’y-harakatlarning yaqqol na’munasidir.
Prezidentimiz SH.M.Mirziyozev ta’kidlaganidek, ,,Biz uchun muqaddas bo’lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash,xonadonlarda tinchlik- xotirjamlik, ahillik va o’zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to’ldirishdan iborat bo’lmog’I zarur”.
Darhaqiqat asrlar davomida o’z e’tirofini topgan va diniy- axloqiy qadriyatlar darajasiga ko’tarilgan oilaviy munosabatlarda halol yashash,mehnat qilish, farzand tarbiyasi ijtimoiy hayot tarzini rivojlantirish manbaidir. Sharqona tarbiyasida shaxsning umumma’daniy dunyoqarashning shakllanishi asosi oiladan boshlanadi. Inson farzandi ota-onadan genetik meros oladi. Unga ajdodlari genofonidan ham ulush tegadi,albatta. Buni hayotshunoslar irsiyat deyishadi. Yorug’ olamga ko’z ochgan dilbandlar dastlab oliy darajadagi moddiy qadriyatlar hisoblanmish havo,ona suti,suvdan bahramand bo’ladilar. So’ngra shaxs kamolotini ro’yobga chiqishiga asos bo’ladigan hamda uni ta’minlaydigan muhim omillardan biri oilaviy tarbiya omili boshlanadi.Oila ,, millat sharafini” yuqori martabaga ko’taradigan zamin-u vosita hisoblanadi. Oilada farzandlar tug’iladi,o’ziga xos xususiyatlari, insoniy fazilatlari vujudga keladi,shaxs shakllanadi.oila va oilaviy munosabatlar madaniyati hamda shaxsning, yosh avlodning umummadaniy-ma’naviy dunyo qarashining shakllanishi hamda rivojlanishiga ta’siri muammosini ilmiy tahlil qilish qator fanlarning o’rganish ob’yekti bo’lib kelmoqda. O’z navbatida oilaviy munosabatlar madaniyati shaxs kamolotiga ta’sir etuvchi birinchi omil bo’lib,oilaviy muhitning ham jismonan ham ma’nan sog’lom bo’lishi jamiyat taraqqiyotiga undagi mavjud muammolarni hal etishga ijobiy yoki salbiy ta’sir etmasdan qolmaydi. Oilaviy munosabat madaniyati nima? Bu oilada insonga xos va mos sharoitlarni yaratish, oilaning vazifalarini to’la bajarish,oilaviy turmush tarzini to’g’ri shakllantirish, oila a’zolarining xulq-odobi, dunyoqarashi,mafkurasini, oilaviy hayotning davomiyligini ta’minlashdir. Mustahkam oila mustahkam jamiyat asosidir. Shunday ekan jamiyat oilalarni mustahkamlash,oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirib takomillashtirishga alohida e’tibor berib kelmoqda. Oila va oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini ilmiy tadqiq etishni uning jamiyat taraqqiyoti qonunlariga muvofiq rivojlanishini ifodalashdan boshlamog’imiz lozim. Oilaning rivojlanishi jamiyatning moddiy ishlab chiqarishi va manaviy hayoti bilan bog’liqdir oila shakllarining o’zgarishi,ibtidoiy jamiyat davridan boshlab barcha tarixiy bosqichlarda moddiy ishlab chiqarish ma’naviyatidagi o’zgarishlar bilan bo’g’liq ekanligi ilmiy adabiyotlarda keng tahlil etilgan. Lekin jamiyatning,oilaning moddiy hayot sharoitlari o’zgarishi o’z –o’zidan ma’naviy kamolotga olib kelmaydi. Madaniy qashshoq bo’lgan odam boy bo’lib qolsa ,birdaniga ma’naviy kamolot darajasiga ko’tarilib qolmaydi. Pedogog-olimlar mazkur mavzuning ta’lim-tarbiyaviy jihatlarini tadqiq etib,oilaning shaxs tarbiyasida tutgan o’rniga alohida e’tibor berib ,oilaviy tarbiyani umumiy tarbiyaning bir qismi sifatidagi jihatini yoritishmoqda;psixolog olimlar oila va oilaviy munosabatlarga etno-psixologik jixatdan yondoshmoqdalar.Etnograf-tarixchilar ham oilaning kelib chiqishi va oilaviy miunosabatlar madaniyatining shakllanishi bilan bog’liq masalalarga to’xtalib,oilaviy urf-odatlar,an’analar,marosimlarning yoshlar tarbiyasiga ta’sirini o’rganganlar. Faylasuf olimlarimiz masalaning mohiyatini ochib berishda shaxs va jamiyatning o’zaro munosabati haqidagi umumaksiologik qonuniyatga suyanagan holda shaxs ijtimoiy munosabatlar majmuiydan iborat degan nazariy konsepsiyani o’rtaga tashlaganlar xuddi shu konsepsiyadan esa oilada farzand tarbiyasi ijtimoiy xarakterga ega degan boshqa bir nazariy xulosa kelib chiqishi tabiiydir. Madaniyatshunoslar oilaviy munosabatlar madaniyatining yosh avlod tarbiyasiga ta’sirini tahlil qilib kelmoqdalar. Shuni alohida ko’rsatib o’tish kerakki, Markaziy Osiyo mutafakkirlari va ma’rifatparvarlari Farobiy,Beruniy,Ibn Sino,Yusuf xos Xojib,Kaykovus,Devoniy,Alisher Navoiy,Bobur,Munis,Xofrazmiy,Bedil,Behbudiy,Abdulla Avloniy,Qori Niyoziy,Cho’lpon,Fitrat va boshqalarning asarlarida oila va oilaviy munosabatlar haqida qimmatli fikrlar mavjud. Ularning ko’plarida mazkur masalaga oid qarashlar muayyan tartibga tushirilgan va ta’limot darajasiga ko’tarilgan. Xususan,Abu Ali ibn Sinoning,,axloq”, ,,oila 3xo’jaligi”,Alisher Navoiy ,,Hayrat-ul abror “ va ,,Mahbub –ul qulub” asarlarida oilaga alohida e’tibor bilan qarab,uni inson kamolga erishuvida asosiy makon deb bilganlar.
2.1 Bilim va uning hayotdagi ro’li
Bilim-kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqeylik ma’lumotlar va uning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va hodisalarga,qoidalarga zid kelmasa bunday ishonch bilim hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan ma’lumotlarimiz bilim darajasiga ko’tarilish uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim:birinchidan,bu ma’lumogtlarning voqelikka mutanosibligi,ikkinchidan yetarli darajada ishonarli bo’lishi,uchinchidan bu ma’lumatlar dalillar bilan asoslangan bo’lishi lozim. Uchala shart birgalikda mavjud ma’lumotlarni bilim darajasiga olib chiqadi. Inson ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bilmaslikdan bilishga, mavhum bilimlardan mukammal v aniq bilimlar hosil qilish tomon boradi.kishining moddiy dunyo to’g’risidagi bilimlari nisbiydir u doimo rivojlanib boradi bilim kundalik tajriba kuzatish orqali to’planadi. Bilimlarni tadqiq etuvchi ta’limot – epistemologiyada perseptiv(hissiy),hayotiy-kundalik
(sog’lom aql) va ilmiy bilim shakllari ajratib ko’rsatiladi. Ilmiy adabiyotlarda bilimlarning ilmiy va ilmdan tashqari shakllari ham farq qilinadi. Ilmdan tashqari bilimlarga madaniyat,adabiyot,sa’nat,mifologiya,din sohalariga oid bilimlar kiradi. Odatdagi fan sohalarida tadqiq etiladigan bilimlar ekzoterik(ko’zga tashlanuvchan) bilimlar deb atalsa,astrologiya va shahrik sohalarga oid bilimlar ezoterik (pinhoniy) bilimlar deyiladi. Ekzoterik bilimlar ilm fan qoidalariga zid kelmaydigan bo’lsa,ezoterik bilimlar bu qoidalarga zid keladi deb o’rganiladi.
2.2 Koreys oilalarida hayotiy xususiyatlarning ifodalanishi
Koreys oilalarining hayot tarzi boshqa davlatlardan farqlanib turuvchi o’ziga xos hususiyatlari mavjud. Koreys oilalarining hususiyatini tushinib olsangiz Koreyada yashash ancha osonlashib koreys madaniyatini tushinishda katta yordam beradi. Oilaviy madaniyatlar har bir oilada turlicha bo’lib hududlarga qarab ham farq qiladi. Koreya an’anaviy tarzda qadimdan konfutsiylik madaniyatining ta’sirini olib kelgan. Shu bois,koreys oilalari madaniyatining konfutsiylik madaniyatiga ega bo’lgan boshqa davlatlar madaniyati bilan o’xshash tomonlari ko’p bo’lsa ham, sanoat rivojlanishi ildamlashgan hozirgi vaqtda koreys oilalari madaniyati ham borgan sari o’zgarib bormoqda. Oilaviy qarindoshlik aloqalari:oilaning har bir a’zosi baxtli bo’lisj uchun o’zaro ahil bo’lishni muhim deb hisoblaydi,oilada katta-kichik o’rtasidagi o’zaro hurmat va tartib muhim hisoblanadi,oilada bolalarga ota-ona, bobo-buvi,qarindoshlar umuman olganda yoshi kattalarni hurmat qilishni o’rgatib borishadi. Koreys oilalarida ota-ona va farzandlar o’rtasidagi aloqalari alohida xususiyatga ega koreys ota-onalarining farzandlariga bo’lgan mehr-muhabbati o’zgacha shu bois bazan bunday haddan ortiq muhabbat bolaning mustaqil bo’lishiga xalaqit beradi ota-onalarning farzanidiga g’amxo’rlik qilish istagida bo’lganlar soni bo’yicha boshqa davlatlardan ustun turadi.
Til odobi-koreyada boshqa davlatlardan farqli o’laroq bir hil darajada bo’lsa ham vaziyatga qarab kishilarni turli hil so’zlar bilan chaqiradilar shuningdek,bunda sof koreys tili ,,chingho” va xitoy so’zlaridan aralash foydalaniladi. Shuning uchun ,,hoching”yoki ,,chiching” ni noto’g’ri ishlatsa tarbiyasiz kishiga o’xshab ko’ringanligi sababli e’tiborli bo’lish talab etiladi.,,Hoching” bu biror kishini bevosita chaqirishda foydalaniladigan so’z bo’lib, ,,chiching” esa biron kishi haqida boshqa odamga gapirganda ishlatiladigan so’z va bu ikkala so’zni umumiy qilib aytganda ,,chingho “ deyiladi. Koreyada oilaviy munosabatlarda bir-biriga nisbatan odob saqlagan holda chaqirganda ishlatiladigan maxsus so’zlar mavjud. Katta yoshdagilarni sizlab,kichik yoshdagilar bilan gaplashganda esa oddiy so’zlashuv uslubidan foydalaniladi. Lekin har bir oilada bu narsa biroz farq qilishi ham mumkin bo’lib,oila bilan bu haqida oldindan maslahatlashib olgan maqulroq.
Xulosa
Har bir millat kishisi yashash muhiti,tili,dini va irqidan kelib chiqqan holda hayot tarziga ega hisoblanadi.Qaysidir millat vakilining hayoti davomidagi muqaddas sanalgan narsalar boshqa jamiyat kishisi uchun mutlaqo begona. Ammo hamma kishilar taqdirini birgina o’xshash tomoni shundaki,ular insoniy xususiyat va belgilarning bir xilligi sevgi,muhabbat,maqsad,sodiqlik,vatan tuyg’usi,bilim olishga intilish va jamiyatdagi faollik barcha davlat vakillarida mavjud bo’lgan xususiyatlardir. Hayotimiz mazmunli va takrorlanmas bo’lishi aynan shu tushunchalar ishtirokiga bog’liq.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi.Toshkent.,,Sharq” 1999 y.
Karimov I. O’zbekiston buyuk kelajak sari,Toshkent, ,,O’zbekiston”1998 y
Karimov I.A. Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori, Toshkent 1997
Abu Ali ibn Sino.Axloq Ziyouz.com,2015 yil 15 dekabr
Nematova D.Cho’lpon publisistik asarlarining lingvistik tahlili filol.fanlari nomzodi..diss.avtoreferat.-Toshkent.2000 y
Jamolxonov.H. Hozirgi o’zbek adabiy tili – Toshkent.Talqin,2005 y
Internet saytlari:
1.http;//www.geocities.com
2.Saviya.uz
3.http;//koreanbooks.ucoz.ru.
Do'stlaringiz bilan baham: |