Matn: kitob va kitobxonlik madaniyati



Download 21,68 Kb.
bet1/2
Sana22.01.2022
Hajmi21,68 Kb.
#399259
  1   2
Bog'liq
15.XI.21


MATN: KITOB VA KITOBXONLIK MADANIYATI.

MAVZU: O‘ZBEK TILINING VAZIFAVIY USLUBIYATI. SO‘ZLASHUV USLUBI.

Reja:

  1. Mutolaa madaniyati.

  2. Kitobxonlik.

  3. Vazifaviy uslubiyat.

Kitob mutolaasi donolar suhbatidan bahramand bo‘lmoqdir., ularning bilim va fikrlar xazinasidan «duru-gavharlar» termoq bilan barobardir, - deyishadi donishmandlar. Qadimgi O‘zbekistonning sahovatli zamini ko‘p asrlar davomida jahonga ulug‘ alloma, davlat arboblari va mutafakkirlarni yetishtirib berdi. Ularning kashfiyoti esa insoniyat taraqqiyotini yanada jadallashtirishga xizmat qildi.

O‘zbekiston o‘zining ko‘p asrlik madaniyati durdonlarini, jahonga mashhur allomalarining ilmiy-adabiy me'rosini, jumladan ular qoldirgan noyob kitoblarini kelajak avlod uchun avaylab-asrab, yosh avlod o‘rtasida ommalashtirib, keng targ‘ib qilmoqda. Bugungi kunda Imom Buhoriy, Imom Termeziy, Imom Moturudiy, Mahmud Zamashhariy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy kabi ulug‘ ajdodlarimizdan ulkan ilmiy va ma'naviy ahamiyatga ega bo‘lgan eng noyob qo‘lyozmalar, kitoblar meros bo‘lib qolgan. Ularni asrab-availash, tarjima qilib, chop etish olimlarimiz, milliy nashriyot va matbachilarimizning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, respublikada Internet va axborot-texnologiyalarning jadal sur'atlar bilan rivojlanib borishiga qaramasdan, fuqarolarimizning kitobga bo‘lgan qiziqishi va talabi yanada ortib bormoqda.

Kitobga mehr qo‘ysangiz u sizni, albatta, munosib taqdirlaydi «Kitoblar avlodardan avlodlarga eng «qimmatbaho bilimlar xazinasini» etkazib berish maqsadida vaqt va zamon ummonida kezib yuruvchi kema misolidir», - degan edi mutafakkir olim va shoir Abdurahmon Jomiy.

Kitob doim bizni fikrlashga, halol yashashga, Vatanni sevish va ardoqlashga, jamiyat taraqqiyotiga hizmat qilish va ma'naviy merosimizni asrashga, ezgulikka chorlab kelgan. Kitobga mehr qo‘ygan kishi doim munosib taqdirlanib kelgan. Bugun O‘zbekiston aholisining kitobga bo‘lgan talabini qondirish uchun yetarli sharoitlar mavjud. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida kitob savdosi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida noshirlik faoliyatini yaxshilash va kitob mahsulotlari assortimentini boyitish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda respublikamizda 100 ta nashriyot va 1420dan ortiq matbaa korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular har yili o‘rta hisobda 1200 dan ziyod kitoblar, hamda 130 elektron kitoblar chiqarib, mahalliy va xorijiy iste'molchilar e'tiboriga ulkan kitob dunyosini havola etmoqdalar. Shuni alohida qayd etish zarurki, respublikada chiqarilayotgan kitob mahsulotlarning qariyb yarimi O‘zbeksiton matbuot va axborot agentligi tizimiga kiruvchi «O‘zbekiston», «O‘qituvchi», Cho‘lpon va G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari hamda «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» nashriyotlari hisobiga to‘g‘ri keladi. Aytib o‘tish joizki, O‘zbekistonda kitobga bo‘lgan qiziqish, unga hurmat ko‘rsatih, uni e'zozlash hamda kitob yordamida farzandlarni komil inson qilib tarbiyalash kabi azaldan shakllanib kelgan ezgu odatlarimizning zamirida beminnat kitobning xizmati beqyosdir.

Bunday olijanob vazifani amalga oshirishda ma'naviyat o‘chog‘i hisoblanmish kutubxonalarning o‘rni cheksizdir. Quyidagi 10 faktga e’tibor qaratsak:

1.Mutolaa nigohni o‘tkirlashtiradi. Mutolaa sababli atrof olam va undagi odamlarga o‘zgacha nazar bilan qarab, ularni tushuna boshlaysiz. Agar qo‘lingizga yaxshi kitob tushib qolsa, uni takror va takror o‘qisangiz, har gal undan yangi narsani kashf qilasiz

2.Mutolaa badantarbiyadir. Kitob mutolaa qilar ekansiz, undagi voqealar, obrazlarni tasavvur qilasiz. Fikrlash faoliyati aktivlashadi, bu esa miya uchun gimnastikadir.

3.Mutolaa atrof muhit uchun zararsiz. To‘g‘ri, kitob tayyorlash uchun daraxtlar kesiladi, biroq kitob sizga foyda keltirsa, demak kesilgan daraxt behuda ketmagan. Bundan tashqari, kitob o‘qish uchun elektr energiyasidan, batareykadan foydalanilmaydi.

4.Mutolaa muloqot qilishga o‘rgatadi. Kitobdagi voqealarni suhbatdoshingizga gapirib berib, qahramonlarning hissiyotlari bilan bo‘lishsangiz, do‘stlaringiz bilan muloqotingiz qizg‘in o‘tadi

5.Kitob mutolaasi bo‘sh vaqtingizni mazmunli o‘tkazishingiz uchun ajoyib imkoniyat.Kitoblarga ixlos qo‘ysangiz, ular hech qachon joningizga tegmaydi. Axir ularning xili, yo‘nalishlari juda ko‘p. Xohlaganingizni topib o‘qishingiz mumkin.

6.Kitob mutolaasi osoyishtalik baxsh etadi. Bolalarning shovqin-suronli o‘yinlaridan ko‘ra kitob o‘qishlari afzalroq. Hech kimga halal bermaydi.

7.Kitob mutolaasi cho‘ntak uchun hamyonbop. Birinchidan, kitoblarning narxi kompyuter o‘yinlaridan ko‘ra arzonroq. Ikkinchidan, tanishlaringiz qiziqishingizni bilsalar sizga sovg‘a tanlashda qiynalmaydilar. Uchinchidan, kitob mutolaasi uchun hamisha kutubxonalardan foydalanish ham mumkin.

8.Mutolaa diqqatni bir joyga jamlashga yordam beradi. Kitobni musiqa ostida ham, biror narsa bilan mashg‘ullik paytida ham o‘qish mumkin. Ha, haqiqiy kitob shinavandalari atrofdagi shovqinga ahamiyat bermay o‘qishni biladilar

9.Kitobning qomatga ta’siri. Shubhasiz kitobning qomatga ta’siri bor ekan. Kuzatishlar natijasiga ko‘ra, zerikkan insonda ko‘p ovqat yeyishga moyillik bo‘lar ekan. Binobarin, kitobxon odam ovqatni ortiqcha yemaydi. U kitobdagi voqealarga berilib, uzoq-uzoqlarga safar qiladi.

10.Kitob mutolaasi tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ota-onasining kitob o‘qiyotganini ko‘rgan bolalarda ham kitobga qiziqish kuchaya boradi. Bu esa o‘z navbatida bolaning dunyoqarashi kengayishiga sabab bo‘ladi.


Download 21,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish