Takomillashtirish va nazorat darsi uchun majmua
1. 2-3 qadam yugurib, oldinga sakrab umbaloq oshish - 2,0 b.
2. Oldinga umbaloq oshib, tayanib o‘tirish - 1,0 b.
3. Kuch bilan boshda turish - 2,5 b.
4. Tayanib o‘tirishga tushib, umbaloq oshish - 1,5 b.
Xulosa
Gimnastika mashqlarini o‘rganishdan maqsad har qanday pedagogik jarayon singari, harakat ko‘nikmalarini, malakalarini shakllantirish va maxsus bilim olishlari uchun shug‘ullanuvchilaming o‘qituvchilar rahbarligidagi rejali faoliyatini uyushtirishdir.G imnastika mashqlarini o‘rgatish jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi: -shug‘ullanuvchilaming umumiy harakat va sport tayyorgarligi uchun ahamiyatli bo‘lgan harakat ko‘nikmalarini shakllantirish;
-kuch, tezkorlik, qayishqoqlik, epchillik, chidamlilik singari jismoniy hislatlami tarbiyalash; Kasbiy - pedagogik ko‘nikmalami (maxsus o‘quv yurtlari
talabalarida) shakllantirish. Gimnastika mashqlarini o‘rgatish jarayonida hal etiladigan alohida vazifalar har bir konkret holda harakat tuzilishini,uni bajarish sharoitining xususiyatlarini va o‘quvchilaming tayyorgarlik darajasini baholash asosida belgilanadi. Gimnastika mashg‘ulotlarida o‘zlashtiriladigan mashqlar xilmaxil boiib, ular gavda alohida qismlarining oddiy harakatlari, sodda, turish holatlaridan (asosiy turish, osilish, tayanishdan) to jismoniy va harakat qobiliyatlarini maksimal ishga solish bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab harakat faoliyatlarigacha (masalan, halqalarda qo‘llami ikki yonga uzatib tayanish- chalishtirish, tumikdagi yoki erkin mashqlardagi uchlama salto) harakatlarini o‘z ichiga oladi.
Maxsus ishlab chiqilgan harakat shakllari gimnastika vositalari (mashqlari) hisoblanadi. Ular yordamida insonning hayotiy muhim harakatlantiruvchi jismoniy sifatlari tarbiyalanadi va rivojlantiriladi. Ko‘pgina mashqlar odamning mehnat, harbiy va turmush faoliyati (yurish, yugurish, tirmashib chiqish, sakrash, emaklash, muvoza-nat saqlash, uloqtirish, to‘siqlardan oshib o‘tish, yuk tashish va shu kabilar)dan olingan.
Akrobatik (tramplin) mashqlar — jismoniy sifatlarni tarbiyalash va rivojlantirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Qomatni tik tutish, turli harakatlar bilan umbaloq oshish, fazo bo‘shlig‘ida qomatni to‘g‘ri tutishga diqqatni qaratadi. Akrobatika mashqlarini bajarish jarayonida ichki organlar mustahkamlanadi. Ularning funksional rivojlanishi ta’minlanadi. Akrobatik mashqlarning doimiy bajarilishi va ularni murakkablashtirib borish, ularning turli sport turlarini (umumiy, qo‘shimcha, maxsus jismoniy tayyor-garlik) takomillashtirish uchun qo‘llanishga imkon yaratadi. Akro-batik mashqlar o‘zining mazmuni va xarakteri bilan boshqa sport turlaridan ajralib turadi. Sakrash, muvozanat saqlash, yakka bajarila-digan voltej1 elementlari, juftlikda, uchlik, to‘rtlik, erkaklar, erkak va ayollar bilan bajariladigan mashqlar ham shunga kiradi.
1-rasm 2-rasm 3-rasm 4-rasm
5-rasm 6-rasm
7-rasm
8-rasm
9-rasm
10-rasm 11-rasm
12-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |