Bog'liq Reja Urug‘chiliq tuzumining yemirilishi jarayonida madaniyat 2
Imperatorlik davrida jismoniy madaniyat Quldorlar to‘zumining chirish jarayoni Rim imperatorligida davom etidi. Yemirish alomatlari Rim ijtimoiy va madaniy holatining barcha sohalarida, shujumladan, jismoniy madaniyat sohasida ham borgan sari ko‘proq darajada namoyon bo‘la boshladi.
Professional armiyaga o‘tilishi, xuddi Gresiyadagi singari, quldorlarning ilgari qaror topgan harbiy – jismoniy madaniyati qattiq sistemasining tushko‘nligiga sabab bo‘ladi. Mo‘l-ko‘lchiliq noz-ne’matlariga ko‘milib qolgan quldor aslzodalar jismoniy madaniyat vositalari xazinasida o‘zlari uchun fuqat nozik badan ehtiyojlarining qondiradigan elementlarigina saqlab qoldilar. Maxsus qurilgan xashamatli termlardan (cho‘miladigan joylarda)gi iliq suvda cho‘milish eng sevimli mashg‘ulot bo‘lib qoldi; termlar joylashgan binolarda massaj qiladilar, yengil gimnastika mashqlari bajaradilar va to‘p o‘yinlari o‘ynar edi.
Tomoshalarning yanada rivojlanishi imperiya davrida Rim jismoniy madaniyati uchun ayniqsa harakterli edi. Tomoshalarning yanada rivojlanishi tomoshalar soni va ko‘lamining oshishi yo‘li bilangina emas, balki ular harakterlarining o‘zgarishi bilan ham-olomonning yaramas niyatlarini qo‘zg‘otadigan dahshatli ovo‘nchoqqlariga aylanishi yo‘li bilan ham bordi.
Imperatorlik davrining boshlariga kelib (eramizdan avvalgi I asrning dastlabki yillarida) tomoshalar jami bo‘lib yiliga 66 ko‘n o‘tqazilar edi. Eramizning II asri o‘rtalarida ular uchun endi 135 ko‘n, IV-asr yarmida 175 ko‘n ajratilar edi.
Sirk o‘yinlari ko‘lamining yanada kengayib borishi bilan bir qatorda (asosan qo‘sh g‘ildiraqli aravalarda chopish) gladiatorlik janglari ham g‘oyat katta ko‘lamda rivojlandi. Gladiatorlik o‘yinlarini o‘tqazish uchun maxsus inshoyatlar-amfiteatrlar qurilgan edi. Bu inshoyatlardan kattasi eramizning I asrida qurilgan Kolizey amfiteatri edi; bu amfiteatrining vayronalari Rimda hozirgi ko‘nga qadar saqlanib qolgan.
Amfiteatr maydonlarida olomonning vaqtichog‘ligi uchun yuzlab gladiator jang qilar edi. Maydonda chinakam jang bo‘lib, ularda faqat piyoda gladiatorlargina emas, balki otliq gladiatorlar ham qatnashar edi. Uddaburon o‘yin tashkilotchilari bu o‘yinchilarga qanoat qilmasdan, gladiatorlarning yirtqich hayvonlar bilan jang qildirar edi. Tomoshaning bu turi Rimda birinchi marta eramizdan avvalgi II asrlardayoq paydo bo‘lgan edi, lekin imperiya davrida juda keng ko‘lamda tarqalgan edi. Maxsus kavlangan katta qullarda o‘tqaziladigan dengiz janglari qonli gladiatorlik janglarining alohida turi edi. Avgust tamonidan tashkil etilgan ana shunday janglardan birida 19 ming gladiator qatnashgan edi.
Tomoshalarning barcha bu turlari “mag‘rur Rim” tashqi go‘zalligining va shu bilan birga, Rim quldorlik jamiyati eng chuqur ichki tushko‘nligi, xo‘no‘q chirishining yorqin yoki yaqqol ifodasi bo‘lib, ularda qatnashuvchilar o‘z xo‘jayinlarini ixtyorlari bilan qonli olishuvlarda bir-biriga qarshi chiqish uchun maxsus jismoniy tayyorgarlikni o‘tashlari lozim edi.
Shu bilan birga ayni bir vaqtda Rim hukumron doiralari yunon namo‘nalari zaminidagi atletika musobaqalaridan Rim sharoitida mustahkamlab qolishiga erishish uchun ozmo‘ncha harakat qilmadilar. Imperator Avgust Rim Aksaum g‘alabasi sharafiga har turt yilda bir marta o‘tqaziladigan “aktineya” atlantika o‘yinlarining ta’sir etishiga o‘rinib ko‘rdi. Lekin bu o‘rinishi muvoffaqiyat qozanmadi. Neron eramizning 60-yilida qo‘sh g‘ildiraqli aravalarning chopishidan va atletlarning musobaqalaridan iborat bo‘lgan “neroniya” bayramini tashkil qildi. 86-yilda kapitoliy o‘yinlarini ta’sis etgan imperator. Domikaning urunishi ancha o‘rinli bo‘lib chiqdi; bu o‘yinlar Rim imperiyasi tugatilgo‘ncha yashab keldi. Atletika musobaqalaridan kurash va mushtlashish musobaqalari ancha keng ommalashgan edi.
IV asrda Rimda xristian diniy davlat tamonidan quvvatlana boshlandi. Chernov ta’siri asta-sekin davlat va jamoa hayotining barcha sohalariga tarqaldi. Cherkov o‘z hukumronlik ahvolini mustahkamlashga halaqit beradigan. Rim an’analariga qarashi aktiv kurash olib bordi. Cherkov Rim tomoshalariga ayniqsa qonlik gladiatorlik janglariga qarshi chiqdi. Tomoshalarning kishiliq ahloqi normalari elementlariga zid kelganligi uchungina emas, balki ularning ommaning o‘ziga jalb etib, cherkov ta’sirining yanada tarqalishi va mustahkamlashishiga to‘siq bo‘lganligi uchun ham tomoshalarga qarshi kurash olib bordi.