Bug‘doy nav namunalarining usuv davri davomiyligi.
(Samarkand. 2015).
№
Nav namunalari nomi
Unib chiqish boshoqlash, kun
Boshoqlash pishish, kun
Unib chiqish. pishish, Kun
1.
Nt.Xosildor (O‘zbekiston)
186
38
224
2.
RUKL 59601(Tunis)
184
27
211
3
K23014(Suriya)
179
34
213
4
KON(Meksika)
184
42
226
5
Agro(Turkiya)
180
37
217
6
DUVR(Jazoir)
184
35
219
7
K52361(Fransiya)
178
46
224
8
K521031(Yekvador)
183
28
211
9
K20314(Yugoslaviya)
180
39
219
10
F364(Ruminiya)
185
39
224
11
Boyur (Fransiya)
180
40
220
12
Pamyat(Rossiya)
183
33
216
Ushbu nav namunalaridan tezpishar navlar yaratishda boshlangich material sifatida foydalanishni tavsiya etamiz.
3.2.Bug‘doy nav namunalarining maxsuldorlik kursatgichlari Bug‘doy o’simligi maxsuldorligi seleksiyada muxim axamiyat kasb etadi. Maxsuldorlik xosildorlikni belgilashda eng muxim belgi xususiyatlarni o’zida mujassam qilgan va ular bir-biri bilan uzviy bog’liqdir
Maxsuldor tuplanish.Tuplanish boshoq paydo bo’lishiga sabab bo’luvchi o’simlikning muxim rivojlanish davri xisoblanadi va barg chiqishi bilan tuplanish fazasi boshlanadi. Yumshoq bug‘doy namunalarida tanlash ishlari tuplanishga va uzun Boshoqga ega bo’lgan namunalar orqali olib borilganda seleksiya ishlari muvaffaqiyatli bo’lgan. Maxsuldor tuplanish umumiy tuplanishga qaraganda 1,5-2 baravar kamroq bo’ladi va yumshoq bug‘doy namunalari uzun kunga nisbatan qisqa kunda kuproq tuplaydi.
Maxsuldor tuplanish bir o’simlikdan olinadigan don soniga ijobiy ta’sir kursatadi va sugoriladigan yerlarda sezilarli ravishda xosil kutarilishiga ta’sir etadi.Issiq iqlim sharoitida donning kam bo’lishligi oqibatida xosilning kamaymasligiga maxsuldor tuplanish sonini kupaytirish orqali erishish mumkin Yotib qolish maxsuldor poyalar sonini cheklovchi omildir.
O’tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, yuqori maxsuldor tuplanishga ega bo’lishi xar doim xam yuqori xosil beravermaydi. Tuplanish bu o’simlik irsiyatiga bog’lik emasligi, balki tashqi muxit omillariga(ug’it, ekish .me’yoriga) bog’lik ravishda o’zgarib turishi tadqiqot o’tkazilgan yillarda yaqqol ko’zga tashlandi.
Urganilgan nav namunalarida maxsuldor tup soni 1.3-2,6 donagacha buldi, yuqori ko’rsatgich quyidagi nav namunalarida kuzatildi RUKL59601(Tunis), KON(Meksika), DUVR(Jazoir), K52103(Yekvador) va F364(Ruminiya) namunalari st.Xosildor (O‘zbekiston)naviga nisbatan 0,7 -1.3 kup bulganligi tajribalarda aniqlandi.