Boshoq uzunligi va boshoqdagi don soni. Boshoq fotosintez va nafas olishni boshqaruvchi organ xisoblanadi. Keyingi yillarda Boshoq tadqiqot predmeti bo’lib bormoqda, fikricha boshoq don xosilini belgilashda 25% o’rni bor.
Shuni ta’kidlash joizki boshoq uzunligi va zichligi navdorlik xususiyati bo’lib, tashqi muxit omillariga bog’lik xolda o’zgarishi mumkin. Tuproqda namlik yetishmasa salbiy, kup bo’lganda ijobiy ta’sir yetishi mumkin.
Xosilning shakllanishida boshoq uzunligi va boshoqdagi don soni muxim axamiyat kasb etadi. Boshoq uzunligi 10,2 smdan -13,6 smgacha bulib, st.Xosildor (O‘zbekiston)navida boshoq uzunligi 10,2sm bulsa RUKL59601(Tunis), K23014(Suriya), K52361(Fransiya) va K52103(Yekvador) namunalari boshog’i uzunligi tajribalarda aniqlandi.
Asosiy maxsuldorlik ko’rsatgichlaridan biri boshoqdagi don soni xisoblanadi. Boshoqdagi don soni urganilgan bug‘doy nav namunalarida 47.6 donadan 54.3 donagacha bo’lib, st.Xosildor (O‘zbekiston) navida boshoqdagi don soni. 48.5 dona bulib, don soni yuqori bo’lgan quyidagi namunalar RUKL 59601 (Tunis), KON(Meksika), K20314(Yugoslaviya) boshqa namunalarga nisbatan ushbu ko’rsatgich bo’yicha ustunligi aniqlandi.
Jadval № 4
Bug‘doy nav namunalarining maxsuldorlik ko’rsatgichlari
№
|
Nav namunalari va mamlakat
Nomi
|
Maxsuldor tuplanish,
(dona0
|
Boshoq uzunligi. (sm0
|
Boshoqdagi don soni.
(dona)
|
1
|
st.Xosildor (O‘zbekiston)
|
1.3+-0,8
|
10,2 +-0,8
|
48.5
|
2
|
RUKL59601(Tunis)
|
2.2+-0,7
|
13,4+-0,1
|
54.3
|
3
|
K23014(Suriya)
|
1,9+-0,9
|
13,5+-0,1
|
53.1
|
4
|
KON(Meksika)
|
2,6+-0,8
|
10,9+-0,8
|
48.8
|
5
|
Agro(Turkiya)
|
1,6+-0,5
|
11,0+-0,9
|
48.5
|
6
|
DUVR(Jazoir)
|
2,6+-0,8
|
12,1+-0,9
|
53.8
|
7
|
K52361(Fransiya)
|
1,5+-0,7
|
13,6+-0,7
|
54.0
|
8
|
K52103(Yekvador)
|
2,0+-0,9
|
13,3+-1,6
|
50.2
|
9
|
K20314(Yugoslaviya)
|
1,8+-0,9
|
12,3+-1,03
|
52.4
|
10
|
F364(Ruminiya)
|
2,2+-0,8
|
12,1+-0,8
|
51.3
|
11
|
Boyur (Fransiya)
|
1,6+-0,5
|
12,5+-0,6
|
47.6
|
12
|
Pamyat(Rossiya)
|
1,3+-0,9
|
11,2+-0,6
|
50.1
|
Nav namunalarni maxsuldorlik buyicha baxolashda tuproq iqlim sharoitlari xam o’z ta’sirini o’tkazadi. Don ekinlarining maxsuldor tuplanishga, boshoqdagi don soniga, 1000 dona don vazniga, o’simlik o’stiriladigan agrofon yoki bitta uchastkadagi joyning relefi xam ta’sir etish mumkin.
Sug‘oriladigan yerlarda kuzgi yumshoq bug‘doydan sifatli va yuqori hosil olishda, navlarning ahamiyati nihoyatda kattadir. Shu hudud uchun ajratilib olingan kuchli, yuqori hosil beradigan navlar orqali hosildorlik 20-40 % ga oshishi tajribalarida isbotlangan.
Seleksiya ishida hosildorligini oshirib borishida ikkita muhim yunalishiga e’tibor berish kerak:
seleksiya yo’li bilan doimo hosildorligini oshirib borish.
yaratilgan navlarining hosildorligini doimiy saqlab turish.
1000 dona don vazni bug‘doy nav namunalarida turlicha bo’lib o’tkazilgan tajribalarda 36.2 grammdan 45,1 grammgacha o’zgarib turadi. O’tkazilgan tajriba natijalarida ma’lum bo’ldiki, bitta boshoqdagi don vaznining ortishi bilan bug‘doy nav namunalarining xosildorligi yuqori bo’lar ekan.
1000 ta don vazni o’simlik o’stiriladigan sharoitga qarab oshishi yoki kamayishi mumkin, gullash davrida xaroratning yuqori bo’lishi don vazniga salbiy ta’sir yetadi. DUVR(Bolgoriya), KON(Meksika), RUKL 59601(Tunis) nav namunalarining 1000 ta don vazni urganilgan nav namunalariga nisbatan va st. Xosildor naviga nisbatan yuqori ekanliga aniqlandi. Jadval № 5
Bug‘doy nav namunalarining 1000 ta don vazni va don donagacha xosildorligi
Do'stlaringiz bilan baham: |