3.1. Tezpishar yumshoq bug‘doy namunalarini tanlash.
O‘zbekiston sharoitida bug‘doyning tezpishar navlarini yaratish Respublika seleksioner olimlarining oldidagi asosiy muammolaridan hisoblanadi. Tezpishar navlar O‘zbekiston sharoiti uchun juda qulay bo‘lib, qurg‘oqchilik va garmsel boshlanguncha kerakli hosilni to‘plab ulguradi va bir yilda yerdan 2-3 marta hosil olish imkoniyatini beradi. Navning tezpisharligi muhim ahamiyatga ega.
Bug‘doy navlari o‘suv davrining davomiyligiga qarab o‘tatezpishar, tezpishar, o‘rtapishar, o‘rtakechpishar va kechpishar guruhlarga bo‘linadi. Respublikaning turli tuproq-iqlim sharoitlarida kechpishar bug‘doy navlari issiqga, kasallik va zararkunandalarga kuchliroq chalinadi va ko‘p hosil yo‘qotadi. Agar qulay sharoit butun o‘suv davrida saqlanib tursa kechpishar navlar yuqori hosil beradi. Ammo ko‘pincha qulay sharoit butun mavsum davomida saqlanmaydi. Har yili may oyining ikkinchi yarmidan boshlanadigan issiq, bu davrda tuproqda ozuqa zahirasining kamayishi kechpishar navlardan yuqori va sifatli hosil olishga imkon bermaydi.
Kuzgi bug‘doy usuv davrida quyidagi rivojlanish fazalarini o‘taydi: urug‘larning burtishi, unib chiqish, tuplanish, naychalash, boshoqlash, gullash va yetilish (sut pishishlik, mum pishishlik va tula pishiklik).
O‘simlikning kamida 10 % muayyan fazaga kirganda fazaning boshlanishi va 75 % o‘simlik kirgan vaqti to‘liq faza deb belgilanadi.
Rivojlanish davrlarida o‘simlikda morfologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi va yangi organlar shakllanadi. Boshoqli don ekinlarining urug‘i o’nib chiqishi, o‘simlikda xayotchanlik davri boshlanganligidan dalolat beradi. O‘sish bu – o‘simlik organlarining (buyi, barg soni, vazni) o‘zgarishidir. Rivojlanish o‘simlikda sifat tomonidan bo’ladigan uzgarishlar, generativ organlarning shakllanishi, ontogenez jarayonining bir davrdan keyingi davrga o‘tishidir.
Kuzgi bug‘doy urug‘larining ekish o’nib chiqish davri, rivojlanish fazalarining davomiyligi juda ko‘p omillarga: harorat, namlik, yoruglik, ozuqa moddalar bilan taminlanishi, navning biologik xsusiyatlariga, agrotexnik tadbirlarga bog‘liq xolda o‘zgaradi. Biz o‘tkazgan tajribada o‘tmishdoshlar kuzgi bug‘doy rivojlanish fazalarining davomiyligiga va o‘suv davriga sezilarli tasir ko‘rsatdi .
Yuqoridagilarga ko‘ra, Samarqand viloyatining Tayloq tumani tipik bo‘z sharoitida olib borgan tadqiqotlarimiz davomida bug‘doyning o‘sishini davomiyligi 211 -226 kunni tashkil etdi. O’simlik usuv davrining davomiyligi muxim ko’rsatkich xisoblanadi. Adabiyotlarda don to’lishish davri xosil miqdorini belgilashda muxim rol o’ynashi to’g’risida bir qancha olimlar sharxidan ma’lum.
Ertapisharlikni belgilashda unib chiqish-boshoqlash davri muxim rol uynaydi.Tajribalar o’tkazilgan yillarda o’simlik bir tekis o’nib chiqdi. «Ekish-o’nib chiqish» davri kuz oylarida o’rtacha so’tkalik xaroratga bog’lik xolda 1-12 kungacha o’zgarib turdi.
Eng qisqa «o’nib chiqish-boshoqlash» 211 kundan 216 kungacha bo’ldi. Eng uzun o’nib chiqish boshoqlash Pamyat(Rossiya), KON(Meksika), st. Xosildor (O‘zbekiston) nav namunalarida kuzatildi. Baxorda yog’ingarchilikning kup bulishi va xaroratning nisbatan past bo’lishi o’simlik don to’lishish davri davomiyligi cho’zilishiga sabab bo’ldi.Boshoqlash - pishish davrining uzunligi ko’pchilik xollarda yotib qolish va kasalliklarning rivojlanishi natijasida xam bo’ladi. Don to’lishish davrida xaroratning yuqori bo’lishi xosilning kamayishiga asosiy sabablardan biridir
O’tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko’ra bu kursatkich ya’ni «don to’lishish» davri o’nib chiqish-boshoqlash davriga nisbatan 3-4 barobar qisqarishini aniqlandi. Ilmiy tadiqot institutlari va xalqaro ilmiy markazlardan olingan 12 ta bug‘doyning nav namunalari o’suv davri davomiyligi bo’yicha urganilganda o’nib chiqishdan pishishgacha bo’lgan kun 211kundan 226 kungacha bu
Bo’lib, nazorat Xosildor naviga nisbatan tezpishar nav namunalari sifatida quyidagilar tanlab olindi.RUKL 59601(Tunis), K23014(Suriya). K52103 (Yekvador) . Jadval №3
Do'stlaringiz bilan baham: |