Mazkur bitiruv malakaviy ishning maqsadi -- . Tadqiqotning asosiy maqsadi Surxandaryo viloyatining Oltinsoy tumanidagi sugoriladigan yerlari sharoitida tezpishar yumshoq bug‘doy namunalarini tanlash.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari.Tadqiqotning bajarish uchun qo‘yidagi vazifalar rejalashtirilgan:
-yumshoq bug‘doyning nav namunalarini dala sharoitida o‘rganish;
-yumshoq bug‘doy nav namunalarini qimmatli belgi xususiyatlarini standart nav bilan taqqoslash.
-tezpisharligi va xosildorligi yuqori bulgan nav namunalarini ajratish
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanining sug‘oriladigan yerlarda bug‘doy nav namunalari o‘rganilib, ularga har tomonlama baho berildi, tezpishar va xosildorligi yuqori namunalar tanlab olish.
1. BOB.ADABIYATLAR ShARXI.
1.1. BUG‘DOYNING AHAMIYATI, EKIN MAYDONI VA HOSILDORLIGI
Bug‘doy doni dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida asosiy oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Inson organizmi oqsilning 30 foizini, uglevodlarning 50 foizini, V vitamini guruhining 60 foizini don mahsulotlaridan oladi.
Tarixiy davrlardan hozirgi kunga qadar bug‘doyning jahon iqtisodiyotidagi o‘rni o‘zgargani yo‘q. Bug‘doy dunyo dehqonchiligida qishloq xo‘jalik ekinlari orasida ekilish maydonlariga ko‘ra birinchi o‘rinni egallaydi va yiliga 226 mln. gektar maydonga bug‘doy ekilib, don hosildorligi o‘rtacha gektaridan 26 sentnerni, yalpi hosil 588 mln. tonnani tashkil etmoqda. Eng ko‘p bug‘doy yetishtiruvchi mamlakat bo‘lgan Xitoyda don hosildorligi 38 s/ga, yalpi hosil 112 mln. tonnani, AQSh da o‘rtacha don hosildorligi 25 s/ga, yalpi hosil 63 mln. tonnani, Hindistonda o‘rtacha don hosildorligi 26 s/ga, yalpi hosil 65 mln. tonnani tashkil etadi. Dunyo miqyosida eng yuqori (68-77 s/ga) hosildorlikka Fransiya va Buyuk Britaniyada erishilmoqda.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda bug‘doy yetishtirish yetarli emas. Hozirgi kunda har yili jahonda 500 millionga yaqin kishi ochlikdan qiynalmoqda. Donga bo‘lgan ehtiyoj jahon bozorida yildan yilga oshib bormoqda.
O‘zbekiston dunyo dehqonchilik madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan mamlakatlardan sanaladi. O‘zbekistonning qulay tabiy-iqlim sharoiti tufayli insoniyatning eng dastlabki va ongli faoliyati rivojlana boshlangan davrlaridanoq dehqonchilik taraqqiy eta boshladi. Bu esa mamlakatimiz tarixida dehqonchilik madaniyati taraqqiyotini vujudga keltirdi. Tarix yana shundan dalolat beradiki, eramizdan avvalgi uchinchi ming yillikdayoq o‘lkamizda dehqonchilikning o‘ziga xos ekin yetishtirish texnologiyasi bo‘lgan, ya’ni su’niy sug‘orish, yerni haydash va hakozolar. Eramizga qadar 6-5 ming yilliklarda (neolit davri) O‘rta Osiyoning janubi-g‘arbida o‘troq dehqonchilik madaniyati paydo bo‘lgan. Bu madaniyat tarixda “Jaytun” nomi bilan mashhur. Arxeologik qazishmalardan ma’lum bo‘lishicha, “Jaytun” madaniyatida bug‘doy va arpa, asosan, sel suvlaridan foydalanilgan holda yetishtirilgan. Hozirgi O‘zbekiston hududida qadimda dehqonchilik gullab yashnagan joy Farg‘ona vodiysining Chust vohasi bo‘lgan. Dehqonchilik, ayniqsa, bronza davrida jadal rivojlangan (Lavronov G.A., 1969).
Qadimgi Xorazmda eramizgacha bo‘lgan ikki ming yillikning oxirida Amudaryoning quyi qismida rivojlangan sug‘oriladigan dehqonchilik, ya’ni sug‘orish ariqlari mavjud bo‘lgan maydonlarda bug‘doy yetishtirilgan (Udachin R.A., Shaxmedov I.Sh., 1984). O‘rta Osiyoda topilgan bug‘doy T.compactum Host. (eramizga qadar birinchi ming yillikning yarmigacha yetishtirilgan), yumaloq shaklli T.antiguorum Heer.ga mansub bo‘lgan turlar neolit davrida va T.aestivum L. eramizgacha birinchi ming yillikning ikkinchi yarmidan boshlab eramizning birinchi ming yilligining birinchi yarmigacha asosiy ekin hisoblangan (M.M.Yakubsiner,1970).
1.2.Bug’doy seleksiyasining rivojlanish tarixi.
A.A.Orlov ma’lumoticha , O‘rta Osiyoda bug‘doyning 10 tur xili mavjud (bu turning shu vaqtda umuman malum bo‘lgan 34 tasidan). N.V.Pokrovskiy O‘zbekistonda 8 turxil mavjudligini eslatadi.
Bugungi kunda R.A.Udachin (1984) malumoti Bo’yicha O‘rtacha Osiyoda bug‘doyning 23 tur hillari tabiiy holda mavjud.
O‘rta Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarida qattiq bug‘doy azaldan ekib kelingan. Bu haqda mahalliy navlar «Tuyatish», «Muslimka» va «Xursand» kelib chiqishi O‘rta Osiyo davlatlari va Janubiy Qozog‘iston bo‘lgan, hozirgi kunda O‘simlikshunoslik ilmiy tadqiqot instituti genofondida saqlanayotgan namunalar misol bo‘la oladi, hatto 20-asrning boshlarida Xorazm, Buxoro va Samarqandda qattiq bug‘doy donlarini Rossiya, Italiya va Angiliyaga eksport qilish uchun yirik savdo bitimlari tuzilganligi to‘g‘risida malumotlar mavjud .
Lalmikor dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutida olib borilgan ko‘p yillik tajribalar natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning lalmikor maydonlarida qattiq bug‘doyni yetishtirishni kengaytirish hisobiga olinadigan don mahsulotlarini sifatini oshirishga kata imkoniyatlarni yaratadi. Bunda janubiy mintaqada joylashgan Qashqadaryo va surxondaryo viloyatlarida sug‘oriladigan va lalmikor maydonlarda qurg‘oqchilikka chidamli qattiq bug‘doyning don sifat ko‘rsatgichlari yuqori bo‘lishini alohida takidlaydilar (Lavronov, Meloserdov, 1969).
Bug’doy asosan non, konditer yoki makaron mahsulotlari tayyorlash uchun, un ishlab chiqarish maqsadida ekiladi. Bundan tashqari bug’doy donidan turli yormalar tayyorlanadi. Maxsus yaratilgan navlari yemish tayyorlashga xizmat qiladi. Bug’doyning kepagi, paholi, somoni, tufoni yuqori oziqaviy ahamiyatga ega. Uning kepagi hamma qishloq xo’jalik hayvonlari uchun yuqori konsentratlangan yem. Kepagidan omixta yem tayyorlashda ham foydalaniladi. Undagi hazm bo’ladigan oqsil miqdori arpa doniga nisbatan 1,5 barobar ko’p.
Oziq–ovqat mahsuloti sifatida bug’doy unidan turli navdagi nonlar shirinkulchalar, pechenye, biskvitlar, kekslar, piroglar, vaflilar, muzqaymoqlar uchun stakanchalar, makaronlar, bolalar uchun parxez taom tayyorlashda ishlatiladigan yormalar, yarim fabrikatlar va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. Unidan turli xil lag’monlar, kulchatoylar, souslar, konfet va ichimliklar, sumalak tayyorlanadi. Mo’rtagi, kepagi ko’kartirilgan donlardan shifobaxsh mahsulotlar sifatida foydalaniladi.
Bug’doy yer yuzida eng qadimiy ekin. Iroq, Misr, Xitoy, Shimoliy Mesopatamiya eng qadimiy bug’doy ekilgan mintaqalarga kiradi. Markaziy Osiyoda uni eramizdan VII minginchi yillardan boshlab yetishtira boshlangan.
Amudaryoning quyi qismi, Farg’ona va Xisor vodiylari, Qashqadaryo, Surxandaryo hamda Vaxsh xavzalarining unumdor yerlarida eramizdan oldin II minginchi yillarida murakkab irrigatsiya kanallari tizimlariga ega yuksak rivojlangan sug’oriladigan dehqonchilik mavjud bo’lgan va bug’doy yetishtirilgan.
Markaziy Osiyo xududida o’tkazilgan arxeologik qazishlar mintaqada pakana bo’yli bug’doy (T. sompactum), yumshoq bug’doy (T. ayestivum), qattiq bug’doy (T. durum), turgidum (T. turgidum) turlari yetishtirilganligini ko’rsatadi. Markaziy Osiyo dunyodagi bug’doylarning gen markazlaridan biri hisoblanadi.
Bug’doy donini yetishtirish va maydoni bo’yicha Rossiya jahonda boshqa mamlakatlar qatorida yetakchi o’rinni egallaydi. Yirik ishlab chiqaruvchi mamlakatlarga AQSh, Kanada, Argentina, Avstraliya ham kiradi. Ko’p miqdorda bug’doy doni Meksika, Braziliya, XXR, Xindiston, Yevropa mamlakatlaridan Fransiyada ishlab chiqiladi.
Qattiq bug’doy ekini Italiya, Jazoir, Suriya, Turkiya, Iroq, AQSh, Kanada, Meksika va Argentinada rivojlangan.
Bug’doy yangi ekin bo’lgan tritikaleni hosil bo’lishida ota–ona o’simliklarining biri bo’lib, u ham hashaki, ham oziq–ovqat xo’raki ahamiyatga ega.(Jumaxonov M,Parpiyev S.1997).
Bug’doy yer yuzida eng ko’p tarqalgan va qadimiy ekin. Arxeologlarning ma’lumotlari Kichik Osiyoda bug’doy 8000 yil oldin o’troq yashaydigan aholining muhim oziq-ovqat mahsuloti bo’lganligidan guvohlik beradi. Iroq, Misr, Xitoy, Shimoliy Mesopotamiya eng qadimiy bug’doy ekiladigan mintaqalarga kiradi. Markaziy Osiyoda uni eramizdan oldin VII minginchi yillarda neolit davridan boshlab yetishtira boshlagan. Bu davr Jayxun dehqonchilik madaniyati nomi bilan ma’lum. (V. Ya. Masson, 1971). Eramizdan oldin VII-V ming yillarda Kopet-dog’ tizmalari tarmog’i va Qoraqum barxanlari o’rtasidagi tekisliklarda boshoqli don ekinlari shu jumladan bug’doy faqat atmosfera yog’ingarchiliklaridan foydalanib, sun’iy sug’orishsiz o’stirilgan.
O’zbekistonga Rossiya va boshqa chet mamlakatlardan keltirilayotgan bug’doylar, respublikamizda yetishtirilayotgan bug’doylarga nisbatan oqsil va kleykovinaning miqdori hamda sifati pastligi bo’yicha farq qiladi. Ayniqsa, O’zbekistonning lalmikor sharoitida o’stirilgan bug’doylar yuqori quyosh energiyasi va samarali harorat ta’sirida ko’p va sifatli oqsil, kleykovina to’playdi.
Mamirov N.M. 2000-2003 yillarda kuzgi muddatda ekilgan bugdoy navlarining don sifat ko’rsatkichlarni taqqoslab o’rganish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. amalga oshirmoqda.
IKARDA va SIMMIT xalqaro Markazlari va AQSh ning “Section” loyihasi asosida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari shular jumlasiga kiradi. Jahonda don yetishtirish bo’yicha ma’lumotlar jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |