Piyodalar yo‘lakchasining bitta harakat yo‘lkasining me’yoriy o‘tkazish qobiliyati qiymatlari
Piyodalar kommunikatsiyalari elementlari
|
Bir yo‘lkaning o‘tkazish qobiliyati, piyoda/soat
|
Qizil chiziq bo‘ylab do‘konlar mavjud bo‘lgan holda
|
700
|
Do‘konlardan ko‘kalamzorlashtirilgan tasmalar bilan ajratilgan holda
|
700–800
|
Ko‘kalamzorlashtirilgan kengliklar oralig‘ida bo‘lgan holda
|
800–1000
|
Sayr qilishga mo‘ljallangan va piyodalar yo‘llarida
|
600–700
|
Qatnov qismini bir sathda kesib o‘tish joylarida
|
1200–1500
|
Ko‘p aholi yashaydigan punktlarda piyodalar o‘tish joylari 300 m masofadan kam bo‘lmagan joylarda o‘rnatiladi. Aholi punktining uzunligi 0,5 km dan katta bo‘lmasa ikkita o‘tish joyi belgilanib, ular orasidagi masofa 150-200 m olinadi. Piyodalar o‘tish joylari yaxshi jihozlanib, kamida 150 m masofadan haydovchilarga yaqqol ko‘rinib turishi kerak.
Harakat xavfsizligini oshirish maqsadida aholi yashaydigan punktlarda transport vositalari va piyodalarning harakat miqdoriga qarab piyodalar o‘tish joylarining jihozlanish darajasi o‘zgarib boradi. «Zebra» tipidagi piyodalar o‘tish joyi yo‘llarda avtomobillarning harakat miqdori 200 avt/soat va undan yuqori bo‘lganda, piyodalar yig‘ilib, yo‘lni kesib o‘tadigan joylarda o‘rnatilishi ko‘zda to‘tiladi.
Yer osti maydoni. Shahar ko‘cha-yo‘llari va shahar hududi yer osti maydonida piyodalar va transport vositalari uchun tonnellar hamda yer osti muxandislik inshoatlari, shuningdek avtoturargoxlar joylashtirilishi mumkin.
Piyodalar harakatining transport vositalari harakatiga ta’sirini umuman yo‘q qilish uchun piyodalar yo‘l o‘tkazgichi yoki tonnellari qurish maqsadga muvofiq.
Piyodalar yo‘l o‘tkazgichlari yo‘l qatnov qismining tepasidan o‘tkazilsa, qurilish oson va arzonga tushadi. Lekin piyodalar undan kam foydalaniladilar, chunki yo‘l sathidan 5-6 m balandlikka ko‘tarilib, so‘ngra yana qayta tushishlari kerak. Shu sababli piyodalar yo‘l o‘tkazgichi asosiy yo‘l o‘ymadan o‘tganda yoki yo‘lning harakat bilan yuklanganlik koeffitsienti juda yuqori (0,7-0,9) bo‘lganda iqtisodiy jihatdan foydali hamda piyodalar foydalanishi yuqori bo‘ladi.
Yer osti piyodalar tonnellari piyodalar tomonidan nisbatan ko‘p foydalaniladi, chunki yer osti tonnellarining balandligi 2-2,5 m dan oshmaydi va piyodalar tushib-chiqishi yo‘l o‘tkazgichlariga nisbatan 2 marta oson bo‘ladi. Lekin tonnellar qurilishi jihatidan bir muncha murakkab va qimmat bo‘ladi.
Piyodalar yo‘l o‘tkazgich va tonnellar qurilgan joylarda tartibsiz yurishlarini kamaytirish maqsadida yo‘l o‘qi bo‘yicha yoki ajratuvchi polosada 2-gruppa yo‘l to‘siqlarini yo‘lning har ikki tomoniga 50-100 m masofaga (harakat miqdoriga qarab) o‘rnatish zarur.
Avtomobillarni yopiq yoki ochiq holda saqlash, ko‘p hollarda kichik hajmdagi texnik xizmat ko‘rsatish (TXK), ayrim hollarda ko‘p iste’moldagi ehtiyot qismlar bilan ta’minlash bilan shug‘ullanuvchi sub’ekt. Maxsus avtosaqlash joylari butun mamlakat hududi bo‘ylab shaharlar va qishloqlardagi magistral yo‘llarning yoqalari, aholi zich yashovchi mavzelar, bozorlar, mehmonxonalar, temiryo‘l, avto va aerovokzallar yonlaridagi maydonlarda joylashgan bo‘ladi. Avtomobil saqlash joyi yer osti va yer usti qavatlardan tashkil topgan, boshqa binolarga yondoshgan yoki yoniga qurilgan, yer sathidan past yoki baland, shu jumladan, binolarning tagida, yer ostida, yerto‘la, sokol yoki pastki yer usti qavatlarida bo‘lishi hamda maxsus jihozlangan yer sathidagi ochiq maydonchalarda joylashishi mumkin.
Yer osti avtomobil saqlash joyini ko‘cha, maydon, saylgoh hududi tagiga ham qurishga ruxsat etiladi.
Siqilgan tabiiy gaz va suyultirilgan neft gazlarida ishlovchi dvigatelli avtomobillar uchun saqlash joyini boshqa binolarga ulash hamda yer sathidan pastga joylashtirish ruxsat etilmaydi. Yer usti avtomobil saqlash joylari 9 qavatdan va yer osti avtomobil saqlash joylari esa pastki 5 qavatdan oshmasligi lozim. Saqlash joylarida navbatchi va xizmatchi xodimlar uchun xonalar, g‘azna, nazorat joylari, nozimxona, muhandislik jihozlari, hojatxona, mijozlar qo‘l yuki uchun omborlar, telefon va lift mo‘ljallanishi mumkin. Yo‘lovchi liftiga nogironlik aravachasi kira olishi talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |