Piyodalar mintaqasi. Shaharning transport infratuzilmasining turli unsurlarini (elementlarini) loyihalashda piyodalar uchun zarur infratuzilmalarni barpo etishga alohida e’tibor berish lozim. Bunda asosiy maqsad – piyodalar uchun bu infratuzilmadan imkon qadar qulay va xavfsiz foydalanish sharoitini yaratish kerak, ya’ni jamoat transportining to‘xtash joylari, metro va temir yo‘l stansiyalari, turli xil jamoat to‘planadigan joylar (turli yo‘nalishli ishchi, savdo, madaniy, ko‘ngilochar va sport markazlari, vokzallar, transportning biridan ikkinchisiga o‘tish joylari) va shunga o‘xshash tuzilmalar piyodalar uchun qulay qilib joylashtirilishi kerak va ularga yetib olishda kiyinchiliklar bo‘lmasligi kerak.
Shaharda piyodalar harakatini tashkil etish, go‘yoki oddiy ko‘rinisa ham, aslida ancha murakkab va keng ko‘lamli vazifadir. Bunda birinchi navbatda piyodalar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini tashkil etish lozimdir.
Piyodalar piyodalar harakati uchun zarur bo‘lgan shahar ko‘chasidaga unsur (element) hisoblanadi. Ular shahar hududida piyodalar harakatini va aloqalarini amalga oshirishni ta’minlovchi asosiy piyodalar kommunikatsiyasiga mansubdir.
Piyodalar yo‘lakchasi barcha shahar ko‘chalari turlarining ko‘ndalang kesimlariga kiritilishi lozim – shahar ahamiyatidagi magistral, mahalliy ahamiyatdagi ko‘chalar, kvartallar ichidagi va mahallalar ichidagi ko‘chalarda ham.
1-jadval
Ko‘chalarning turlariga ko‘ra piyodalar yo‘lakchasining me’yoriy kengliklari qiymatlari.
Ko‘chaning tasnifi (kategoriyasi)
|
Piyodalar yo‘lakchasining me’yoriy kenliklari
|
Umumshahar ahamiyatidagi magistral ko‘cha:
uzluksiz harakatli boshqariluvchi harakatli
|
4,50–5,00
3,00
|
Tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalar
|
2,25–3,00
|
Mahalliy ahamiyatdagi ko‘cha va yo‘llar
|
1,50
|
O‘tish yo‘llari (Proezdы)
|
1,50
|
Piyodalar yo‘lakchasi va boshqa piyodalar kommunikatsiyalarini kengligini quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
(1)
Bu yerda; b1 – piyodalar harakatlanuvchi bir yo‘lkaning standart kengligi (0,75 m);
Nf – ikkala yo‘nalish bo‘yicha piyodalar harakati jadalligi umumiy qiymati, piyoda/soat;
k – piyodalar harakati jadalligining kelajakdagi o‘zgarishini hisobga oluvchi koeffitsient;
R – piyodalar yo‘lakchasining bitta harakat yo‘lkasining me’yoriy o‘tkazish qobiliyati, piyoda/soat.
Piyodalar yo‘lakchasilarning bo‘ylama qiyaliklari 60‰ dan, tog‘li joylarda esa 80‰ dan oshmasligi kerak. Bunday qiyalikli joylarning uzunligi 300 m dan oshmasligi kerak.
Jismoniy jihatdan imkoniyatlari cheklangan insonlar aravachalarda harakatlana olishini inobatga olgan holda trotuarlarning bo‘ylama qiyaligini 40‰ dan oshmasligi tavsiya etiladi.
Shahar tipidagi aholi yashaydigan punktlarda trotuar asosiy yo‘lga parallel ravishda 10-20 sm ko‘tarilgan holda quriladi.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |