3 - rasm. Ilashish (ishqalanish) koeffitsientlarining qiymatlari turlicha bo‘lganida harakatlanish polosasining nazariy o‘tkazish qobiliyati:
1 - (5.6) tenglama bo‘yicha; 2 - (5.7) tenglama bo‘yicha.
Ikkinchi faraz oldingi va orqadagi avtomobillarning holati va tormozlash rejimi bir-xil degan (Korq= Kold) shartdan kelib chiqadi. Bu xolda:
(6) va (7) tenglamalar qatnov qismining bir polosasidan tartibli harakatlanish sxemasiga asoslangan bo‘lib, yo‘ldagi turli avtomobillarning turli tezliklar va o‘zib o‘tishlar bilan harakat qilib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun halaqitlar sodir qilishini hisobga olmaydi.
Harakatlanish jadalligi ortishi bilan avtomobillarning o‘zaro halaqitlari ortadi va oqimning o‘rtacha tezligi pasayadi (4– rasm), va ikkita harakatlanish polosasi bo‘lgan yo‘llar uchun aralash harakatlanish tarkibida quyidagi empirik bog‘liqlikga bo‘ysinadi:
bu yerda; Jo - halaqitlar bo‘lmaganda yakka avtomobilning harakatlanish tezligi, u yo‘l va ob-havo sharoitlariga bog‘liq;
N - xar ikki yo‘nalishda harakat jadalligi yig‘indisi, avt/soat;
a - tezlikning pasayish koeffitsienti, u harakatlanish tarkibiga bog‘liq;
4- rasm. Yo‘ldagi o‘rtacha tezlikning harakat jadalligiga bog‘liqligi:
1 - faqat yengil avtomobillar; 2 - aralash transport oqimi.
Prof. V.V. Silyanov ma’lumotlariga ko‘ra transport oqimi tarkibidagi yengil avtomobillar 20% bo‘lganida a = 0,016, 50% bo‘lganida 0,012 va 80% bo‘lganida 0,008 ga teng.
Bu xol tenglamadan foydalanishni cheklab qo‘yadi, chunki avtomobil oqimining aniqlanadigan o‘tkazish qobilyatiga mos keladigan o‘rtacha tezligi ayni bir vaqtda tenglamani ham qanoatlantirishi kerak.
Xulosa
Shahar yo‘l-transport tarmoqlarini rejalashtirishning asosiy maqsadi va vazifalari bu shaharlardagi transport muammolari: ko‘cha va yo‘l tarmoqlarini kuchli yuklanish bilan ishlashi, shahar yo‘llarida transportlarni o‘tkazish qobiliyatini pasayishi, aholini avtotransportlardan foydalanishida ko‘p vaqt sarflashi hamda shahar hududida yangi yo‘llarni qurish uchun hudud muammolarini o‘rganib, tahlil etish hamda shahar yo‘llari va ko‘chalari tarmog‘ini loyihalashda shahar transportining ta’siri, yo‘llardan suvni chetlatish tarmoqlarini loyihalash, shahar hududi sharoitlarini hisobga olgan xolda muhandislik yer osti tarmoqlarini loyihalash, yo‘llarda xavfsiz harakatni tashkil etishdan iboratdir. Yangi shaharlarni rejalashtirishda aholi uchun eng yaxshi qulayliklar yaratishdek asosiy tamoyildan kelib chiqiladi. Yangi shaharlarni rejalashtirish, mavjud shaharlarni rivojlantirish va qayta qurish kabi, sanoat, transport aloqalarini joylashtirishni, turar joy mavzelari uchun eng yaroqli uchastkalar tanlashni va yashil massivlar yaratishni har tomonlama o‘rganishga asoslanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
SHNQ 2.05.02-2007 «Avtomobil yo`llari» Toshkent, 2007 yil.
QMQ 3.06.03-97 – Avtomobil yo`llari
Juravlev I.P., Lapshin P.A.Kamenshik / E. Yusupyants. - 2. - Rostov n/a.: Feniks (nashriyot uyi), 2000.- 416 b. - (Boshlang’ich kasb-hunar ta’limi). - ISBN 5-222-03437-2. GOST 530-2012.
Q.M. Inoyatov, M.A. Mamajonov. “AVTOMOBIL YO’LLARIDA HARAKATNI XAVFSIZ TASHKIL ETISHDA SUN’IY INSHOOTLARNING ROLI” uzacademia scientific-methodical journal republican number 3 on the subject «Increasing the innovative activity of youth, improving the spirituality and achievements in science» collection of materials august 31, 2020 part 12 pages 539-541
M.M. Ergashev, M.A. Mamajonov, M.F. Xolmirzayev. “AUTOMATION AND MODULATION OF HIGHWAYS IN GIS SOFTWARE” «Theory and practice of modern science» №5 (59) 2020 UDK: 528. 48. (575.192)
Mamajonov Murodjon, Kholmirzayev Mirzohid, Inayatov Qahramon “DESIGN A SMART PEDESTRIAN CROSSING” ЭЛЕКТРОННОЕНАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКОЕ ПЕРИОДИЧЕСКОЕИ ЗДАНИЕ «Экономикаисоциум» №6(85) (июня, 2021). http://www.iupr.ruУДК 004.02:004.5:004.9 ISSN 2225-1545
Mukhammadyusuf Ergashev, Valisher Abdurakhimov “The use of basic gps stations, which are situated in Namangan, in the field of automobile roads”, https://www.iupr.ru/5-72-2020 журнал “Экономика и социум" №5(72) 2020.
Do'stlaringiz bilan baham: |