Kirish 1-test Quyidagi ta’rif qaysi tilga nisbatan aytilgan? «Xuddi bir guruh mutaxassislar birgalashib ishlab chiqqanday»



Download 3,89 Mb.
bet46/82
Sana28.04.2022
Hajmi3,89 Mb.
#588905
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82
Bog'liq
1. Testlar to\'plami (2)

ALOHIDA SO‘Z TURKUMLARI


1-test

1. Haydash undovi qatnashgan so‘z qaysi gap tarkibida qatnashgan?


A) O‘h-ho‘, muncha muzdek? (O‘. Umarbekov)
B) Iya, bularni nima qilasan? (Said Ahmad)
C) Qo‘y, yig‘lama, ey baxshi. (M. Toirov)
D) – Shoshma, Qorako‘z, shoshma. . . Drr! Ana bo‘ldi, ketdik. – Chu, birodar. (O‘. Ho-shimov)

2. Undovlar ma’nosiga ko‘ra nechaga bo‘linadi?


A) bo‘linmaydi B) ikkiga C) uchga D) to‘rtga

3. Qaysi qatorda his-hayajon undovi mavjud ?


A) – Xo‘sh, ishlar yaxshimi, Hotamjon? – so‘radi Mirsidiq aravacha yonida bitta-bitta odim bosib borishar ekan. (O‘. Umarbekov)
B) Faryodim, fig‘onim bir jahon, Ey muhtaram shoir, izladim, keldim. (S. Dolimov)
C) Abduqodir «tss» deb barmog‘ini labiga qo‘ydi. (O‘. Umarbekov)
D) Dastlab ular Umidjonni ko‘rganda pisandsiz: «E, bu mishiqi bola-ku», – deyishar, biroq uning ertaklarini eshitgach, «Yo‘q, bu bola emas, dunyo ko‘rgan chol ekan», – deya tan berib ketisharkan. (N. Aminov)

4. Qaysi gapdagi undov otlashmagan?


A) – Hay, shoshma, – dedi Zebi. (Cho‘lpon)
B) Hoy, nima balo bo‘ldi senga? – deb alangladi Inoyat oqsoqol. (Said Ahmad)
C) Voy, nimalarni o‘ylayapman men? (Asqad Muxtor)
D) Hay ,– dedi Ma’suma beka, – shu payt bu chiziqlaringiz kimning q’ulog‘iga kiradi! (Mirmuhsin)

5. Tinish belgisi xato qo‘llangan javobni belgilang.


A) Oh, qanday go‘zal bu olam!
B) Oh zolim falak, yiqil boshimga! (Uyg‘un, I. Sulton)
C) Uf!.. – dedi Xatira xola. (Abbos Muhiddin)
D) Ey, qotil, nega shunday katta azim terakni nobud qilding? («El desa Navoiyni» kitobidan)

6. Sodda undov berilgan qatorni toping?


A) – Ey-voy, yeb bo‘pti, Ko‘kyol deydilar uni! – dedi Isoy bobo kuyib-pishib. (N. Fozilov)
B) – Voy-bo‘, – deb yubordi u. – Yerimiz muncha chiroyli! Globusning o‘zginasi-ya! (A. Bo‘riboyev)
C) - O‘h-ho‘, – dedi Hayitvoy qo‘rqqanidan ko‘zlari ola-kula bo‘lib. (X. To‘xtaboyev)
D) Oh, bizning odamlar, dilkash odamlar ... (S. Zunnunova)

7. Qaysi gapda undov soʻz kesimni shakllantirgan?


A) – Ur-re-e-e! – u boychechakni qo‘lida hilpiratib, toychoqdek shataloq otib edi. (A. Ko‘chimov)
B) – E, juda ajoyib ekan-ku, – dedi Elmurod ajablanib. (Parda Tursun)
C) Eh-ha, nima uchun o‘rmonda bunaqa g‘ala-g‘ovur, tartibsizlik desam, sababi bu ekan-da, – deb o‘yladi Ko‘rqush. (B. Norboyev)
D) Och qoldingmi, a? Voy, sen-ey, – deya Chuchuk uloqchaning shalpangquloqlaridan tortqilab qo‘ydi. (S. Mingnorov)

8. Qaysi qatorda juft undov mavjud?


A) Boshoq tortmasdan bug‘doy Yeb qo‘yibdi qo‘y, – Ey-voy. (O. To‘xtaliyev)
B) Voy to‘ymagur, berib yubording-a, o‘z ko‘nglingda sen ham uloqchisan-da!» ... deb har xil tovushda baqirishadilar. (Abdulla Qodiriy)
C) – O‘, ma’lumotli ekansiz-ku! (X. To‘xtaboyev)
D) Men yetim o‘sganman, oh u yetimlik. Voy bechora jonim desam arziydi. (G‘. G‘ulom)

9. Gap o‘rtasida kelgan undov qaysi gapda ekanligini aniqlang


A) Hey, menga qara, Gulchehra, – dedi u. (O. Yoqubov)
B) Hammasi o‘tkinchi, xo‘sh, nima o‘tmas? (M. Toirov)
C) Ey Luqmoni Hakim, sening Dong‘ing tutdi olamni, Bag‘ri keng-ku ilmning, Shogirdga ol bolamni. (Mirmuhsin)
D) Hay usta – dedi Ma’suma beka, – shu payt bu chiziqlaringiz kimning qulog‘iga kiradi! (Mirmuhsin)

10. Hey, tss, oh, uh, e, chu, o‘h-ho‘, voy, iya, kisht, hoy, voh, pish-pish


His-hayajon undovi boʻla oladigan undovlarning soni nechta?
A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta

11. Harflarining soni boshqalaridan koʻra koʻproq boʻlgan taqlid qaysi qatorda berilgan?


A) Namoz g‘azabi oshib, dag‘-dag‘ qaltiray boshladi. (X. To‘xtaboyev)
B) Namiqqan shuvoqlar oldin to‘xtab yaxshi yonmasa ham, keyinroq chars-churs uchqun sochdi-da, axiyri gurullab ketdi. (O.Yoqubov)
C) Endi, ehtimol, dir-dir qaltiragan bolalar yuk ko‘tarishga yaramas edi, yaxshiyam Qo‘chqor bor ekan, kutilmaganda ajoyib bir ish qildi. (O. Yoqubov)
D) Boshidagi toj yal-yal yonarmish. (N.Aminov)

12. Otlashish haqida noto‘g‘ri hukmni toping.


A) Alohida so’zlarning barchasi, mustaqil so’zlarning uchtasi, fe’lning vazifa shaklidan bittasi otlashish xarakteriga ega.
B) Otlashishda egalik yo kelishik shakli muhim ahamiyatga ega.
C) Otlashgan so’z ot so’z turkumiga ko’chadi.
D) Hech qanday qo’shimchaga ega bo’lmagan so’z ham otlashgan bo’lishi mumkin.

13. Tinish belgisi turli joyda kela oladigan (modal singari) sintaktik birlik nima?


A) undov B) undalma
C) izofali birikma D) ega

14. Taqlid va undov so‘z qaysi gapda ishtirok etgan?


A) Qo‘qqisdan o‘rmon kaptarlari g‘uvg‘uvlab qolishibdi: g‘uv, g‘uv, g‘uv. (X. Andersen)
B) Yum-yumaloq qosqonim Baka-baka-bum. Bo‘ynimda mis marjonim Baka-baka-bum. (A. Obidjon)
C) Dildorning yuragi duk-duk urardi. (Said Ahmad)
D) Tezda chaynadi u, Loy ekan, vuy, tfu, tfu. (H. Rahmat)

15. Gumbur-gumbur, chars-churs, shitir-shitir, taq-tuq, ship, tars, qirs, yarq-yurq, yilt-yilt, duk-duk.


Berilgan so‘zlarda nechta taqlid ayrim tovush o‘zgarishi bilan takrorlangan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta

16. Gumbur-gumbur, chars-churs, shitir-shitir, yarq-yurq, qiy-chuv, yilt-yilt, tingʻir-tingʻir


Berilgan so‘zlardan nechtasi faqat holat(obraz)ga taqlid so‘zlar sanaladi?
A) 2 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 1 ta

17. Sodda tuzilishli taqlid qaysi qatorda mavjud?


A) Shunday bo‘lsa ham, vujudini tutgan qalt-qalt titroqni bosib hazilomuz qichqirdi. (O. Yoqubov)
B) Jigarim otashga tegardi jiz-jiz. Sochlarim oqargan shunda ehtimol. (S. Zunnunova)
C) Paq-puq, otdim, yiqil, – deb, Dushman tan olmas: – O‘qing Qiyshiq ketdi, – deb nuqul. (H.Imonberdiyev)
D) Qo‘qqisdan o‘rmon kaptarlari g‘uv-g‘uvlab qolishibdi: g‘uv, g‘uv, g‘uv. (X. Andersen)

18. Gumon ma’nosini beruvchi vazifadosh modal qaysi gapda qatnashgan?


A) Afsuski, rejadagi ishlar ko‘ngildagidek bajarilmadi.
B) Kanizak, buni aytmoqchi emas edi, shekilli, noiloj «ha» dedi. (A. Qahhor)
C) Xayriyat, daraning oxiriga yaqinlashgan sayin asov soy sayozlashib, muz tobora yupqalashib bordi-yu, nihoyat qoyatoshlar chekinib, yaylov ko‘rindi. (O. Yoqubov)
D) Ehtimol, ertalab o‘ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir. (O‘, Hoshimov)

19. Bir o‘rinda verguli tushirilgan modalli gapni toping?


A) Ehtimol, ertalab o‘ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir. (O‘. Hoshimov)
B) Lekin, chamasi, kursdoshlar orasida yolg‘izlanib qolish, ming bir ta’nalarni eshitishdan ham qo‘rqdim, shekilli. (Sh. Xolmirzayev)
C) Xullas, Umidjon deyarli har kuni bitta yangi, ibratli ertak o‘ylab topib, buvisiga so‘zlab beradigan bo‘libdi. (N. Aminov)
D) Bozorga borib, balki biroz un sotib olarmiz.

20. Aytayotgan fikrga soʻzlovchining yakuni mazmunidagi modal qaysi gapda mavjud?


A) Ehtimol, ertalab o‘ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir. (O‘. Hoshimov)
B) Lekin, chamasi, kursdoshlar orasida yolg‘izlanib qolish, ming bir ta’nalarni eshitishdan ham qo‘rqdim, shekilli. (Sh. Xolmirzayev)
C) Xullas, Umidjon deyarli har kuni bitta yangi, ibratli ertak o‘ylab topib, buvisiga so‘zlab beradigan bo‘libdi. (N. Aminov)
D) Kanizak, aftidan, shuni aytmoqchi emas edi,shekilli, noiloj «ha» dedi. (A. Qahhor)

21. Modalning quvonch ma’nosini beruvchi turi qaysi gapda qatnashgan?


A) To‘g‘ri, qishloq tomonga bir-ikki qadam bosdim.
B) Avvalo, insonning qalbi go‘zal bo‘lmog‘i kerak.
C) Xayriyat, odamlarimizga insof va diyonat qaytib kelmoqda.
D) Xullas, biz ulug‘ odamlarning farzandlarimiz.
(A. Oripov)

22. Fikrni tartiblashda ishlatiladigan modal qaysi qatorda qo‘llangan?


A) Xullas, ana shu ajriqzordan sal o‘tgandan keyin qishloqcha boshlanadi. (Sh. Xolmirzayev)
B) Abduqodirning ham tomog‘iga bir narsa kelib tiqildi, shekilli, gapirolmadi. (O‘. Umarbekov)
C) Opangiz «ukam qaynanasini boqib yotipti» deb o‘ylaydi shekilli-da! (Abdulla Qahhor)
D) Lekin Me’morning, avvalo, raiyat, qolaversa, saltanat oldidagi mavqeyi, Xuroson-u Movarounnahrdagi shuhrati unga qarshi keskin chora ko‘rishga yo‘l qo‘ymas edi. (Mirmuhsin)

23. Vazifadosh modal qaysi gapda qatnashgan?


A) Xullas, ana shu ajriqzordan sal o‘tgandan keyin qishloqcha boshlanadi. (Sh. Xolmirzayev)
B) Abduqodirning ham tomog‘iga bir narsa kelib tiqildi, shekilli, gapirolmadi. (O‘. Umarbekov)
C) Shubhasiz, biz g‘olib chiqamiz
D) Lekin Me’morning, avvalo, raiyat, qolaversa, saltanat oldidagi mavqeyi, Xuroson-u Movarounnahrdagi shuhrati unga qarshi keskin chora ko‘rishga yo‘l qo‘ymas edi. (Mirmuhsin)

24. Vazifadosh modal qaysi gapda qatnashgan?


A) Haqiqatan ham, ko‘rshapalaklar qushlar bilan hayvonlar orasidagi jonivorlardir. («Gulxan»dan)
B) Xullas, shunday edi olam va ishlar Seni tanimagan
paytlar. (Asqad Maxtor)
C) Darhaqiqat, chang-to‘zon ancha narilab, Karki tomonga ketardi. (Mirmuhsin)
D) Me’morning xayol surib giyohvandlardek qotib qolganini ko‘rgan Xorunbek, bosh chayqab, ustod ba’zan shunday holga tushib qolarmikan, bu, ehtimol, achchiq alamning oqibatidir deb o‘ylardi. (Mirmuhsin)

25. Modal soʻz qatnashmagan gapni aniqlang.


A) Albatta, o'ylamasdan berilgan topshiriqni bajarish shart emas.
B) Siz bilan suhbatlashishdan oldin shu qarorga kelgan edim.
C) Demak, tushuntirishga hojat yo‘q.
D) Avvalo, topshiriqni vijdonan bajar.

26. – Yaxshi, yaxshi, barakalla, juda ham quruq kelmagandursan, biror ishing bordur, xo‘sh, nimaga kelding?


Tagiga chizilgan soʻz turkumini toping.
A ) taqlid B) modal
C) yuklama D) undov

27. Boyning yig‘lab kelishini uy ichlari eshitib, ular ham «bir balo bo‘lipti, shekilli», deb uydan yig‘lab chiqa boshladilar.


Tagiga chizilgan soʻz turkumini toping.
A) taqlid B) modal C) yuklama D) undov

28. Yo‘q, men uxlamasligim kerak, dedim o‘zimga o‘zim. Keyin gurs etib o‘rnimdan turib sal ichkariroq kirdim.


Tagiga chizilgan soʻz qaysi soʻz turkumiga oid?
A ) sifat B) modal C) taqlid D) fe᾽l

29. – Oyijon! – deb qichqirdi Mirobiddinxo‘ja.


– Ovozingni o‘chir! – boshidan xumning ichiga bosdim.
– A! – Mirobiddinxo‘janing ko‘zi xuddi jon berayotgandek ola-kula bo‘lib ketdi. – Sen kimsan o‘zi, ayt, kimsan?
– Men Azroyilman.
Tagiga chizilgan birlik haqida toʻgʻri hukmni aniqlang.
A) undov soʻz B) shunchaki harf
C) taqlid soʻz D) ma᾽no bermaydigan tovush

30. Obbo o‘g‘lim-ey, obbo taylog‘im-ey, – deb qo‘ydi.


Tagiga chizilgan soʻz turkumini toping.
A) undov B) yuklama
C) taqlid D) modal


2-test

1. Atash ma’nosiz so‘zni toping.


A) vizillab B) tetik C) million D) labbay

2. Modal so‘zga sinonim bo‘la oladigan iborani toping.


A) turgan gap B) uchiga chiqqan
C) yer bilan osmoncha D) yeng ichida

3. Takroriy taqlid qatnashgan gapni toping.


A) Sharshara shov-shuv qilib pastga otilardi.
B) Endi oh-vohdan ma’ni yo’q.
C) Paxtadan tap-tup etgan ovoz chiqardi.
D) Kuchukning g’ing-shingi kechasi bilan tinmadi.

4. Tabiiy tovushlar (inson tovushlari emas) qaysi so’z turkumiga oid so’zlar hisoblanadi?


A) undov B) ot
C) taqlid D) ravish

5. Qaysi qatorda modal so’zlar berilmagan?


A) nihoyat, esiz B) avvalo, chamasi
C) taxminan, birinchidan D) essiz, atang

6. – Be, shu ham gap ekanmi! Yaxshilab quloq sol, mening tumshug‘imga diqqat qil. Qisqasi, men nima qilsam, sen ham shunday qil.


Tagiga chizilgan soʻz qaysi turkumga oid?
A) undov B) yuklama C) taqlidD) modal

7. Taqlid qatnashgan gapni aniqlang.


A) Birovning oldiga borib «vov-vov» qilib hursa, podshoh gunohkorni yetmish ikki darra urdirar ekan. (N. Aminov)
B) To‘rtta savag‘ich bilan tap-tap urib, par singari qilib titibdi. (Oydin)
C) Ey Luqmoni Hakim, sening dong‘ing tutdi olamni, Bag‘ri keng-ku ilmning, Shogirdga ol bolamni. (Mirmu0hsin)
D) Kanizak, aftidan, shuni aytmoqchi emas edi, shekilli, noiloj «ha» dedi. (A. Qahhor)

8. Toʻgʻri hukmni toping.


A) Undovlar ma’nosiga ko‘ra toʻrt guruhga bo‘linadi.
B) Undovlar undalmalardan oldin kelganda undovdan keyin vergul qo‘yiladi.
C) Undovlar otlasha oladi.
D) Undovlar shaxs va narsalarning his-hayajonini anglatib kelishi mumkin.

9. Demak, men bu yerda giyohvandlarning choy tashuvchisi, chilim soluvchisi, Hojiboboning yugurdagi, farroshi boʻlib qolar ekanman.


(Gʻ. Gʻulom)
Yuqorida berilgan gapda qatnashgan modalning ma᾽no turini toping.
A ) fikrning dalillanishi B) fikrning tartibi
C) fikrni xulosalash D) achinish

10. His-hayajon undovi qatnashgan gapni toping.


A) Abduqodir «tss» deb barmog‘ini labiga qo‘ydi.(O‘. Umarbekov)
B) Hey, menga qara, Gulchehra, – dedi u. (O. Yoqubov)
C) Ey Luqmoni Hakim, sening dong‘ing tutdi olamni, Bag‘ri keng-ku ilmning, Shogirdga ol bolamni. (Mirmuhsin)
D) Oh, qanday go‘zal bu olam!

11. Qars-qurs, lip-lip, tars, yilt-yilt, ship, yarq, g‘a-g‘a, g‘iyq.


Ushbu soʻzlarning soʻz turkumini toping.
A) modal B) sifat C) taqlid D) undov

12. Aftidan, ehtimol…kabi soʻzlar necha xil soʻz turkumi boʻla oladi?


A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

13. Undov soʻz qatnashgan gapni toping.


A) So‘yla, gulim.Yashirmagil nedirsa darding//Yaralanmish yurak, nechun qizarding? (Fitrat)
B) Uch qadamcha narida Umar aka jiyronni jilovidan tutib turardi. (0‘.H.)
C) Bashirjonning xumkallasi, ko‘ksiga solingan kichik, ensiz baqbaqasi ikki buklanib, osilib turardi. (N, A.)
D) E, akillay berasan-da, Safar,-dedi bo‘qoq. - Biz nima deyapmiz-u, sen nima deyapsan! (A. Qod.)

14. Nogoh kayfi uchkay kelsa agar taraqlab,



Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish