Kirish 1-test Quyidagi ta’rif qaysi tilga nisbatan aytilgan? «Xuddi bir guruh mutaxassislar birgalashib ishlab chiqqanday»



Download 3,89 Mb.
bet43/82
Sana28.04.2022
Hajmi3,89 Mb.
#588905
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82
Bog'liq
1. Testlar to\'plami (2)

ISMLAR BO‘YICHA


1-test

1. Ko’zoynak, bilak, tilak, ko’rshapalak, chelak, parrak, ko’prik, tuk, oppoq, yuk, so’roq, buyruq, sog’lik, ittifoq, huquq, axloq, yurak, terak, elak, kurtak, varaq, taroq, tirnoq, qiliq.


Yuqoridagi misollarga egalik shakli qo’shilgach, nechtasining asosida tovush o’zgarishi yuzaga kelmaydi?
A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 2 ta

2. Qaysi maqolning barcha so’zi ismlarga oid so’zlar sanaladi?


A) Sinalmagan otning sirtidan o’tma!
B) Maqtanma g’oz, hunaring oz!
C) O’ylamay qilingan ish,
Boshga keltirar tashvish.
D) Aybsiz do’st axtargan do’stsiz qolishi aniq.

3. Yaratish zavqidan sipqorgin to ‘yib,


Kelajak poyiga baxsh etgin jonni,
Ozodlik, obodlik baxtini suyib,
Boshingga ko’targin 0 ‘zbekistonni.
Ismlarga oid so‘zlar sonini toping.

4. Ilm egallashda haddingizni bilmay, lekin ilmlilardan ilmli bo’lmoqchi bo’lsangiz, haddingizni bilib o’qing. Orqadamisiz, buning hisob-chamasini olib oling.


Nechta so‘z qolipida?


A) 3 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 5 ta

5. Qaysi gapda tovush almashinishi lug‘aviy shakl yasovchi morfema bilan bog’liq?


A) «Daraxtni yer ko’kartiradi, odamni - el», - deydi dono xalqimiz.
B) Kechikib ekilgan g’alla ham, chigit ham, keyin berilgan ishlovlarga qaramay, yaxshi unmadi.
C) Palov yeyildi, ayron ichildi.
D) U qishlog’ida akalari bilan ariq qazib, suvsiz cho’lga suv chiqaribdi.

6. Quyidagi qaysi so’zlar chappasiga o’qilsa, egalik shakli mavjud so’zlarga aylanadi?


1) ilon; 2) marra; 3) isimoq; 4) malla; 5) inson; 6) iloh
A) 2,4,6 B) 1,2,4,5,6
C) 1,2,3,4,5,6 D) 1, 2,4,6

7. She’riy parchadagi kelishik qo’shimchalari haqida berilgan qaysi fikr to’g’ri?


Qarilik gashtini maqtashdan ko’ra,
Muxbir bolam, uni bizlardan so’ra.
Mana, biz bu gashtni surayotirmiz,
Ertalab inqillab turayotirmiz.
Og’riqdan qaqshagan belimiz silab,
Kavushimiz sudrab, chunon imillab,
Belimiz changallab yurayotirmiz,
Qarilik gashtini surayotirmiz.
A) 5 ta belgisiz, 7 ta belgili
B) 7 ta belgili, 4 belgisiz
C) 2 ta belgisiz, 8 ta belgili
D) 6 ta belgili, 3 ta belgisiz

8. Qaysi gapda ikki xil kelishik shakli belgisiz qoʹllangan?


A) Komila bir chekkada g’uj-g’uj ochilgan atirgulni hidlab, Mastura bilan gaplashayotgandi.
B) Alpomishga alla aytgan momolarim Ruhini shod etay desang, xalq bo’l, elim!
C) Hakim bobo har bir niholga alohida e’tibor berib parvarish qilardi.
D) Boshing egib, ta’zim ayla, shukrona ayt, Seni guldek erkalagan chaman uchun.

9. Qaysi gapda ikkita egalik shakli bor?


A) Qish der: – Kumush qorim bor, Kuz der: – Mevam…
B) Qorbobo yasang! Bolim bor…
C) – Gulim ko’rkam, – der bahor, – Bari senga, ol!
D) Yoz der: – Suvim beg’ubor, Bizni der har vaqt! Suz baliq misol!

10. Kelishik belgisiz qoʻllanmagan gapni toping.


A) Istiqlol bergan eng buyuk ne’mat o’zlikni anglash, milliy g’urur va oriyatni tiklash bo’ldi. (Gazetadan)
B) Biz hech kimdan kam emasmiz, agar bahamjihat bo’lib, aql-zakovatimizni to’la ishga solib mehnat qilsak, albatta, eng taraqqiy etgan mamlakatlarga yetib olamiz.
C) O‘z uying – o‘lan to‘shaging.
D) Bugun bozor borasanmi?

11. Qaysi gapdagi ot kesim grammatik vosita(bog‘lama) bilan shakllangan?


A) Bag’rim yoniq, yuzim qora, ko’nglim siniq, bo’yim bukik, sening ziyoratingga keldim, sultonim.
B) Boshimda o’ynar qamchilar, qon ko’zlarimdan tomchilar, bir benavo gul yanchilar, ozodkorim kelmasa.
C) Bolalik inson hayotining shunday poydevoriki, umr binosining keyingi bo’y-basti, salobati unga bog’liq sanaladi.
D) Eng suygan faslim – bahor.

12. (1) Bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir chol bor ekan. (2) Uning Zumrad ismli qizi bor ekan. (3) Chol bir qizi bor ayolga uylanibdi.(4) Qizining ismi Qimmat ekan. (5) O’gay ona Zumradni yoqtirmas ekan.(6) Eng og’ir ishlarni unga buyurar, qarg’ab, urarkan. (7) O’zining qizini juda yaxshi ko’rarkan, doim uni maqtagani maqtagan ekan. (8) Zumrad aqlli, chiroyli va muloyim qiz ekan. (9) Qimmat esa unga hech ham o’xshamas ekan. (10) U tantiq, qo’pol va dangasa ekan. (11)…


Necha qatorda ot kesim mavjud?
A) 7 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta

13. Jo’nalish kelishigi qaysi gapda belgisiz qo’llangan?


A) Bizning bog’ o’rtasida so’ri joylashtirilgan.
B) Yozdan beri baliq ovlaydi.
C) Soyabonga degan pullarimiz qani?
D) Shanba kuni bozor boramiz.

14. Rais uka, sizni ko‘rganim (-dan, -ga, uchun, sababli, da) xursandman. (O‘. Umarbekov)


Gap mazmuniga yotishmaydigan birlikni toping.
A) uchun B) –ga C) sababli D) –da

15. -cha, -choq, -layin, -gina, -loq, -a, -jon, -xon, -toy, -la. Berilgan qoʹshimchalardan nechtasi subyektiv munosabat bildiradi?


A) 7 tasi B) 6 tasi C) 5 tasi D) 4 tasi

16. Ismlarga xos boʻlmagan sintaktik munosabat shaklini toping.


A ) egalik B) bogʻlama
C) mayl D) kelishik

17. Soʻzlarni ilk bor ismlar, fe’llar, yordamchilarga boʻlgan xalqni toping.


A ) ruslar B) yunonlar
C) hindlar D) arablar

18. Ismlar ichidan sifatlarni, sonlarni va olmoshlarni chiqargan xalqni belgilang.


A ) ruslar B) yunonlar
C) hindlar D) arablar

19. Ism mavzusiga koʻra quyidagilarning qay biri nom sifatida oʻrganilmaydi?


A) modal B) ot C) sifat D) olmosh

20. Egalik, kelishik qoʻshimchalari bilan oʻzgarish xususiyatiga ega boʻlmagan soʻz turkumini toping.


A) koʻmakchi B) sifatdosh
C) son D) harakat nomi

21. Fonetik hodisaga sabab boʻlgan turlovchi shaklni toping.


A) Bir kishi Rasulullohdan: «Men yaxshiligimni kimga qilsam bo'ladi?» — deb so'rabdi.
B) Rasululloh «Onang­ga», — deyaveribdilar.
C) Jon do‘sting jonidan kechsa ham, Mol do‘sting molidan kechmas. (Maqol)
D) Hammaning ko‘zi domlada ekan, Zebi chimmatini yuzidan oldi. (Choʻlpon)

22. Qaysi qatorda turlovchi shakl(lar) ketma-ket kelgan uchta soʻzning har biriga qoʻshilgan?


A) Qurbon cholning gapini eshitib hayron qoldi. (Sh. Xolmirzayev)
B) Ra’noning yerga qaragan ko‘zi sekingina Anvarga ko‘tarilib, yana yerga og‘di. (A. Qodiriy)
C) Humoyun hamma dardini aytib ko‘nglini bo‘shatsin uchun Xonzoda begim uning so‘zini bo‘lmay toqat bilan jim tingladi. (P. Qodirov)
D) Hammaning ko‘zi domlada ekan, Zebi chimmatini yuzidan oldi. (Choʻlpon)

23. Kelishik asosga qoʻshilib, fonetik hodisani yuzaga keltirgan qatorni toping?


A) Tilingga juda ehtiyot bo‘lgin, boshing omon saqlanadi.
B) So‘zingni qisqa qilsang, umring uzayadi. (Yusuf Xos Hojib)
C) Shunda: «Otangga va yaqin bo'lgan qarindoshlaringga», — debdilar.
D) Bu yerlarda yoz juda so‘lim.

24. Nechanchi shaxs egalik qo‘shimchasi bir qator so‘zlarda qa­ratqich kelishigidagi so‘zlar bilan bogʻlanmaydi?


A) I shaxs birlik B) II shaxs koʻplik
C) I shaxs koʻplik D) III shaxs birlik

25. Egalik shakllari qanday vazifada kelmaydi?


A) xoslik B) tobe soʻzni hokim soʻzga bogʻlash
C) qarashlilik D) umumdan ajratilganlik

26. Egalik shakllari unli yo undosh bilan tugagan soʻzlarga qoʻshilishiga koʻra farqlanadi. Qaysi egalik shakli har ikki holatda ham ism asosiga qoʻshilaveradi?


A) –miz B) –ing C) –lari D) –i

27. Yaxlitlanib qolmagan egalik shakli qaysi gapda berilgan?


A) Kecha dam olishimiz juda maroqli o'tdi.
B) Kechasi ishlaydi, kunduzi uxlaydi. (Ko‘rpa)
C) Tuni bilan mijja qoqmadi.
D) Kechqurunlari vaqt boʻladi.

28. Nuqtalar oʻrniga III shaxs birlik shakli qoʻyilmaydigan gapni aniqlang.


A) Ahyon-ahyonda polizdan qovunning tars-turs yorilgan... eshitilyapti.
B) Xolida maktab kiyimi kiygan...dan soʻng, chindan ham boʻyi choʻzilib qolganga oʻxshab koʻrindi. (S. Anorboyev)
C) Sen bilan ish… yo‘q, uqdingmi?
D) Haqiqiy inson oʻzidan boshqalarning tashvishi bilan yashash... kerak.

29. Egalik shakli qoʻshilsa, asosida tovush oʻzgarishi yuz bermaydigan soʻzlarni aniqlang.


A) elak, chok B) buyrak, quyruq
C) koʻrshapalak, suvloq D) nutq, yuk

30. Kelishik shakllaridan nechtasi asosga qoʻshilib, fonetik o‘zgarish asosida yozilishi mumkin?


A) 1 B) 2 C) 3 D) 4


2-test

1. Kelishik shaklining belgisiz qo‘llanilishi qaysi gapda nutqiy g‘alizlikni hosil qilgan?


A) Shoir yengil bir soʻlish olib, tanbur chertdi.
B) Maktab bormaysanmi?
C) Hovlida shabada bilan oʻynashgan daraxtlar yengil kuyidan boshqa sado yoʻq.
D) Qimirlaga qir oshar.

2. Qaysi kelishik undalma soʻzni shakllantiradi?


A) bosh B) qaratqich
C) oʻrin-payt D) joʻnalish

3. Qaratqich kelishigi belgisiz qoʻllansa ham, umumiy qoidaga koʻra ma᾽noga ta᾽sir etmaydigan birikmani toping.


A) gulning hidi
B) o‘qiganning moʻljali
C) Farangizning yaxshi fazilatlari
D) Hammaning siri

4. Oʻtimli fe᾽lga bogʻlanuvchi kelishik shakli qaysi gap boʻlagini hosil qiladi?


A) ega B) toʻldiruvchi
C) aniqlovchi D) hol

5. Hol vazifasida kelmaydigan kelishik nomini aniqlang.


A) joʻnalish B) oʻrin-payt
C) qaratqich D) chiqish

6. Joʻnalish kelishigi qaysi qatordagi soʻzga qoʻshilganda fonetik hodisaga uchramaydi?


A ishtiyoq B) yetuk
C) qovurdoq D) bogʻ

7. Oʻrin-payt kelishigi qaysi soʻz turkum qoʻshimchasi bilan omonim shakl hisoblanadi?


A) olmosh B) son
C) yuklama D) sifat

8. Sabab holi boʻla oladigan kelishik shaklini aniqlang.


A) qaratqich B) chiqish
C) oʻrin-payt D) tushum

9. Harakat nomi bilan ifodalangan kesim tarkibida qoʻllanadigan bogʻlamalarni belgilang.


A) kerak, sanalmoq B) boʻlmoq, joiz
C) lozim, darkor D) ekan, hisoblanmoq

10. Kesimga xoslovchi shakllar qanday ataladi?


A) bogʻlamalar B) kelishiklar
C) egaliklar D) kichraytirish shakllari

11. Sodda fe᾽l kesimli gapni aniqlang.


A) U ishini soat uchda boʻladi.
B) U mening maslahatchim boʻladi.
C) Samoviy tulporlar vodiyning koʻrki hisoblanadi.
D) Bu murakkab masalalardan biri sananladi.

12. “Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nomlarida qo‘llanilgan … shaxs egalik qo‘shimchasi shaxsga qarashlilik ma’nosini emas, balki xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalaydi”.


Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
A) III B) I
C) II D) II va III

13. Ko‘zoynak, bilak, tilak, ko‘rshapalak, chelak, parrak, ko‘prik, tuk, oppoq, yuk, so‘roq, buyruq, sog‘lik, ittifoq, huquq, axloq, yurak, terak, elak, kurtak, varaq, taroq, tirnoq, qiliq.


Yuqoridagi misollarga egalik shakli qo‘shilgach, nechtasining asosida tovush o‘zgarishi yuzaga kelmaydi?
A) 4 ta B) 5 ta
C) 3 ta D) 2 ta

14. Egalik, kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlar… deyiladi.


Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
A) otlar B) nomlar
C) ismlar D) turlanish

15. Qaysi javobda ism nomi ostida birlashadigan so‘z turkumi yoki birligi berilmagan?


A) ravishdosh B) sifatdosh
C) taqlid D) harakat nomi

16. Qaysi javobda ism nomi ostida birlashmaydigan so‘z turkumi yoki birligi berilgan?


A) ravish B) son
C) olmosh D) sifat

17. Ismlarning munosabat shakllariga oid qo‘shimchalar qaysi gapda ko‘proq?


A) Qurbon cholning gapini eshitib hayron qoldi. (Sh. Xolmirzayev)
B) Jon do‘sting jonidan kechsa ham, Mol do‘sting molidan kechmas. (Maqol)
C) Ra’noning yerga qaragan ko‘zi sekingina Anvarga ko‘tarilib, yana yerga og‘di.
D) Hammaning ko‘zi domlada ekan, Zebi chimmatini yuzidan oldi. (Cho‘lpon)

18. Egalik shakli qaysi qatorda xoslik yoki umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalaydi?


A) telefonning zaryadi B) gul hidi
C) “Me’mor plus” o‘quv markazi D) daftar varaq

19. Nuqtalar o‘rniga III shaxs egalik qo‘shimchasi qo‘yilmaydigan gapni toping.


A) Ahyon-ahyonda polizdan qovunlarning tars-turs yorilgan... eshitilyapti. (Murod Xidir)
B) Hammasidan ham qizig‘i qaytish...da bo‘ldi. Dadam bizni «Bir dengiz sayri qilinglar», deb havorang kemaga tushirdi.
C) Xolida maktab kiyimi kiygan...dan so‘ng, chindan ham bo‘yi cho‘zilib qolganga o‘xshab ko‘rindi. (S. Anorboyev)
D) Haqiqiy inson o‘zidan boshqalarning tashvishi bilan yashash... kerak. (Gazetadan)

20. Ismlarga qo‘shilib, asos qismda ifodalangan narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan qo‘shimchalar qanday qo‘shimchalar hisoblanadi?


A) kelishik B) bog‘lama
C) egalik D) shaxs-son

21. Quyidagi xalqlarning qay biri tilshunoslikni fan sifatida shakllantirgan va so‘zlarni otlar, fe’llar, yordamchilarga ajratgan ?


A) arablar B) hindlar
C) turkiylar D) yunonlar

22. i, -si egalik qo‘shimchasi bir qator so‘zlarda qaratqich kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lanmaydi. Bunday so‘zlarda ularda yaxlitlanib qolgan. O‘z vazifasini yo‘qotgan.


Qoidaga mos javobn toping.
A) Sutkaning kechasida ishlaydi, kunduzida uxlaydi. (Topishmoq).
B) Kecha dam olishimiz juda maroqli o‘tdi.
C) Bu yerlarning yozi juda so‘lim.
D) Tuni bilan mijja qoqmadi.

23. Qaysi gapda egalik shakli 3 o‘rinda qo‘llangan?


A) Yuzimdagi yomg‘ir tomchilarini yengim bilan sidirib tepamga qaradim. (O‘ Umarbekov)
B) Oradan ikki kun o‘tgandan keyin kechqurun Tesha Saidiyning hujrasiga keldi. (Abdulla Qahhor).
C) Kimyogar ba’zi ilmlar haqida suhbatlashgandan keyin uning zehniga, ma’lumotining kengligiga taajjublanganini yashirmadi. (Oybek)
D) Sochimiz o‘sib, yelkamizga tushib ketgani uchun oldirmoqchi edik. (G‘afur G‘ulom)

24. Mening ishlashim yoki sening uxlaganing kabi birikmalarda ko‘pincha qaratqich kelishigidagi so‘zning bo‘lmasligaga sabab nima?


A) belgisiz qo‘llangani uchun.
B) ism bo‘lganligi uchun.
C) harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildirgani uchun.
D) fe’lga egalik shakli qo‘shilmaydi.

25. Sifatdoshga qoʻshilmagan egalik shakli qaysi gap ekanligini toping.


A) Bo‘zchi bilganin to‘qir, Baxshi bilganin o‘qir.
B) Boqqaning ikki echki, O‘shqirganing yer tebratar.
C) Mehnat qilib topganing – Qand-u asal totganing.
D) Qilmishlaringni aytib beraman.

26. Harakat nomi bilan yonma-yon qo‘llanib, bitta ot kesimni shakllantiradigan bog‘lamani toping.


A) zarur B) emish C) hisoblanadi D) emas

27. Kechasi so‘zi qaysi gapda asos va qo‘shimchaga ajraladi?


A) U kechasi ham dam olmay ishlabdi.
B) Sutkaning kechasi iliq haroratda edi.
C) Kechasi bilan qayerda daydib yuribsan?
D) Kechasi onam tag‘in, yig‘labdi-da, chamasi.

28. Qaysi gapda bog‘lama ishtirok etgan?


A) Bolam katta bo‘lgach hokim bo’ladi.
B) Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi.
C) Rejadagi plan, albatta, bo‘ladi.
D) Bu ishlarni qilgan, axir, mana shu hokim bo‘ladi.

29. Barchamizga ma’lumki, inson o'zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vataniga muhabbat tuyg'usi ildiz otib ulg'ayar ekan.


Gapdagi egalik qo'shimchalarining sonini aniqlang.
A) 9 ta B) 8 ta C) 7 ta D) 6 ta

30. Qaysi qatorda belgisiz qoʻllangan kelishik shakli mavjud?


A) Qanday aytilishidan qat’i nazar bir hil yoziladi.
B) Lahm go‘shtlar ajratib oldi va rastaga terib sota boshladi.
C) To‘nning adipini chiroyli qilib tikdi va onasiga ko‘rsatdi.
D) Ta’magir odamlar hayotda faqat o‘zini o‘ylab yashaydi.


3-test

1. Birinchi bor bahorni tanigan, ilk bor varrak uchirgan, birinchi marta hayitlik olgan joying, birinchi oʻqituvchi, birinchi muhabbatingni tanitgan makon ― Vatandir!


Tushum kelishigi qay holda qoʻshilgan?
A) 2 oʻrinda belgili, 3 oʻrinda belgisiz
B) 2 oʻrinda belgili, 2 oʻrinda belgisiz
C) 2 oʻrinda belgili, 1 oʻrinda belgisiz
D) Faqat belgili qoʻllangan

2. Qaysi qatorda kelishik belgisiz qoʻllanmagan?


A) E᾽zozlasang, Ulug‘ ham, kichik ham beradi pul
B) Kishilar tomonidan til rostlikdan boshqa narsa uchun ishlatilmasligi kerak
C) Haqiqiy e’tiqod egasi bo‘lgan odamda iymon ham bo‘ladi.
D) Sen mendan olma olding-ku!

3. Qaysi qatorda kelishik tushib qolishi mumkin?


A) Derazaning qora oynasi
B) Ahmadning daftari
C) Mening daftarim
D) O‘pqonning “siri”

4. Kelishik shakli bir oʻrinda belgisiz qoʻllangan misralarni toping?


A) Quyosh taftida juda sog‘inib,
Bedil o‘qir edim, chiqdi oftob.
Loyqa xayolotlar chashmaday tindi,
Pok-pokiza yurak-bir qatra simob...(G‘afur G‘ulom)
B) Siz deysizkim, men ko‘klarni o'ylaymen,
Yer betiga sira nazar solmaymen.
Yanglishasiz: men ko‘klarga berkingan
Yer qizidan xayolimni olmaymen. (Choʻlpon)
C) Hayot shu ekan-da: yogʻdu va zulmat,
Qish-u yoz, oʻng-u tush, tirik va oʻlik.
Shusiz boʻlmas ekan tugallik sira,
Hatto qush na᾽masi:goʻzal va xunuk. (A. Muxtor)
D ) Tong koʻksida qushcha sayradi,
Kuylaydi dard, soʻzlari siniq.
Yuvosh nurlar oʻynaydi osmon,
Gulday yashnar tobora tinib. (S. Rahmon)

5. Har bir odamning baxt daraxti o'ziga alohida bo'ladi. Bu baxt daraxtini boylik bulog'i suvi bilan sug'orib, meva olmoqchi bo'lganlar yanglishadilar.


Asadbek ana shu adashuvchilardan biri edi.
Faqat imon bulog'idan suv ichgan baxt daraxtigina shirin meva berishini hamma ham anglab yetavermaydi.
Asadbek ana shu anglamaganlardan biri edi. Zulm bulog'idan suv ichgan baxt daraxti qiyomatda zaqqum daraxtiga aylanajagidan barcha xabardormi?
(T. Malik)
Fonetik hodisalar sonini aniqlang.
A) 7 ta B) 8 ta C) 6 ta D) 5 ta

6. To‘g‘ri hukmni toping.


A) Egalik shakllari “k”/”q” bilan tugagan har qanday so‘zlarga qo‘shilgach, fonetik hodisaga sabab bo‘ladi.
B) Kelishik shakllari kesimni boshqa bo‘laklarga bog‘lay oladi.
C) Bog‘lama faqat –man, -san, -miz, -siz, -dir kabi qo‘shimchalardan iborat.
D) Ravish, undov, taqlidlar turlana oladi.

7. Tuzing totib unutganlar xor bo'ladi,



Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish