Kirish 1-test Quyidagi ta’rif qaysi tilga nisbatan aytilgan? «Xuddi bir guruh mutaxassislar birgalashib ishlab chiqqanday»


Inkor ma’noni ifodalay olmaydigan birlikni toping. A) –ma B) emas C) ha D) yoʹq 27



Download 3,89 Mb.
bet40/82
Sana28.04.2022
Hajmi3,89 Mb.
#588905
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82
Bog'liq
1. Testlar to\'plami (2)

26. Inkor ma’noni ifodalay olmaydigan birlikni toping.
A) –ma B) emas C) ha D) yoʹq


27. Qaysi mayl shakli edi, ekan to‘liqsiz fe’llari bilan kelganda orzu-istak ma’nosini bildiradi?
A) buyruq-istak B) xabar
C) maqsad D) shart


28. Fe’ldan ifodalangan harakat va holatni bajaruvchi shaxsini, bu shaxsning bitta yoki ko‘p ekanligini bildiruvchi shakllar shakllari sanaladi.
Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
A) egalik B) nisbat
C) shaxs-son D) fe’lning vazifa


29. Noto‘g‘ri javobni toping.
A) Fe’llarning I va II shaxsi maxsus shakllar orqali ifodalanadi.
B) III shaxsda esa zamon qo‘shimchalari shaxs ma’nosini ham ifodalaydi.
C) Ravishdosh, sifatdosh shakllari hamda sof fe’lning hozirgi zamon shakllaridan so‘ng
-m, -k, -ng, qo‘shimchalari qo‘llaniladi.
D) O‘tgan zamonning -di hamda kelasi zamon shart mayli -sa shakllaridan so‘ng -m, -ng, -k, -(i)ngiz qo‘shimchalari qo‘llaniladi.


30. Buyruq-istak mayli shakli qatnashgan qaysi gapdagi so‘zda 2 ta tovush tushishi hodisasi mavjud?
A) Yuringlar, – dedi kampir o‘rnidan turib. Keyin mening yelkamga qoqdi.– Sen ham yur, shirin bola. (O‘. Hoshimov)
B) Bir mahal charchab, suvsab, holdan toyib o‘tirib qolibman. (X. To‘xtaboyev)
C) O‘shanda yetti yoshlarda edim. Tog‘da yashardik. (Sh. Xolmirzayev)
D) To‘g‘ri gapirding. Yaxshi gap, diqqat-e’tibor har qanday doridan kuchli ekan. (O‘. Umarbekov)
4-test

1. Fe’l mayllarining qaysi biri asosiga zamon va shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish orqali shakllantiriladi?


A) buyruq-istak B) xabar
C) maqsad D) shart

2. Qaysi gapda fe’l bilan ifodalangan bo‘lak to‘liqsiz gapni hosil qilgan?


A) Zebi yuragida tugilib yotgan zo‘r tugunni yechib yuborgan edi. (Cho‘lpon)
B) Koyima, qizim, – dedi ona, – o‘rtog‘ingni quruq jo‘natmaymiz. (Cho‘lpon)
C) To‘qlikda ochlikni o‘yla, Boyiganda―muhtojlikni. (Maqol)
D) Odamlar seni bilmasa ham, sen odamlarni bil. (Asqad Muxtor)

3. Qaysi qo‘shma gap kesimlari xabar maylida?


A) Qarilikdan qo‘rqma, unda hali yetish kerak.
B) Inson qanchalik uzoq yashasa, yana shuncha ko‘proq yashagisi keladi.
C) Avvallari yashash uchun yozdim, endi yozish uchun yashayapman.
D) Nout boogim uchun yangi baza olmoqchi edim.

4. Bajaruvchining harakat va holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari sanaladi.


Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
A) shaxs-son shakllari B) fe’lning vazifa shakllari
C) nisbat shakllari D) zamon shakllari

5. Unli bilan tugagan fe’l asosiga qo‘shilgan kelasi zamon shakli qaysi gapda ishtirok etgan?


A) Daryoning suvi ko‘paysa, baliqlarning chiqishi oson bo‘ladi. (Said Ahmad)
B) Kunlarning sanog‘in bilmay qolasan. (Omon Muxtor)
C) Dalaga suv chiqaraman, ekinlar gurkirab, yashnab ketadi. (Said Ahmad)
D) O‘qishni bitiribgina ishlaysan, tushundingmi?

6. Bir yigit ko‘zlari xiralashgan, ovqat yeganda qo‘llari qaltiraydigan qari otasining izzat-hurmatini bajo keltirmasdi.


Bir kuni chol bechora qo‘li titrab, osh suzib berilgan kosasini tushirib sindirdi, buni ko‘rgan kelini nordon so‘zlar aytib, uning ko‘nglini vayron qildi. Shundan keyin yigit otasini hovlining bir chekkasidagi zax uyga ko‘chirdi. Kelin esa eri keltirib bergan yog‘och kosada qaynotasiga ovqat bera boshladi. O‘g‘li va kelinining bu kabi yaramas muomalalaridan ko‘ngli ozorlangan ota vafot etgan kampirini eslab, ba’zan o‘ksib yig‘lardi. Besh-olti yoshli nevarasi bilangina ovunar edi. Bola bobosining yoniga kelib o‘tirardi, ma’sum so‘zlari, yoqimli qiliqlari bilan bobosini kuldirib, uning qayg‘u-alamlarini yengillashtirardi. («Ertak»dan)
Berilgan matnda nechta yasama fe᾽l qatnashgan?
A) 10 ta B) 9 ta B) 8 ta D) 7 ta

7. Uslubiy xoslanmagan hozirgi zamon shakli qaysi gapda berilgan?


A) Hozir dolzarb payt, barcha yeng shimarib ishlamoqda. (Tog‘ay Murod)
B) Yo‘llarning chekkasidagi gullar barchaga salom berayotir.(«G‘uncha»)
C) Ko‘chadagi shamchiroqlar xira-xira shula sochmoqda. (Tog‘ay Murod)
D) Sen ko‘rmayapsan, oshna, oy botib, yulduzlar birin-ketin so‘nib boryapti. (O.Yoqubov)

8. O‘zbekiston xalq shoiri Habibiy domla aruzni chuqur o‘rganib va unda ijod qilib, mumtoz adabiyotimiz an’analarini baholi qudrat davom ettirgan. Shu boisdan u o‘ttizinchi yillarning boshida adabiyotdan chetlatilgan, uning uchun nashriyot eshiklari yopib qo‘yilgan. O‘sha kezlari domla tirikchilik vajidan Andijonning chekka bir qishlog‘idagi magazinda ishlashga majbur bo‘lgan. («Vatan tuyg‘usi»)


Yasama fe’llar sonini toping.
A) 6 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 4 ta

9. Qaysi gapdagi nuqtalar oʻrniga “buyruq berish, da᾽vat etish” munosabatini bildiradigan nisbat shakli (orttirma nisbat) mos keladi?


A) Ammo kampirning dodiga odam tez to‘pla... (-1, -n, -t)di. (Abdulla Qahhor)
B) Uning og‘ilga kirib qilgan taftishi Qobil boboga bir umid bag‘ishlagan edi, bu so‘zdan haddan ziyoda sev... (-il, -in, -dir)di. (Abdulla Qahhor)
C) Ilm zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qiladi, savobni gunohdan, halolni haromdan, pokni nopokdan ajra... (-t, -1, -sh)ib beradi. (A. Avloniy)
D) Nurga to‘ldi dara, to‘ldi soy, Nur yog‘... (-in, -1, -il)di qorong‘i jarga. (Hamid Olimjon)

10. Qaysi qatordagi qavsda sinonim qoʻshimchalar berilgan?


A) Odobli va adolatli inson qo‘lidagi qalam baxt-saodat uchun xizmat qilib yurgan odamlarni bir-biriga yaqin (-sa, -lash) tiradi. (H. Ziyoyev)
B) Goho miriqib gap (-ir,-la) shib, o‘y (-in,-choq) shib olish ham kerak-ku? Xotiralar odamning yuragini toza (gar,-la)ydi. (Sh. Xolmirzayev)
C) Yuzimga qarab turib «sen (-la, -sira) mang» deydi-ya?! (Abdulla Qahhor)
D) U Marg‘ilonga yaqin(-lash,-la) b qolganda kun og‘ib qolgan edi. (Tohir Malik)

11. –dir orttirma nisbat shakli jarangli undosh bilan tugaydigan bir boʻgʻinli fe᾽llarga –dir holida qoʻshiladi.


Bu qoidadan mustasno fe᾽l qaysi qatorda mavjud?
A) kel B) qol C) kuy D) bil

12. To‘liqsiz fe’l qatnashgan ravishsiz qatorni toping?


A) Shunaqa, singlim, odam yig‘lab-yig‘lab marza olsa, kulib-kulib sug‘orar ekan. (P. Qodirov)
B) Qushlar hech nima ko‘rmaganday basma-bas sayrar edi. (P. Qodirov)
C) Ora-chora serkaning qo‘ng‘irog‘i jiringlab qo‘yar edi. (Said Ahmad)
D) U kelinning og‘zidan gapini uzib olganday tez-tez gapirar emish. (Cho‘lpon)

13. Birgalik nisbatli fe’l oʻrnida kelgan aniq nisbatli fe’l qaysi qatordaligini aniqlang.


A) Odamlar bilan ularning aqliga monand gaplash. (Sa’diy)
B) Allaqayda bulbullar to‘lib-toshib kuylashadi. (Said Ahmad)
C) Mehmonlar qorovulning qistashiga qaramasdan ichkariga kirmadilar. (Abdulla Qahhor)
D) Qushlar uni yaxshi ko‘rishib, Mayna deb ism qo‘yishibdi. (Ertakdan)

14. “Bu fe’llar yetakchi fe’lning zamon shakllaridan so‘ng keladi, shaxs-son qo‘shimchalari bu fe’lga qo‘shiladi”.


Qoidada qanday so‘zlar ta’rif etilgan?
A) ko‘makchi fe’llar B) o‘timli fe’llar
C) to‘liqsiz fe’llar D) aqliy fe’llar

15. Otlashmagan soʻz qaysi gapda mavjud?


A) Alisher uyga kirishsa ham qolganlar jim bo‘lishmadi. (Oybek)
B) Azizim, qizingizning baxtini birovlarning ostonasidan qidirmang. (Abdulla Qahhor)
C) Suvi toʻxtaganlar podani tepaga haydab chiqarmasdi. (Tog‘ay Murod)
D) Siddiqjon borishni ham, qaytishni ham bilmay qoldi. (Abdulla Qahhor)

16. So‘zlovchining bevosita o‘zi ko‘rgan harakat va holatni bildiradigan o‘tgan zamon shakli qaysi gapda ishtirok etmagan?


A) Qizlar to‘da-to‘da bo‘lib lapar aytishadi. (N. Safarov)
B) Sinf rahbarimiz Hasan aka menga bildirmay G‘anini uyga yuboribdilar. (M. A’zamov)
C) Oq yer ochdim, qora bug‘doy sochdim.
D) Men iljayib turaverdim.

17. Qaysi gapda nuqtalar o‘rniga harakat nomi tiklanmaydi?


A) O‘qi... – koni foyda.
B) Bilim o‘qi... va takrorla... mevasidir.
C) Ertalab tur..., bet-qo‘lni yuv..., boshqalarga salom ber..., insoniylik belgisidir.
D) Birovni birovga chaq... odam – eng yomon illat sohibi.

18. Fe᾽lning tuzilishiga ko‘ra ish-harakatning tez va kutilmaganda ro‘y berishini ifodalaydigan turi qaysi javobda berilgan?


A) Choyxonachi patnisda non bilan qand-qurs, kabobpaz kabob olib keldi.
B) Choyxonachi yoshi elliklardan oshib qolgan bo‘lsa ham xuddi o‘smirlarday yengil qadam tashlardi, yugurib-yelardi.
C) Oygul turishi bilan Saroy charaqlab ketdi. Hamma yoq bo‘lib ravshan, Uylar yaraqlab ketdi. (Hamid Olimjon)
D) O‘yladi – o‘yladi, lekin o‘yining oxiriga yetolmadi (A». Fozilov)

19. Soʻz yasovchi qo‘shimcha sabab fonetik hodisaga uchragan fe᾽l qaysi gapda ekanligini toping.


A) Ko‘klam. Butun mavjudot qaytadan yangilanmoqda. (Mirtemir)
B) Xadichaning uzunchoq sarg‘ish yuzi qizardi. (O‘. Hoshimov)
C) Usta temirni chog‘ga solib bolg‘alaydi, cho‘zadi, yassilaydi, yana olovga soladi. (Oybek)
D) Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, u qadamini sekinlatdi. (X. Sultonov)

20. Quyida berilgan gaplardan qaysi birida sifatdosh shakli fonetik hodisa asosida yozilgan?


A) Vahobjon boyagi qiz ko‘rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi. (Said Ahmad)
B) O‘z ko‘zim bilan ko‘rganlarimni, kechirganlarimni, o‘tmish hayot lavhalaridan esimda qolganlarini qalamga olgim kelib qoldi. (Abdulla Qahhor)
C) O‘z nafsiga asir bo‘lgan odam insoniylikni qo‘ldan boy beradi. («Donolor o‘giti»dan).
D) Mustafo Galatepaning chekkarog‘ida, Ubaydullo Maxsumning hovuzi tarafga turtib chiqqan qir tumshug‘ida yashaydi. (Murod Muhammad Do‘st)

21. Hovlining yarmigacha ariq tortib ekilgan qulupnay pushtalari orasida suv yaltiraydi.


Ichkarida chaqaloq yig‘ladi. Beshikning g‘ichirlagani eshitildi. Bola xuddi shunday narsani kutib turganday, battar yig‘lay boshladi. Shokarim uxladimi, yo‘qmi, bilolmadi. Bir mahal bola yig‘ladimi yo tashqarida shamolning guvullashiga dahshatli bir faryod qulog‘iga kirdimi, anglay olmay qoldi. (O‘. Hoshimov)
Matnda fonetik o‘zgarishli fe᾽llar nechta?
A) 6 ta B) 5 ta C) 7 ta D) 8 ta

22. Majhul nisbat shakli qaysi qatorda mavjud?


A) Odamlar sizni qattiq hurmat qilishadi, opa, – dedi Kamol astoydil kuyinib, –sha’ningizga dog‘ tushiradigan bunaqa ishlarga izn bermang. (E.Usmonov)
B) Shanbada to‘y keladigan, el-yurtga osh beriladigan bo‘lgani uchun erta tongdanoq hovli gavjum edi. (O. Yoqubov)
C) Eshon otasining vasiyatiga amal qilib, to‘rdan joy tegmaydigan, poygakda choy tegmaydigan bir odam bo‘lib yetishibdi. (Abdulla Qahhor)
D) Mana endi, Sobirjon o‘g‘lim, ishlab, ro‘zg‘orga qarashadigan vaqtingiz bo‘ldi. (Hakim Nazir)

23. Tuzlamoq, dodlamoq, yangilamoq, tezlamoq, voyvoylamoq, yaxshilamoq, varaqlamoq, to‘g‘rilamoq, sekinlamoq, ho‘plamoq, qishlamoq, sizlamoq.


Berilgan yasama so‘zlarning nechtasining yasalish asosi atash ma’nosiga bo‘lmagan turkum so‘zlari sanaladi?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta

24. Shohjahon hazin kayfiyatga berilgach, ko‘ngli qorong‘uligini na o‘yin-kulgu, na sayr-sayohat yorita olardi. Malika Mumtoz mahal shohning ma’yusligini sezgach, uni xushnud etish uchun g‘azallar o‘qib, xayollarini yaxshilikka, ezgu ishlarga undardi. Malika dunyodan o‘tgach, unga atab shoh «Tojmahal»ni qurdirdi. Ammo, Shohjahonni xavotirga solgan hodisalar ro‘y berib, o‘z o‘g‘li Avrangzeb otaga qarshi isyon ko‘tardi. Taxtni egallagach, otasini umrbod qamoqqa, erksizlikka mahkum etdi. (« Vatan adabiyoti»)


Matnda yasama fe᾽lga qoʻshilgan ravishdosh shakli nechta?
A) 1 B) 3 C) 2 D) 4

25. Qaysi gapdagi belgilanmagan fe’l tarkibida payt ravishdoshi qatnashmagan?


A) Aslida, qosh qorayguncha yetib olish kerak. (Omon Muxtor)
B) Tog‘ga yetgach, qo‘ylarni o‘z holiga tashlab qo‘ydi. (Tog‘ay Murod)
C) Gapni bilib-bilmay gapirmaslik kerak. (U. Hamdamov)
D) Akam kelib, davra qizidi.

26. Koʻmakchi fe᾽l qaysi gapda mavjud?


A) O‘sha kuni kechasiyoq qahramonliklar ko‘rsatib, shon-u shuhrat taratib o‘qituvchilarimni hayratda qoldirdim. (X. To‘xtaboyev)
B) Men bobomning maqtovini eshitib, kekkayib bormoqdaman. (Abdulla Qodiriy)
C) Tepalikdan o‘tgach, chavandozlar birin-ketin orqada qola boshladi. (B.Murodaliyev)
D) Xola, ukam qani, olib ketgani keldim. (H.Badalov)

27. Chor atrofi baland devor bilan o‘ralgan tor joyda uning aqli yetmaydigan ajoyibotlar to‘lib-toshib yotibdi. Eng qizig‘i devor boshida o‘qtin-o‘qtin ko‘rinish beradigan babaq xo‘roz. U o‘ziga hayratomuz tikilib turgan Oqbo‘yinga boshini u yon-bu yon burib qarab qo‘yadi-da, qanotlarini tap-tap qoqqanicha, birdan qichqirib qoladiki, sho‘rlik Oqto‘sh qochaman deb umbaloq oshib tushadi. Gohida shu ish ustiga uy egasining o‘rtancha o‘g‘li Rasul kelib qoladi... Rasul uni yerdan ko‘tarib bag‘riga bosadi, silab-siypaydi. (N.Norqobilov).


Matnda koʻmakchi fe᾽lli soʻz qoʻshilmasining soni nechta?
A) 7 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta

28. Qaysi gapda ham qo‘shma fe’l, ham ko‘makchi fe’l ishtirok etgan?


A) Bitta-bitta nutq irod etib, uyi tomon yurib ketdi. (O‘. Umarbekov)
B) Qo‘qonga nonushta mahalida kirib keldik. (Abdulla Qahhor)
C) O‘yin-kulgi, askiya yarim kechagacha cho‘zilib ketdi.
D) Mo‘ysafid gullarni shiyponga qo‘yib, mehmonlar bilan ko‘risha ketdi.

29. Qaysi gapda ikkita ko‘makchi fe’l qatnashgan?


A) Bu nima degan gap o‘zi, juda jim bo‘lib ketdingiz!
B) Sahnaga ko‘zi tushdi-yu, yuragi orqasiga tortib ketdi.
C) Do‘simboy ota uyga kirib ketganda hech nimaga tushuna olmagan Mirsaid so‘radi:
– Hotamjonga nima qilgan?
D) Mirsodiq eshikni sekin ochdi-yu, sevinib ketdi.

30. Fonetik hodisaga uchragan toʻliqsiz fe᾽l qaysi gapda uchraydi?


A) Unsin ostonadan hatlashi bilan paranjisini yig‘ishtirib oldi, qarshisiga yugurib chiqqan Zumrad bilan quchoqlashib ko‘risha ketishdi.
B) Otamiz aravaga qo‘shilgan otni yetaklab borardi, xullas, Zovboshiga borishimni taqiqlab qo‘yishgandi uydagilar.
C) Yo‘l nishab edi. Tushib ketayapmiz. Goho otning tuyog‘i silliq toshda sirg‘alib ketadi.
D) Sovuq bo‘shashgan hamon, ko‘klam daragi kelmasdan, tag‘in ayvonga ko‘chirtirib olar edi.


4-test

1. Qaysi fe’lga –ma bo‘lishsizligi qo‘shilganda zamon qo‘shimchasi shakl jihatdan o‘zgaradi?


A) o‘qidi B) qiziqadi
C) sezyapti D) so‘ragan

2. Xato fikrni toping.


A) Rang-tus sifatlaridan yasalgan har qanday fe’l holat fe’llariga aylanadi: sarg‘aymoq, ko‘karmoq
B) Holatga taqliddan yasalgan har qanday fe’l holat fe’llariga aylanadi: jimirlamoq, qimirlamoq
C) Ikki sonidan –lan orqali yasalgan fe’l holat fe’li sanaladi: ikkilanmoq
D) Ko‘p, oz, sekin ravishlaridan –ay yoki –la fe’l yasovchi qo‘shimchalari orqali yasalgan fe’llar holat fe’llari sanaladi: ko‘paymoq, ozaymoq, sekinlamoq

3. Nisbat o‘zgarishi o‘timli-o‘timsizlikka ta’sir qilgan fe’l juftligini ko‘rsating.


A) o‘qidi-o‘qitdi B) keldi-keltirdi
C) bajarishadi-bajartirdi D) yig‘ladi-yig‘landi

4. “Xoslanish” xarakteriga ega bo‘lmagan fe’lni aniqlang.


A) ravishdosh B) sifatdosh
C) shaxs-son D) harakat nomi

5. Ixchamgina xonamiz ↔ ishlayotgan xonamiz


Turli ma’nodagi so‘zlar(tobelari)ning turliligi nimada?
A) Shaxs va narsalarning turg‘un, barqaror belgisini ifodalashi–o‘zgarish, harakat belgisini ifodalashi.
B) Sintaktik vazifasi: hol – aniqlovchi
C) Asosi ikki xil bo‘g‘inli: ochiq–yopiq.
D) Qo‘shimchalarining turlichaligi: sintaktik–lug‘aviy

6. Tanaffus bo‘ldi deguncha do‘mbirasini chalib, hammani og‘ziga qaratadi, goh kuldiradi, goh (lof emas, momojon) yig‘latadi. (O. Yoqubov)


O‘timli fe’llarning soni nechta?
A) 5 ta B) 2 ta
C) 4 ta D) 3 ta

7. Qaysi fe’lda ikkidan ortiq lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha mavjud?


A) jiringlatmoq B) joylashtirish
C) ikkilantirmoq D) eshitilmoqda

8. Qaysi kelishik shakli fe’lga oid barcha so‘zlarni ikki guruhga “ajratib qo‘yadi”?


A) qaratqich B) tushum
C) jo‘nalish D) o‘rin-payt

9. Bir yigit ko‘zlari xiralashgan, ovqat yeganda qaltiraydigan qari otasining izzat-hurmatini bajo keltirmasdi.


To‘g‘ri hukmni toping.
A) 3 ta yasama fe’l bor.
B) 2 ta orttirma nisbat shakli bor.
C) 2 ta sifatdosh shakli bor.
D) 3 ta o‘timli, 1 ta o‘timsiz fe’l bor.

10. Bir kuni chol bechora qo‘li titrab, osh suzib berilgan


kosasini tushirib sindirdi, buni ko‘rgan kelini nordon so‘zlar aytib, uning ko‘nglini vayron qildi.
Ushbu gapda nechta o‘timsiz fe’l qatnashgan?
A) 5 ta B) 1 ta
C) 2 ta D) 3 ta

11. Kelin esa eri keltirib bergan yog‘och kosada qaynotasiga ovqat bera boshladi.


Gapdagi fe’llarning umumiyligi nimada?
A) barchasi sof fe’l
B) barchasi yasama fe’l
C) barchasi qo‘shma fe’l
D) barchasi yetakchi va ko‘makchi fe’l

12. O‘g‘li va kelinining bu kabi yaramas muomalalaridan ko‘ngli ozor topgan ota vafot etgan kampirini eslab, ba’zan o‘ksib yig‘lardi.


Ajratib ko‘rsatilgan fe’llarning farqli tomonini toping.
A) Biri–kesim, biri–hol.
B) Biri yasama, biri tub.
C) Biri–mustaqil feʼl, biri–ko‘makchi fe’l.
D) Biri harakat, biri holat fe’lidir.

13. Bola bobosining yoniga kelib o‘tirardi, ma’sum so‘zlari, yoqimli qiliqlari bilan bobosini kuldirib, uning qayg‘u-alamlarini yengillashtirardi.


Necha o‘rinda nisbat qo‘shimchasi mavjud?
A) 5 ta B) 1 ta
C) 3 ta D) 2 ta

14. Narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish jarayonini ifodalovchi fe’lni toping.


A) yemoq B) “salto otmoq”
C) yorug‘lashmoq D) yordamlashmoq

15. Xastani, keksalarni ko‘rish, ustozni ziyorat qilish, hol-ahvol so‘rash uyiga non tugib borishdan boshlangan.


Qaysi fe’l matn bo‘yicha “Hol so‘ramoq savobdir” maqoliga sinonim bo‘lolmaydi?
A) ko‘rish B) so‘rash
C) ziyorat qilish D) tugib borish

16. Rahimberdi va Qudratilla amakilarim yashaydigan hovlining ko‘chadan kiraverishida, ariq bo‘yida kattagina bo‘sh bir o‘tinxona bo‘lardi.


Fe’llar haqida xato fikrni toping.?
A) Barchasi fe’lning turli shakliga oid vazifa shakli qo‘shimchalariga ega.
B) Barchasi fonetik hodisaga uchragan.
C) Barchasi turlangan.
D) Barchasining asosi bir bo‘g‘inli.

17. Bolalar kitob, jurnal, gazetalar o‘qigani tez-tez keladigan bo‘ldilar.


Ajratib ko‘rsatilgan fe’lning vazifa shaklini toping.
A) sabab-maqsad holi B) ravishdosh
C) turlangan sifatdosh D) o‘timli fe’l

18. Barcha nisbat shaklini o‘ziga qo‘shib ola oladigan fe’lni toping.


A) o‘ylamoq B) pishmoq
C) gullamoq D) kulmoq

19. Barcha nisbat shaklini o‘ziga qo‘shib ola oladigan fe’lni toping.


A) chanqamoq B) o‘qimoq
C) otmoq D) varaqlamoq

20. Ra’no javob berish o‘rniga birdan yig‘ladi, ancha vaqt ko‘z yosh to‘kib turdi. (Abdulla Qodiriy)


Yasama fe’llar sonini toping.
A) 4 ta B) 1 ta
C) 3 ta D) 2 ta

21. Lochin kabi samolyot uchar, Uchar edi solib ovoza. (Hamid Olimjon)


Tagiga chizilgan so‘z haqida xato fikrni toping.
A) “Baqirib” so‘ziga sinonim bo‘la oladi.
B) Tuzilishiga ko‘ra qo‘shma fe’l sanaladi.
C) Sintaktik vazifasi–hol.
D) O‘timli-o‘timsizligi bo‘yicha o‘timli fe’l hisoblanadi.

22. 1. Halima juda ozoda kiyinadi.


2. Sobir masalani yechishga qiynaldi..
sof fe’llar1, o‘zlik nisbati shaklida2, hozirgi zamonda3, o‘timsiz feʼllar4
Ajratib ko‘rsatilgan feʼllarning har ikkisiga to‘g‘ri kelmaydigan qisqa izohni aniqlang.
A) 1- B) 2- C) 3- D) 4-

23. Shu boisdan u o‘ttizinchi yillarning boshida adabiyotdan chetlatilgan, uning uchun nashriyot eshiklari yopib qo‘yilgan.


Tagiga chizilgan so‘zlarda qaysi turga oid qo‘shimcha(lar) qatnashmagan?
A) majhul nisbat B) orttirma nisbat
C) ravishdosh D) sifatdosh

24. Majhul nisbat hosil qiluvchi –l qo‘shimchasi qaysi so‘z turkumini yasovchi qo‘shimcha bilan omonim sanaladi?


A) sifat B) ot
C) ravish D) o‘zlik nisbat

25. Qor siyrak yog‘ayotgani uchun uzoq-uzoqlar ko‘rinadi, lekin bora-borguncha bironta tirik jon ko‘zga tashlanmaydi.


Qaysi turdagi ikki qo‘shimcha bir so‘zga qo‘shilgan?
A) zamon B) shaxs-son
C) ravishdosh D) nisbat

26. Shamol yo‘q, jimlik, «tiq» etgan tovush eshitilmaydi.


Kesim qaysi nisbatda?
A) aniq B) majhul
C) birgalik D) o‘zlik

27. U yuziga belbog‘ini tashlab, ko‘rpachaga cho‘zildi.


Gapdagi ikki fe’lning grammatik jihatdan farqli tomoni nimada?
A) tashlab-o‘z ma’nosida, cho‘zildi-ko‘chma ma’noda
B) tashlab-sodda tub, cho‘zildi-sodda yasama
C) tashlab-yopib ma’nosida, cho‘zildi-yotmoq ma’nosida
D) tashlab-aniq nisbatda, cho‘zildi-majhul nisbatda

28. Bir fe’l asosiga ham o‘zlik, ham majhul nisbat


qo‘shimchasini qo‘shish mumkin bo‘lganda, qaysi
qo‘shimcha majhul nisbat shaklini hosil qiladi?
A) –n B) –in
C) –l D) –il

29. Orttirma nisbat shakllari -t, -dir (-tir), -giz(-kiz), -qiz, (-g‘iz), -gaz (-kaz, -qaz), -ir, -ar, -iz kabi qo‘shimchalar yordamida yasaladi.


Qoidada berilgan nechta qo‘shimcha unli bilan tugagan fe’lga qo‘shiladi?
A) 1 ta B) 2 ta
C) 3 ta D) 4 ta

30. Ho‘kizing hech qayoqqa ketmaydi, topiladi. (Abdulla Qahhor)


Bir nisbatni boshqa nisbat ma’nosiga o‘zgartirgan nisbat shaklini aniqlang.
A) orttirma B) o‘zlik
C) majhul D) aniq



Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish