Kirish 1-test Quyidagi ta’rif qaysi tilga nisbatan aytilgan? «Xuddi bir guruh mutaxassislar birgalashib ishlab chiqqanday»



Download 3,89 Mb.
bet1/82
Sana28.04.2022
Hajmi3,89 Mb.
#588905
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
1. Testlar to\'plami (2)


KIRISH


1-test

1. Quyidagi ta’rif qaysi tilga nisbatan aytilgan?


«Xuddi bir guruh mutaxassislar birgalashib ishlab chiqqanday».
A) o´zbek B) rus C) ingliz D) arab

2. Shu yerda, qayerda kabi ma´nolarni anglatuvchi shatta, qatta sheva so´zlari qaysi hududda ishlatiladi?


A) Buxoro B) Qarshi C) Toshkent D) Farg´ona

3. Beshikdagi bolomdi


Ko´k kaptarlar jo´qlosin.
Kaptarlarni cho´(r)chitmong,
Jiyron bolo uqlasin.
Alla, bolom, alla-yo!
Ushbu shevaviy alla qaysi asardan olingan?
A) ”Egasi bor yurt”
B) ”Zominning til qomusi”
C) ”Dunyoning ishlari”
D) “O´zbek tili”

4. Hozirgi o‘zbek tilidagi bekat so‘zi Yevropa tillarida qay tarzda ishlatilmoqda?


A) piket B) paket C) banket D) piknik

5. Internet manbalaridan foydalanib, tarixiy vazn o‘lchov birliklarini aniqlang.


A) pud(16,38 kg), paysa (50 gramm)
B) botmon (9 pud), arshin (71,12 sm)
C) gaz (0,71 metr), tosh (7-8 km)
D) farsah (6 km), qadoq (400 gramm)

6. Mа´naviyat, antiterror, millatparvar, qadriyat, jarroh, matbaa, nomoddiy, muallif, munaqqid, tashxis, skotch


Ushbu so´zlarning nechtasi qaytadan tilga olib kirilgan eskirgan so´zlar?
A) 8 tasi B) 7 tasi C) 6 tasi D) 5tasi

7. Berilgan she’riy parchadagi inglizcha jumlaning tarjimasini toping.


Mening yurtim bugun endi
Jahon birlan tutashgandir,
Tutash taqdir, tutash ruhdir,
Tutash jondir, tutash qondir.
Nedir xat porlaguvchi
Poytaxt darbozasi uzra,
Bu yurtga xush kelibsiz,
Marhabo, „Welcome to Tashkent“dir.
A) Toshkentga keling.
B) Toshkentga marhamat!
C) Toshkentga xush kelibsiz!
D) Toshkent sizga muntazir.

8. Qachon «Lotin yozuviga asoslangan o´zbek alifbosini joriy etish to´g´risida»gi Qonunga o´zgartirishlar kiritish haqida»gi Qonuni e´lon qilingan?


A) 1991-yil B) 1993-yil C) 1995-yil D) 1989-yil

9. Noto´g´ri hukmni toping.


A) Adabiy nutq me´yorlariga amal qilmaslik savodsizlik va madaniyatsizlik emas, balki o´z ona tiliga nisbatan hurmatsizlikdir.
B) Har qanday shevaning belgilab qo´yilgan qonuniy me´yorlari bo´ladi.
C) Faqat adabiy nutq yozma shaklga ega. Sheva nutqi esa bundan mustasno.
D) Madaniyatli kishi adabiy nutqqa ham, sheva nutqiga ham o´z o´rnida rioya qiladi.

10. Lug´at va uning tiplari, lug´at tuzish asoslari bilan bog´liq bo´lgan masalalar o´rganiladigan bo´limni aniqlang.


A) Morfemika B) Orfoepiya C) Leksikografiya D) Dialiktalogiya

11. To´g´ri hukmni toping.


A) YUNESKOning 2017-yil 15-iyundagi xabariga ko´ra, o´lim yoqasida turgan 2,5 ming tildan 10 tasi Markaziy Osiyo xalqlariga to´g´ri keladi.
B) 2005-yilda tuzilgan YUNESKO ro´yxati 6 912 ta tilni qamrab oladi. Bu tillardan 25 foizi (1 258 tasi) Osiyo va 22,0 foizi (1 010 tasi) Afrika qit´asiga to´g´ri keladi.
C) Globallashuv asrida tillarning yashab qolishi ko´proq axborot-kommunikatsiyalari sohasida, Internet tizimida qo´llanish darajasi bilan bog´liq.
D) 0´zbekistondagi Markaziy Osiyo arablari tili, Buxoro-Samarqand yahudiylari tili, Markaziy Osiyo lo´lilari (paryo) tillari butunlay o´lik tilga aylanib bo´lgan.

12. To‘g‘ri fikrni toping.


A) Har doim ham aytilgandek yozish, yozilgandek aytish to´g´ri bo´lavermaydi.
B) Adabiy nutq me´yorlariga amal qilmaslik savodsizlik va madaniyatsizlikdir, ona tiliga hurmatsizlik emas.
C) Til ikki ko´rinishda namoyon bo´ladi: adabiy nutq va badiiy nutq.
D) Adabiy nutq uslubining 2 xil turi bor.

13. 2005-yilda tuzilgan YUNESKO ro´yxati nechat tilni o‘z ichiga qamrab olgan?


A) 7000 ta B) 3000 ta
C) 6 912 ta D) 2500 ta

14. O‘lim yoqasida turgan tillardan qaysi biri Tojikiston hududiga oid emas?


A) roshorv tili B) ishkomish tili
C) yag´nob tili D) truxman tili

15 O‘zbek tiliga qarindosh bo‘lgan tilni ko‘rsating.


A) qaraim B) arman
C) tibet D) tojik

16. «Xuddi bir guruh mutaxassislar birgalashib ishlab chiqqanday», deya o‘zbek tiliga ta’rif bergan olimni aniqlang.


A) Maks Myuller B) Ferdinand de Sossyur
C) Pavil Pavlov D) Tixonov

17. Qaysi qatordagi sheva so‘zi hududiga nisbatan to‘g‘ri emas?


A) borovuza, ketvomman (Toshkent shevasida)
B) shatta, qatta (Farg´ona shevalarida)
C) galing, gerak, aytajakman (Xorazm shevasida)
D) ketopman, aytopman (Qarshi shevasida)

18. Fermer, biznes, kapital..


Ushbu so‘zlarga berilgan to‘g‘ri ta’rifni toping.
A) yangi yasalgan so´zlar
B) eskirgan deb qaralib qaytadan tilga olib kirilgan so‘zlar
C) til tabiatiga uyg´un tarzda yangi ma´nolar yuklangan so‘zlar
D) ilgari salbiylik bo´yog´iga ega bo´lib davr taqozosiga ko´ra ijobiy bo´yoq kasb etgan so´zlar

19. Insonni so´z ayladi judo hayvondin,


Bilkim, guhari sharifroq yo´q ondin.
Ushbu bayt kimning ijodiga taalluqli?
A) Bobur B) Navoiy
C) Atoyi D) Jomiy

20. O‘zbek xalqi qanday yozuv turidan foydalanmagan?


A) oromiy B) o‘rxun-enasoy
C) mo‘g‘ul D) arab

21. Qaysi qatordagi termin ona tiliga oid emas?


A) orfoepiya B) trigonometriya
C) leksikologiya D) morfologiya

22. 1999-yil 17-noyabrda YUNESKO Bosh Anjumani qaysi sanani Xalqaro ona tili kuni (Международный день родного языка, International mother languare day) sifatida e’lon qilgan?


A) 21-fevralni B) 28-avgust
C) 4-yanvar D) 24-may

23. «Zominning til qomusi» kitobidan olingan alla bo‘yicha qaysi qatorda sheva so‘zlari adabiy tilga to‘g‘ri talqin qilinmagan?


A) Og´ jibakting tolosi,
Bolog´onimding bolosi.
(Oq ipakning tolasi, Bolaginamning bolasi)
B) Chovip kelip topg´onim –
Chavkar tovding lolosi,
(Yugurib kelib topganim, Chovkar tog‘ning lolasi)
C) Qora qosh qunduzimsan,
Shoxlo ko´z julduzimsan.
(Qora qosh qunduzimsan, Shahlo ko‘z yulduzimsan)
D) Enaganang oynolsin,
Elga oytor so´zimsan,
(Enagang oyna bo‘lsin, Shamolga aytar so‘zimsan)

24. “Boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlar tilga butunlay singib ketishi ham (kitob, fe’l, manti, stol, shkaf), ba’zilari singishmay turishi ham mumkin”.


Qaysi javobdagi so‘z singishmay turgan (yoki umuman singishmagan) so‘z deya e’tirof etilmaydi?
A) restavratsiya B) anonim
C) ministr D) suflyor

25. Qaysi o‘zlashma so‘z imloviy jihatdan to‘g‘ri?


A) Keytchup B) sotsiologiya
C) koktell D) kakos

26. Hozirgi lotin alifbomizdagi 9-, 19-, 29-harflarni toping.


A) k,x,ng B) j,t,ng
C) g,l,ch D) o,v,ng

27. 1993-yilning 2-sentabr kuni millatimiz qaysi grafikadan foydalanishni rasman to‘xtatdi?


A) krill B) lotin
C) arab D) oromiy

28. Qozog´iston va Qirg´izistondagi qaysi tillar o‘lim yoqasida turgan tillar sanaladi?


A) Markaziy Osiyo arablari tili va Markaziy Osiyo lo´lilari (paryo) tili
B) dungan tili va oyrot tili
C) truxman tili va voxon tili
D) bartang tili va rushon tili

29. Yamon so´zkim kelib jong´a urg´ay,


Ki jondin o´tib imong´a urg´ay.
Ma´dani inson guhari so´zdurur,
Gulshani odam samari so´zdurur.
Jondan o‘tib, imonga ta’sir qiladigan narsa nima? (Navoiy e’tirofi)
A) so‘z B) guhar
C) ma’dan D) samar

30. Tilimizda to‘la o‘zlashgan so‘zlarni toping.


A) vokzal, aeroport
B) skaner, skotch
C) oblast, rayon
D) kitob, fe’l


2-test

1. Umrini yashayotgan so‘zni toping.


A) kolxoz B) hokim
C) sovxoz D) ateist

2. Quyidagi rasmda ajdodlarimiz foydalangan qaysi grafik yozuv namunasi keltirilgan?





A) so‘g‘d B) arab


C) oromiy D) o‘rxun-enasoy

3. Oʻtgan ming yillikda dunyo tillarining nechtasi oʻlik tilga aylangan?


A) 500 tasi B) 2500 tasi
C) 1000 tasi D) 100 tasi

4. Kitob, fe’l, manti, stol, shkaf, restavratsiya, anonim, suflyor, daftar, stansiya, vokzal, aeroport, skaner, skotch, ministr, oblast, rayon


Berilgan soʻzlar − …
A) oʻzlashma soʻzlar B) faol soʻzlar
C) oʻz qatlam soʻzlar D) yevropa soʻzlari

5. Harflarning ma’lum bir tartibda joylashuvi nima deyiladi?


A) fonema B) alifbo
C) tartiblanish D) tovushlar yigʻindisi


Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish