5-test
(Ushbu test “Paronimlar lug‘ati”dan foydalanilib tuzildi)
1. Abzal-afzal soʹzlarining ma’nosi qanday undosh yordamida farqlangan?
A) bir unli boshqa unli oʹrnida
B) til undoshi til undoshi oʹrnida
C) lab undoshi lab undoshi oʹrnida
D) jarangli undosh jarangli undosh oʹrnida
2. Soʹz qoʹllash bilan bogʹliq xatolik qaysi gapda berilmagan?
A) Nomussiz yurmoqdan, nomusli o‘lmoq abzal.
B) Ablah yomon bo‘ladi va minishli yaxshi xillari kam bo‘ladi.
C) Qiz hali yosh bo‘lsa-da, bo‘ychan edi, bichimi ingichka va sambitgul novdasidek adl edi.
D) Eshitdingmi, adash, dedi Matvey sariq mo‘ylovini bosh barmog‘i bilan rostlab,— bizdan markazqo‘m ham ko‘z-quloq bo‘lib turibdi.
3. Bor-yo‘qni odosh qilib, undan so‘ng barmog‘ingni tishlab o‘tirasanmi? Undan ko‘ra ishla.
Belgilangan soʹzqay ma’noda kelgan?
A) bir xillik B) tamom, oxir
C) undosh D) sotmoq
4. Soʹz qoʹllash bilan bogʹliq xatolik berilgan javobni toping.
A) Dangasalar angarda,
Yolchitib ish qilmasdan,
Qiyiqchasi changalda,
Majlislarda sharmanda.
B) Havas bo‘lsa, anqovning tuxumi ham topiladi.
C) Bug‘doyingizning naryog‘idagi arpa ham siznikimi? — deb bir shogirdpesha oqsoqoldan so‘radi.
D) Kichik ariqdan suv kelmagani uchun, Gulnor chelak ko‘tarib katta ariqqa jo‘nadi.
5. Paronim soʹz toʹgʹri qoʹllangan qatorni toping.
A) Otlar otoqli ot va turdosh otlarga bo‘linadi.
B) Och-ariqning holi tang bo‘b yuribdi.
C) Bu daraxtlar bir necha asr umr ko‘rgan, zo‘r, dahshatlidir.
D) Ba’zi arqoni davlat va ayonlarning ichlari shuv etib ketdi.
6. Arfa — uch burchak shaklidagi nohin bilan chalinadigan musiqa asbobi.
Izohlanayotgan soʹzning paronimidagi farqlovchi tovush haqida bildirilgan toʹgʹri hukmni toping.
A) jarangli B) lab-tish
C) sonor D) “b” ning jarangsiz jufti
7. Qaysi so´zning paronimi omonimlik xususiyatiga ega?
A) arkon B) burch C) to´n D) azim
8. — Yordamingiz uchun katta rahmat! — dedi Tursunoy va yukni yerdan azot ko‘tardi-da, kiftiga qo‘yib jo‘nab qoldi.
Belgilangan soʹzning paronimi qaysi turkumga oid soʹz sanaladi?
A) sifat B) ot
C) ravish D) fe’l
9. Qaysi gapda paronim soʹzining oʹrniga qoʹllanilgan soʹz mavjud?
A) Kecha kechqurun binoyidek yurgan Muazzam opa tun yarmidan oqqanda oyoqlari zirqirab og‘rib
ketdi. Shu alpozda anchagacha uxlamay yotdi.
B) Amrning oshidan, faqirning mushti yaxshi.
C) Tiling kalimaga kelmaydigan, alifni kaltak deya olmaydigan savodsiz ekaning yodingdan chiqdimi?
D) Poyezd bizlar bilan hisoblashmasdan
Oraga soladi ayriliq - hijron.
10. Qaysi qatorda paronim juftlik berilmagan?
A) adash-odosh B) azim-azm
C) angar-angor D) hurmat-e’zoz
11. Soʹz qoʹllash bilan bogʹliq xatolikni koʹrsating.
A) Shudring yeb tursin deb, tokdan uzmay qo‘yilgan uzumlarning ustiga bardi tashlanganda Ismat hojining uzumxonasidagi odamlar uzumsiz qolar edi.
B) — Oyi, olam nurga to‘ldi, ozodlik, inqilob oftobi chiqdi!.. Bayonlar in-iniga kirib ketdi.
C) Biz bu shiyponlarda issiq ovqat tashkil qilish uchun oshxonalar qurganmiz, baklarga esa qaynagan suv quyib qo‘yganmiz.
D) Xolxo‘ja bandilarning qo‘lini yuvishni buyurib, ko‘rpachadan joy ko‘rsatdi.
12. Qaysi qatorda paronim bilan bogʹliq xatolik uchramaydi?
A) Yuzi bahuzur ko‘rinib turganidan hamma oshkora qaray ketdi.
B) Vatanimiz obod bo‘lsin deb,
Abadiy yasanib nurga to‘lsin deb,
Tenglik dunyosini qurmoqdamiz, bil,
Yetmish millat ahl, bir jonu bir dil.
C) Ot bilan eshakning birga bo‘lsa axiyri,
Rangi emas fe’li urar oxiri.
D) Turdiyev asrni to‘g‘ri batalyon shtabiga olib jo‘nadi.
13. Qaysi qatorda paronim soʹzni qoʹllash boʹyicha xatolik uchraydi.
A) Artikillar ot bilan qo‘shilib bir so‘zdek aytiladi.
B) Dilga orom beruvchi havodan to‘yib-to‘yib nafas olish, osmon sayyoralarining jimjimalarini kuzatishga nima yetsin!
C) Ona-Vatan, go‘zal tabiat oro berar yana o‘ziga?
Qo‘shiq aytgim keladi yana quloq berib so‘ziga.
D) Asl aynimas, aynisa ham chirimas.
(Maqol.)
14. Qaysi gapdagi xatolik paronimlik boʹyicha emas?
A) U kichik bankadan moy olib, izvoshni moylayotganda, Bozorov yana chaqirib qoldi. (I. Rahim.)
B) Ball — biror hodisa, yer qimirlash, shamol kabilarning, shuningdek, o‘quvchilarning bilim
darajasini va xulqi raqam bilan ko‘rsatadigan baho.
C) Tuyabo‘g‘izdagi zamonamizning buyik qurilishlarida, kemalar qatnaydigan Volga-Don
kanalini qurishda qatnashgan kishilarni uchratamiz.
D) Bidon — sut, suv va boshqa suyuqliklar saqlanadigan qopqoqli tuynukli idish.
15. Qaysi paronim juftlikda ma’no farqlovchi birlik jarangli-jarangsizlik jihatdan birlashtiruvchi xususiyatga ega?
A) burch-burj B) buyuk-buyuq C) boʹyicha-boʹyincha D) bob-bop
16. Fonema (tovush, harf) yordamida ma’nosi farqlanmagan paronim juftlikni koʹrsating.
A) beton-bidon B) ahil-ahl C) atoqli-otoqli D) sava-sa’va
17. Soʹz qoʹllash va imloviy xatolik qaysi gapda uchraydi?
A) Aravaga qo‘shilgan ot kechasi yo‘lda ketayotganda bir narsadan qattiq qo‘rqib bo‘ychasini uzib yubordi.
B) Sizga bag‘ishlanur o‘quvchim
Ijodimning eng asil bopi.
Kuyga to‘lib yangrar siz uchun
Yuragimning oltin rubobi.
C) Mahdum bu yerda o‘qiyotgan ikki mullavachcha uchun Qorabuloqdagi voqifdan ham ta’ma qilmoqda.
D) Kon ishchilari GES poydevoriga beton quyib, stansiya devorini tiklab bo‘ldilar.
18. Quyidagi gapda qanday xatolik(lar) bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |