Kirish 1-test Quyidagi ta’rif qaysi tilga nisbatan aytilgan? «Xuddi bir guruh mutaxassislar birgalashib ishlab chiqqanday»


Sofdil va jonkuyar insonlar bilan bu dunyo oboddir



Download 3,89 Mb.
bet11/82
Sana28.04.2022
Hajmi3,89 Mb.
#588905
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82
Bog'liq
1. Testlar to\'plami (2)

Sofdil va jonkuyar insonlar bilan bu dunyo oboddir.

A

3




33-savol

Qo‘shma so‘zlar tarkibida necha xil so‘z turkumiga oid so‘z uchraydi?

B

4







Misol

Mehnatsevar, zahmatkash insonlar odamlarning ko´rki, ishyoqmaslar esa ularning og´riq joyidir.

A

Qo‘shma yasalmalar: Mehnatsevar, ishyoqmaslar
Sodda yasalmalar: zahmatkash, ko´rki, og´riq




34-savol

To‘g‘ri fikrni toping.

B

Qo‘shma yasalma: Mehnatsevar
Sodda yasalmalar: zahmatkash, og´riq







Misol

Shirinso‘z, oqko´ngil insonlar mevali daraxtga o´xshaydi: hamma ulardan bahra oladi.

A

3 ta




35-savol

Yasama so‘zlar sonini toping.

B

4 ta







Misol

chalasavod, kechpishar, oliyjanob, uzunquloq

A

uzunquloq




36-savol

Qo‘shma so‘zlar tarkibi qaysi so‘z orqali buzilgan?

B

kechpishar







Misol

Halimaxonni ko‘rdim, sira o‘zgarmabdi: hamon o‘sha-o‘sha.

A

olmosh




37-savol

Takroriy so‘z turkumini toping.

B

kesim







Misol

Mayda-mayda, qiziq-qiziq, lo‘ppi-lo‘ppi, lo‘nda-lo‘nda

A

… yasama so‘z sanaladi.




38-savol

Barcha so‘z…

B

… takroriy sifatlar sanaladi.







Misol

Yangi-yangi, shirin-shirin, achchiq-achchiq

A

… tub sifat




39-savol

Barcha so‘z – …

B

… tub sifat emas.







Misol

Kimdir yelpib-yelpib barra-barra go‘shtlardan kabob pishiryapti.

A

Takroriy fe’l va takroriy sifat qatnashgan.




40-savol

Noto‘g‘ri fikrni toping.

B

Takroriy fe’l va takroriy ot qatnashgan.







Misol

kursillama nashvati

A

Fe’l




41-savol

Yasalma qaysi turkumdan yasalgan?

B

Taqlid







Misol

bira to‘la, lang ochiq

A

bira to‘la




42-savol

Qaysi so‘z xato yozilgan?

B

lang ochiq







Misol

pirpirak

A

Pirpir/ak




43-savol

To‘g‘ri taqsimni toping.

B

Pir/pir/ak







Misol

Besh yuz, Beshbola

A

Beshbola




44-savol

Tub qo‘shma so‘zni toping.

B

Besh yuz






MORFEMIKA


Test 1

1. Qaysi lug´aviy birlik faqat asosdan iborat?


A) ko´rsat B) to´satdan
C) ko´ksi D) yasovchi

2. Qaysi javobdagi so´zda eng ko´p ma’noli qism qo´llangan?


A) go´zallashtirilgan B) maqtanchoqlikning
C) to´planganlardan D) rejalashtirgan

3. So‘z tarkibida tartib buzilishi ko‘rsatilgan qatorni toping.


A) Asos+so´z yasovchi…+lug´aviy shakl yasovchi...
B) Asos+sintaktik shakl yasovchi…+ sintaktik shakl yasovchi...
C) Asos+ so´z yasovchi…+ sintaktik shakl yasovchi...
D) Asos+ lug´aviy shakl yasovchi... + so´z yasovchi…

4. Uch o´rinda omonim bo´lolmaydigan qo‘shimchani toping.


A) –a B) –dosh C) –cha D) –ma

5. O´yin, o´tin, bo´yin, tilin, uloq


Asos holatli so‘z va asos va qo´shimchaga bo´lina oladigan so´z holatli birliklar soni nechta?
A) 4 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 3 ta

6. –gir, -diq, -machoq, -xo´r, -al, -i, -a, -ng´ich


Berilgan qo´shimchalarning nechtasi ot va sifat yasovchi sifatida omonim?
A) ikkitasi B) uchtasi C) to´rttasi D) bittasi

7. Qaysi gapda o´zaro omonim so´zlar qo´llangan?


A) Yutganda bor bo´lishadi, yutishsa-yo´q.
B) Qazi qazib o´tirmagandirsan bu yerda, har qalay?!
C) Shirani o´ldirish kerak, yozda u sozgina ko´payadi, do´st.
D) Men tabiatdan ilhomlanib, quloch yoygan archa shoxlariga quloch uzatdim.

8. So‘z tarkibidagi tartib buzilgan qatorni toping.


A) sanoatlashgan B) paytavasini C) seriltifot D) talashishdi

9. Qaysi gapda qavsdagi kelishiklar sinonimligi yuzaga chiqmaydi?


A) Chollar (-dan, -ning) biri unga emas, jo´mragidan hovur chiqayotgan choynakka qarab gap boshladi. (Said Ahmad)
B) Juvon qo´lidagi olma (-ni, -dan) ustma-ust bir necha martaba tishladi va chala chaynab yutdi. (Abdulla Qahhor)
C) Shunda u o´zining hozirgina dala (-ga, -dan) kelganini esladi. (P. Qodirov)
D) Rais uka, sizni ko´rganim (-dan, -ga) xursandman. (O´. Umarbekov)

10. Qaysi qatorda „ortiqcha“ sinonimlar berilgan:


A) Qizil, ol
B) Gulgun, arg‘uvoniy
C) Arg‘uvoniy, qirmizi
D) Zard, axtar

11. Boshqotirmadagi nuqtalar o‘rniga sinonimlar qatoridan maqbulini qo‘yib, rasmdagi yashirin jumlani yakunlang.





A) boqar B) qarar
C) kular D) termular


12. Ayoz kambag‘al, biroq shirinso‘z, baodob yigit edi.
Shu gapdagi ajratilgan so‘zning zidi ishtirok etgan javobni belgilang.
A) Maorif mudiri Xizirov Elmurodning talabiga qarshi qo‘pol gapirdi. (P Tursun)
B) Yo‘lchi yerning tosh bag‘rini yorib, to‘nka qo‘poradi. (Oybek)
C) Shirin so‘z – qaymoqli ayron. (O‘zbek xalq maqoli)
D) Go‘ringda to‘ng‘iz qo‘pkur zolim mingboshi ikkita qilichday bolamni mardikorga jo‘natdi. (M. Ismoiliy)

13. Sulton Mahmudning qiyofasidan obro‘li, martabali zot ekanini fahmladi.


Ushbu gapdagi sifatlarning antonimi ishtirok etgan javobni aniqlang.
A) Ko‘p o‘tmay Abdurahmon madrasa ahli orasida ham beobro‘ bo‘lib qoldi. (A.Qodiriy)
B) Bu muloyim tog‘ yigitining o‘sha kungi so‘zlari beozor qizning yuragida tug‘yon qo‘zg‘adi. (T. Rasulov)
C) Yo‘ldan urdi qaysi bir makkor? Ochig‘ini so‘zlagil, beor! (H. Olimjon)
D) Tun bo‘yi beorom to‘qiganim ul − tivit ro‘mol emas, kechir, onajon. (G. Jo‘rayeva)


14. Loyqa xayolotlar chashmaday tindi, Pok-pokiza yurak − bir qatra simob. (G‘. G‘ulom) Ushbu she’riy parchadan ajratib ko‘rsatilgan so‘zning antonimini toping.
A) qimmatbaho B) shirinso‘z C) yosh D) zilol


15. Quyidagi qaysi qatorda ot (ism), ot (hayvon), ot (fe’l) so‘zlarining noto‘g‘ri tavsifi berilgan:
A) bir xil shaklga ega bo‘lgan uchta so‘z;
B) bir xil shakldagi alohida ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar;
C) o‘zaro omonim so‘zlar;
D) xil shaklga ega bo‘lgan ko‘p ma’noli so‘z.


16. Quyidagi so‘zlarning qaysi biri o‘tmishda pul birligi ma’nosini ifodalagan omonim so‘z?
A) chelak B) paqir (2 tiyin) C) moyana D) maosh

17. Qaysi qatordagi gapda paronimlarning qo‘llanishi bilan bog‘liq xato mavjud?


A) Ot chopsa, gumburlar tog‘ning darasi.
B) Majlisda kamchiliklar birma-bir sanalib, ularni tezda bartaraf etish kerakligi qayt etilsin.
C) Butun qishloq ahli hasharga chiqib, jonbozlik ko‘rsatdi.
D) Yaxshiga yondash, yomondan qoch, bolaginam.


18. Nuqtalar o‘rniga zarur so‘zni tanlab qo‘ying:
Yaxshi odamlar tez kasalga chalinadi, yomon odamlarga, aksincha, ... ham urmaydi. (O‘. Umarbekov)
A) qora-qaro B) bola-balo C) davo-da’vo D) bod-bad

19. “Otabekning bu harakati ululamir bo‘lg‘an janobga bog‘iyliq bo‘lib, uni, ya’ni Otabek Yusufbek hoji og‘lini o‘lim jazosi bilan jazolashni taqozo etadir


Parchada „bog‘iyliq“ so‘ziga sinonim bo‘lgan fe’lni toping.
A) taqozo etmoq
B) oyoqlandirmoq (isyon qilmoq)
C) mahkum bo‘lmoq
D) sazovor tutilmoq

20. „Ishonchli“ so‘ziga sinonim bo‘lgan so‘z ishtirok etgan gapni belgilang.


A) Marg‘ilon fuqarosi Mirzakarim qutidor ham shu jazoga sazovor tutiladir.
B) Ziyo shohichi vaqtida hukumatka ma’lim qilmag‘ani uchun zindonga mahkum bo‘lur.
C) Otabek otasining vakolati bilan bu yerdagi fuqarolarni oyoqlandirmoqchi bo‘lgan.
D) E’timodlik bir kishining shahodatiga binoan Otabekning bog‘iylig‘i ma’lum bo‘lgan.


21. Imloviy to‘g‘ri yozilgan so'zlar qatorini belgilang.
A) asqatmoq, burg'ilamoq, mubohasa;
B) asqotmoq, burg'ilamoq, muboxasa;
C) asqatmoq, burg'ulamoq, mubahasa;
D) asqotmoq, burg'ilamoq, muboxasa.


22. Qaysi maqolning suratli izohi berilmagan?





A) Kitob ko‘rmagan kalla − giyoh unmagan dala.
B) Kitob o‘qigan qushdek parvoz qilar.
C) Kitob − hayot uchun mayoq.
D) Sohibkordan bog‘ qolar, donodan – kitob.


23. Berilgan matnda ajratilgan birikma qanday ma’noda qo‘llangan?
Bibinarzi, elomonlik bo‘lib, oydinlikka chiqaylik, katta bir kutubxona quraman, − dedi ota xomushgina termulib turgan xotiniga.
Niyatingizga yeting, otasi, oydinlikka chiqaylik, iloyim. (O. Hojiyeva)
A) Yorug‘ joyga boraylik.
B) Yaxshi kunlarga yetaylik.
C) Oy yorug‘iga o‘taylik.
D) Yuzimiz yorug‘ bo‘lsin.


24. Berilgan matndagi ajratilgan so‘zlar qaysi nutqiy „taqiq“ asosida ekanligini aniqlang va tushuntiring:
Qoplon chalqanchadan yonbosh bo‘ldi. Ayoli tarafga o‘girildi.
Havo sevalab o‘tadi, momosi, dedi.
Bu kishi qayerdan biladi? dedi ayoli.
Qoplon u yog‘ini aytmadi. (Tog‘ay Murod)
A) Qo‘rquv asosidagi.
B) Mensimaslik asosidagi.
C) Andisha asosidagi.
D) Hurmat asosidagi.


25. Berilgan qaysi gaplarda fikr ochiq ifodalanmagan?
Sovchilar odatlari bo‘yicha u yoq-bu yoqdan gapirishib o‘tirdi.
Eson qassobni haminqadar eladi. Keyin maqsadga o‘tdi.
Singlingning boshiga baxt qushi qo‘nib turibdi, uchirib yubormasang bo‘ldi, qassob, dedi.
Aslini bilmay, so‘z demaslar, naslini bilmay, qiz bermaslar, dedi qassob. Kim ekan u? (Tog‘ay Murod)
A) Sovchilar odatlari bo‘yicha u yoq-bu yoqdan gapirishib o‘tirdi.
B) Singlingning boshiga baxt qushi qo‘nib turibdi, uchirib yubormasang bo‘ldi.
C) Aslini bilmay, so‘z demaslar, naslini bilmay, qiz bermaslar.
D) Eson qassobni haminqadar eladi.


26. She’riy parchadagi tasviriy ifodaning sinonimlari berilgan qatorni toping.
Onaginam!
O‘zing tortma davralardan el chorlaganda,
Tiriklikning bayrami“, deb sozlanganda tor.
O‘zing so‘lg‘in lablar bilan pichirlaganday:
Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor“.
H. Xudoyberdiyeva
A) Volidayi muhtaramam, onajonim, boshimdagi parvonam.
B) Fasllar kelinchagi, uyg‘onish fasli, yasharish fasli.
C) Xalqdan yashirinma, boshqalardan berkinma, panaga chekinma.
D) Orzu-armonlar, dunyoda bor-yo‘qlar, ajdod-avlodlar.


27. Gapda ajratib ko‘rsatilgan tasviriy ifodalar qaysi so‘zlarga to‘g‘ri keladi?
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda tinchlikni saqlash, tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalariga eng ko‘p xayriya mablag‘i futbol qiroli va „temir musht“ egasi tomonidan amalga oshirilgan ekan. (Gazetadan)
A) Messi, Muhammad Ali
B) Maradona, Klichko
C) Pele, Tayson
D) Ronaldo, Pakyao

27. Sinonimlar qatorini toping.


A) Do´st—o´rtoq—og´aynichilik—birodarlik—oshna
B) Tushunmoq— kalovlanmoq— anglamoq—idrok qilmoq—ilg´amoq
C) Ko´p—ancha—bisyor—talay—mo´l—serob—biroz.
D) Chiroyli—go´zal—suluv—sohibjamol—barno

28. Soʻzni oʻrganuvchi ikki boʻlim(leksikologiya va morfologiya)ning umumiy terminlari berilgan qatorni toping.


A) fonologik, aforizm, morfologik tamoyil, qoʻshimcha
B) grammatik ma᾽no, grammatik shakl, sinonim, ko‘chim turi
C) boʻlishsizlik, alifbo, lugʻatshunoslik, atama
D) oʻlchov soʻz, sheva soʻzi, yordamchi soʻz, boʻgʻin

29. Omonim so´zni toping.


A) kir B) uzra
C) –don D) boshiga ko´tarmoq

30. Omonimiga ega otni aniqlang.


A) sof B) mijoz C) yozmoq D) ganch


Test 2

1. So‘z tarkibida tartib buzilgan javob qaysi qatorda berilgan?


A) chopag‘onlik B)tilagayman
C) eslaganlik D)imoratimga

2. Javroqiginalik so‘zining yasashga asos qismi qaysi so‘z turkumiga oid?


A) ot B) sifat C) ravish D) fe’l

3. Tinch, tinim, tinimsiz, tinib, notinch ,notinchlik, tinmay


Nechta yasama soʻz mavjud?
A) 6 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 4 ta

4. – U ishni bitiribdi.


Birdanigami? Belgilangan so‘zda nechta ma’noli qism bor?
A) 2 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 5 ta

5. Yogʻingarchilik so‘zi nechta ma’noli qismga ajraladi?


A) 2 ta B) 4 ta C) 3 ta D)5 ta

6. 1910-yildan dunyoda birinchi haydovchilik guvohnomasi Germaniyada ishlatilib ko‘rilgan.


Ushbu sodda gapda nechta so‘z yasama so‘z hisoblanadi?
A)1 ta B)5 ta C)3 ta D)4 ta

7. Bolaning o‘ynoqirog‘i yaxshi.


Yuqoridagi gapda qo‘shimchalar to‘g‘ri izohlangan qatorni belgilang.
A) 2 ta so‘z yasovchi, 1 ta lug‘aviy, 2 ta sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha bor.
B) 3 ta so‘z yasovchi, 1 ta lug‘aviy, 1 ta sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha bor.
C) 1 ta so‘z yasovchi, 1 ta lug‘aviy, 2 ta sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha bor.
D) 2 ta so‘z yasovchi, 1 ta lug‘aviy, 1 ta sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha bor.

8. Ochiqchasiga gapirganingdan hayratda qoldim.


Tagiga chizilgan soʻzning asosi qaysi soʻz turkumi?
A) sifat B) fe᾽l C) ravish D) ot

9. Tub so‘zlarni toping


A) yomg‘ir, seryomg‘ir B) ko‘mir, ko‘mirchi
C) olg‘a, oyga D) tulki, tepki

10. Qo‘shimchalar vazifasiga koʻra necha turga bo‘linadi?


A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta

11. Qo‘shimcha qo‘shish usulida qaysi so‘z turkumlari yasaladi?


A) ot, fe’l, son B) sifat, son, olmosh
C) yuklama, ot, ravish D) fe’l, sifat, ot, ravish

12. Lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalarni toping.


1)zamon; 2)qiyosiy daraja; 3)egalik; 4)shaxs-son
5)bog‘lama; 6)ko‘plik; 7)jamlovchi son
A) barchasi B) 2,6,7 C) 1,2,6,7 D) 3,4,5

13. Haybarakallachi so‘zining yasalish asosi qaysi so‘z turkumi?


A) undov B) taqlid C) tub so‘z D) ravish

14. Yangi so‘z yasamaydigan va so‘zlarni bir-biriga bog‘lash uchun xizmat qiluvchi qo‘shimchalar…. deyiladi


A) shakl yasovchi qo‘shimchalar
B) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar
C) so‘z yasovchi qo‘shimchalar
D) sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar

15. Egalik, kelishik, shaxs-son qo‘shimchalari … deyiladi.


A) shakl yasovc hi qo‘shimchalar
B) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar
C) so‘z yasovchi qo‘shimchalar
D) sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar

16. Qaysi yasama so‘zda lab undoshi ishtirok etgan?


A) yordam B) tergovchi
C) gulzor D) unutma

17. Old qo‘shimchalar, asosan, qaysi so‘z turkumida uchraydi?


A) ot B) fe‘l C) sifat D) ravish

18. Qaysi qatordagi gapda lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha ishtirok etmagan?


A) Hunar ado bo‘lmas boylikdir
B) Yigit haftalab uyiga kelmas edi
C) Ishingiz o‘ngidan kelmayaptimi,demak,birovlarga qilgan baxilligingiz uchun javob beryapsiz
D) U sahroda sher kabi g‘olib jangchi,daryoda esa nahang kabi botirdir

19. Sifatdan yasalgan qaysi fe’llar fonetik hodisaga uchragan?


A) yashnat, so‘roq B) o‘yna, ata
C) sana, yasha D) qiyna, pasay

20. To‘kinchilik so‘zida yasalish asosi qaysi so‘z turkumi sanaladi?


A) ot B) sifat C) fe‘l D) ravish

21. Inson umri davomida o‘ziga sodiq do‘stlar ortdiradi.


Gapda qaysi qo‘shimcha turi bilan bog‘liq xatolik bor?
A) munosabat shakli yasovchi B) so‘z yasovchi
C) lug‘aviy shakl yasovchi D) To‘g‘ri javob yo‘q

22. Ikkovining narsasini so‘roqsiz olishing gunohdir.


Fonetik hodisalar soni?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta

23. Xalq (tabobat) qulupnay (meva) terlatuvchi,bezgak (xuruj) qarshi omil sifatida tavsiya etiladi.


Qavs ichidagi so‘zlarga qo‘shilishi lozim bo‘lgan sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar soni nechta?
A) 4 ta B) 6 ta C) 3 ta D) 5 ta

24. Tarkibida fe‘l yasovchi qo‘shimcha ishtirok etgan otli birikmani toping.


A)munosabat o‘rnatilgan B)ijtimoiy ko‘rsatkichlar
C)mehr-oqibatni ko‘rib D) yo‘qotilgan yillar

25. – Qurg‘oqchilik sababli nasl olishda unum bo‘lmayapti.


Dialogda nechta yasama so‘z bor?
A) 2 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 4 ta

26. Qat’iyatsizlik so‘zi nechta morfemik tuzilishga ega?


A) 3 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 5 ta

27. Tuyalar suvsizlikka chidamliligi bilan boshqa cho‘l hayvonlaridan ajralib turadi


Ushbu berilgan gapda so‘z yasovchi qo‘shimchalar soni qancha?
A) 5 ta B) 6 ta C) 3 ta D) 4 ta

28. Anglashildi, xo‘jayin, paypoqlarning rangi sarg‘ayib, sifati pasaygan; to‘quvchilar bilan o‘zim qiynalsam ham kelishishga harakat qilaman.


Nechta fonetik hodisa hodisa bor?
A) 5 ta B) 6 ta C) 3 ta D) 4 ta

29.Yasama soʻzni toping.


A) bitta B) bitim C) etim D) subyekt

30. Suvoqchilik so‘zida qanday fonetik hodisa bor?


A) tovush tushishi B) tovush almashishi
C) tovush ortishi D) tovush tushishi va almashishi
31. Ongsizlikdanmidi? Ushbu berilgan so‘z asosi qaysi so‘z turkumi hisoblanadi?
A) ot B) sifat C) fe‘l D) ravish


Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish