SO‘Z YASALISHI
1-test
1. Rangsiz tasviriy san´at, ohangsiz musiqa bo´lmaganidek, tilsiz adabiyot ham bo´lmaydi. Adabiyotni insonshunoslik deydilar. Darhaqiqat, yozuvchi turli insoniy xarakterlarni tadqiq qilib, jamiyat rivojiga yordam beradigan salmoqli haqiqatlarni kashf qiladi.
Yasama sifatlar soni nechta?
A) 5 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 7 ta
2. Qaysi qatorda affiksatsiya usulida yasalgan yasama soʻzning yasovchi vositasida chuqur til orqa undoshi mavjud?
A ) Ha, haqiqatan ham, ona yurt – oltin beshik. Vatan esa ostonadan boshlanadi.
B) Ostonadan hatlab o´tar ekanmiz, beixtiyor Vatan isini his qilamiz.
C) Endi nish urib ko´karib chiqqan ko´kat ham, asrlar osha o´z taftida qizdirgan quyosh ham, bir parcha tuproq ham bu – Vatan, bu – kindik qonimiz to´kilgan qadamjo.
D) O´zbekistonning – so´lim bahori, jazirama yozi, mevalari dur va serhosil kuzi iliq, qishi insonning bahri dilini ochadi.
3. Qaysi yasama so´z tarkibida ikkita so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud?
A) Aytishlaricha, son-sanoqsiz o´qlar va tozilar dastidan bug´ularga kun qolmagan.
B) Odamlardan yotsirashim o´zimga erish tuyuldi.
C) O´chirg´ich necha pul?
D) Folbinlik mutlaq xato yo´l.
4. Bir-birlarini pachaqlab tashlashni maqsad qilib qo´ygan har ikki frontning shtablari bu orada tezlik bilan yangidan yangi dolzarb rejalar ishlab chiqishdi.
Yasama so´zlarning yasalish asosi qanday turkum so´zlari sanaladi?
A) faqat ot B) sifat, ravish, ot
C) ot,ot,ot D) fe´l, ot,fel
5. Matnga ko´ra ham tub, ham yasama so´z sifatida qo´llana oladigan so´zlar sonini aniqlang.
aylanma, changi, birdaniga, qatorasiga, so´roqlar, ko´rsatma, bulbullar, to´la, ishi
A) 6 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 2 ta
6. Sovuq terga botgan ona tun bo´yi ingrab, behalovat bo´lib chiqdi.
Ushbu gap haqida bildirilgan qaysi fikr noto´g´ri berilgan?
A) Ham shaxs oti, ham narsa oti ishtirok etgan.
B) Yasama sifat fonetik o´zgarishga uchragan.
C) Gap tarkibida ikkita so´z yasovchi morfema qatnashgan.
D) Gapda ko‘makchi fe’l mavjud.
7. Saida Zunnunova tatimli lirikasi bilan dillarimizni erkalab, hordiqlarimizni yozib, mehnatga rag´batlarimizni toblantiradigan, idrokimizni go´zalliklar tomon boshlaydigan ijodkor bo´lib yetishdi.
Sodda yasama so´zlarning yasashga asoslarini ko´rsating.
A) tatim, erka, hor, tob, go´zal, bosh, ijod
B) tot, erka, hor, tob, go´zal, bosh, ijod
C) erka, hori, tob, go´zal, bosh, ijod
D) erka, hor, tob, go´zal, ijod
8. Qaysi javobdagi barcha yasama so´zlarning asosi o´zaro bir xil so´z turkumiga oid?
A) quvnoqlik, botirlarcha, gulchilik
B) sovuqlik, kechiktirmoq, sanoq
C) issiqlik, achchiqlanmoq, terlatmoq
D) asabiylashmoq, atama, erkinlik
9. Yasalish asosi ot bo´lgan yasama so´zlarning barchasi ko´rsatilgan javobni belgilang.
1) baqqollik; 2) hukmdor; 3) o´quvchi; 4) kitobxon; 5) atamashunos
A) 1, 2, 4 B) 1, 2, 4, 5
С) 1, 2, 3, 4, 5 D) 2, 3, 4
10. Yasama so´z ishtiroki kuzatilmaydigan gapni toping.
A) Qoqilgan odam yerda yotgan toshdan o´pkalamaydi.
B) Bu mavzu oldin ham ishlangan, lekin ommaga e´lon qilinmagani uchun jamoatchilik bexabar qolgan.
C) Ziyofatga taklif etilgan mehmonlar kelishdi.
D) "Egilgan boshni qilich kesmas", — deydi dono xalqimiz.
11. Taqdir kuldi, о´lim tegmasdan
О´tib ketdi, qilmadi jur´at.
Netay, agar so´nggi minutda
Pistaletim qildi xiyonat.
She´riy parchadagi yasama so´zlar sonini aniqlang.
A) 2 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 4 ta
12. Hosil boʻlish oʻrniga koʻra undoshning barcha turi qatnashgan yasama soʻz qaysi qatorda fonetik hodisaga uchragan?
A ) Birinchi avtomobil Germaniyada paydo bo´ldi, lekin haydovchilarning no´noqligi tufayli tez-tez ko´ngilsiz voqealar ro´y bera boshladi.
B) Shunda Germaniyada chiqadigan jurnallardan biri ajoyib bir taklif kiritdi.
C) Bu taklifga ko´ra, politsiya mashina egasiga guvohnoma berishdan oldin uning mashina haydashni bilish-bilmasligini tekshirib ko´rishi va guvohnoma berishi kerak edi.
D) Dunyoda birinchi avtomobillar uchun shaxslarga guvohnoma Germaniyada 1910-yildan shunday tarzda joriy etilgan. («Ma´rifat» gazetasidan)
13. Sochlari jingalak, rangi oq-sariqqa moyil, ko´zlari o´tkir boquvchi tabib yigit «Nima gap? Qayeringiz og´riyapti?» deb ham o´tirmay, avval Zaynabning ikki kaftini ko´rdi, tirnoqlarini ohista ezdi, so´ng bilak tomirini ushlab, boshini quyi egganicha, nimanidir ziyraklik bilan tinglayotganday jim qoldi.
Sodda yasama so´zlarning yasashga asos qismi qaysi so´z turkum(lari) ?
1) fe´l; 2) ravish; 3) sifat; 4) ot
A) 2,4 B) 3,4 C) 1,3 D) 2
14. Ko´p, birinchi, keldi, qora, ko´ylak, beshta, o´qiyapti, zavqli, bugun, musicha, shirin, uchtadan, ancha, neft, yumaloq, yozdi, to´qqiz, o´quvchi, hali, hozir.
Yuqoridagi so´zlar tarkibida nechta yasama so´z mavjud?
A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 2 ta
15. Toʻgʻri yozilgan birlikni toping.
A) Xalq Demokratik partiyasi
B) ichki ishlar boshqarmasi
C) Jahon intellektual Mulk tashkiloti
D) Qarshi davlat universiteti
16. Ikkinchi qismi faqat ochiq bo´g´in bo´lgan juft so´zni toping.
A) his-hayajon B) bora-bora
C) amma-xola D) katta-kichik
17. Namozshomgul, oshqozon, Fanlar akademiyasi, iskabtopar, oqsoqol, beshbarmoq, savacho'p, qoradori, husnbuzar, mingoyoq.
Yuqoridagilarning nechtasi sifat+ot tipidan hosil boʻlgan yasalmalar sanaladi ?
A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 2 ta
18. Fonetik hodisaga uchramagan yasama sifatni aniqlang.
A ) tishlong‘ich B) oqsoq C) og’zaki D) asrandi
19. Qismlaridan biri fonetik hodisaga uchragan yasama so‘zni aniqlang.
A) ayrilgani B) qirqyamoq
C) chalasavod D) tilyog‘lama
20. Tub ravishlar qaysi qatorda berilgan?
A) poyma-poy, uzundan uzoq B) qayta-qayta, tez-tez
C) ko‘p-ko‘p, oz-oz D) kecha-kunduz, har lahza
21. Asosi ayrim tovush oʻzgarishiga uchrab aytiladigan, ba᾽zan yoziladigan takroriy soʻzlar qaysi soʻz turkumlarida uchraydi?
A ) taqlid, undov,ot B) ot, olmosh, taqlid
C) olmosh, taqlid, sifat D) fe᾽l, ot, taqlid
22. Quyidagilarning nechtasi takroriy soʻzlar emas?
turib-turib, uzundan uzun, ochiqdan ochiq, qo'sha-qo'sha, o'z-o'zidan, birma-bir, o'z-o'zicha, shart-shurt, o'zidan o'zi, taqa-taq, yildan yilga
A ) 5 ta B) barchasi takroriy soʻz C) 4 ta D) 6 ta
23. Es-es so‘zi qaysi turkumda yasama so‘z sifatida qaraladi?
A) ravishda B) fe’lda C) sifatda D) otda
24. Sodda yasama so‘z berilgan qatorni toping.
A) Terimni og‘ritding.
B) Terimni artib qo‘y.
C) Terimga sig‘may ketyapman.
D) Terimga kuzda kirishamiz.
25. Dod solmoq, oh urmoq, uf tortmoq, eh demoq. Ushbu qo´shma so´zlarni sodda so´zlarga sinonim qila oluvchi qo´shimchani toping.
A) –ira B) –illa C) –la D) –a
26. Tarkibi asos va yasovchi qo´shimchalarga bo´linmaydigan so´zni toping.
A) yoppasiga B) ko‘kar
C) ko‘rpa D) sarg‘ish
27. So‘z yasovchi qo‘shimchasi mavjud so‘zlar qatorini toping.
A) qush/cha, qush/lar, qush/gacha, qush/niki, qush/dagi
B) bor/ib, bor/gan (odam), bor/gach, bor/guncha, bor/dir, bor/ish
C) ona/m, ona/ng, ona/si, ona/miz, ona/ngiz, ona/lari
D) gul/chi, gul/zor, gul/la, be/gul, gul/siz, gul/furush
28. toshloq, yantoqzor, saylgoh
Berilgan so‘zlarga umum so‘z bo‘lolmaydigan ifodani toping.
A) yasama so‘zlar B) asosdosh so‘zlar
C) otga oid so‘zlar D) o‘rin-joy ma’noli so‘zlar
29. Tub so‘zni toping.
A) do´ppi + do´z B) foyda + li
C) taqsim + la D) sin + gan
30. Qismlari yasama so‘zlardan tashkil topgan takroriy so‘zni toping.
A) esli-hushli B) qayta-qayta
C) ko‘paya-ko‘paya D) qop-qop
Do'stlaringiz bilan baham: |