Tomoshaga kelib osmon o‘ynasin. (Zulfiya)
She’riy parchada qanday ko‘chim turi bor?
A) metafora B) konnotativlik kuzatilmaydi
C) metonimiya D) sinekdoxa
11. Ko‘p ma’noli so‘zlarni ko‘rsating
1) chuvalashmoq; 2) sinus; 3) hid; 4) uzilmoq; 5) koʻz; 6) logika
A)1,5,6 B)1,3,6
C)1,3,4,5 D)barchasi to‘g‘ri
12 . −Bizni ham 4 ta qora ko‘z intiq kutib turibdi.(YPX xodimi nutqidan)
Ma’no ko‘chish turini toping.
A)metofara B)sinekdoxa
C)vazifadoshlik D)metonimiya
13. ”Mendirman Jaloliddin” necha pul, sotiladimi, hoy aka?
Ma’no ko‘chish turini toping.
A)kinoya B)sinekdoxa
C)vazifadoshlik D)metonimiya
14. Iltimos, “Ona haykal”ga tushib qolay.
Ma’no ko‘chish turini toping.
A) metafora B) sinekdoxa
C) vazifadoshlik D) metonimiya
15. ─Hoy, moʹylov, to‘pni eplasang tep-da! Sen, Shokir, qayoqqa qarayapsan, “yetti”ni yetib ol!
Tagiga chizilgan soʻzlar orqali qanday ma‘no ko‘chishining turi yuzaga kelgan?
A) metafora
B) sinekdoxa, metafora
C) metonimiya, sinekdoxa
D) vazifadoshlik
16. –Qayerga kelding?
–“Oq yo‘l” dan o‘tdim.
Ma’no ko‘chishining qaysi turi mavjud?
A) metafora B) sinekdoxa
C) metonimiya D) vazifadoshlik
17. Ona zamin qish uyqusidan uyg'ondi.
Ushbu gapda ma’no ko'chishining qaysi turi kuzatiladi?
A) vazifadoshlik B) sinekdoxa
C) metonimiya D) metafora
18. Stolning oyog‘i birikmasida qanday ma᾽no koʻchishi bor?
A) metafora B) sinekdoxa
C) metonimiya D) vazifadoshlik
19. Dust — zararli xasharotlarga qarshi ishlatiladigan maxsus zaharli dori, poroshok.
Izohlanayotgan soʹz paronimining sinonimi qaysi qatorda ega sifatida kelgan?
A) Hey, nega jim boʹlib qolding.
B) O‘zlari ham bir-birlariga shunday jonkuyar, shunday do‘st edilar.
C) Doʹst kulfatda bilinadi.
D) Oʹrtoqlar uy-uyiga tarqalishdi.
20. Lermontovni tashlamadim hech,
So'ngra qo‘lga oldim Hofizni. (H. Olimjon)
Ushbu she’riy parchada ma’no ko'chishining qaysi usuli qo‘llangan?
A) vazifadoshlik B) sinekdoxa
C) metafora D) metonimiya
21. Eskalator so‘zi gap tarkibidan ajratib olingan holda qanday ma‘noni bildirib qoladi?
A) ko‘chma ma’no
B) ko‘p ma’no
C) dominant ma’no
D) har qanday vaziyatda ham bir ma‘noni bildiradi.
22. Qanday so‘zlar bir-biridan muayyan uslubga xoslanishi va emotsional- ekspressiv bo‘yog‘iga ko‘ra farqlanadi?
A) ma’nodosh B) zid ma’noli C) shakldosh D) paronim
23. Qaysi qatorda sinonimlik holati buzilgan?
A) Do‘st—o‘rtoq—og‘ayni—birodar—oshna—yor.
B) Chiroyli—go‘zal— suluv—sohibjamol—barno.
C) Ko‘p—ancha—bisyor—talay—mo‘l—serob.
D) Tushunmoq— anglamoq—fahmlamoq—idrok qilmoq—alanglamoq—ilg‘amoq.
24. Uch o‘rinda omonim bo‘la oladigan so‘zni ko‘rsating.
A) un B) karam
C) mushak D) chakka
25. Shajara so‘z qaysi so‘zdan olingan?
A) arab B) fors
C) rus D) turkiy
26. Qaysi paronim juftlikning qismlarida sifatga oid so‘z mavjud emas?
A) bob-bop B) davo-da’vo
C) daha-daho D) ham-xam
27. Qaysi so‘z quyidagi iboraga to‘g‘ri ifoda bo‘la oladi?
“Qo´ltig´iga suv purkamoq”
A) gijgijlamoq B) hovliqmoq
C) jozibador D) O´ylayverib gangimoq
28. Internet atamalari ichida “mashhur bo´lib, bahsga aylangan g´oya yoki rasm” nima deb ataladi?
A) avatarka B) akkaunt
C) xeshteg D) mem
29. “Hozirda qog´ozni sotib oladigan maxsus shoxobchalar hamma joyda bor. Shoxobchalar qayta ishlash uchun zavodga topshiradi. Zavod esa qayta ishlangan mahsulotdan hojatxona qog´ozi va karton qog´ozini ishlab chiqaradi”.
Belgilangan so‘zlar qaysi jihatiga ko‘ra ajratib yozilgan? (Leksikologiya bo‘yicha)
A) yasamaligi uchun
B) iqtisodiy terminlar ekanligiga ko‘ra
C) asosan, fe’ldan iboratligi uchun
D) hammasi ko‘chma ma’noda qo‘lllanayotgani uchun
30. Quyidagi rasmga ma’nosi to‘g‘ri keladigan ismni toping.
A) Akmal B) Bobur C) Feruza D) Xurshida
2-test
1. Quyida keltirilgan gapda ma’no ko'chishining qaysi turi qo'llangan?
Rost aytasiz, Maxsum aka, men axir maktabda ishlayman, boshlang'ich sinflar uchun "G'uncha" yaxshi.
A) sinekdoxa B) metafora
C) vazifadoshlik D) metonimiya
2. Bahorday fasl yurtimni bezasa, boʻyasa, qanday baxt-a? Ushbu gapda qanday ma᾽no koʻchishi bor va qaysi turkum soʻzlari orqali?
A) metonimiya B) metafora/fe᾽l
C) sinekdoxa D) metafora/ot
3. “33”da oʹqiganman. Ma’no ko'chishining turini toping.
A) metafora B) sinekdoxa
C) metonimiya D) vazifadoshlik
4. Girdibod qayerlarnidir yalab, qayerlardadir qum tepaliklari uyib ketibdi.
Ma᾽no koʻchishining turini toping.
A) metanimiya B) sinekdoxa
C) metafora D) vazifadoshlik
5. 1) Gulxanda Boʻriboyning bolaligi yonardi;
2 ) 10 soʻmni “Yusuf va Zulayho”ning orasiga qoʻydi;
3) ―Oltimi? Qayerga ketasiz, opajon? Chiqing, bekatgacha olib boraman;
4) Uni tegrasidagi togʻlar bosh egganday boʻldi.
Bunda qanday m᾽no koʻchishlari mavjud?
A) vazifadoshlik,metanimiya B) metafora, metanimiya
C) metafora, kinoya D) metanimiya, sinekdoxa
6. – Sizda “Darakchi” bormi?
Qanday ma’no ko‘chishi mavjud?
A) metafora B) sinekdoxa
C) vazifadoshlik D) metanimiya
7. Egasiz sangʻigan har daydi jonzot,
Boshini silasang, qoʻling tishlaydi;
Nogahon gʻingshibsan, insonsan nahot,
Muzdek yuragingda gʻaraz qishlaydi. (A. O.)
Bunda qanday ma᾽no koʻchishi yuz bergan?
A) metafora B) sinekdoxa
C) metanimiya D) vazifadoshlik
8. Tyanshan togʻining oyogʹida Toshtemir togʻaning traktori toʻqson tonna temirni tortolmay tirillab turibdi.
Belgilangan so‘zda qanday ma’no koʻchishi mavjud?
A) metanimiya B) metafora
C) sinekdoxa D) hech qanday ma᾽no koʻchishi yoʻq
9. Tarixni so‘zlama menga, ey odam,
Bitta chalib bergin «Cho‘li iroq»ni.
Bitta chalib bergin, toki yana ham,
Yaxshiroq ajratay qorani, oqni. (S. Zunnunova)
Tagiga chizilgan soʻz orqali ma᾽no koʻchishining qaysi turi yuzaga kelgan?
A ) vazifadoshlik B) metanimiya
C) sinekdoxa D) metafora
10. A. Oripov qalamiga mansub boʻlmish eng soʻnggi she᾽riy toʻplami boʻlmish “Tutash dunyolar” asari “Aprel”dan boshlanadi?
Tagiga chizilgan soʻz orqali qanday ma᾽no koʻchishi yuz bergan?
A) metanimiya B) sinekdoxa
C) metafora D) vazifadoshlik
11. – Sizlarga vasiyatim shuki, biror do'stingiz yoki ustozingiz kasal bo'lib qolganida, uni maza-bemaza gaplar bilan toliqtirib qo'ymanglar.
Ushbu mikromatnda belgilangan soʻz orqali qanday ma’no ko‘chishi bor?
A) sinekdoxa B) metafora
C) metonimiya D) ma’no ko‘chishi berilmagan
12. ―Birinchi “Farhod”ga boramiz, unda yoʻq boʻlsa, “Hamza”dan topamiz.
Qanday ma᾽no koʻchishi yuzaga kelgan?
A) hech qanday ma᾽no koʻchishi yoʻq B) metafora
C) sinekdoxa D) metanimiya
13. Metafora usulida ma᾽no koʻchishi yuz bermagan javobni belgilang.
A) Unganman qip-qizil bahor qo‘ynida, g‘am-alam, qayg'uga ulfat emasman. (Yashin)
B) Lekin general unga parvo qilmay ochiq yuz, tabassum bilan kapitanni chaqirdi. (Sh.)
C) Oq bilakoyda soʻzim bor, Har izida izim bor. (Xalq she᾽ri)
D) Lekin san’atimiz hozir o‘smirlik chog'idayoq qudratli qanot paydo qilayotipti. (A. Q.)
14. Vazifadoshlik asosida ma᾽no koʻchgan qatorni koʻrsating.
A) Qizil siyoh bilan yozadigan ruchkam topilmadi, oʻrtoqjon! (F.)
B) Yanvarning o‘n beshlarida butun qishloq to‘g‘on qurishga otlandi. (O.)
C) Eshikka kiring, aka, choy-poy ichib keting. (S. A.)
D) Ikki ko‘zi har nav mollar bilan to‘la xurjunni yelkaga tashlab, inqillab kirdi (O.)
15. Metonimiya asosida ma’no ko’chishi ro’y bergan gapni aniqlang.
A) Navbatim anavi sariq sochdan keyin.
B) “Semurg’” “So’g’diyona”ni qabul qilib, raqiblar darvozasiga ketma-ket beshta to’p kiritishga muvaffaq bo’ldi.
C) Bola onasining oldiga tushib, pildirab ketdi.
D) Guruhimiz o’quvchilari birlashishi uchun ularga bir bosh kerak bo’ldi.
16. Qaysi gapda metonimik ma’no ko’chishi kuzatiladi?
A) Ukam mehnatkash, erta-yu kech ishlaydi.
B) Bizni Mingbuloq quchoq ochib kutib oldi.
C) Suvsiz cho`lda mard Hasan yolg`iz ketib boradi.
D) Erta tong shamoli sochlarin yoyib, Yonimdan o`tganda so`rab ko`raman.
17. Sayoq yurgan tayoq yeydi.
Qanday ma᾽no koʻchishi bor?
A) metonimiya B) metafora
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
18. Islom Karimovning azasida butun Oʻzbekiston koʻz yoshini toʻkdi.
Qanday ma᾽no koʻchishi bor?
A) metonimiya/ metafora B) metafora/ sinekdoxa
C) sinekdoxa/ vazifadoshlik D) vazifadoshlik/ metafora
19. – Taksimisiz, meni “Humo arena”ga eltib qoʻying.
A) metonimiya B) metafora C) sinekdoxa
D) vazifadoshlik
20. Shevaga oid soʹzlar qanday uslublarda qoʹllanmaydi?
A) ilmiy, rasmiy va publitsistik B) badiiy, ilmiy
C) faqat rasmiy D) publitsistik, badiiy
21. yasovul, bek, xon, qozi, cho‘ri, tilmoch. Berilgan soʹzlardan nechtasi tarixiy soʹz(lar) emas?
A) ikkita B) bitta C) uchta D) barchasi tarixiy
22. Kasb-hunarga oid boʹlgan birliklarni toping.
A) marketing, menejer, multimedia, reyting, tadbirkor
B) qolip, betlik, sandon, dam, iskana, randa
C) oyog‘ini qo‘liga olmoq, o‘pkasini qo‘ltiqlamoq, chumchuq pir etsa, yuragi shir etmoq
D) yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol, oraz, uzor
23. Qaysi qatordagi gapda metafora usulidagi ma᾽no koʻchishi mavjud emas?
A) Bo‘ston qishlog‘iga og‘ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi.
B) Yuragim achishib ketyapti.
C) Vijdonsiz cho‘loq! Aqalli shu kuni uni yasantirsa o‘ladimi! (Oʻ. Hoshimov)
D) G‘amgin qoyalar qilib qo‘ygan gunohidan o‘zi qo‘rqib ketganday ingrab yubordi.
24. Oʹttizni rosa kutdim, kelmadi – piyoda ketdim. Ma’no ko’chishining turini toping.
A) metafora B) sinekdoxa
C) metonimiya D) vazifadoshlik
25. Bu dilrabo kuy bir-biriga ulanib, bir-biri bilan almashinib borardi.
Bu gapda qanday ma᾽no koʻchishi yuzaga kelgan?
A) metafora B) metanimiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
26 . She’rlarim matbuotda tez-tez bosila boshladi. Ozod akaning «Oq yo‘li» bilan «Sharq yulduzi»da she’rlarim chiqdi.
Qoʻshtirnoqqa olingan soʻzlar orqali qanday ma᾽no koʻchishlari yuzaga kelgan?
A ) metafora B) metanimiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
27. Bilaman! Lekin shular orasida ming yillardan buyon «Munojot»ni, «Cho‘li iroq»ni chalib kelayotgan, Navoiyning g‘azallarini bolasiga o‘rgatib kelayotgan odamlar ko‘p-ku!
Qanday ma᾽no koʻchishi mavjud?
A ) metafora B) metanimiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
28. Sho‘ro siyosati esa «xalq dushmanlari»ga aloqador bo‘lgan odamni ko'kartirmasligi aniq edi...
Tagiga chizilgan soʻzlar orqali qanday ma᾽no koʻchishi yuzaga kelgan?
A) metafora B) metanimiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
29. Qaysi gapda metanimiya usulida ma’no ko'chishi uchraydi?
A) Chanqab ketganimdan men ham bir kosani simirdim.
B) Yigitlar oltin davr — talabalik yillari haqida suhbatlashib o'tirishardi.
C) Yigitning uylanayotganini eshitgan qizning qalbi yaralandi.
D) Tun o‘z o'rnini tongga bo'shatib berdi.
30. Qizil imperiyaning sho'rolarga xos, ya'ni har qanday milliy tuyg'uni tahqirlovchi, yakkahokimlikka asoslangan eng jirkanch mafkurasini birinchi yurtboshimiz tamoman yaroqsiz, deb topdi va barcha tamoyillarining mustabid tuzum manfaatlariga xizmat qiluvchi mohiyatini ochib tashladi.
Atash ma’nosiga ega bo‘lmagan so‘zlar soni nechta?
A) 6 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 7 ta
3-test
1. Quyida berilgan so‘zlarning qay birining paronimi atash ma’nosiga ega bo‘lmagan so‘z hisoblanadi?
A) tilla B) qatiq C) yot D) qarz
2. So‘z birikmalari bilan omonim bo‘la oladigan iboralarni ko‘rsating.
A) do‘ppisi tor kelmoq,esi chiqib ketmoq,do‘ppisini osmonga otmoq
B) dili siyoh bo‘ldi,boshi yostiqqa yetganda,bir jon-u bir tan bo‘lmoq
C) aravani quruq olib qochmoq, ammamning buzog‘idek bo‘lmoq, oldini qaytarmoq
D) gap qaytarmoq,ilon yog‘ini yegan,fig‘oni falakka yetmoq,ikki oyog‘ini tirab olmoq.
3. Omonim iboralarni toping.
1)boshiga ko‘tarmoq; 2) tulki qiziga toʻy berdi; 3) joni chiqdi; 4)ko‘ngli g‘ash bo‘lmoq; 5) og‘ziga urmoq; 6) labi labiga tegmaslik; 7) ko‘nglini ochdi; 8) mum tishlamoq
A)barchasi to‘g‘ri B)1,3,4,7 C)4,6,8 D)1,3,5,7,8
4. Qora mehnatni koʹrib boʹlgan.
Qanday ma᾽no koʻchishi bor?
A) metafora B) sinekdoxa
C) metonimiya D) vazifadoshlik
5. “Sayxun” ichgim kelyapti.
Qanday ma᾽no koʻchishi bor?
A) metafora B) sinekdoxa
C) metonimiya D) vazifadoshlik
6. A. Oripov qalamiga mansub boʻlmish eng soʻnggi she᾽riy toʻplami boʻlmish “Tutash dunyolar” asari “Aprel”dan boshlanadi?
Tagiga chizilgan soʻz orqali qanday ma᾽no koʻchishi yuz bergan?
A) metonimiya B) sinekdoxa
C) metafora D) vazifadoshlik
7. Berilganlarning barchasi atash ma᾽nosiga ega boʻlgan soʻzlar qatorini tanlang.
A) barmoq, emish, kichik, oʻn, oldinda
B) elamoq, tarsaki, sargʻish, tashib qoʻymoq, tez
C) oʻtmish, shalop, voh, za᾽far, qirq olti
D) olgʻa, sakson, soʻz, chuhlash, qirmizi
8. – Iltimos, meni anavi sherning oldidagi svetaforga qoldirib keting.
Qanday ma᾽no koʻchishi bor?
A) metonimiya B) metafora
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
9. Koʻchma ma᾽nosi boʻlmagan soʻzlar qatorini aniqlang.
A) kitob, mashina, ish, tugma
B) radio, peshona, tilla, uchqun
C) kabel, monitor, rubob, fleshka
D) yoʻl, tosh, soch, quzgʻun
10. Rubobning qulogʻi tonni ushlolmay qolibdi. (1) Toshmuhammad aka togʻning tirsagidan yonlab oʻta boshladi. (2) Negadir qalb eshigimiz ona mehrini istayveradi. (3)
Metafora usulida ma᾽nosi koʻchayotgan soʻzlarning umumiy jihati boʻlmagan javobni toping.
A) bari fe᾽lga oid soʻzlar B) fonetik hodisali soʻzlar
C) tub soʻzlar D) munosabat shakllari qoʻshilgan
11. Metonimiya usulida ma᾽no koʻchishi yuz bergan soʻz qaysi gapda berilgan?
A) Daraxtdagi mezonlar endi tugʻilgan vaqtlar edi.
B) U yarangga tuz sepishni juda yoqtirardi.
C) Oilamizga yana bitta “Bekajon” boʻlsa, yana bir kishiga ermak boʻlardi.
D) Soatimning yuzi tirnalib qoldi.
12. Qaysi gapda sinekdoxa usulida ma᾽no koʻchishi yuz bermagan?
A) Bu kuy minglab tosh yuraklarni ingratgan axir.
B) Juda chanqagan ekanman, bir chelakni shundayligicha ichib qoʻydim.
C) Qaysi zamonda boʻrilar teri ovlamay, maysa terib yegan?
D) Ey qora koʻzlar, orangizda bolam bormi?
13. Arxaik soʻzga misol berilgan qatorni belgilang.
A) bog‘ot B) aeroport
C) toshbaqa D) jiyda
14. Qaysi qatorda dialektizm(shevaviy) soʻz berilmagan?
A) eshik-hovli B) mengzamoq-qiyoslamoq
C) antroponim-shaxs nomi D) takya-doʻppi
15. Qaysi qatorda joy nomi toʻgʻri yozilgan?
A) miltiqsoz B) Tandirchi
C) Besh ariq D) Karshi
16. Uch oʻrinda omonim boʻla oladigan soʻzni belgilang.
A) boshla B) bogʻ C) kul D) yosh
17. Omonim boʻlmagan soʻzni toping.
A) grafika B) gap C) daydi D) doir
18. Sinonimlik qatori buzilgan soʻzlarni toping.
A) sodda, oddiy, joʻn, ibtidoiy
B) son, miqdor, hisob, adad, sanoq
C) sotqin, xoin, xiyonatkor, murtad, gʻaddor
D) tabrik, qutlov, e᾽lon, muborakbod
19. Ot yasovchi –chi shakli bilan sinonim boʻla olmaydigan shaklni koʻrsating.
A) –ki B) –shunos C) –kor D) -kash
20 –Nega majlisga oq soch kelmadi?- Kasal ekan.
Qanday ma᾽no koʻchishi bor?
A) metonimiya B) metafora
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
21. Musobaqaga Qarshi davlat universiteti kech qolib keldi.
Qanday ma᾽no koʻchishi bor?
A) metonimiya B) metafora
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
22. Jaziramada chalop ichgim kelganidan uch kosani ichib yubordim.
Qanday ma᾽no koʻchishi bor?
A) metonimiya B) metafora
C) sinekdoxa
D) vazifadoshlik
23. Ertaga u yigirma birga kiradi?
Qanday ma᾽no koʻchishi bor?
A) metonimiya B) metafora
C) sinekdoxa
D) vazifadoshlik
24. Samolyotning dumi/samolyotning qanoti…
Bu birikmalar gap tarkibida qanday ma᾽no koʻchishi asosida vazifa bajarib kelishi mumkin?
A) metonimiya/ metafora B) metafora/ sinekdoxa
C) sinekdoxa/ vazifadoshlik D) vazifadoshlik/ metafora
25. Kemtik tishni oʻldirib ketishibdi, eshitdingizmi?
Qanday ma᾽no koʻchishi bor?
A) metonimiya B) metafora
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
26. Shalpangquloq bizni eshitmaslikka olib yoʻlida davom etdi.
Qanday ma᾽no koʻchishi bor?
A) metonimiya B) metafora
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
27. Qaro koʻzim kelu mardumliq endi fan qilgʻil…
Qanday ma᾽no koʻchishi bor?
A) metonimiya B) metafora
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
28. Bochkaning bir qulogʻi uzilib tushdi.
Qanday ma᾽no koʻchishi bor?
A) metonimiya B) metafora
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
29. Qaysi paronim juftlikning qismlari o‘zaro bir turkumga oid?
A) soda-sodda B) gaz-g‘oz
C) faqir-paqir D) aso – asov
30. Qaysi qatorda paronimlar juftligi berilmagan?
A) ota-ato B) bosh-boj
C) tort-to‘rt D) bol-bor
4-test
1. Qaysi javobda qavsdagi ikkinchi so‘z gapga mos?
A (Qo‘li, mushti, bilagi) zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r- mingni.
B) Ilm – (miya, bosh, aql) chirog'i.
C) Uchishga qanot kerak, o'qishga (sinoat, sabot, qanoat) kerak.
D) (Go‘zallik, husn, chiroy) – ilm-u ma’rifatda.
2. Sinonimlik qatori buzilmagan javobni tanlang.
A) nur, yog‘du, shu’la, jilva
B) qizil, qirmizi, qip-qizil, lolarang
C) talabchan, qattiqqo‘l, ishtiyoqmand
D) yayov, odimlab, piyoda, peshkom
3. So‘z ma’nosi o'zgarishi orqali tilning boyishiga namuna bo‘luvchi misolni ko‘rsating.
A) sichqoncha B) mengzamoq
C) dasturchi D) market
4. “Qatordagi ma’nosi hammaga tushunarli bo'lgan, nutqda faol qo‘llanadigan, adabiy shakl sanalgan so‘z bosh so‘z deb yuritiladi”.
Qanday so‘zlarning qoidasi berilgan?
A) sinonim B) antonim
C) paronim D) omonim
5. yosh1, dam2, soz3, uch4
Qaysi so‘z(lar)ning omonimligi ot va sifat doirasida yuzaga chiqadi?
A) 1 B) 1,3
C) 3 D) 1,2,3,4
6. Omonim so‘zlar qatorini aniqlang.
A) adash, jo‘na, bo‘y, yeng
B) asar, yot, o‘pka, och
C) palla, son, taxt, ko‘p
D) ter, qil, tuz, shim
7. Ham omonim, ham ko‘p ma’noli so‘z bo‘la oladi?
A) tizza B) burun
C) quloq D) kaft
8. Otaxon patnisga1 bir hovuch bargak2, bir siqim3 mayiz, 5-6 ta yong‘oq4 qo‘ydi.
Qaysi so‘z omonim?
A) 1 B) 2
C) 3 D) 4
9. Rasmga diqqat qiling. Shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra so‘zning qaysi turiga (“qaynovchi” va “osig‘liq”) ishora qilingan.
A) paronim B) sinonim
C) omonim D) antonim
10. “Antonim so'zlar birgalikda qo’llanib, yangi so‘z hosil qilishi mumkin”.
Ushbu qoidaga mos bo‘lmagan misolni toping.
A) yosh-u qari B) achchiq-chuchuk
C) uzoq-yaqindan D) yangi – eski
11. ilg'or-qoloq, oldingi- hozirgi, o'tmish - kelajak, salbiy- ijobiy
Qaysi juftlik boshqalaridan turkum jihatdan farq qiladi?
A) salbiy- ijobiy B) ilg'or-qoloq
C) oldingi- hozirgi D) o'tmish – kelajak
12. To‘g‘ri boshni egri qilich kesmas. Boshning o‘zi qing'ir bo‘lsa-chi?
Ajratib ko‘rsatilgan so‘zda qanday ma’no ko‘chishi bor?
A) metafora B) vazifadoshlik
C) metanimiya D) sinekdoxa
13. Yomg'irli kunda raqsga tushishni yaxshi ko'radigan yosh, jajji bir tovus bor edi. U bog'da gullarga mahliyo bo‘lib, qo'shiqlar aytardi. Nima qilsa ham, unga qo'pol tovushi o‘z kamchiliklarini eslataverardi. Tovus yaqin atrofda sayrayotgan bulbulning yoqimli, mayin xonish (sayrash)ini eshitar va har safar uning ko'zlari alamdan yoshga to‘lardi.
U nima uchun bunday ahvolga tushayotganiga hayron bo'la boshladi. Shu chog‘ qo‘lida bir bog‘ o‘t bilan bog‘ egasi paydo bo'ldi va tovusga murojaat qildi.
– Nega xafasan, ko'nglingni chog‘ qilish uchun mana bu giyohlarni senga hadya qilaymi?
– Bulbulning shunday chiroyli ovozi bor. Sayrashda men undan o‘ta olmayman. Nima uchun u menda yo‘q? – dedi tovus.
– Ha, bulbulning shirali, xush ovozi bor. Lekin sen ham chiroyli va yorqin patlar bilan siylangansan! Hammasi buni qanday qabul qilishingda va undan qanday foydalanishingdadir.
Tovus o'zini boshqa qushlarga qiyoslay boshladi. O'zidagi ne’matning noyobligini tushunib yetdi. (“Qisqa hikoyalar”dan)
Matnga mos kelmaydigan maqolni toping.
A) Hechdan ko‘ra kech yaxshi.
B) Hasad qilma, havas qil.
C) Baxilning bog‘i ko‘karmas.
D) Qozonda bori cho‘michga chiqadi.
14. quymoq, ilmoq, o‘ra, tut, tom
Berilgan so‘zlarning nechtasi ham ot, ham fe’l bo‘la oladi?
A) 1 tasi B) 2 tasi
C) 3 tasi D) barchasi
15. “Pardoz” ma’noli so‘zning paronimi berilgan gapni toping.
A) Aro yo‘lda qoldirma meni.
B) Sinf oynasi darz ketdi.
C) Iste’dodli o‘quvchilar ichida do‘stlarim borligidan faxrlanaman.
D) Bunday so‘z hech qaysi gapda mavjud emas.
16. Qaysi so‘zning paronim jufti xato berilgan?
A) xat – had B) chakka – cho‘tka
C) yoq – yog‘ D) tana – ta’na
17. Ancha yillar avval katta nufuzi–obro‘-e’tibori baland bir fabrikaning direktori ikki xodimini Afrika bozorlarini o'rganish uchun yubordi. Birinchi xodim bu yer aholisini sinchiklab o'rgandi va xo'jayiniga axborot berdi: “Bu yerdan bizga hech qanday foyda yo‘q, chunki nufusi (aholisi) juda qashshoq ekan, yalangoyoq yurarkan. Topgan foydamizdan ham judo bo'lmaylik”.
Birinchi xodim bilan yondosh yo‘lga chiqqan ikkinchi xodim masalaga o'zgacha yondashdi. U qaytganida bergan ma’lumot quyidagicha edi: “Biz oyoq abzali tikamiz. Imkonni qo'ldan bermaslik kerak, shoshilaylik. Biz uchun afzal tomoni shundaki, odamlarning poyabzali yo‘q ekan”.
Berilgan matnda nechta paronim juftlik bor?
A) 2 ta B) 3 ta
C) 1 ta D) 4 ta
18. ish, bosh, qalam, biz, yigirma, bahor
Yuqoridagi so‘zlarning nechtasi umumturkiy so‘zlar sanaladi?
A) 4 tasi B) 2 tasi
C) 3 tasi D) barchasi
19. Buyukvatandoshimiz Ahmad al-Farg‘oniy 861 -yili arabxalifa- sining topshirig'iga ko‘ra Nil daryosi suvini o'lchaydigan nilometr deb atalgan qurilma yasagan. Mazkur qurilma hozirga qadar Nil daryosi yoqasida saqlanib qolgan. (A.Muhammadjonov)
Matn bo‘yicha qanday so‘z haqida fikr yuritilgan?
A) shevaga oid so‘z haqida
B) olinma so‘z haqida
C) yangi ma’no yuklangan so‘z haqida
D) sodda yasama so‘z haqida
20. Qaysi qatorda belgilangan so‘z forscha so‘z sanaladi?
A) Ulug‘ bobomiz Abu Nasr Forobiy 70 dan ortiq tillarni mukammal bilgan.
B) Jahon astronomiyasida Ulug‘bek maktabining alohida o‘rni bor.
C) Amir Temur do'stga ham, dushmanga ham samimiy munosabatda bo‘lgan.
D) InternetdanXorazmiyning bolali kyillari haqida bilib oldim.
21. Tilimiz tarixida ko‘p qo'llangan quyidagi qaysi izohiy tomondan qusurga ega?
A) cherik – qo'shin
B) rabot – karvonsaroy
C) ziroat – baliqchilik
D) dorug'a – shahar hokimi
22. Tarixiy so‘zlarni toping.
A) o‘lpon, gisu B) yorg‘ichoq, rayon
C) hojib, degrez D) bog‘ot, payg‘om
23. Arxaik so‘zni aniqlang.
A) mudarris B) komsomol C) qozi D) valiahd
24. Tarixiy so‘zni toping.
A) riyoziyot B) oblast C) sulton D) muhoraba
25. “Shu yoshdin kitobg‘a muhabbat qo'ysa, ulg'aygach, kitobni ilkidan ayirmay o‘zi bilan asrab yurg'ay”, deb o'yladi G'iyosiddin.
Berilgan gapdagi qaysi so‘z arxaik so‘z sanaladi?
A) yoshdin B) yurg‘ay C) ilki D) kitobg‘a
26. “Qadimgi Yunoniston tarixchilari uni Marokand nomi bilan yozib qoldirganlar. Amir Temur saltanatining poytaxti sifatida jahonga mashhur bo'ldi. Unda 70 dan ortiq yirik tari- xiy-me’moriy yodgorliklar mavjud. Bu yodgor- liklar 2001-yilda xalqaro YUNESKO
tashkilotining qarori bilan “Jahon madaniy merosi” ro'yxatiga kiritildi”.
Rasmga qarab ta’rifga mos joyni tanlang.
27. 2-farzandga qo‘yiladigan ismni toping.
A) soniya B) Robiya
C) Odina D) Soniya
28. “Azimut” qaysi fanga oid atama?
A) geografiya B) fizika
C) geometriya D) etikdo‘zlikka
29. Qaysi so‘z etikdo‘zlikka oid termin emas?
A) mum B) mem C) yelim D) poshna
30. Ma’lum bir mavzu bo‘yicha eng qiziqarli nashrlarni yetkazadigan maqola–… .
A) xeshteg B) avatarka C) vebinar D) dayjest
Do'stlaringiz bilan baham: |